Bronza asrining Koreyaga kirib kelishi.
Bronza asrining Koreyaga kirib kelishi orasida olim lar tomonidan turli sanalar bildirilgan. U lam ing fikricha, mil avv. II—I m ing yilliklardan tortib to mil. avv. V II-V I asrlargacha boMgan davr bronza asri hisoblanadi. Bundan tashqari, Koreyaning yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, aynan bronza davri mintaqada uzoq davom etmagan va mibavv. III—II asrlar chegarasida yakunlangan. Temir buyum lar esa mil.avv.VII asr yoki mil avv. IV asr - bronza asri (bu yerda ham turli xil sanalar ko'rsatiladi)da paydo bo'lgan va bronza buyum larbilan bir vaqtda ishlatilib, yangi davrda nisbatan keng tarqalgan. Bronzadan yasalgan buyumlar orasida qilichlar, pichoqlar, nayza uchi, bolta va oyboltalar, ot-arava buyumlari, idish-tovoqlar, zeb-ziynat buyumlari, oyna va tangalar ko'proq uchraydi. Bu davrda toshdan mehnat qurollari yasash davom etgan bo'lib, so'nggi bronza va ilk temir davrida zargarlik buyumlari - qimmatbaho zebziynatlar, yarim qimmatbaho toshlar va munchoqlar yasalgan. Bronza davrida odam lar dastlab baland tepaliklardagi manzilgohlarda yashaganlar. Keyinchalik, ular o'z yashash joylarini mudofaa devorlari bilan o'raganlar. Natijada dehqonchilik qilish uchun qulay m anzilgohlar paydo bo'lgan. Yerto'lalar kengaytirilib yarim yerto'lalarga aylantirilgan va ondol isitish tizimi ancha ommalashgan. Har bir manzilgoh o'ntadan yuztagacha bo'lgan yarim yerto'lalardan iborat bo'Igan. Binolar katta hajmda qurilganligi uchun ularda jam oa bo'lib yashashgan deyish mumkin. Bu davrda dehqonchilikda dukkakli o'sim liklardan - tariq, arpa, bug'doy va no’ xat ekilgan. Odam lar orasida ijtimoiy tabaqalanish (aslzoda, oddiy odamlar va qullar) mavjud bo'lgan U rug'-qabilalar orasida hokimiyatni urug' va qabila sardorlari boshqarganlar. Faqatgina hukm ron tabaqa vakillarigina bronzadan yasalgan buyum lardan foydalanganlar. Aholining asosiy qismi esa tosh, suyak va yog'ochdan yasalgan buyumlarni ishlatishgan. Shuningdek, ijtimoiy tabaqalanish dafn marosimida ham o'z ifodasini topgan. Bu mayitni chuqur o‘ra qiiib dafn etishdan farqli tarzda tosh qutili (toshlar bilan qoplangan plita) qabrga ko'm ishda, keyinroq dolmenlar fhashamatli, o'n tonnalarcha keladigan ko'm ish inshootlari)ga dafn qilishda kuzatilgan. Odatda, dolm enlar qabilaning aslzodalari (hukmdor va boshliqlari)ga atab qurilgan. Bunday inshootlar, asosan, tog' jinslaridan, ya'ni, katta tosh bo'laklari va plitalaridan qurilgan bo'lib, ular stol (xontaxta) yoki qo'ziqorin ko'rinishida yasalgan. Marhum bilan birga qurol-yarog'lar (pichoq, qilich, boltalar), taqinchoqlar va bronzadan yasalgan oyna ko'm ilgan. Bunday katta inshootni barpo etish ko‘pchilikning mehnatini talab qilgan. Keyinchalik dolmenlar o'ziga xos etnom adaniy an’anaga aylangan va nafaqat aslzodalar, balki oddiy xalq uchun ham qurilgan bo'lib, Koreyadan 30 mingga yaqin dolm enlar topilgan. Temir paydo bo'lishi bilan birga bronzadan yasalgan mehnat qurollari ham ishlatilgan. Temirdan qurol-yarog'lar, aravalar, qish loq xo'jaligi va hunarmandchilik asboblari yasalgan. Bronza va so'ngra temirdan foydalanish (ayniqsa, omoch dehqonchiligi) mehnat unumdorligining oshishi, o'z navbatida, ortiqcha mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va xususiy mulkning paydo boMishiga olib kelgan. Qolaversa, maxsus kasblar (ziroatchi dehqonlar, kulollar, temirchilar, kon qazuvchilar) paydo bo'lgan. Tovar ayirboshlash munosabatlari paydo bo'Iganidan bu davrga xos tangalar ham dalolatberadi. Bronza va temirdan yasalgan qurol-yarog'lar bilan qurollangan jam oalar metall va boshqa buyumlardan foydalanishni bilmaydigan boshqa jamoalami o'zlariga bo'ysundirishi natijasida ancha katta uyushma, o'z navbatida, quldorlik jamiyati vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Bu uyushmalar davlatchilikning ilk ko’rinishi va keyinchalik koreys davlatchiligi vujudga kelishiga asos bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |