1) Komp'yuterni ishlatish va elektr xavfsizligi qoidalari bo`yicha yo`riqnoma olgan shaxslargagina komp'yuterda ishlashga ruhsat beriladi.
2) Erga ulanish himoya tizimiga ega bo`lmagan komp'yuterlarda ishlash qat'iyan man etiladi.
3) Komp'yuterda ishlashni boshlashdan oldin komp'yuter tashqi qobig`ining yer bilan ulanish himoya tizimining soz holatda ekanligini tekshirish lozim.
4) Komp'yuterni umumiy elektr ta'minoti tarmog`iga ulanishi ximoyali elektor ta'minoti uzaytirgich (PIP) orqali amalga oshirish lozim.
5) Ishni boshlashdan avval :
Komp'yuterlarda va ish joyida elektr simlarining ochilib qolgan joylari yo`qligini tekshirib qo`yish.
Stulning balandligi unda o`tirib ishlaydigan kishining bo`yiga shunday moslashtirilishi kerakki, u monitor ekrani markaziga to`g`ri qarasin. Ushbu masofa belgilanganidan kam bo`lsa, ishchining ko`zi tez charchaydi.
Har 1,5-2 soat ishlagandan keyin 10-15 daqiqa dam olish kerak. Bunda monitor qarshisida o`tirmaslik tafsiya etiladi
6) Komp'yuterda ishlayotgan vaqtda:
Komp'yuterda odatdagidan tashqari ovoz chiqsa, kuygan xid chiqsa yoki o`z o`zidan o`chib qolsa, elektr tarmog`idan uzib, (texnik xizmat ko`rsatish) muxandislarga zudlik bilan xabar qilish lozim
Komp'yuterda ishlayotgan vaqtda bukchaymasdan oldinga salgina engashgan xolda to`g`ri o`tirib ishlashi kerak.
Klaviaturadan ma'lumotlar kiritilayotganda klavishlar yumshoq bosilishi ularga qattiq urmaslik kerak.
Komp'yuterni yoqish (ishga tushirish) tartibi:
1) Protsessor
2) Monitor
3) Printer
Komp'yuterni o`chirish tartibi:
1) Monitor
2) Protsessor
3) Printer
Komp'yuterlarni noto`g`ri ulash, elektr toki bilan og`ir jaroxatlanishga olib kelishi, apparatlarning quyishiga sabab bo`lishi mumkin.
Maktab bo`linmalarida qimmat turadigan va extiyotkorlik bilan ishlashni talab qiladigan komp'yuterlar, printerlar va boshqa texnik vositalar o`rnatilgan bo`lib, ulardan nihoyatda extiyotkorlik bilan foydalanish lozim.
O`zbekiston Respublikasining Mehnat qonuniga binoan komp'yuter texnikasining buzilishiga aybdor bo`lgan o`quvchilar intizomiy va moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Quyidagilar qat'iy man etiladi
- Komp'yuter yo`riqnomasi bilan tanishmay unda ishlash
- oldin tayyorgarlik ko`rmasdan komp'yuterni yoqish, ishga tushirish, o`chirish shuningdek unda ishlash
- apparatlarni yoqayotganda biriktiruvchi kabellar razyomiga tegish
- ekranga va klaviaturaning ichkari tomoniga tegish
- monitor, klaviatura va protsessor ustiga disklar, kitoblar va boshqa narsalar qo`yish
- nam kiyim va xo`l qo`llar bilan ishlash
- protsessorni o`chirgandan keyin darxol uni yoqish
- Komp'yuter yoqilmagan bo`lsa, klaviaturadan foydalanish mumkin emas
- Komp'yuter texnikasi joylashgan xonalarda ovqatlanish qat'iyan man etiladi
Yodingizda tuting !
Kuygan xid chiqishi bilan darxol ishni to`xtating, apparatni o`chiring, bu xaqida komp'yuterlarni ta'mirlash bo`limiga telefon orqali xabar bering.
Zarur xollarda o`t o`chirish choralarini ko`ring, har bir kishi o`t o`chirish vositalaridan foydalanishni bilishini lozim.
Xar bir komp'yuter xonasi yong`in chiqqan holda ovoz signali va o`t o`chirish vositasi OU-5 bilan jihozlangan bo`lishi shart.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
M.Aripov, A.Haydarov "INFORMATIKA ASOSLARI"
2. S.S. G`ulomov A.T.Shermuxamedov B.A.Begalov
"IQTISODIY INFORMATIKA"
3. V.L. Broydo "OFIS TEXNIKASI"
4. A.Axmedov, Taylaqov "INFORMATIKA"
5. WWW.Markaz.uz
6. WWW.BILIM.UZ
7. A.A.Abduqodirov, A.G`.Hayitov, R.R.Shodiyev
"AXBOROT TEXNOLOGIYALARI"
8. Skott Myuller "MODERNIZATSIYA I REMONT PK"
Do'stlaringiz bilan baham: |