Ii-bob. Paskal tilida oddiy algoritmlarni dasturlash asoslari. Dasturlashtirishda bajariladigan harakatlar konsepsiyasi


Takrorlanish jarayonlarini tashkil qilish.Takrorlanish operatorlari



Download 0,64 Mb.
bet12/15
Sana16.02.2023
Hajmi0,64 Mb.
#911941
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ii-bob. Paskal tilida oddiy algoritmlarni dasturlash asoslari. D

Takrorlanish jarayonlarini tashkil qilish.Takrorlanish operatorlari
Shu paytgacha ko’rib chiqilgan operatorlarning hammasi aniq bir marotaba bajariladigan buyruqlar tizimini tashkil qiladi. Ko’rib chiqilgan operatorlar orqali faqatgina oddiy hisoblashlarnigina bajarish mumkin. Haqiqatan bunday oddiy ko’rinishdagi masalalarga dastur tuzib, uni kompyuterga kirgazib, xatosi bo’lsa uni to’g’rilab natija olishga sarflangan vaqtni yarmisini sarflagan holda, bunday masalalarni oddiy kalkulyatorda ham, dastur tuzmasdan hisoblash mumkin.
Amaliyotda murakkab jarayonlarni dasturlashda ma’lum buyruqlar ketma-ketligini ma’lum shartlar asosida qayta-qayta bajarish zarurati tug’iladi. Ma’lum bir o’zgaruvchining turli qiymatlarida ma’- lum buyruqlar tizimining biron bir qonuniyatga asosan qayta-qayta bajarilishi takrorlanuvchi hisoblash jarayoni (sikl) deb ataladi.
Takrorlanuvchi hisoblash jarayonining takror-takror hisoblanadigan qismini takrorlanishning tanasi (jismi) deb ataladi.
Takrorlanish ichida qiymatlari o’zgarib boradigan o’zgaruvchini takrorlanish o’zgaruvchisi yoki takrorlanishni boshqaruvchi o’zgaruvchisi (sikl parametri) deb yuritiladi. Takrorlanuvchi jarayonning algoritmi umumiy holda quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
1. Takrorlanishni tayyorlash - takrorlanishni boshlashdan oldin takrorlanishda qatnashadigan o’zgaruvchilarning boshlang’ich qiymatlari yoki takrorlanish o’zgaruvchisining boshlang’ich qiymati o’rnatiladi, takrorlanish o’zgaruvchisining o’zgarish qadami belgilanadi.
2. Takrorlanish tanasi - takrorlanish o’zgaruvchilarining turli qiymatlari uchun takror bajariladigan amallar ketma-ketligi ko’rsatiladi.
3. Takrorlanish o’zgaruvchisiga yangi qiymat berish - har bir takrorlanishdan avval o’zgaruvchiga o’zgarish qadamiga mos ravishda yangi qiymat beriladi.
4. Takrorlanishni boshqarish - takrorlanishni davom ettirish sharti tekshiriladi, takrorlanishning boshiga o’tish ko’rsatiladi.
Paskal algoritmik tilida uch xil ko’rinishda takrorlanuvchi hisoblash jarayonini tashkil qilish mumkin va bu jarayonlarni dasturlash uchun maxsus operatorlar belgilangan:
-avval sharti tekshiriladigan (sharti oldin kelgan"toki") takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori orqali amalga oshiriladi;
- sharti keyin tekshiriladigan ("...gacha") takrorlanish jarayoni, bu jarayonni maxsus REPEAT operatori orqali amalga oshiriladi;
- parametrli takrorlanish jarayoni, bu jarayon maxsus FOR operatori yordamida amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan jarayonlar ustida alohida-alohida mavzu sifatida to’xtalib o’tish lozim bo’ladi.
Sharti keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni.
Takrorlanish jarayonining REPEAT operatori takrorlanishlar soni noma'lum bo’lganda ishlatiladi.
Umumiy ko’rinishi: REPEAT S UNTIL b;
bu yerda b - logik ifoda, S - sikl tanasi.
WHILE operatoridan farq qilib shart siklning oxirida ishlatiladi, logik ifodani TRUE qiymatida hech bo’lmaganda bir marta bajariladi.Funktsiyalarni jadval ko’rinishida chiqaradigan universal programma ishlab chikish mumkin.
PROGRAM TABULFUN(INPUT,OUTPUT);
VAR XN,XK,HX,A,X,Y : REAL;
I, N : INTEGER;
BEGIN READ(XN,XK,HX,A);
N:=TRUNC((XK-XN)/HX)+1; X:=XN;
FOR I:=1 TO N DO BEGIN
Y:=(A*A*A)/(A*A*A+X*X*X);
WRITELN(X,Y); X:=X+HX;
END; END.
WHILE sikl operatoridan foydalanishda butun tipli N, I o’zgaruvchilarni tasvirlash va sikllar takrorlanishini hisoblovchi o’zlashtirish operatori yukoladi., ya'ni
WHILE X<=3.01 DO
«sikl tanasi»
REPEAT operatori ham shunga o’xshash bo’lib,
REPEAT «sikl tanasi»
UNTIL X ( 3.01;



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish