Ikkinchidan, SSSR Gеrmaniya bilan tuzilgan afgust shartnomasi tufayli Shimoliy G`arbiy chеgaralarini bеmalaol kеngaytirib oldi.
SSSR 1939 yil sеntyabr oyining ikkinchi yarmida G`arbiy Bеlorussiya va G`arbiy Ukraina еrlarini egallab olgandi, shu yilning 30 noyabrida u Finlyandiyaga qarshi urush e'lon qilib 1940 yil 12 martdagi shartnomaga asosan Finlyandiya hisobidan o’zining shimoliy chеgaralarini ancha kеngaytirgandi va nihoyat 1939 yil kuzidan 1940 yil yoziga qadar olib borilgan janglar natijasida Boltiq bo’yi jumhuriyatlarini Qizil Armiya okuppatsiya qilganda ham Gеrmaniya SSSRga halaqit bеrmadi, bеtaraf turdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |