Boshlang’ich qiymat boyicha baholash – asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar yig’indisidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan – ularni keltirish, o’rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Tiklanish qiymati – asosiy fondlar yoki ularning biror-bir qismini (bino, inshoot, uskuna) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash.
Qoldiq qiymati bo’hicha baholash – asosiy fondlarning eskirishini hisobga olgan holda baholash. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismi. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan, hisobdan chiqarish hamda sotib yuborishga mo’ljallangan asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiqqiymat boyicha baholanadi.
Tugatish qiymati boyicha baholash – asosiy fondlarning belgilangan muddatda ishlab chiqarishda qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga to’la o’tkazib bo’lgandan so’ng qolgan qiymat bahosi. Tugatish qiymati dalolatnoma asosida belgilanadi.
Balans qiymati – bu korxona balansi va hisobotlarida aks ettirilgan qiymat. Balans qiymatdan eskirish qiymati olib tashlansa, qoldiqqiymat qoladi.
Asosiy vositalar qayta baholanadi. Bunda asosiy vositalarning eskirishi, ishlab chiqarish, inflyatsiya va boshqa sharoitlar etiborga olinadi.
Asosiy vositalar eskiradi, eskirishning ikki turi mavjud:
Jismoniy eskirish – asosiy fonlarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanilishi va tabiiy eskirishi natijasida birlamchi hislatlarini yo’qotishidir. Jismoniy eskirish bir xilda yuz bermaydi va ko’p jihatdan iqlim sharoiti, foydalanish qoidalariga rioya etilishi, uni ishlatadigan xodimning malakasiga bog’liq bo’ladi.
Ma‘naviy eskirish – asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotishidir. U ikki shaklda yuz beradi:
asosiy fondlar ishlab chiqarish qiymatining pasayishi natijasida
qadrsizlanishi;
fan va texnalogiyalarni rivojlanishi, innovatsion jarayonlarni tezlashib
ketishi natijasida yanada samaraliroq fondlarning paydo bo’lishi.
Asosiy vositalarning eskirgan qismini amortizatsiya deyiladi va ishlab chiqargan mahsulotning tannarxiga qo’shiladi. Asosiy vositaning amortizatsiyasini hisoblashning ikki usuli bor:
1) tayyor tasdiqlangan me‘yor, ya‘ni me‘yoriy; 2) matematik usulda hisoblangan.
Intensiv foydalaniladigan asosiy vositalar bo’yicha tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Masalan, uch smenada ishlaydigan, asosiy vositalar boyicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |