Ii bob. Xalq maqollarida “oila” konseptiga doir tushunchalar tavsifi


II BOB. XALQ MAQOLLARIDA “OILA” KONSEPTIGA DOIR TUSHUNCHALAR TAVSIFI



Download 283 Kb.
bet7/13
Sana21.07.2022
Hajmi283 Kb.
#831838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Abdrimova

II BOB. XALQ MAQOLLARIDA “OILA” KONSEPTIGA DOIR TUSHUNCHALAR TAVSIFI


2.1. Ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar
ifodalangan maqollar


Mavzu doirasidan kelib chiqqan holda maqollardagi konseptual xilma- xillikni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Maqollar, xususan, o`zbek xalq maqollari o`z qatida turli-tuman konseptlarni mujassamlashtirgan. Ayniqsa, ”oila” konsepti o`zbek xalq maqollarida yetakchilikni tashkil qiladi. Bu bejizga emas. Sharq xalqlarida oila azaldan muqaddas, ulug` dargoh sanalib kelingan. Shu sababdan ham “oila” konsepti aks etgan maqollar bu xalqlar folklorida ko`p uchraydi. “Oila” konsepti ko`zga tashlanadigan o`zbek xalq maqollarini oilaviy munosabatlarning qay ko`rinishda ifodalanishiga ko`ra quyidagicha tasnif qilish mumkin:

  1. ota-ona va farzandlar o`rtasidagi munosabat ifodalangan maqollar;

  2. er-xotin munosabati aks etgan maqollar;

  3. oilada qaynona-kuyov hamda qaynona- kelinlik munosabati ifodalangan maqollar.

Bu qatorni yana davom ettirish mumkin. Biz faqat asosiylarini keltirdik, xolos.
Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir, degan edi mutafakkirlardan biri. Darhaqiqat, oila insonga Olloh tomonidan berilgan oliy baxt, buyuk ne’matdir. Oila barcha ezgu orzu-niyatlar maskani, mehr-u muhabbat go`shasidir. Oila - muqaddas dargoh. Bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan! Oilaning eng birlamchi muqaddas vazifasi – insoniyatning zanjirini sog`lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat. Agar oilani bir qo`rg`on deb tasavvur qilsak, shu qo`rg`onning mustahkam ustunlari, shubhasiz, ota va onadir. O`zbek oilasida ayol, ona oilaning muqaddasligini ta’minlovchi mo`tabar xilqat. Nafaqat Qur’oni karim, balki xalq maqollarida ham ayol, onani ulug`lash, otaga hurmatda bo`lish kerakligi haqida ko`plab ibratli ko`rsatmalar berilgan. Farzand – oila quvonchi. Oilada ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar alohida o‘rin tutadi. Xalq maqollarida ham ushbu mavzu aks etganligini ko‘rish mumkin. Biz quyida mana shunday maqollarning lisoniy tahliliga to‘xtalamiz.
Bir qizga yetti qo‘shni ota-ona.
Ma’nosi: “Qiz axloq-odobi, iffati bilan go‘zaldir. Uning bunday bo‘lishi birgina ota-onaning emas, balki ko‘pchilikning tarbiyasiga bog‘liq. Shunday ekan bir qizga atrofdagi qo‘ni-qo‘shnilar ham murabbiylik qiladilar va shunday qilishga ularning haqlari ham bor.”
Otang savlating, onang davlating. Savlat so`zi izohli lug`atlarda ikki xil izohlanadi: a) tashqi ko`rinishga nisbatan ulug`vor, salobatli; b) ko`rk va iftixor. Ushbu maqolda bu so`zning ikkinchi ma’nosi qo`llangan. Ya’ni ota - farzandning faxri. Farzand otaning mashaqqatli mehnati orqasidan katta bo`ladi, kamol topib, el-yurtga taniladi. Davlat so`zi ham majoziy ma’noda qo`llangan. Ona tufayli farzand tirik. Ona hech qanday narsaga alishib bo`lmaydigan bebaho xilqat. Ona - farzandning haqiqiy davlati. Varianti: “Ota-onang – davlating”.
Ota-ona – qo`sh chinor. Ma’lumki, chinor daraxti azaldan ildizi mustahkam, sersoya, uzoq umr ko`ruvchi daraxt sifatida qadrlanadi. Bu daraxt o`zbek xalqi e’tiqodida alohida ahamiyatga ega. Ota-ona toki tirik ekan, farzandining boshidan yelni ham uchirmaslikka harakat qiladi. Xuddi chinor daraxti singari goh hayotning qor-yomg`irlaridan, goh issiq quyoshli kunlaridan himoya qiladi, panohiga oladi.
Ona – mehribon, ota – g`amguzor. Ona mudom farzand qoshida parvona. Farzandi bir ozor cheksa, ona ming karra qiynaladi. Ota ham undan qolishmaydi. Farzandiga qo`shilib dard chekadi. Ularning farqi shundaki, ona doim o`z mehr-muhabbatini, dard-fig`onini oshkora ifodalaydi. Ota esa, aksincha, farzandiga bo`lgan muhabbatini har doim ham oshkor qilavermaydi, yuragida saqlaydi. Farzandi boshiga tashvish tushsa ich-ichidan eziladi, g`amga botadi.
Otangga qilganingni bolangdan ko`rasan. Xalqimizda bu maqolga o`xshash ”Har kim ekkanin o`rar”, ”Arpa ekkan arpa o`rar”, ”Qaytar dunyo deydilar” kabi naqllar yuradi. Farzand oilada ko`proq otadan andoza oladi, unga taqlid qiladi. Otasining o`z otasiga qilayotgan munosabati ham bolaning e’tiboridan chetda qolmaydi. Bundan tashqari, taqdir charxpalagi har qanday yaxshi ishning ham, yomon ishning ham javobini bermay qolmaydi. Otasining izzat-hurmatini joyiga qo`ygan farzand ertaga farzandidan ham shu mukofotni oladi.
Onangni quyosh bilsang,
Otangni oy bil. Ma’lumki, oy-u quyosh bir-birini taqozo qiluvchi, bir-birisiz mavjud bo`lmas hodisa. Shuningdek, ular bo`lmasa yer kurrasida ham hayot tugaydi. Ota-ona bejizga oy-quyoshga o`xshatilmagan. Ona quyosh yanglig` kunlarimizni yoritsa, ota oy kabi qorong`u kechamizni nurafshon etadi, ya’ni qayg`uli onlarimizda yonimizda bo`lib, dardimizni aritadi. Bundan tashqari, bu maqolda ota-onaga bir xil, ayricha bo`lmagan holatda hurmat-ehtirom ko`rsatish kerakligi uqtirilgan.

Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish