Silindrik truba rezba unga katta bo’lmagan bosim ostida ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, suv, gaz trubalarda va ularni biriktiruvchi detallarda ishlatiladi. Rezbaning shartli belgisida “trub” so’zi, rez’ba diametrining sonli ifodasi oldiga yoziladi. 189-shakl.
Masalan: Trub I 1/2"
189- shakl
Rezba uchining yarim yoy shaklida qilishdan maqsad, ularni jipsligini mustahkamlash uchun o’raladigan zichlagich yaxshi o’ralishi uchun qulaylik tug’dirishdir.
Konus truba rezba yuqori bosim ostida, yuqori temperaturada ishlaydigan mustahkam va zich birikmalarni talab qiladi, truba va yasamalarda ishlatiladi.
Chizmada konus truba rezba quyidagicha belgilanadi: K trub 1/2"- bu yerda K-konus so’zini bosh harfi. Bunday konus truba rezbalarning yasovchi uchburchagini bissektrissasi konus o’qiga perpendikulyar yo’nalgan bo’lib konuslik esa I:16- ga teng.
Qolgan rezbalar bilan qisqacha tanishtiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |