Ii. Mavzu. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati


XMTning zamonaviy G‘arb nazariyalari



Download 23,68 Kb.
bet4/5
Sana16.12.2022
Hajmi23,68 Kb.
#888446
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 мавзу

2.4. XMTning zamonaviy G‘arb nazariyalari
XMTni modernizatsiya qilish sohasidagi G‘arb tadqiqotlarini shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  • «o‘zaro bog‘liqlik» konsepsiyasi va uning turli ko‘rinishlari;

  • XMTning mavjud modellarini qayta qurish bo‘yicha aniq tavsiyalar va rejalar. XX asrning 70-yillari o‘rtalarida yaratilgan «o‘zaro bog‘liqlik» konsepsiyasida ilgari surilgan g‘oyalar eng keng tarqalgan. Ular mehnat taqsimotiga oid yangi va optimal nazariyalarning asosi bo‘lib qoldi. Ushbu g‘oyalar ba’zi sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan rasmiy doktrina sifatida qabul qilindi.

«O‘zaro bog‘liqlik» konsepsiyasi vakillaridan biri – gollandiyalik iqtisodchi K.Nuvenxuze o‘z fikrlarini tasdiqlashda, avvalo, barcha mamlakatlar uchun umu­miy bo‘lgan ekologik omillarga murojaat qiladi. K.Nuvenxuze ularga atrof muhitning barqaror emasligi va yerdagi tabiiy resurslarning cheklanganligini kiritadi.
Uning fikricha, rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan xomashyo bo‘yicha, rivojlanayotgan mamlakatlar esa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan texnika, texnologiya va h.k.lar bo‘yicha qaram. Demak, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va «o‘zaro tazyiq» mavjud. K.Nuvenxuze xalqaro mehnat taqsimotini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qurish kerak, deb hisoblaydi. Bu nazariya boshqa mamlakatlarda haqqoniy tanqidga uchradi.
Yana bir iqtisodchi R.Kuper (AQSh) ham o‘zaro bog‘liqlik masalasiga murojaat qiladi va uni turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi. Uning fikricha, o‘zaro bog‘liqlikning to‘rt turi mavjud:

    1. Tarkibiy – mamlakatlar bir-birlariga nisbatan qanchalik ochiq va o‘zaro bog‘liq bo‘lsa, bir mamlakat iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarish ikkinchi mamlakat iqtisodiyotida ham o‘z aksini topadi.

    2. Iqtisodiy siyosat sohasidagi maqsadlar borasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

    3. Iqtisodiy rivojlanishning tashqi omillari borasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

    4. Siyosiy o‘zaro bog‘liqlik.

Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar esa yuqori malakali ishchi kuchi talab qilinadigan va fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot sohalariga ixtisoslashishlari lozim.
Bu nazariya amaliyotda asta-sekin amalga oshirilmoqda. Masalan, rivojlanayot­gan mamlakatlarga jalb etilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishidagi xorijiy kapitalning umumiy hajmida qayta ishlash sanoatiga yo‘naltirilgan kapital ulushi ortib bormoqda. Shu bilan birga «zararli» ishlab chiqarishning rivojlanayot­gan mamlakatlarga ko‘chish jarayoni ro‘y bermoqda.
Tarmoqli ixtisoslashuv quyidagi uch bosqichli sxema bo‘yicha amalga oshmoqda:

  • rivojlangan mamlakatlar, asosan, nisbatan malakali mehnat va zamonaviy texnologiyalar talab qiluvchi tovarlar ishlab chiqarishmoqda;

  • rivojlanayotgan mamlakatlarning ba’zilari (kam rivojlanganlari) mehnat sig‘imkorligi yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon bozoriga xomashyo yetkazib berishga ixtisoslashmoqda;

  • sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirishga intilmoqda.


Download 23,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish