II. Ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarning mazmuni 1-mavzu. Kirish



Download 53.86 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi53.86 Kb.
II. Ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarning mazmuni
1-mavzu. Kirish. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Mustaqillik va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishida yangi tarixiy davrning boshlanishi. Prezident Islom Karimov tomonidan demokratik jamiyat qurish nazariy asoslarining ishlab chiqilishi. Uning o’rganilishini taqozo etuvchi shart-sharoitlar va omillar.

«O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanining predmeti, uni o’rganishning tarixiy ahamiyati hamda manbalari. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bunyod etilishi va amal qilishining o’ziga xos qonuniyatlari. Uslub va shakllari. Ob'ekti. O’zbekistonda jamiyat hayoti sohalari. o’rganish, tajriba, qiyosiy, empirik-sotsiologik tahlil. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o’rganish tamoyillari.

«O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanining maqsadi, nazariy-metodologik asoslari, vazifalari hamda uning amaliyotda qo’llanilishi. Bilish, nazariy umumlashtirish, dunyoqarash, tarbiya, aksiologik yo’naltirish va boshqalar. Fuqarolar erkinligi, huquqlarining tan olinishi va himoya qilinishi. Burchlarga rioya etilishi va bajarilishi. «Fuqaro - jamiyat - davlat» o’rtasidagi o’zaro munosabat.

Fanning asosiy tushunchalari va uning qonuniyatlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarga tegishli bo’lgan umumiy tushunchalar. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining siyosiy-huquqiy fanlar bilan bevosita bog’liq tushunchalari. Ularni hisobga olish va farqlashning zarurligi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning asosiy tushunchalari. «O’zbekistonning o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’li», «demokratiya», «dunyoviy davlat», demokratik davlat», «huquqiy davlat», «fuqarolik jamiyati», «demokratik jamiyat», «demokratik ong», «demokratik tafakkur», «demokratik jamiyatning milliy-ma'naviy negizlari», «milliy davlatchilik», «demokratik jamiyatga o’tish davri», «o’zbek modeli», «demokratik jamiyatning umumbashariy qadriyatlari va tamoyillari». «Milliy va umuminsoniy g’oyalarning mujassam ifoda etilganligi», «O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining ustuvor yo’nalishlari» va boshqalar.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o’ziga xos, milliy va umumjahon e'tirof etgan qonuniyatlari va uning o’ziga xos taraqqiyot yo’lining mavjudligi hamda amaliy jihatlari. Mamlakatimizda demokratik jamiyatni barpo etishda siyosiy institutlar, g’oyalar, nazariyalar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanishi. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o’rganishning ahamiyati.

2-mavzu. Demokratik jamiyat haqidagi qarashlar va ularning bosqichlari
O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar. Uning manbalari va rivojlanishi. «Avesto» da xalqchil, insoniy va adolatli jamiyatda yashashga doir qadriyatlar. Vatanimizning umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri ekanligi. Ozodlik, Vatan mustaqilligi uchun kurash har bir millat, xalq va davlatlarning orzusi. To’maris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Maxmud Tarobiy va boshqalarning ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi.

O’zbekiston xududida o’rnatilgan ilk davlatchilikda boshqaruv negizlari. IX-XII asrlarda yashagan o’rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurishga doir g’oyalar. Amir Temurning davlat va jamiyat ishlarini tashkil etishga doir «Temur tuzuklari». Uning adolatli saltanat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligiga doir qarashlari. M.Ulug’bek, Bobur, A.Navoiy, Koshifiy, J.Davoniy va boshqalarning adolatli davlat, odil jamiyat, inson erkinligi, ezgulik, ma'rifat to’g’risidagi g’oyalari.

XV-XIX asrlarda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati. Milliy davlatchilik negizlaridan mahrum bo’lish sabablari. Uni tiklashga bo’lgan urinishlar. Turkistonda jadidchilik va jadidlar harakati. Jadidlarning milliy davlatchilik va adolatli jamiyat qurilishiga doir ma'rifatparvarlik g’oyalari. Ularning XX asr 20-yillarida o’rta Osiyoda qizil sho’rolar hukumatining yangi istilochilik siyosatiga qarshi ozodlik va istiqlol uchun kurashi. Avtoritarizm va totalitarizm tuzumi sharoitida stalincha, sho’rolarcha mustamlakachilik siyosati.

XX asr ikkinchi yarmida O’zbekistonda davlat va jamiyat qurishning «sovetcha» ko’rinishi. Yagona partiya hukmronligi. Markazlashgan ma'muriy boshqaruv. Demokratiyani sinfiy tushunish. Totalitarizm va uning oqibatlari. Uning demokratik jamiyatga zidligi.

Milliy mustaqillik va O’zbekistonning demokratik o’zgarishlar sari yo’l tutishi. Respublika ijtimoiy-siyosiy tizimida siyosiy partiyalar va xalq harakatlarining vujudga kelishi hamda ularning harakat dasturlari. Milliy demokratik kuchlarning shakllanishi. «Davlat tili to’g’risida»gi (1989 yil 21 oktyabr) qonunning qabul qilinishi. o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi – mustaqillik yo’lidagi dastlabki qadam.

O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining ta'sis (1990 yil 24 mart) etilishi. Oliy Kengashda I.A.Karimovning Respublika Prezidenti etib saylanishi. «Mustaqillik dekloratsiyasi»ning (1990 yil 20 iyun) qabul qilinishi va uning mazmun-mohiyati. Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy masalalarning mustaqil tarzda hal etila boshlanishi. O’zbekiston rahbariyatining Sovet Ittifoqini yangilash masalasidagi «Ittifoq shartnomasi»ga munosabati. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitet uchun amaliy harakatlari.
3-mavzu. O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda o’tish davrining zarurligi va uning xususiyatlari

1991 yil 19-21 avgustda davlat to’ntarishiga bo’lgan urinish. O’zbekiston hukumatining unga munosabati. Markaziy davlatchilik tangligi, KPSS faoliyatining to’xtatilishi. SSSRning tanazzulga uchrashi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida (1991 yil 31 avgust) uchta tarixiy hujjatning qabul qilinishi: «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e'lon qilish to’g’risida»gi qaror va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti», «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun. Ularning tarixiy ahamiyati.

O’zbekiston - siyosiy mustaqil davlat. 1 sentyabr - O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e'lon qilinishi. Xalqimiz asriy orzusining ushalishi. O’zbekiston mustaqilligining umumxalq va jahon jamoatchiligi tomonidan qo’llab-quvvatlanishi. Respublikaning iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun kurashidagi ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar.

o’z taqdirini o’zi belgilash huquqining tinch parlament yo’li bilan amalga oshirilishi. Respublika aholisining 1991 yil 29 dekabrda o’tkazilgan referendumida O’zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berish va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati. I.A.Karimov yangi, mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti. Uning asarlarida O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning metodologik asoslarining ishlab chiqilishi va uning tarixiy ahamiyati.

o’tish davri tushunchasi. Uning mustaqillikni qo’lga kiritgan barcha mamlakatlar uchun zarurligi, o’tish davrining mohiyati va umumiy qonuniyatlari. Uning har bir davlat uchun o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarining mavjudligi. Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» (1992), «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» (1993) asarlarida respublikamiz taraqqiyotining o’ziga xos yo’li, shart-sharoitlari, zaminlari va jahon tajribasi zarurligi masalalarining asoslab berilishi, o’tish davrining «klassik», «inqilobiy», «evolyutsion», «Shok terapiyasi» yo’llari. Demokratik jamiyat qurishda o’tish davrini «an'anaviy» va «inqilobiy» tushunishning bir tomonlama talqin etilishi va uning cheklanganligi. O’zbekistonda «o’tish davri»ga yondashishning o’ziga xos jihatlari. Evolyutsion, tadrijiy rivojlanish yo’lining mohiyati. Unda har bir mamlakat va xalqlarning o’ziga xos mentaliteti, turmush tarzini hisobga olish zarurligi. Demokratik jamiyat qurish vazifalarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.

Islom Karimov tomonidan O’zbekistonning «evolyutsion-tadrijiylik» asosida, islohotlar yo’li bilan demokratik jamiyatga o’tishiga doir nazariy, kontseptual metodologiyaning ishlab chiqilishi. O’zbekistonning totalitar mustamlaka mamlakatdan demokratik jamiyatga o’tishida o’zbek xalqining o’ziga xos xususiyatlari, urf-odat, an'ana va qadriyatlarining roli. Demografik jarayonlar, milliy tarkib, geostrategik xususiyatlariga asoslanish va ularni hisobga olish zarurligi.

O’zbekistonda «evolyutsion-tadrijiy rivojlanish»ning real hayotga tatbiq qilinishi. Bugungi kunda «evolyutsion-tadrijiy», islohotlar yo’li bilan o’tish afzalliklarining jamiyatimiz hayotidagi ko’rinishlari. «o’tish davri» muammolarini hal etishning o’ziga xos yo’llari.

4-mavzu. Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning o’zbek modeli
Demokratik jamiyat qurilishida turli xil milliy modellarning mavjudligi: «Amerika modeli», «Erxard modeli», «Turk modeli», «Xitoy modeli», «o’zbek modeli» va hokazo. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining o’ziga xos xususiyatlari va «o’zbek modeli». Uning mohiyatan o’zaro mushtarakligi. Islom Karimov tub islohotlar asoschisi. Uning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa asarlarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish tamoyillari to’g’risida. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyili. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Davlat bosh islohotchi. qonun ustuvorligi. Kuchli ijtimoiy himoya va bosqichma-bosqich rivojlanish. Bozorga o’tishning «o’zbek modeli» va uning demokratik tamoyillarni qaror toptirishdagi o’rni. «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang» kontseptsiyasining hayotdagi isboti. «Dunyoviy davlat»ning konstitutsiyaviy-huquqiy ta'rifi va milliy davlatchilik tushunchalari. Davlat - zarur hollarda majburlash vositalari va choralariga tayanadigan, siyosiy tizimning asosiy elementi, ommaviy siyosiy tizim tashkiloti.

«o’zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi. Uning O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish xususiyatlariga mosligi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarida inson erkinligi, huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi.

5-mavzu. Milliy – ma'naviy negizlarga tayanish demokratik jamiyat qurishning muxim sharti



Milliy - ma'naviy negizlar tushunchasi. Uning mazmun va mohiyati. Milliy-ma'naviy negizlarga tayanish va ularni tiklashga bo’lgan zarurat.

Mustaqillik va demokratik jamiyat qurilishida milliy-ma'naviy negizlarning yangicha ma'no va mazmun kasb etishi. Yangi jamiyat qurilishida xalqimizning ko’p asrlik milliy davlatchilik va jamiyat qurilishidagi an'analarining hisobga olinishi.

Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlari tushunchasi. Millat - har qanday milliy qadriyatning ob'ekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosi ekanligi. Millat tanazzuli - milliy qadriyatlarning tanazzuli. Milliy qadriyatlar tushunchasi muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarigina emas, balki ular yashayotgan hudud, madaniy-ma'naviy meros, milliy madaniyat, til, milliy ong, millat ruhi, tarixi, o’tmishi, turmushi va yashash tarzi, millat hayotining tartib-qoidalari hamda ular bilan bog’liq milliy xususiyatlar, jihatlar va boshqalarning ahamiyatini ifodalash sifatida.

Demokratik jamiyat qurishning milliy tamoyillari: millatlarning o’z taqdirini o’zlari belgilash huquqi, barcha millatning jinsi, irqi, millatidan qat'iy nazar teng huquqliligi, milliy manfaatlarni hurmat qilish, baynalminallik tamoyillari, har bir millatning ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy va diniy xususiyatlarini hisobga olish va ularga hurmat bilan qarash, o’rtoqlarga o’zaro yordam va manfaatdorlik tamoyillari, millatchilik, mahalliychilik, shovinistik ko’rinishlarga yon bermaslik va ularga murosasiz kurash kabilarning uyg’unligi. Millatning genofondi - uning eng asosiy tarixiy, milliy qadriyatlaridan biri ekanligi.

Agressiv millatchilik, shovinizm, ekstremizm, terrorizmning demokratiya va milliy-ma'naviy negizlarga zidligi. Ma'naviyat va ilm-ma'rifatning bosh mezoni - insoniylik, uning asosiy maqsadi - Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish. Milliy-ma'naviy negizlarning demokratik jamiyat, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurilishidagi o’rni. Demokratiya, milliy-ma'naviy negizlar va barqarorlik.

Ma'naviy yangilanishning demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati. Barkamol shaxs demokratik jamiyat mezoni. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Prezident Islom Karimov asarlarida milliy-ma'naviy negizlarga tayanish masalasi.

Milliy-ma'naviy o’zgarishlarning davlat va jamiyat qurilishida aks etishi. O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining ma'naviy yangilanish bilan bog’liqligi. Uning demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati va istiqbollari.
6-Mavzu: Fuqaro erkinligi va faolligini ta'minlash – demokratik jamiyat qurish omili
Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchasi. Uning ijtimoiy-siyosiy tafakkur tarixidagi talqinlari. Abu Nasr Forobiy komil inson va fozil jamoa to’g’risida.

Demokratik, fuqarolik jamiyati tushunchalari. Demokratik davlatda davlat organlarini tashkil qilish, ular faoliyatini amalga oshirishda mamlakat fuqarolarining turli yo’llar orqali keng ishtirok etishi. Fuqarolarning davlat organlarini tashkil qilishdagi ishtirokining qonun yo’li bilan kafolatlanishi va ularning ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratilishi Demokratik va fuqarolik jamiyatining tuzilishi va faoliyatining huquqqa asoslanganligi. Xalq hokimiyatining amalga oshishi, huquq hukmronligi, Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi «Davlat» va «jamiyat» tushunchalari aynan o’xshash tushunchalar emasligi. Jamiyat ijtimoiy taraqqiyot, munosabatlar mahsuli, majmui. Fuqarolik jamiyatida shaxsga iqtisodiy va siyosiy turmushini o’z ixtiyori asosida qurishga to’la erkinlikning kafolatlanishi. Fuqarolik jamiyatida davlat faoliyati ustidan fuqarolar to’la nazoratining o’rnatilishi. Davlatning ko’pgina vazifalari mahalliy joylarda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga, jamoat birlashmalariga, nodavlat tashkilotlariga o’tishi. O’zbekistonda demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari: demokratiya va qonunchilikni yo’lga qo’yish, mulkchilikning xilma-xil shakllarini yaratish, ma'naviyat va ma'rifatga e'tibor hamda jahon hamjamiyati bilan hamkorlik kabilar. Milliy qadriyatlar va an'analar mujassamlashgan erkin, ochiq jamiyat asoslarining yaratilishi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsad ekanligi.

Prezident Islom Karimov asarlarida fuqarolik jamiyati tushunchasi. «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» tamoyili.

Inson faolligining asosiy mezonlari. Inson va jamiyat. hozirgi davr demokratiyasida inson, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlari.

Prezident I.A.Karimov demokratik jamiyat qurishda inson erkinligi va faolligini oshirish to’g’risida. O’zbekistonda inson faolligini oshirish demokratik jamiyat qurishning asosiy omili. Fuqarolar faolligi va mas'uliyatini oshirishning barqaror jamiyat va farovon hayot barpo etishdagi o’rni. Fuqarolar erkinligi va faolligini ta'minlash demokratik, fuqarolik jamiyati qurishning bosh maqsadi. Yoshlarning demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishidagi ishtiroki va ular faolligini oshirish.

Fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirish erkin va farovon hayotni barpo etishning zaruriy sharti. Insonning ijtimoiylashuvi va faollashuv jarayonlari. O’zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirishdafuqarolarning qonun va qarorlar qabul qilishdagi faol ishtiroki. Uning fuqaro erkinligi va faolligini oshirishdagi ahamiyati.

Prezident Islom Karimovning Oliy Majlis 2002 yil 29 avgust 9-sessiyasida «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» mavzuidagi ma'ruzasida jamiyatni demokrat-lashtirish yo’lidagi intilishlarni ro’yobga chiqarish dasturining 7 ta ustuvor yo’nalishlari.
7-mavzu. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish
Bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti haqidagi nazariy tushunchalar. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. Unga o’tishning ob'ektiv zaruriyati. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti haqidagi 1990 yillargacha bo’lgan nazariy va amaliy qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari. Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va mazmuni. Totalitar, ma'muriy-buyruqbozlik tuzumi iqtisodiyotidan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish. Erkin bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat tamoyillarining o’zaro bog’liqligi. Prezident Islom Karimovning sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlaridan bozor iqtisodiyotiga o’tish va uni erkinlashtirishga doir qarashlari. Uning «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» (1993), «O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida» (1995) kabi asarlari. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li va xususiyatlari. Natura xo’jaligi iqtisodiyoti va rejali xo’jalik iqtisodiyotidan bozor xo’jaligi iqtisodiyotining islohot yo’liga o’tilishi. Bozor xo’jaligi iqtisodiyotidagi evolyutsion-tadrijiy, inqilobiy, «shok terapiya», islohot yo’llarining farqli, o’ziga xos belgilari.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat boshqaruvini, vakolatlarini cheklash va vazifalarini nomarkazlashtirish. Ma'muriy islohotlar va iqtisodiy taraqqiyot.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-iqtisodiy negizi. Mulkchilikning xilma-xil shakllari. Xususiy mulk va mulkdor. Iste'molchilar huquqlari va tanlash erkinligining ustunligi. Tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi. Raqobatning demokratik jamiyat barpo etishdagi o’rni.

O’zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirishning bosqichlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish. Erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish.

Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Xususiy sektor miqyoslarini kengaytirish. Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish. Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni yanada rag’batlantirish choralari to’g’risidagi (1998 yil 9 aprel) hamda unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqidagi (2003 yil 30 avgust) Prezident Farmonlari, ularning mazmuni va mohiyati. qabul qilingan qonun va farmonlarning asosiy yo’nalishlari. Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta bozori. Chinakam mulkdorlar qatlamini shakllantirish. Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta'minlash - demokratik jamiyat rivojining zaruriy sharti.

Bozor iqtisodiyotiga moslab amalga oshirilgan institutsional (muassasalar sohasidagi) o’zgarishlar.

8- mavzu: Oila-demokratik jamiyat qurishning asosiy bo’g’ini
Demokratik jamiyatda oila institutining o’ziga xosligi. Istiqlol davrida O’zbekiston oilalaridagi o’zgarishlar. Oilada demokratik ong, tafakkur va demokratik hayot ilk shakllarining qaror topishi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila masalalari. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov oilaning demokratik jamiyatdagi o’rni va roli haqida. Oilaga davlat va jamiyat e'tiborining kuchayishi. O’zbekistondagi oilalarning tarkibiy tuzilishi va uning demokratik qadriyatlar qaror topishidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

O’zbekiston oilalarida mehr-muruvvat masalasi. o’zbek oilalarining o’ziga xos jihatlari. Oila institutining barkamol shaxs va demokratik qadriyatlar shakllanishidagi o’rni. Oilada milliy-ma'naviy qadriyatlarga amal qilishning o’ziga xos xususiyatlari. Oilada totuvlik. Oilada ota-ona, aka-uka, opa-singillarning ijtimoiy mavqei. Oiladagi o’zaro munosabatlarda sharqona va umuminsoniy demokratik tamoyillar uyg’unligini ta'minlashdagi shart-sharoitlar va omillar. Demokratiya tamoyillarini tushunishda o’zbek oilalariga xos qadriyatlarning hisobga olinishi. Oilaning jamoa, mahalla, jamiyat va davlat barqarorligiga ta'siri. Oilada onaning roli. Farzandlar tarbiyasiga nisbatan turlicha yondashuvlar. Oilada farzandlarning o’z insoniy va fuqaroviy haq-ququqlarini o’rganishdagi mavqei. Oila muhitida fikrlar birligi va plyuralizm. Oilada kollegiallik ko’rinishlarining demokratik jamiyat hayotida aks etishi. O’zbekistonda o’ziga xos va mos demokratik jamiyat qurishda oila rolining oshib borishi.
9-mavzu: Demokratik jamiyat barpo etishda mahalla, nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni
O’zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’rni. Mahalliy davlat hoimiyati asoslari. Mamlakatimizda mahalliy o’zini-o’zi boshkarishning shakllari. Ularning fuqarolik jamiyati qurilishidagi roli. Mahalla — fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi sifatida.

Mustaqillik yillarida o’zbskistonda demokratik tamoyillar asosidagi o’zini-o’zi boshqarish tizimining tiklanishi. Prezident I.A.Karimov O’zbekistonda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari va ularni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida. Mahallaning fuqarolarni demokratik qarorlar qabul qilishda ishtirokini ta'minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi o’rni. Mahalliy davlat hokimiyati ayrim vakolatlarini o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich berib borish maqsadlari. Uning demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi ahamiyati.

Nodavlat, notijorat va jamoat birlashmalari tushunchasi. Uning ma'no va mazmuni.

Prezident I.A.Karimov asarlarida O’zbekistonda huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida nodavlat, notijorat tashkilotlarning o’rni haqida. Fuqarolik jamiyati qurish O’zbekistonning pirovard sgrategik maqsadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatining huquqiy asoslari kafolatlanishining yaratilishi.

O’zbekistondagi nodavlat, notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar faoliyatiningasoslari. «Nodavlat, notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi qonun.

Ko’ppartiyaviylik - demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti. O’zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining vujudga kelishi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning ob'ektiv jarayoni ekanligi. Ularning jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi bilan bog’liqligi. O’zbekistondagi siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining Konstitutsiyaviy - qonuniy asoslari va davlat tomonidan huquqiy himoyalanishi. «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi (1996 yil 26 dekabr) љonun va uning mazmun-mohiyati. O’zbekistonda siyosiy partiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishblarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi. «Xalq birligi» harakati. Oliy Majlisda, davlat boshqaruv tizimida ko’ppartiyaviylikning shakllanishi. Parlamentda partiyalar fraktsiyasining vujudga kelishi.

Nodavlat, notijorat va jamoat birlashmalari tushunchasi. Uning ma'no va mazmuni. Nodavlat tuzilmalari, jamoat hukumatga qarashli bo’lmagantashkilotlar, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash, prezident Islom Karimov asarlarida O’zbekistonda huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida nodavlat, notijorat tashkilotlarining o’rni haqidagi fikrlar. Fuqarolik jamiyatini qurish O’zbekistonning pirovard strategik maqsadi sifatida.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyati huquqiy asoslarining kafolatlanishi.

O’zbekistondagi nodavlat, notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar faoliyatining asoslari. «Nodavlat, notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi qonun.

Mamlakatimizdagi xalqaro va xorijiy nodavlat tashkilotlar faoliyati. O’zbekistonda «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» kontseptsiyasining amalga oshirilishi fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti ekanligi.

Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligining yuksalishi davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkazishga olib kelishining ijtimoiy-siyosiy asosi ekanligi. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatda haqiqiy «to’rtinchi hokimiyat»ga aylanishi – fuqarolarning siyosiy huquqi va erkinliklarini ro’yobga chiqarishning ta'sirchan omili sifatida.


10-Mavzu. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi
O’zbekiston va jahon hamjamiyati. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo’shilishidagi demokratik tamoyillar haqida. Demokratik tartibotlar va uning asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy asoslari.

Jahon hamjamiyati va demokratik jarayonlar. BMT va O’zbekiston Respublikasi. O’zbekiston - AqSh strategik hamkorligi. O’zbekistonning Evropa, Osiyo davlatlari bilan hamkorligi. Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarda demokratik institutlarning rivojlanishi. MDh davlatlaridagi demokratik islohotlar va davlatlararo munosabatlar. O’zbekiston – Rossiya munosabatlar. O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi o’rni. Uning xalqaro terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda o’zaro hamkorligining ahamiyati. O’zbekistonning yaqin va o’rta Sharq, arab mamlakatlari, Tinch okeani xavzasi mamlakatlari bilan ikki va ko’p tomonlama aloqalari.

Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlar va davlatlararo hamkorlik. Markaziy Osiyo davlatlari hamjihatligi. Unga jahon hamjamiyatining e'tibori. Fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirishda demokratik hamkorlik. Jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda milliy manfaatlarning ustuvorligi. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy printsiplari. O’zbekiston Respublikasining xarbiy doktrinasi.

Xalqaro terrorizmning demokratiyaga va jahon hamjamiyati hamkorligiga tahdid soluvchi kuch ekanligi. Mustaqil O’zbekistonning jahon amjamiyati bilan o’zaro manfaatli hamkorligining istiqbollari. Xalqaro va mintaqaviy muammolar xavfsizligini mustahkamlashda O’zbekistonnufuziningortibborishi.
11-Mavzu. Politologiya fanining predmeti
Politologiya yunon tilida qanday tarjima qilinadi. Politologiya – jamiyatning siyosiy tizimi, siyosat, siyosiy jarayonlar va siyosiy xokimiyat, uning asosiy tarkibiy qismlari, davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar va harakatlar bilan o’zaro munosabatda blgan turli ijtimoiy guruhlar, fuqarolarning o’rni va roli xokimiyatga munosabat, uni saylab turish mexanizmi va vositalari, jarayonlari hamda amaliyotni o’rganadigan fan ekanligi.

Politologiya siyosat to’grisida yaxlit, tugal tasavvurni beradigan fan hisoblanishini asoslang. Politologiya fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli ravishda jamiyatning siyosiy jarayonlari to’grisida fikr yuritish.

Jamiyatning siyosiy xokimiyati, bu xokimiyatning mohiyati va tuzilishini aniqlash, uni jamiyatda taqsimlanishi hamda uning mexanizmlarini bilish.. Yaxlit ijtimoiy xodisa sifatida siyosatning mohiyatini yoritish.

Siyosiy institutlarning asl mohiyatini tashkil etgan davlat, parlament, xukumat, siyosiy muassasalar va partiyalar rolini o’rganish.

Siyosat, siyosiy jarayonlar, siyosiy faoliyat va siyosiy xokimiyatni o’rganuvchi fan ekanligini asoslash. Uning predmetini siyosat, siyosiy munosabatlar va xokimiyatni rivojlanish qonuniyatlari. Politologiyaning asosiy mavzui xokimiyatni, siyosiy xokimiyatini o’rganishning ahamiyati.

Politologiya fanining asosiy funktsiyalari (nazariy, metodologik, amaliy va bashorat qilish)

Politologiya fani jamiyatdagi siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar, siyosiy madaniyat, xalqaro tizimlar uning mexanizmi, vositalari. Politologiya fani amal qiladigan qonunlar. Birinchisi davlat xokimiyati va mamlakat ichki siyosiy hayotida amal qiladigan qonuniyatlarq

Politologiya tushunchalari (kategoriyalari)q siyosat, siyosiy xokimiyat, siyosiy jarayonlar, siyosiy hayot, siyosiy munosabat, siyosiy faoliyat, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy institutlar, siyosiy tizim, siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy qadriyatlar, xalqaro siyosiy munosabatlar.





12- Mavzu. Siyosiy qarashlar va ta'limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Siyosiy qarashlar va ta'limotlarning shakllanishi. Sharqda siyosiy fikr va g’oyalar. Yangi davrda siyosiy qarashlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g’arb va Sharqdagi siyosiy g’oyalar.

qadimgi misrliklar, xitoyliklar, hindlar, bobilliklar, yahudiy, fors, greklar va rimliklarning qarashlarida er yuzidagi tartib va targ’ibotlarni ilohiy kuch bilan bog’lab tushunishi.

Siyosiy fikr tarixida diniy an'analarning eng klassik ko’rinishi. Avgustin (shimoliy Afrika, 354 – 430 yillar)ning siyosiy nazariyasi. Xristian cherkoviga xos belgilar. Avgustin qarashlariga Platonning ikki dunyoq Stoiklarning ikki polis to’g’risida, zardushtiylarning bir - biriga qarama – qarshi ikki asos (yaxshilik va yomonlik) to’g’risidagi qarashlari.

Din davlatdan, maktab cherkovdan ajratilishi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asosida, dunyoviy davlat qurish vazifalari. Konfutsiy (e.o. 552/551-479 yillar) siyosiy qarashlarida jamiyat ma'muriy huquq (legizm), utilitar – iqtisodiy (moizm) usullar. qadimgi Rimda Tsitseron ( er.o. 106 – 43 yillar) siyosiy qarashlari. Uning “qonunlar to’g’risida” asarida davlat shakllari to’g’risida, uning monarxiya, aristokratiya va demokratiya ko’rinishlarining yaxshi tomonlarini o’zida ifodalagan aralash idora etish usuli to’g’risida.

Platon (er.o.427-347y.)davlatni idora etishning aristokratiya (hokimiyatni qarindosh-urug’lar birga bo’lib olish) shakli. Uning boshqa shakllarini: timokratiya, oligarxiyadan demokratiyaga va demokratiyadan tiraniyaga o’tishi mumkin degan fikrni asoslashi.

Aristotel (er.o.384-322y.) davlat shaklini to’g’ri va noto’g’ri shakllarga bo’lishi. To’g’ri shakliga monarxiya, aristokratiya va politiyani, noto’g’ri shakliga esa traviya, oligarxiya va demokratiyani kiritishi.

Forobiyning (873-950y.) “Fozil odamlar shahri” asarida adolatli jamiyatga erishish yo’llari, “Fozil shahar hokimining fazilatlari” to’g’risidagi fikr va mulohazalari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joyiga qo’yish bilan bog’liq bo’lgan g’oyalari bugungi kunda ham milliy kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirish va muvofiqlashtirishda muhim manba sifatida xizmat qilishi.

A.Navoiy (1441-1501y.) siyosiy g’oyalarini “Saddi Iskandariy” dostonida asoslab berganligi. Ijtimoiy adolatli tuzum g’oyasi va uning mohiyati.

19 - asrning oxiri va 20- asrning boshlarida Sharq mutafakkirlari siyosiy qarashlarining milliy ozodlik g’oyalari bilan bog’liqligi.
13-Mavzu. Siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar



Siyosiy jarayonlar tushunchasi va uning o’ziga xos ma'no-mazmuni. Siyosiy jarayon tushunchasining siyosiy tizim tushunchasi bilan bog’liqligi. Siyosiy jarayon tushunchasining demokratik jamiyatlardagi rivojlanish xususiyatlari. Siyosiy tizim tarkibini shakllantirish jarayonlari. Siyosiy qarorlarni qabul qilish va ijro etish. Siyosiy jarayon mavjudligining uch tarkibi: turg’unlik, rivojlanish, inqiroz tartiblari va ularning mohiyati. Texnokratik, iderkratik, xarizmatik turdagi siyosiy jarayonlar va ularning bog’liqligi.

qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlisning jamiyat rivojiga ta'siri, qonunlarning ishdab chiqilishi. Ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati, tarkibiy tuzilishi. Adolatli jamiyat qurish yo’lida sud hokimiyati, tarkibiy tuzilishi va uning vazifalari.

Siyosiy partiyalarning jamiyat siyosiy tizimida tutgan o’rni. Jamoat tashkilotlarining faoliyati. Kasaba uyushmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni.
14-Mavzu. Siyosiy ong va madaniyat
Siyosiy ong tushunchasi va uning mohiyati. Siyosiy ongning iqtisodiy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, e stetik, diniy ongdan farqi. Siyosiy ong siyosiy borliqning sub'ektiv aks etishi. Siyosiy ong jamiyatning siyosiy hayoti va uning barcha sohalariga ta'siri masalasi. Siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanish darajasi.

Siyosiy ong guruhlar, qatlamlarning siyosiy institutlarda ishtiroki masalasi. Siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishiga omil bo’lib xizmat qiladigan manbalar. Birinchi manba- insonning oilaviy muhiti masalasi. Ikkinchi manba keng ma'nodagi axborot masalasi. Uchinchi manba individning shaxsiy tajribasi masalasi. Siyosiy ongning funktsiyalari va ular bajaradigan vazifalar. Siyosiy ong darajalari va shakllari. Siyosiy ong shakllanishining asosiy omillari.

Siyosiy madaniyat va uning tuzilishi. Siyosiy madaniyat-jamiyat siyosiy tizimining eng muhim elementlaridan biri. Siyosiy madaniyat umummilliy madaniyatning o’ziga xos ajralmas qismi hisoblanishi masalasi. Siyosiy madaniyatning strukturasi. Siyosiy madaniyatning asosiy elementlarining mohiyati.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa