Kamyoblik darajasi 2. Pomir-Oloy tog’laridagi kamyob tur.
Qisqacha tavsifi. Bo’yi 20 sm ga yetadigan ikki yillik o’t. Qo’zog’idan tashqari butun o’simlik uzun, oddiy tuklar bilan qoplangan. Poyasi yakka. Barglari bandli,
yaprog’i cho’ziqroq, patsimon bo’lakli, bo’lakchalari cho’ziq, o’tkir uchli. Tojbarglari binafsha yoki oqish-binafsha rangli. Qo’zog’i yuqoriga yo’nalgan, tasbehsimon. May oyida gullab, iyun-sentyabrda mevasi yetiladi. Kichik-kichik to’plar hosil qilgan holda uchraydi. Urug’idan ko’payadi.
Tarqalishi. Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Zarafshon, Nurota va Hisor tizmalarida uchraydi.
O’sish sharoiti. Tog’larning o’rta qismida yumshoq tuproqli yonbag’irlarda va tub jinslar chiqib qolgan joylarda o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |