6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.
7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya jarayonida qo‘llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, etarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan psixolog yordamida so‘z iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaksiya va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish mumkin.
8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita.
9.Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.
«Psixologiya» atamasi ikki yunoncha so‘zdan kelib chiqadi: «psyuxe» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, so‘z.
Psixologiyaning maqsadi: Psixologiya yashovchi organizimning xarakterlarini o’rganadi, tushuntiradi va tasvirlaydi. Bu yerdagi “xarakter” va “yashovchi orgonizim” terminlari noodatiy keng ma’nolarni beradi. Xarakter termini har qanday turdagi harakatlar va tajribalarni – bilish, his – tuyg’u, tushunish yo tushunmaslik, sezish, sezmaslik kabilarni o’z ichiga oladi. Boshqa tomondan, “yashovchi organizim” atamasi o’z ichiga har qanday rangi, jinsi, yoshi, fizik va aqliy hususiyatlari, turlarini qamrab olgan tirik hilqatlarni oladi. Shunday normalar, bolalar, yoshlar, o’smirlar, o’qtuvchilar, ishchilar, jinoyatchilar, talabalar, ota – onalar, haridorlar kabi har xil sohalarga oid bolgan odamlarni psixalogiya fani o’rganadi. Shu bilan birga psixologiya fani bu bilan cheklanib qolmaydi, bundan tashqari u hayvon, qush, hashoratlar va ,hattoki, o’simliklarni tushunishga ham harakat qiladi.
Shunday ekan, tirik organizim bor bo’lgan har qanday joyda, ularni tushunish va o’rganish uchun psixologiya fani kerak bo’ladi. Bizga ma’lumki, yashovchi organizmlar va ularning hayot faoliyati judayam xilma xil, shunday ekan psixologiya fani uchun bularni o’rganishda hech qanday to’xtov va chegara yo’q, bu fan hech qachon rivojlanishdan to’xtamaydi.
Har qanday boshqa fan kabi psixologiya ham o‘z o‘rganish predmetiga ega. «Psixologiya» tushunchasining ma’nosidan kelib chiqqan holda, uning o‘rganish predmeti psixika bo‘lib hisoblanadi, deb aytish mumkin. Psixologiya ushbu predmetining maxsus xossalarini ajratish mumkin. Shunday qilib, psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik. Psixika – turli odamlarda yoshi, jinsi, asab tizimining turi, muhit va tarbiya sharoiti, orttirilgan tajriba, ma’lum hayotiy vaziyat va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq ravishda bir talay o‘ziga xos takrorlanmas, noyob turlari, belgilari, turli ifodalari mavjud bo‘lgan bir nusxaga ega bo‘lmagan va bir qolipda ishlab chiqilmagan ob’ekt
Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayon. Idrok qilish, xotira, ong yoki psixomotorikaning o‘zini emas, balki shu kabi hodisalar, jarayonlar xos bo‘lgan insonning psixik faolligini namoyon qiladi. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, psixikaning o‘ziga xos xususiyati uning individga, sub’ektga tegishliligidir. Boshqa xususiyati esa – sub’ektning psixikadan, ongdan mustaqil ob’ektga bo‘lgan munosabati. «Har qanday psixik hodisa boshqalaridan ajratilib, nimaningdir kechinmasi ekanligiga binoan, ma’lum kechinma sifatida belgilanadi, ichki tabiati uning tashqi olamga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi»
. Psixikaning o‘ziga xosligi uning voqelikning haqiqiy tomoni ekanligi – haqiqiylik va mukammallik birliginining aksi ekanligidan iborat. Psixika – bu ob’ektiv olamning sub’ektiv tasviri. Psixika individning hulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. SHunday ekan, psixikani ob’ektiv voqelikning insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini tartibga keltiruvchi ideal obrazlarda sub’ektiv aks etishi, deb ta’riflash mumkin mojno. Psixikaning mazmuni o‘zida psixik obrazlarnigina (his-tuyg‘uli va maqsadga muvofiq) emas, balki, obrazdan tashqari tarkibiy qismlarni – shaxsning umumqadriyatlarni nazarda tutib ish ko‘rishini, hodisalarning mazmun, mohiyatini, shuningdek, aqliy faoliyatni ham jamlaydi.
Psixologiya tarmoqlari 2 ta guruxga bo`linadi.
1.Nazariy psixologiya bizlarga fundament bo’lib hizmat qiluvchi asosiy qonun qoidalarni va psixologik teoriyalar va prinsiplarni o’rgatadi. Bu bizlarga juda hilma xil analizlash, baholash, modifikatsiya qilish va hususiyatlarni rivojlantirish metodlari va texnikalarini o’rgatadi.
2.Amaliy psixologiyada esa nazariy psixologiyada muhokama qilingan va o’rganilgan bilimlar sinaladi. Bu yerda biz psixologik qoidalar, prinisplar, teoralar va texnikalarni haqiqiy hayotda qo’llab ko’ramiz va o’z bilimimizni sinab ko’ramiz. Yuqorida takidlab o’tilgan nazariy va amaliy psixologiyalar ham turli tarmoqlarga bo’linib ketgan. Kelinglar birinchi bo’lib nazariy psixologiyanign tarmoqlarini ko’riib chiqamiz:
1. Umumiy psixologiya – normal odamlar xarakterlarini o’rganishga bog’liq bo’lgan asosiy fundament vazifasini o’tovchi qonun – qoidalar, teoralar va prinsiplarni o’rganadi;
2. Psixopatologiya – Ruhiya kasalliklarning kelib chiqish sababini, tasir darajasini o’rganuvchi va uni davolash yo’llarini izlovchi psixologiya bo’limidir.
3. Ijtiomoiy psixologiya – kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq – atvorini, ijtiomoiy psixologik qonuniyatlarni, holatlar, hodisalar, ularning qiziqishlarini, nimani yoqtirishi va yoqtirmasligini kabilarni o’rganuvchi va tushuntirib beruvchi psixologiya sohasidir 4. Ekspirimental psixologiya – psixik jarayonlar va hodisalarni ilmiy metodlar yordamida labaratoriyalarda ularni o’rganuvchi psixologiya bo’limi. Bu ekspirimentlar asosan hayvonlarda va qushlarda, so’ngra ixtiyorga qarab odamlarda amalga oshiriladi.
5. Fizologik psixologiya – psixologiyaning bu bo’limi hatti harakatlarning fizologik va biologik asoslarini o’rganadi. Atrof muhit, tananing fizologik tuzilishi, miya ishi, nerv sistemalari va ularning ishlash faoliyati va shunga oxshash boshqalar bu bo’limning asosiy predmetlaridir.
6. Para – psixologiya – qo’shimcha sezgi turlari, qayta tug’ilish asoslari, telepatiya va o’zga sayyoraliklar haqidagi muomolarga javob izlaydi
7. Geo – psixologiya – landshaft, tuproq, havo o’zgarishlarining tabiatga aloqador tamonlarini o’rganuvchi psixologiya bo’limi.
8. Rivojlanish psixologiyasi – psixologiyaning bu bo’limi induvid tug’ilganidan boshlab to o’guniga qadar davom etadigan jarayonlarda yuzaga keladigan o’zgarishlarni organadi. Psixologiyaning bu bo’limi o’z navbatida bolalar psixologiyasi, o’rta yoshlilar psixologiyasi va katta yoshlilar psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |