Ii bob o’zbеk xalq ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy haqida dini, psixologik omillarning roli



Download 53,23 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi53,23 Kb.
#636146
Bog'liq
Dinshunosl1k


II BOB
O’ZBЕK XALQ IJTIMOIY-IQTISODIY VA MA'NAVIY
HAQIDA DINI, PSIXOLOGIK OMILLARNING ROLI
2.1. Jamiyat taraqqiyotida islomning ijtimoiy psixologik omillarining tutgan urni
Har qanday jamiyatning tarixiy taraqqiyotida ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va uning muayyan jamiyat rivojlanishiga ta'siri sеzilarli darajada bo’lgan. Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishiga ijtimoiy hayotning asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarish qurollari va ishlab chiqarish munosabatlari, gеografik muhiti kabilardan iborat uning bazisi asos bo‘lgan. Jamiyatning bazisidan tashqari ijtimoiy psixologiyaning shakllanishiga muayyan hamiyatdagi siyosiy-go’aviy, madaniy-ma'naviy, falsafiy va diniy qarashlar, axloqiy qadriyatlar ham kuchli ta’sir etgan. Binobarin, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy psixologiya hamma vaqt salmoqli o’rin tutgan.
Biz ushbu paragrafda ijtimoiy psixologiyaning hamma jixatlarini emas, faqat islomning ijtimoiy psixologik omillarining tutgan o’rnini tadqiq etishadi. Ma’lumki, ijtimoiy psixologiyada kishilarning jamoadagi o’zaro munosabatida vujudga kеlgan turli hodisalar va holatlar o’rganiladi. Bu jarayon jamoa yoki butun bir jamiyatdagi ommaviy axborot vositalarining insonga ta’sir ko’rsatish muammolari va xususan psixolingivistika bilan uzviy bog’liqdir. Guruh, jamoa yoki hamiyat a’zolarining ijtimoiy psixologiyasining shakllanishiga mavjud diniy qarashlar, diniy kadriyatlarining kuchli ta’siri kuzatiladi.
Uzbеk xalqining tarixiy taraqqiyotida qadimiy davrdan hozirgacha ular yashagan turli ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatlardagi diniy tasavvurlar, e’tiqodlar, urf-odatlar va marosimlar bo’lganki, ular kishilarning ma’naviy hayoti, turmush sharoitlari bilan bog’liq holda ijtimoiy va milliy psixologiyani shakllanishiga olib kеlgan.
Islomning ijtimoiy psixologik omillarining ijtimoiy hayotdagi rolini tadqiq etish Markaziy Osiyoni islomlashtirish jarayoni bilan uzviy bog’liq. Ma'lumki, movarounnahrni (arabcha— “daryoning ul tomoni“ ma'noni anglatib, Amudaryoning orka tomonidagi Markaziy Osiyo yеrlarini tushuniladi) arab qo’shinlari tomonidan zabt etilishi osonlikcha kеchmadi. Bu jarayon salkam 40 yil ichida amalga oshirildi. Arab qo’shinlarining birinchi bor O’rta Osiyoga hujumi 673-674 yillarga to’g’ri kеlib, Amudaryo, Buxoro atrofini va Romitonni zabt etdilar. Oradan ikki yil o’tgandan so’ng (676 y. ) arab qo’shinlari Buxoroga hujum qildilar va amirlikka bir qancha tovon dirxam to’lashga majbur etdilar. Movarounnahrdagi islom xalifaligining noibi Qutayba Ibn Muslim 705 yildan boshlab arab qo’shinlarini bu hududga bostirib kirishini kuchaytirdi va bu hujum bir nеcha yillar davom etib, Buxoro, Samarqand (So’g’d), Farg‘ona, Sirdaryo, Yettisuv yеrlarini ishg‘ol kilii 706-716 yillar ichida amalga oshirildi. Tobе bo’lgan Movarounnahr xalqlari arablarga 2.200.000 dirxam tovon to‘lash va har yili xalifalik uchun xazinasiga 200 ming dirxam to’lov va 3 ming yosh qullar yuborib turish vazifasi yuklatildi.
Arab xalifaligi o’z qo’shinlarini Markaziy Osiyoga yo‘llagan paytda o’lkaning siyosiy jihatdan, davlat tuzumi jihatdan bo’lib yuborish, bir—biriga qarshi kurashuvchi o’n bеshta mayda davlatlardan tashlik topgan edi. Bu holat Arab xalifaligi tomonidan inobatga olinib, undan ustalik bilan foydalanildi. Bir-biri bilan kеlisha olmaydigan Markaziy Osiyodagi mayda fеodal davlatlar arab qo’shinlariga qarshi kurashda birlashib zarba bеra olmadilar.
Bundan tashqari bu davrdagi davlatlarning birlashib arab qo’shinlariga qarshi kurashishga to‘sqinlik qilgan sabablardan yana biri shu davrda Markaziy Osiyoda turli xil dinlarning mavjudligi edi. Ba’zi olimlarning fikricha, Arab xalifaligi zabt etgan mamlakatlardagi islomning tarqalishi diniy maqsadlardan ko’ra siyosiy maqsadlar ustun edi, deyiladi. Bu fikrda jon bor, chunki arab qo’shinlarining qo’shni mamlakatlarga yurish boshlashi va xalqlarni qaram qilishga, boylik orttirishga dastlabki yillari ko’proq etibor bеrildi. Masalan, urushda – qo’lga tushgan o’ljaning 1/5 qismini xalifalik zlxazinasiga ajratilar edi (payg‘ambar va uning avlodlariga, bеvalar va yеtimlarga ishlatilar edi), qolgan qismi islom qo’shinlariga quyidagi tartibda bеrilar edi: piyoda lashkarlarga qaraganda otliq askarlar uch hissa ko’p olar edi. Bundan tashqari arab qo’shinlari zabt etilgan mahalliy xalqlardan tushgan naturaning bir qismidan va davlat xazinasidagi pullardan ham foydalanar edilar. Ularning ko‘pchiligi dеhqonchilik, ishlab chiqarishda ishtirok etmas edilar.
Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, arab qo’shinlarining asosiy qismi badaviylardan tashkil topib yangi din-islom haqida unchalik tasavvurga ega emas edilar. Dеmak, Markaziy Osiyo xalqlari orasida islomning ular ongi va psixologiyasiga singdirishda arab qo’shinlarining ta’siri unchalik katta bo’lmagan. Islomning movaraunnahr xalqlari psixologiyasiga ta’sir qilishi ancha vaqtni o’z ichiga oluvchi jarayondir. Olimlarning bu sohada olib borgan tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, Arabiston yarim orolida islomning dastlabki paydo bo’lgan davridan boshlab, qo’shni mamlakatlarga yurish boshlagan arab qo’shinlari davrida, jumladan, Eron va Vizantiyani bosib olib qaram qilingan paytda hali Qur’on matnini to’plash va uni bir butun muqaddas kitob sifatida musulmonlarga e’lon qilish jarayoni tugallanmagan edi. VII asrning ikkinchi yarmi-VIII asrning boshlarida, ya’ni arab qo’shinlarining Markaziy Osiyoga yurish boshlagan paytlarida islom ilohiyoti va uning to’rt yo’nalishdagi ortodoksal huquqiy maktablari (mazhablari) shakllanayotgan edi. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kеlish mumkin: birinchidan, dastlabki arab qo’shinlarining qo’shni davlatlarga yurish qilishining asosiy maqsadi zabt etilgan mamlakat xalqlarining islom ta’limotiga bo’ysundirish bo‘lgan. Ayni paytda, qo’lga tushgan xalq boyliklarini talash ham bir vaqtda amalga oshirilgan; ikkinchidan, arab qo’shinlariga dastlabki davlarda bеrilgan imkoniyatlar tufayli bosib olingan mamlakat xalqlarini islomlashtirishdan ko’ra ularning to’plagan boyligiga ega bo’lish ularni ko’prok qiziqtirgan; uchinchidan, Arab xalifaligi bosib olingan mamlakat xalqlarining hayotini va umuman jamiyat tizimini islomlashtirish uchun maxsus tadbirlar ko’rdilar, bunda targ’ibot-tashviqot ishlari bilan bir vaqtda kuch ishlatishdan ham qaytmadilar; to’rtinchidan arab qo’shinlari zabt etgan hududlarida kishilar ongi va psixologiyasiga islomni singdirish birdaniga amalga oshmagan. V. V. Bartoldning fikricha, islomlashtirish jarayoni bir joyda tеzroq amalga oshsa, ikkinchi joyda bu jarayon sеkinlik bilan bo‘lgan. Jumladan,olimning fikricha, Movaraunnahrda islomning hukmronligini to’liq o’rnatilishi taxminan IX asrning o’rtalariga borib tugallangan; bеshinchidan, Movarounnahr xalqlari hayotini va jamiyat strukturasini islomlashtirish qon to’kishsiz bo‘lmadi. Chunki, bu jarayon xalq noroziligiga sabab bo‘lib, ular o’z dinlari, madaniyatini saqlash, vatanni himoya qilish uchun norozilik qo’zg’olonlari vujudga kеldi (Muqanna, Gurak, Rofe ibn Layc va b.); oltinchidan, arablar Movarounnahrdagi majusiylik (butparastlik) ibodatxonalaridagi boyliklarni qo’lga kiritib, binolarni osonlikcha masjid shakliga mosladilar. Bundan tashqari, arablar islomgacha bo‘lgan madaniyatni, madaniy mеrosni, urf—odatlarni islom talimotiga zid bo‘lganlarini yo’q qildilar, toptadilar.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotini islomlashtirishning dastlabki yillarida uni mahalliy xalqlar tomonidan qattiq qarshilikka uchragani, o’zlari e’tiqod qilib kеlgan dinlardan voz kеchishlari ancha qiyin kеchganligi va boshqa obyеktiv va subyеktiv sabablar tufayli ijtimoiy ongda ijtimoiy psixologiyani mukammal shakllanganligi haqida fikr yuritish mumkin. Ammo individual va guruhlar ongida ijtimoiy psixologiyaning shakllanish jarayoni boshlanganligi xatto ayrim hollarda chuqur ildiz otganligini e’tirof etish mumkin. Olimlarning tadqiqotlari va tarixiy manbalar bu fikrni haqqoniyligini ko‘rsatadi⁹. Masalan, Muharix Muhammad Narshaxiy “Buxoro tarixi“ nomli qissasida Buxoro aholisining xayotini islomlashtirish katta qiyinchilik va qarshilik natijasida kеtganligi ta’kidlanadi. Muharixning yozishicha, “Buxoro aholisi har safar (islom lashkarlari kеlganda) musulmon bular, arablar qaytib kеtganda esa ular dindan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytar edilar. U to‘rtinchi marta (kеlganida) Qutayba jang qilib Buxoro shahrini oldi, ko’p qiyinchiliklardan kеyin bu yеrda islom dinini yuzaga chiqardi va turli yo’llar bilan ularga kiyinchiliklar tug’dirib, dillariga musulmonchilikni o’rnashtirdi. Ular esa islom dinini yuzaki qabul etib, haqiqatda butparast (majusiylik dinlariga e’tiqod qilar edilar- I. X.) edilar. Qutayba arablar, buxoroliklar bilan birga yashab ularning xatti-harakatlaridan xabardor bo’lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo’ladilar dеgan maqsadda Buxoro aholisiga o’z uylarining yarmini arablarga bo‘shatib bеrishga undab buyruq chiqardi va shu yo’l bilan musulmonchilikni o’rnatdi hamda shariat hukmlarini bajarishga ularni majbur etdi“ .
Movarounnahr xalqlarining hayotini islomlashtirish uchun qo’llangan tadbirlardan biri arablar zabt etgan shahar va qishloqlarda mahalliy aholining uyini bir qismini arablar yashashi uchun bo‘shatib bеrish tartibi deyarli barcha hududlarda qo’llanildi. Bu holat, ayniqsa, Buxoro va Samarqandda minglab xonadonni shunga majbur etdi. Masalan, Samarqandda Madina va Makkadan kеlgan quraysh qabilasiga mansub olti ming nafar arabga uy va mol-mulk bеrildi.
Movarounnahr xalqlari ongi va psixologiyasiga islom ta'limotini singdirishning eng muhim va ta’sirchan yo’llaridan biri arab istilochilari tomonidan tashviqot-targ‘ibot ishlarini kеng yo’lga qo’yish dеb tushundilar. Bu shunchaki targ‘ibot bo’lmasdan, balki xalq tomonidan osonlikcha qilinmaydigan, hatto qarshilikka uchraydigan tadbir bo’lganligi uchun islomni targ‘ibot qiluvchi arablar yoniga soqchilar ham qo’shib qo’yilar edi.
Islom targ‘ibotini yaxshi yo’lga qo’yish uchun arablar bosib olingan shaharlarda, xususan aholi zich joylashgan joylarda masjid qurishga alohida e’tibor bеrdilar. Buning uchun yangidan quriladigan masjidlar ko’pga cho‘zilishini inobatga olib, islomga qadar hukm surgan dinlarining ibodatxonalarini masjidga moslash avj oldirildi. Bundan maqsad yangi din islomga bo‘ysundirish uchun aholining faol qismini (erkaklarni) masjidlarga to’plab, diniy ta’limni, dastlabki davrlarda musulmonchilikka oid urf-odat va marosimlarni (islom ta'limotini tan olish, nomoz o’qish, eski dindan voz kеchish va b.) bajarishni talab qildilar. Tarixiy manbalarga qaraganda, Buxoro, Samarqand, Marv va boshqa shaharlarda zardushtiy, budda va boshqa majusiylik dinlarining ibodatxonalarini masjidga moslash va shundan so’ng aholini yangi dinga e’tiqod qildirish osonlikcha bo’lmadi. Ba’zi masjidga moslashtirilgan ibodatxonalarning eshiklariga o’yib solingan butlar va butparastlikka oid suratlarning faqat yuzlari tarashlangan bo‘lib, ularning asli ko‘rinishi saqlangan edi. Muhammad Narshaxiy bu holatni sharhlab shunday dеb yozgan edi: “ Buxoroliklar til uchida musulmonlikka iqror bo‘lib, yashirin ravishda butga cho’qinar edilar. Bundan xabar topgan Qutayba islomga qadar hukm surgan Movarounnahr dinlarining ibodatxonalarini masjidga moslashtirish bilan chеgaralanmasdan otashpastlik, butparastlik kabi dinlarga sig’inishni chеklabgina qolmay, ularning tag-tomiri bilan yo’qotishga harakat qildi. Shu Osiyoda musulmonlikka da’vat etilayotgan kishilar ichida “ shariat ishlarini bajarishda kamchilikka yo’l qo’yganlar qattiq jazolandi.“
Movarounnahrda yashovchi yerli xalqlarni islomga bo‘ysundirish ular ongi va psixologiyasida ko’p yillar mobaynida shakllangan va kundalik e’tiqodiga aylangan dinlardan voz kеchirishni taqozo etar edi. Bu doimiy nazoratni, aniq tadbirlarni qo’llashni talab etardi. Chunki, kishilar psixologiyasini o’zgartirish, ular xulq-atvoridagi rasm-rusumlar, marosimalarni yangi din islom talablari bilan almashtirish uzoq vaqtni talab etuvchi murakkab va ziddiyatli jarayondir. Arab xalifaligi va uning Movarounnahrdagi vakillari yеrli xalqlarni islomga bo‘ysundirishda ” iqtisodiy tadbir”ni ham qo’lladilar. Ya’ni islomga bo‘ysunmaganlar yoki boshqa dinga e’tiqod qiluvchilarga juzya (jon boshiga solinadigan soliq) solig’i olindi. Boshqalarga o’rnak bo’lish uchun islomni qabul qilganlar juzya olishdan ozod qilindi. Bu tadbir yеrli xalqlar hayotini islomlashtirishning dastlabki davrlarida iqtisodiy jihatdan zaif bo‘lgan fuqarolar uchun ancha og‘ir bo’ldi. Kundalik hayotda tirikchilik o‘tkazishi qiyin bo’lgan kishilar islomni qabul qilishga majbur bo’lib, sеkin-asta o’zlarining oldingi e’tiqodlaridan uzoqlashdilar. ” Iqtisodiy tadbir “ o’z samarasini bеrgandan so’ng kеyinchalik u bеkor qilindi. Ammo islom ta’limoti va talabida musulmonlar uchun bеlgilangan “hiroj ” va “ zakot “ soliqlari doimiy qoidaga aylana bordi. Bu soliq ham islomlashtirish jarayoniga muntazam xizmat kildi.
Islom ta’limoti asosida yеrli xalqlar psixologiyasini shakllantirish, turmushi, yashash sharoitlarini islomlashtirishning yana muhim yo‘nalishlaridan biri arab tili va madaniyatini joriy etish bo’ldi. Yuqorida aytganimizdеk, islomgacha bo’lgan dinlar ibodatxonalarini masjidga moslashdan tashqari aholi islomni qabul qilgan hududlarda musulmon ustalarining ishtirokida yangi masjid va madrasalarning zudlik bilan qurishga kirishildi. Ular faqat ibodat markazi bo’lmasdan, balki aholiga, xususan yoshlarga arab tili va madaniyatini singdirish markazi ham edi. Arab tili orqali Qur’onning sura va oyatlarini o’qish, ko’proq yodlash imkoniyati kеngaya bordi. Bu kishilar diniy psixologiyasining shakllanishiga ta’sir etdi.
O’sha vaqtdan boshlab har bir masjid qoshida maktab ochilgan edi. Shaharning har bir mahallasida va har bir qishloqda shunday maktablar bor edi. Maktablarda talabalarni mullavachchalar o’qitar edilar. Islom ta’limoti bo’yicha har bir musulmon 7 yoshdan o’g’lini ana shunday maktabga bеrishi lozim edi. Sizlar esa asosan oilada diniy tarbiya, urf-odat va marosimlarni o’z ota-onalaridan o’rganar edilar. Yuqori tabaqadagi kishilarning (boylar, zodagonlar va boshqalar) qizlari maxsus otin oyi, bibi xalfalardan saboq olib savod chiqarar edilar. Masjidlarga o’qishga borgan o’g’il bolalardan iborat talabalar dastlab xaftiyakni so‘ngra Qur'on suralaridan ba’zilarini o’rganganlar. Undan kеyin esa chor kitobni o’qishga o’tganlar. Maktabda yana Sharqning buyuk allomalari, shoirlari — Hofiz, Alishеr Navoiy, Bеdil, Sufi Olloyorning shе’riy to’plamlari o‘rganilgan. Shunday qilib maktabda o’qish to’la diniy xaraktеrda bo’lgan. Maktabda yuqori bilim olib, o’rnak ko’rsatgan ba’zi talabalar madrasalarda o’qishni davom ettirganlar.
Madrasa yuqori o’quv maskani hisoblangan, unda ta’lim va tahsil olish ancha mеhnat va harakatni talab etgan. Unda uchta bo’lim bo’lgan. Birinchi bo’limda musulmon urf-odatlari, arab tili, qonunchilik o’qilib, o’qish 9-10 yil davom etgan. Ikkinchi bo’limda qonunchilik, din darsi, mantiq, arab tili grammatikasi, ritorika o’qitilardi. O’qish 7-8 yil davom etgan. Uchinchi bo’limda din, qonunchilik va kalom, mantiq o’qitilgan. Qonunchilik kursida gеografiya va arifmеtika (matеmatikaning maxsus turi) elеmеntlari o’qitilgan. Masjid va madrasalardagi saboqlarning ko’proq vaqti diniy muammolarni o’qitishga mo’ljallangan bo‘lsa-da dunyoviy fanlarga ajratilgan vaqtdan talabalar ichidagi qobiliyatlilari unumli foydalanganlar. Bu yеrda ikkita bir — biriga qarama-qarshi bo’lgan dialеktik jarayonni kuzatish mumkin. Bir tomondan, arab istilosi davrida zo’rlab masjid aholining hayotini islomlashtirish amalga oshirilgan. Ikkinchi tomondan, bu jarayon mahalliy xalqlar uchun bеgona bo’lgan arab tilini o’rganishga va uni hayotga joriy etishga olib kеldi.
O’sha davrda masjid va madrasalarni ko’paytirilishi va mahalliy xalqning bolalarini ularda o’qishga jalb etilishi Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda islomning tarqalishi va yoyilishi bilan bog’lik holda bir guruh mutafakkirlarning paydo bo’lishiga olib kеldi. Ular ya’ni buyuk munajjimlar, matеmatiklar, shifokorlar, gеograflar ila-liyotshunoslar rivoxiga xam uzlarining katta hissalarini qo’shganliklari tarixiy manbalardan bizga ma’lum.
Ana shunday masjid va madrasalarning dastlabki islomlashtirish davrida qancha bo’lganligi haqida ma’lumotlar dеyarli yuk. Lеkin o’rta asrlardan boshlab XX asr boshlarigacha еtib kеlgan Markaziy Osiyodagi masjid va madrasalar haqida aniq ma’lumotlarni kеltirish mumkin. Akadеmik I. Mo’minovning yozishicha, Markaziy Osiyosiyoda juda ko’p masjid va madrasalar bo’lgan edi. Birgina Buxoroning o’zida 365 masjid va 103 madrasa bo’lib, ular juda katta mulkka va vakf yеrlariga ega edi.
Movarounnahr xalqlarining ongi va psixologiyasiga islomni singdirish va umuman jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy psixologiyaning tutgan o’rnini tahlil etish jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari mohiyatini aniqlash bilan bog’liqdir. O’lkani islomlashtirish jarayoni faqat kishilar ongi va psixologiyasida o’z aksini .

-124-


Toppish bilan chegaralanmasdan, balki butun jamiyat taraqqiyotiga va uning strukturasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. O’sha davrlardan boshlab asosiy ishlab chiqarish vositalari bo’lmish yer va suvlar odatda amaldorlar, boylar, yer egalari qulida edi. Yerga egalikning quyidagi asosiy formalari: amloq,mulk,vaqf va dexqonlarga qarashli yerlar mavjud edi.
Ruxoniylar va diniy jamoalar vaqf yerlariga egalik qilar edilar. Yerdan foydalanishning umumiy sistemasida vaqflarning salmog’I amaldor-boylar xukmronlik qilgan markaziy osiyo sharoitida ruxoniylar maxalliy xalqqaislom ta’sirini ular psixologiyasiga qanday singdirilganligini ko’rsatib beradi. Chunonchi, xiva xonligida masjid-madrasalar son jihatdan kam bulsa xam, ularning boyligi juda kop edi. “xiva xonligida yer maydonining 50 foizi vaqf yer xisoblanardi.”2
Vaqf mulkiga yerlargina emas, shuningdak suvlar, xammomlar, karvon saroylar, dukonlar, kitobxonalar va boshqa kop narsalar / bularning turlari qirqqacha yetardi/ ham kirar edi .3
Turkistonda 40500 ming desyatina vaqf yeri mavjud bo’lgan. Buxoro amirligi terriotoriyasida vaqf yerlari 488265 tanob bo’lib, shulardan 327037 tanobi oddiy vaf yeri, 161127 tanobi esa diniy vaqf yeri bulgan. Vaqf mulkidan tushgan xam daromadlarning 40foizidan ko’prog’I dinni avj oldirishiga, uni qo’llab quvvatlashga,bi---------------
1.qaralsin: abdusamadov. A.sotsial taraqqiyot va islom.—T.:o’zbekiston,1978,13-bet.
2.qaraloin: klimovich. L. islamv sarskoy rossi.—m.:1936.-c 100.

3 qaralsin:abdusamadov. A.sotsial taraqqyot va I


-125-

Binobarin diniy pisixologiyanini chuqurlatishga sarflangan.1


Demak, O`lkada machit madrasalarning ko`paytirilishi ulardaamalga oshiriladigan ta’lim va taxsil islom ta’limoti asosida ko`paytirilishi,islomga bo`lgan dinlarning qoralanishi yerli xalqlar diniy pisixologiyasini o`zgartirishga olib keldi. Endilikda islomga asoslangan faqatindividual diniy pisixologiya emas, balki ijtimoiy diniy pisixologiya ham shakillanib bordi. Xususan machit madrasalarga berilganvaqf yerlar va mulklar ulardan keladigan daromadlarning din yo`liga asosiy qismini sarf qilinishi, mullavachchalar va ruhoniylarga berilgan huquqlar xalqlar xayotini islomlashtirishda va ijtimoiy diniy pisixologiyani shakillanishjarayonini tezlashtirishda asosiy tayanch bo`ladi.
Markaziy osiyo xalqlari xayotini islomlashtirish jarayoni amalga oshishi borasida islomning pisixolgik omillarini jamiyat taraqqiyotiga tasiri kuchli bo`ldi. O`lkada yashovchi turli millatlar diniy pisixologiya tufayli bir-birlari bilan e’tiqotda, islom ta’limotiga rioya qilishda umumiylikni borligini xis qilsalar ham milliy xususiyatini, uzligini,borlig’ini anglay boshladilar. Natijada o`z millatiga, xalqiga, vataniga, ota-bobolar ananalariga sodiqligini xam tushunisha boshlashdi.
Taniqli tarixchi olim Bo’riboy Ahmedov to’g’ri yozganidek arab xalfaligi tarkibiga kirgan xalqlarnng iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafavvut, ularni etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, o’sha davrdagi asosiy ishlab chiqarish vositalari yer-suv va boyliklarning yer egalari, ruxoniylar va arab xarbiy boshliqlari
-126-

Qo’lida tobora toblanib borishi, nihoyat mahalliy xalqlar bilan arab bosqinchilari o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayib ketishi xalq harakatlari va fiyodal kurashni kelib chiqishiga olib keldi. Natijada arab xalifaligining inqirozi tezlashdi.1


Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, arab xalifaligida yuzaga kelgan bunday ziddiyatlar oqibatsiz qolmadi. IX-asrning 1-choragidan boshlab bir necha mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Jumladan, Misrda Tuluniylar(868-y), Tataristonda Alidlar(864-y), Xurosonda Toxiriylar (821-y), Sistonda Sofforiylar (867-y), Movorunnahrda Somoniylar (819-y) hokimyat tepasigfa keldilar.2 Arab halifaligining inqilobi islom tarqalgan boshqa davlatlarda ham davom etdi, Abbosiylarning siyosiy mavqelari yoqola bordi. X-asrning 2-yarmidan boshlab Abbosiylar halifaligi tugatilib, oddiy halifa sifatida ish ko’rdilar .
Shunday qilib, biz yuqorida arab istilochilari movorinnahrga 1-bosib kirgan paytlaridan boshlab yerli xalqlar hayoti, ongi va psixologiyasiga islomni singdirish yo’llari haqida fikr yuritdik. Bu jarayon VIII-asrning 2-yarmigacha cho’zilganini tarixiy dalillar isbotlaydi.zero anashu yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning tahlilida induvidal va ijtimoiy psixologiyani shakillanishiga, hayotni islomlashtirishga olib kelgan obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar yuzasidan quyidagi xulosalarni chiqarish
-127-
Mumkin; birinchidan,Mrkaziy osiyo xalqlari xayotini islomlashtirish hamda u bilan bog’liq bo’lgan rasm rusmlar, shariat va tariqat qonun qoidalarini singdirish juda murakkab va ziddiyatli jarayon bo’lgannini e’tirof etish lozim. Bunda turli xil usul va tadbirlar/ kuch ishlatish, qon to’kish, norozilikni bostirish, iqtisodiy jihatdan qisish va boshqalar./ ishlatilganligi natijasida ko’pchilikni tashkil etuvchi fuqorolor/ bunda yer egalari, savdogarlar mustasno/ ongi va psixologiyasiga islom talimoti zo’rlab kiritilgan; 2-dan , islom dinidas avdogarlar, davlatlar aro savdo yurituvchi boylar o’rtasida katta muvafaqiyat qozondi, ular ruxoniylar bilan birga islomni osonroq qabul qilishdi, chunki arablar savdogarlar uchun shart-sharoitlar yaratish bilan islomni qabul qilgan kishilarni eng avvalo ruxoniylarni qo’llab quvvatlashgan edilar. Shu munosabat bilan bazi olimlar “O’rta Osiyoda ijtimoiy taraqqiyotga muvofiq holda islom mafkuraiga talab borligi uchun uni qabul qilindi”1 degan fikrni yo’qlaydiilar.
Bundan arabiston bilan o’lka jamiyat tuzilishidagi bazis va ustqurma bir xil bulmagani uchun arab ekspansiyasi natijasida islom osonlikcha ko’chirildi degan xulosa chiqadi bu ikkala jamiyuatdagi ijtimoiy iqtisodiy strukturani qandaydir o’xshashlik tomonlari bordir, lekin ularni aynan bir xil degan fikrga qo’shilib bo’lmaydi. Agar shunday bo’lganda yangi din islomni qabul qilish jarayonida xalq noroziligini ko’rsatuvchi/ Isxoq Turk, Muqanna va B./ qo’zg’olonlar bo’lmagan bo’lar edi; 3-dan, markaziy osiyoda islomning qadimiy dinlar ustida uzil-kesil g’alaba qilishi tushunchasi islomgacha bolgan dinlar batamom quritildi degan ma’noni anglatmaydi. To’gri dastlabki o’lkani islomlashtirish davrida majuziy----
-128-
Lik dinlarning ibodatxonalarini buzish yoki masjidga moslashtirish, urf-odatlariga qarshi kurashish hollari bo’lsada , ma’lum vaqtlar o’tgandan so’ng islomni qabul qilmagan boshqa millat vakillarining bazi dinlari va mashablarii faoliyatiga moniylk qilinmadi. Natijada Nasroniy cherkovlari, Yaxudiy sinagoklar, Budparaslar , zardushtiy jamoalari, xususan Samarqand, buxoro, xorazm va boshqa tereatoriyalarda saqlanib qolgan edi ; 4-dan, Qur’onga asoslangan islom ma’lumotidagi xurlik, ozotlik, tenglik, yaxshilik,saxiylik,xiyonat qilmaslik,to’g’rilik hamda turli millat vakillarini birodarlik, qarindoshlikka davad etuvchi g’oyalari markaziy osiyo xalqlari va xalqlarni ongi va psixologiyasiga asta-sekin sungib bordi .Ilomning yagona Allox timsoliga, uning rasuli Muhammad kursatmalariga amal qilishi ular azaldan sig’inib kelgan xar xil xudolar, chiltonlar, butler va boshqalardan uzoqlashdilar.Aynichog’da islom urf-odat, marosim va bayramlrini qabul qilish bilan islomgacha bo`lgan dinlarning ba’zi rasim-rusumlarini, bayramlarini/ Navruz bayrami, fitishizim, totemizm elementlarini/ saqlanib qoldilar; beshinchidan, IX- X asirlarda Markaziy Osiyoda diniy jixatdan monolit birlik xalqi yo`q edi. Sunnayo`nalishining xukumronligi taxminan XIV asrlarda amalga oshirildi. Masalan, Buxorda ko`plab gina yo`nalishga mansub jamoalar mavjud bo`lib , bir qator hududlarda XIII asrning boshlariga qadar jofiylik mazxabi jamaolari faoliyat ko`rsatdi; jltinchidan,Markaziy Osiyo xalqlarixayotini islomlashtirish bir vaqtda emas, balki birin-ketun amalaga oshirilganini e’tirof etgan xolda, bu jarayonni pisixologiya jixatdan taxlilqilinganda milltning eng avvalo islomni qa’bul qilgan har bir fuqoroning psixologiyasidfan yangi dinga mos xulq-atvor vujudga keldi . yangi din islom dini keng yoyilishi har bir kishiming ichki dunyosiga kuchli tasir etib uning ongi va psixologiyasida nomoyon buladi. Bu
-129—
Xususiyat musilmonlarning mehnat faoliyatida turmushida, oilada, jamoalarda,kishilar o’rtasida munosabatlarda, diniy-islomiy-birlikda-millatidan qattiy nazar-va boshqalarda o’z aksini topadi.
Shunday qilib,markaziy osiyo xalqlari hayotining islomlashtirish, buning natijasida ularda shakillangang ijtimoiy psixologik omillar o’lkada kelgusida jamiyat taraqiyotiga, ishlab chiqarish jarayoniga, madaniyatiga, ilm-fanga, talim-tarbiya va umuman davlatni boshqarishda o’z tasirini ko’rsatdi.
Diniy ijtimoiy psixologiyaning jamiyat taraqqioyoptida tutgan o’rni va ro’li xaqida gapirganda dinlarning, xususan jahon dinlarning ijtimoiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelishi va muayyan jamiyat yo’nalishini belgilashga tasiri haqida fikr yuritish muammoni yoritishga yordam beradi. Har bir jahon dinlarining paydo bo’lishi vva shakillanishi, F.ingiliz tabiri bilan aytganda, muhim tarixiy voqealar bilan aytganm holda ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida vujudga kelgan .1
Masalan, buddizim miloddan oldingi VI-asrda xindistonda mavjud bo’lgan turli dinlardagi o’zaro kelishmovchilik, hatto fuqorolarning dinga etiqod qilishida tabaqalarga bo’linishi/ braxmanizm dini/ kabilarga qarshi chiqib barcha xalq ijtimoi ahvolidan qattiy nazar hudo oldida tengdir degan g’oya asosida vujudga keldi. Shuning natijasida buddizm dindorlarning tengligini himoya qiluvchi, barcha uchun barobar bo’lgan holda o’sha davrdagi dinlar ustidan g’alaba qildi.keyinchalik u faqat hindistonda emas kopgina mamlakat xalqlari, turli millatlar orasida keng tarqalib jahon
-130-
Diniga aylandi.
Xristian dini aorimizning boshida rim emperiyasida qullarning dunyo qarashi sifatida ijtimoiy adolatga erishishning yullaridan biri sifatida vujudga keldi ammo keyinchaki xristianlik davlat dini darajasiga aylani qullarni ijtimoiy ezish darajasiga aylantirildi. Xristianlik talimoti bo’yicha xar bir kishi dinga etiqod qiliishida millatidan qattiy nazar uch hudolik/ hudo- ota,hudo-o’g’il, muqaddas rux/ oldida teng deb qaraladi natijada xristian dunyoviy dinga aylanib, dindorlarning ongi va psixologiyasidan chuqur joy olib , jamiyat taraqqiyotida tarixan va xozir ham jiddiy ro’l o’ynamoqda.
Islom dini jahon dinlariorasida eng so’ngisi hisoblanib u VII-asrning 1-yarmida paydo bo’lgan. Islomning vatani Saudiya arabistoni bo’lib , islomgacha u yerdagi arablarning o’z qabila dinlari bor edi . ular asosanbudparaslar, \majusiylar\edilar. Tarixiy malumotlarga qaaganda , 360ta urug’ -qabila dinlarning samarali makkada saqlangan va har bir qabila vaqt vaqti bilan o’z sanomlari oldiga borib sig’inganlar, qurbonliklar qilganlar.1
VII-asrning 30-yillarida yagona ollohga etiqod qiluvchi islom dini o’rnatilgandan so’ng barcha majusiylik dinlariga etiqod qilish man etilib, ularning sanamlari Quraysh qabilasinikidan tashqari Kabadan chiqarib tashlandi. Arabistonda islomga asoslangan tiyokratik davlat paydo bo’ldi.demak, islom bir-biri bilan kelsha olmaydigan qabilalar o’rtasidagi nizoga chek qo’ydi ,ko’pxudolik g’oyalari qoralandi va islom g’oyasiga asoslangan yangi davlat vujudga keldi. Bu albatta islom paydo bo’lishining ijobiy tomonlaridan biri edi ilgarilari kop hudolikka etiqod qilgan arablar
-131-
Endilikda yagona ollohga etiqod qiladigan bo’ldilar . ular ongi va psixalogiyasi shu tariqa sein asta o’zgara bordi.
Ma’lum bo’lishicha jahon dinlarining xususan islom dinining paydo bulishi ijtimoiy taraqiyot qonunlariga bo’y sungan holda,muayyan jamiyat yuzaga keltirgan evalutsion vaziatga asosan namayon bular ekan , u ayni choqda shu jamiyat taraqqiyotiga ijobiy tasir etdi. Arabistonda bulgani singari markaziy osiyoda ham mahalliy halqlar hayotida islomlashtirilishi bilan davlat va uning tarmoqlarini boshqarish ham islom g’oyasiga asoslandi. Bunday goyani amalga oshirish uchun arab xalifaligi, yuqorida aytganimizdagidek barcha chora tadbirlarni kurdi.mahalliy halq islomni qabulqilgandan so’ng barcha faoliyatida, yashash sharoiti yangi din islom talimotiga amal qiladigan buldi .bu holat ayrim qishloqdagi diniy psixologiyani shakillanishi bilan bir qatorda ijtimoiy diniy psixologiyani shakillanishiga olib keldi. Davlat boshliqlariga va uning o’rta va quyi bo’ginlariga bo’y sunsh olloh irodasi deb tushuntirildi. Bunday dinning psixologiyani va ijtimoiy psixologiyani chuqurlashishi va islom ruxoniylari uz hissalarini qushdilar.
Markaziy osiyoda qadimdan ko`p xalqlar,ellatlar,etnik guruhlaristiqjmat qilib b keladilar. Millatlarning shakillanishi va o`z-o`zini anglash jarayoning yorqin timsoli itimoiy tarraqqiyotining keying bosqichlarida namayon bo`lgan bo`lsada, o`lkada mahalliy aholi hayotiga islomning kiritilishi davrida har bir xalqning o`ziga xo xususiyatlari, boshqalardan farq qiladigan urf -odat va marosimlari mavjud edi. Mahalliy xalqlar turmush tarsi va hayotiy faoliyati islomlashtirilgandan so`ng, barcha millatlar, xalqlar bitta nom bilan, yani musulmon deb yuritiladigan bo`ldi. Bu ijtimoiy pisixologiyada ham o`z aksini topdi, davlatlar musulmon davlatlari, xalqlari esa musulmonlar deb ataladigan bo`ldi.
-132-
Xalqimiz hayotini islomlashjtirish natijasida jamiyat taraqqiyotida, ijtimoiy-iqtisodiy v madaniy-manaviy hayotida ijobiy siljishlar bo’lganligini e’tirof etishimiz lozim. Tarixchi olim B.Ahmedov Ibn Sino davrini sharxlab , markaziy osiyoda shu davrda xunarmandchilik, qishloq jamiyatiga yaxshi rivojlanishi bilan barcha fan va madaniyat ham gullab yashnagan ham deb yozgan edi . jumladan, Salobiyning”Kitob-al nafas l-latif”/ nafis va latif so’zlar kitobi/ ; “Nisor al-nazm xal-al-iqda”/jovxirotning ochilishi va sochilishi-;”Mirshod AL -muruvvat va Omon al-xasan”/ollyhimmat va yaxshi ishlar ko’zgusi -kabi asarlar shu davrning mevalaridir. Bu asarlar umuman madaniyatni, xususan islom madaniyatini o’lkada rivojlanishini o’z xissasini qo’shgani tabiidir.
Markaziy osiyoda somoniylar hukmronligi davrida xroson va mavounnaaaahr madaniy va manaviy hayotida jiddiy siljishlar va yangidan yangi muvafaqiyatlar qulga kiritildi. Mariv , buxoro,Samarqand,va ueganch o’z davrining madaniy markazlari sifatida dong taratadi va musilmonlar olamida munosib o’rin oldi.
Islomning suniylik yunalishida bo’lgan markaziy osiyo xalqlari bu dinning muqaddas kitobi Qur’on , sunnaga /Muhammad payg’ambarning faoliyati va so’zlaridan iborat /va sharoit talablarga itoad qilar edilar . Masjid , madrasa, va turli diniy marosimlarda Qur’on suralarini qiroatli o’qish, o’quv maskanlarida esa o’rganish kishilarda chuqur tasurot qoldirdi. Arab tilini o’rganish orqali arab xalqlari madaniyatinii o’rganish imkoniyatini berdi .diniy hayot musilm,onlar faoliyatining asosini tashkil qilib ,ular ongi va ruxiyatiga chuqur o’rnasha bordi.
Qur’on va hadislarning islom talimotidagi asosiy manbalar deb hisoblash dastlabki islom paydo bo’lmagan davrda boshlab hozir

-133-
Gacha davom etib keladi. 1989-yil”o’rta osiyo va qozog’iston diniynazorati ”ning quratoyida toshkentdagi tarixiy muzeyida saqlanayotgan Usmon Qur’onning diniy nazorat kutbxonasida saqlash uchun topshirish marosimida/ toshkentda /musilmonlarushbu Qur’onga qanday bo’lsa xam qul tegizih zarur deb xisoblabvb bir-birlarini ustilariga chiqib ketishlariga sal qoldi. Buning sababi shundaki, dindorlar psixologiyasida rivoyatlar orqali saqlanib qolgan tushuncha, yani Usmon qonito’kilgan qur’onga qo’li tekkan muslmon Allohningsevikli bandasiga va hudo yulidagi niyatiga yetadi, deb izoxlanadi.


Tarixiy manbalardan malumki , Usmon xalifa bo’lgan davrdagi islom olamida amalga oshirilgan yuksak madaniy ishlardan biri Qur’on suralarini to’plash va uning nusxalariniko’paytirib, kerakli mamlakatlarga yuborish bo’ldi.
Qur’on suralarini to’plash va tartibga solish ishlari yakunlangandan so’ng undan yeti nusxa ko’chirilgan, boshqlari Makka ,Kufa,Basra , Yaman,Damashq, Baxrayinkabi o’lkalargabir nusxadan yuborilgan . mavorunnahr kutibxonasiga topshirilgan Qur’onning nusxasi ushalardan biori bo’lib , Amir Temur davrida keltirilgan Qur’ondir.
Usmon Qur’onning musilmonlar g’oyat Qur’onning “imon” deb atalgan nusxasini o’qib tilovat qilayotgan paytida ,buzg’unchilar/dushmanlar/unga xanjar sanchib yarador qiladilar ,natijada o’qiyotgan Qur’on oyatlari ustiga Usmon qoni to’kiladi . shu sababdan ham Usmon Qur’oni deyilganda , u kishi tartibga tushirgan .1 demak,islomniqabul qilgan xalqlar ongi va psixologiyasiga o’rnashib qol------------ gan Usmon Qur’onning muqaddasligi haqidagi fikr asrlar osha avloddan-avlodga o’tib kelaytoganini ko’ramiz. Bu diniy psixologik omilning ijtimoiy hayotda qanchalik o’rni borligini ko’rsatuvchi xolatdir. Yuqorida biz Markaziy Osiyo xalqlari islomning sunnizm yo’nalishida deb aytdik ,xo’sh bu oqim qachon paydo bo’ldi. VII asrningi ikkinchi yarmiga kelib islom dini yanada keng ko’lamda yoyildi,bir tomondan Afrikaning shimoli – Marokashgacha, ikkinchi tomonidan Eron yerlarigacha, undan keyin VII asrning oxiri VIII asrning boshlarida Movaraunnahr va Ozarbayjon yerlariga yetdi. Bu davrda halifalik tomonidan davlatni boshqarishda siyosiy ixtiloflar tufayli VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab islomda ikkita yirik yo’nalishi =>Sunnitlar va Shiyalar vujudga keldi. Islom fath etgan mamlakatlar va bo’ysundirilgan xalq ichida islomga xayrixoh yoki uning teskarisi bo’lgan turli-tuman tabaqalar shakllana boshladi. Bundan tashqari davlat va jamiyatni boshqarishda musulmon ruxoniylari ichida ham kelishmovchilik ba’zi masalalarning talqinida turlicha yondashishlar paydo bo’ldi. Jumladan VIII asrning iikkinchi yarmiga kelib, bir-birlaridan farq qiluvchi 5 ta diniy-siyosiy guruhlar paydo bo’ldilar. Ular xorijiylar, Shiyalar, Murjiylar, Mutazaliylar va Sunniylardan iborat edi. Xar bir guruhlar o’zlarini din yo’lidagi qarashlarini to’g’ri deb hisoblab, boshqalarning fikrini bidat deb qolar edilar. Islom ta’limotining boshqa guruhlarga nisbatan to’g’ri deb himoya qilishni uddasidan chiqqan guruhlar bu sunniy ruhoniylari bo’ldi. Sunniylar Qur’on bilan birga Muhammad payg’ambarning so’zlari va vasiyatiga asoslanib Hadis ilmiga suyanib boshqa islomdagi mazhablarga nisbatan g’olib turdilar. Shuning uchun bo’lsa kera hozirgi er sharidagi barcha musulmonlardan 92,5 foizi sunniylar va faqat 7,5 foizi tahminan shiyalardir. Islomning turli mamlakatlarga keng yoyilish tarixida Markaziy Osiyo xalqlarining aksariyat kuchliligi sunniylik yo’nalishini qabul qilgan. Islom dinining asosiy manbai muqaddas kitobi Qur’onga barcha musulmonlar suyanadilar va e’tiqod qiladilar. Hadis esa islom diniy ta’limotida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi. U Muhammad payg’ambarning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun Markaziy Osiyoda Qur’on bilan bir qatorda Hadis ilmini o’rganishga alohida e’tibor berilgan. VII asrning birinchi yarmidan boshlab o’lkada islom dini keng quloch yozayotgan bir paytda, islom ta’limoti va ko’rsatmalarini jamiyat taraqqiyoting barcha bo’g’inlarida, kishilar o’rtasida munosabatda faqat Qur’onga asoslanib hal qilish ancha qiyinlashdi. Shundan so’ng, shu vaqtgacha og’zaki shaklda musulmonlar tomonidan amal qilib kelingan Hadislarni og’zaki tartibdagi Hadislardan soxtalarini chiqarib tashlab, haqiqiylarini to’plab yuzaga keltirdilar.
Hadis ilmining rivojlanishi va uning keng omma o’rtasida tarqalishi islom ta’limotiga asoslangan ijtimoiy psixologiyaning yanada chuqurlashishi va har bir musulmonning ichki dunyosiga olib kelishiga sabab bo’ldi. Shunisi xarakterliki, islom olamida mashhur va eng ishonchli deb e’tirof etilgan oltita Hadislar to’plami mualliflarining aksariyati bizning vatandoshlarimiz bo’lganligi uchun ham xalqimiz haqli ravishda g’ururlanadi. Masalan, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-BUxoriy (810-870); Abu Iso Muhammad ibn Isoat-Termiziy (824-892); Abu Muhammad Abdulloh ibn Abd ar-Raxmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy (797-868) va Kaspiybo’yi xalqlaridan Abu Abdulloh Muhammd ibn Yazd ibn MOjja(824-836) va boshqalar Hadis ilmining taraqqiyotiga va keng tarqalishiga ulkan hissa qo’shganlar.
Mashxur muxaddislar ichida Imom Buxoriy eng oldingi o’rinda turadi. Chunki u hadis o’rganishga butun hayotini safarbar etib, ko’p yilar islom tarqalgan mamlakatlarda bo’lib, Hadis ilmi bilan bilan shug’illanuvchi olimlar suxbatida bo’ladi. Ko’p yillik mashaqqatli ilmiy faoliyati natijasida to’plagan ma’lumotlari asosida o’z asarlarini yaratd. Uning yozgan kitoblari ichida eng mashxuri “al-Jome as-Saxix” asaridir. Markaziy Osiyo tarixida davlat arboblari tomonidan islom ta’limotiga murojaat qilinishiga, xalqning islom talabi ruxida tarbiyalashga harakat qilishida Hadis ilmi qo’l kelgan. Har bir musulmon ongi va psixologiyasida uzining islom ta’limotiga sodiq ekanligini e’tirof etar ekan, Muhammad payg’ambarning vasiyatlari, o’gitlariga amal qilishni hamma vaqt yodda tutgan. Chunki Hadis to’plamlarida tarbiya, axloq-odob, o’zaro do’stona munosabatlar, qarindosh-urug’, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halolliki, poklik, vijdoniylik, adolat, insof-tofiqni targ’ib qilishdan iborat ko’pgina inson kamoloti va yashashi uchun zarur fikrlar bayon etilgan. Ayni chog’da jamiyatda uchrab turadigan illatlarga qarshi kurash, yomolikni oldini olish singarilar o’z aksini topgan.
Xalqimiz tarixiy taraqqiyotida islomga e’tiqod qilingandan buyon Hadis to’plamlarida durdek terilgan ibratli so’zlardan oilada, bola tarbiyasida, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatda, mehnat faoliyatida , davalat ishlarida, mol-dunyo orttirish xususida va boshqa bir qancha masalalarda keng foydalanilgan. Yoshu-qariyalarda bunday ibratli so’zlar asosida diniy psixologiya shakllangan, bu faqat individual onga tegishli bo’lmasdan avvalo ommaviy xarakter olgan, so’ng ijtimoiy diniy psixologiyaga aylangan. Diniy ijtimoiy psixologiyaning jamiyat rivojidagi roli va o’rni unga itoat qilishda , bu talablar g’ayri-tabiiy tus qobig’ida singdirilib, uni buzgan yoki umuman e’tiqod qilishdan uzoqlashgan kishilar Alloh qahriga uchraydi degan tushuncha singdirilgan. Diniy ijtimoiy psixologiya bilan bir vaqtda ilmiy qarashlarni vujudga keltiruvchi ilg’or fikr egalari bo’lganki, ular jamiyat rivojlanishini tarqqiyparvar tomonga burishga harakat qilganlar, xalqni esa ma’rifatga chaqirganlar.
Diniy tushunchada Hadislar to’plamiga kirgan nasixatomus so’zlar islom ta’limoti bilan bog’liq qaraladi. Aslida unda islomgacha va xalq hayotini islomlashtirilgandan keyin milliy va umuminsoniy qadriyatlar ,axloq-odob munosabatlariga oid ko’pgina fikrlar ham kiritilgandir. Hadislarga kiritilgan ba’zi fikrlarni keltiramz : “Gaplarning yomoni – bu yolg’onchilikdir, Yolg’onni hazil bilan ham jiddiy ham gapirib bo’lmaydi. “ Bunday Hadis namunalari kishilarni rostgo’ylikka o’rgatgan. Yana shunday deyiladi: Iymonli odam va’daga vafodor bo’ladi.
Iymon tushunchasi, biz yuqorida aytganimdek bu faqat diniy tushuncha bo’lmay, keng tushuncha bo’lib, vijdonli, ilmli, e’tiqodli, insofli kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Ma’limki , jamiyatimiz azaldan ko’p millatli bo’lib kelgan, shu boisdan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri o’rgatishga qaratilgan Hadis, masalan, “ Kishilar o’rtasidagi nizo va muammolar xususida to’g’ri fikr beradigan va odilona hukm chiqaradiganlar yaxshi odamlardir.” Molu-dunyoga hirs qo’ygan, faqat o’zim bo’lay deydigan kishilar jamiyatda uchrab turadi. Ularni insofga chaqiruvchi Hadislardan birini keltiramiz:” Insonga bir vodiy to’la mol-u-dunyo berilsa, u ikkinchi vodiyni ham berilishini hoxlaydi. IKkinchisidan keyin uchinchisini va hokazo, uni nafsi to’ymaydi. Insonning ko’zini faqat tuproq (qabr tuprog’i ) to’ldiradi. Kimki tavba qilsa, tangri uni kechiradi.” Bunday hadislarga rioya qilgan mo’min-musulmonlar psixologiyasida shunday ishlarni qilmaslik jihatlari doimo saqlanib turadi.
Hadis na’munalari faqat diniy pand-nasixatlar yig’indisidan iborat emas, aksincha kishilarni olam sirlarini , qonuniyatlarini ochuvchi ilmni (albatta diniy ilmni ham) o’rganishga dav’at etadi. Masalan:” Ilmni o’rganib so’ng uni boshqalarga o’rgatmaslik go’yoki mo-u dunyoni yig’ib uni sarf qimay ko’mib qo’yish bilan barobardir.”
Demak, islomning muqaddas kitobi Qur’on da ham “Beshikdan qabrgacha ilm ol” deyilganidek, Hadislarda ham ilm olishga uni boshqalarga o’rgatishga alohida e’tibor beriladi. Faqat diniyilm emas balki ijtimoiy va tabiiy fanlar qo’lga kiritilgan ilmiy bilimlarni egallash haqida fikr yuritilgan. Bundan shunday xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, Hadislarni keng omma o’rtasida targ’ib qilish, ohiyat jihatdan diniy ma’noda bo’lsada kishilarni yaxshi xulq odob ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan; ikkinchidan, Hadislarda bayon etilgan fikrlari Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati bilan bog’lab tushuntirilsa ham milliy va umumijtimoiy qadriyatlar borligini e’tirof etishimiz lozim; uchinchidan, islom ta’limotining asosi hisoblangan Qur’on va Hadislar asosida kishilar ongi va psixologiyasida hayot tarziga jamiyat taraqqiyotiga qarashlar diniy ijtimoiy psixologiya tarzda shakllansada unda ilmi qarash elementlari (psixologiyasi) ham borligini inobatga olishimiz kerak bo’ladi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda islom dinining keng yoyilishi xalqlar hayotining barcha soxalarida, madaniyat va ma’rifat tizimida, xattoki davlatni boshqarish bo’g’inlariga o’rinning kuchli ta’sirini o’tkazadi. Bu yerda yashovchi millatlar uo’z ona tuprog’ini asrab-avaylaydigan, uni dushmandan himoya qiladigan bo’ldilar. (Masalan, XIII asr mo’g’il bosqinchilariga qarshi, XIX asr rus generallari boshliq rus qo’shinlariga qarshi). XIII asrning boshlarida Chingizxon boshliq mo’g’il bosqinchilari Movaraunnahrga hujum qildilar. Ularga qarshi yuzma-yuz jangda Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Tarobiy kabi xalq qahramonlari fidoyilik ko’rsatdilar. Xalqimiz boshiga qorong’u kunlar tushganda ham, yorug’ kunlarda ham islom ijtimoiy psixologiyasining hukmron mafkura bo’lishiga qaramay ilm-fan rivojlandi, yangi-yangi nashriyotlar qo’lga kiritilib, ularning nomi va ishlari jahonga tarqaldi. Masalan, buyuk matematik va astranom, xozirgi zamon al-jabr(algebra) ilmining otasi Muhammad al_Xorazmiy “Shayx ur-Rays”, “Donishmandlar sultoni”, “Tabiblar shoxi” kabi buyuk va mo’tabar nomlarga sazovor bo’ldi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri, alloma olim Abu Ali Ibn Sino, necha zamonaviy ilmlarga asos slogan, qomusiy bilimlar sohibi, umumjahon fani va nadaniyatiga bebaho hissa qo’shgan Abu Rayxon Beruniy falsafa, musiqa va matematika ilmalari poydevorini tiklagan Farobiy, yulduzlar sirini o’rgangan, fan va madaniyatga ulkan hisa qo’shgan davlat arbobi Mirzo Ulug’bek, Islom madaniyati va fani iqlimida juda kata o’rin tutgan Ismoil Buxoriy , Axmad Yassaviy, turkiy adabiyot sultoni-Alisher Navoiy, ham qalam, ham jang maydonida ko’rsatgan jasorati bilan Bobur Mirzo va boshqa ko’plab kishilarni nomini keltirish mumkin. Xalqimiz tarixi va madaniyati rivojida chuqur iz qoldirgan va o’lka xalqlarini birlashtirish niyatida yagona davlat tuzgan buyuk jahongir Amir Temurdir. Buyuk davlat arbobi mohir siyosatdon, jahongir Temur islom t’limotiga yuksak munosabatda bo’ldi. U xalqlarni turli millatlarni birlashtirishda islom qoidalaridan foydalandi. Davlat ishlarida islom ruxoniylarining ma’lum darajada ishtiroki bo’lishi mumkin deb qaradi. Masalan, u davlat va mamlakatni boshqarishida o’zidan oldingi hukmdorlardan farqli o’laroq islom ta’limotiga suyandi va aholining ijtimoiy mavqei jihatdan tabaqalanishini tan oldi va ularga suyanib ish tutdi. Jumladan 1) Saydilar(payg’ambar avlodi), ulamo , shayxlar , fozil kishilar, yangi ziyolilar; 2) Ishni ko’zini bilgan donishmand kishilar ; 3) Xudojo’y, darvesh, qalandarlar; 4) xonzodalar, tuman ya’ni 10 ming kishilik qo’shin boshliqlari; 5)Sipox va ra’iyat; 6) Maxsus ya’ni ishonchli kishilar; 7)Vazirlar va muhandislar; 8) Hakimlar va tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9)Tafsif va Hadis olimlar; 10) Ahli sanoat/hunarmandlar, kosiblar ; 11)suditlar; 12)Tuejjer/savdogarlarva sayyohlar. “Saltanatim qonun qoidalarini shu o’n ikki toifaga bog’lab tuzdim. Shu o’n ikki toifani saltanatim osmonining o’n ikki burji va divlarim korxonaning o’n ikki saoti deb xisobladim”, deb yozadi A.Temur tuzuklarida. Bundan tashqari Temur saltanatini boshqarishda 4 narsaga amal qilgan: 1)Kengash; 2)Mashvaratu maslahat; 3)Qat’iy qaror; 4)Extiyotkorlik. Demak A.Temur kishilar psixologiyasini yaxshi tushungan va har bir tabaqadagi kishilarni o’z faoliyati bo’yicha yo’naltirgan, ijtimoiy mehnat, fan, madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirishda ularga suyangan. Bunda saltanitni boshqarishdagi 4 prinsipdagi maslahat qilish va ehtiyotkorlik bilan ish ko’rish xar toifadagi kishilardan qilinadigan talabga yoki gunohlari uchun xatoga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishgan. Shuning uchun A.Temur “ Adolat bilan ish yuritib, jabr zulmdan uzoqroqda bo’lishiga intildim” deb unga amal qilgan va kuchni adolatda deb hisoblagan.
Bobakalonlarimiz Amir Temurning islom g’oyasi keng tarqalgan, dinning ta’siri ijtimoiy psixologiyada chuqur o’rnashgan sharoitda davlat ichkarisida va tashqarisida turli xalq toifalari o’rtasidagi munosabatda, siyosatda adolat bilan ish ko’rishga harakat qilishi diqqatga sazovardir. Butun Turon xalqining ijtimoiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan A.Temurning siyosati butun jahonga ma’lum va mashxur buldi. Uning adolatli siyosati tufayli o’lkada fan , madaniyat, san’at va adabiyot, me’morchilik ishlari gullab yashnadi. Ayniqsa ma’naviyatda islom dasturlarini qo’llab-quvvatlagan xolatda xalqning psixologiyasini, talab va extiyojlarini hisobga oldi. Bobokalonlarimiz davlatni xalqni boshqarish haqidagi boy tajribasi avlodlar osha uning sulolasi faoliyatida davom etdi. Buyuk davlat arbobi, moxir siyosatdon jahongir Amir Temur ning boy merosi va unga o’xshash Turondagi boshqa arboblarning orttrigan tajribalari xalqimizning hayoti nva tarixiga qo’shilgan bebaho xazinadir. Ular faoliyatidagi ibratli ishlarning hozirgi mustaqillikka erishgan davlatlarda ham qo’llash imkoni tug’ilyotgandir.Mustaqil jamiyat qurayotgan O’zbekiston respublikasi hukmron rahbarlari prizedentimiz I.A.Karimov boshchiligida respublikada oqilona siyosati amalga oshirmoqdalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o’tish jarayonida , fan va madaniyatni rivojlantirish, ma’naviyatni yuksaltirish bilan ayni choqda xalqimizning boy madaniy merosoini o’rganish , buyuk arboblar va olim-u-fozillar qoldirgan, hamjamyatimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan fa yutuqlari va boy tajribalarni tiklash va ommalashtirish ishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimov alohida O’zbekiston Respublikasi OLiy Majlisning birinchi majlisidagi “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” nomli ma’ruzasida Respublikamizda va huquqiy davlat qurishda eng muhimi adolatli davlat qurish lozimligiga e’tiborini qaratib shunday dedi:” Agar biz adolatli davlat, erkin jamiyat qurmoqchi bo’lsak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo’llari ming yillik doimiy aqidalar bilan mushtarakligini yodda tutishimiz lozim. Bu muqaddas maqsad to’lida, kerak bo;lsa, jon fido qilish zauru deganimizda, aynan adolatli davlat va dinning ildizlari mushtarak ekanligini unutmaylik.
Haqiqatdan ham respublikamizda adolatli davlat qurishimiz uchun uning xar bir fuqarosi ongi va psixologiyasida bu maqsadni chuqur aks etishi, uz kuchi va g’ayratni uzi egallagan ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish va barcha jamiyat a’zolarining bir bosh, bir jon bo’lib respublikamiz kelajagini ta’minlash yo’lidagi harakat umum ijtimoiy psixologiyasida shakllanish lozim. Prizedentimiz I.A.Karimov adolatli davlat va din ildizlarining mushtarakligi deganda xalqimizning XV asrdan buyon islom diniga e’tiqod qilib kelganligini va hozir ham ko’pchilik mahalliy xalq unga e’tiqod qilishini davom ettirganligini ko’zda tutadi. Demak respublikada adolatli davlat qurishda islom ta’limotidagi eng yaxshi sifatli, halollikl, poklik, vijdoniylk,insoflilik, hiyonat qilmaslik ,o’z xalqi va vataniga sodiqlik kabi ko’pgina fazilatlardan tashkil topgan diniy, ijtimoiy psixologiyan9ing roli va o’rni g’oyat muhimdir. Zero ijtimoiy psixologiya mazmuni va yo’nalishini hisobga olmasdan jamiyat taraqqiyotini muayyan maqsad yo’lida ta’minlash mumkin emas. Hozirgi tajribva shuni ko’rsatadiki Amerika ,Angliya ,Yaponiya kabi yuksak rivojlangan mamlakatlarda allaqachondan beri IchtImoiy psixologiyani o’rganuvchi institutlar , jamoalari borki ,
Ular bergan malumotlar asosida xar bir davlat o’z ijtimoiy-iqtisodiy
Rejalarini yuzadi .
Shunday qilib ,jamiyat taraqqiyotida islomning ijtimoiy psixologik omillarining ijtimoiy xayotda ,fan v amadaniyat ravnaqida manaviyatni yuksaltirishda ,turli guruxdagi jamoalar , xususiy va
Ijtimoiy mulk egalari o’rtasidagi munosabatlarni moslashdagi
O’rni va ro’lini xisobga olish bugungi demokratik ,xuquqiy va adaolatli jamiyat quroyotgan respublikamizda aloxida axamiyat
Kasb etadi .
Zero bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida yangi-yangi mexnat jamoalarining vujudga kelishi aksionerlik jamiyati assestiastiyalar ,dexqon /fermer/xo’jaliklari , arebdatorlik , hususiy mulkining shakllari va va njixoyat qiyin chilikni boshidan
Kechirayotgan kishilarga ,ayni chog’da ijtimoiy psixologiyani undagi diniy psixologiyaning darajasini bilib bugungi kun talabidir.
Respublikamizda ijtimoiy iqtisodiy pivojlanish ,manaviy yuksalishni taminlash shunga mos ijtimoiy psixologiyani shakillanishiga xizmat qiladi. Bu borada manaviy poklanish ,
Manaviy yuksalishga diniy ijtimoiy psixologik omillar ko’maklashadi .

Binobarin yangicha fikirlash uchun ijtimoiy psixologiya shakillanishga olib keladigan barcha omillarga yangi qarash talab etiladi , shu jumladan, dinga /islomga/ham manaviy madaniyatning bit turi sifatida qaralib , uning diniy ijtimoiy


Psixologiyani shakillanishiga va jamiat istiqboli uchun
Xizmat qilishga etibor beriladi.
Yuqoridagi fikir va muloihazalardan quyidagi xulosalarga kelish mumkiin.
1.islomning ijtimoiy psixologik omillarining shakilanishi
Uzoq davrga cho’ziladigan jarayon bo’lib , u o’lka halqlari xayoti va turmushini islomlashyirish bilan uzviy
Bog’liklik xolda ketgan ..
Xattoki dastlabki iclom yangi kiritilgan davrda birinchi ikkinchi asirlarga cho’zilgan , ziddiyatli va murakkab xarakter kasb etgan
2.Movorounnaxir xalqi va ijtimoiy tuzumni islomlashtirish
Uchun o’lkada ijtimoiy .-iqtisodiy tizim va manaviyattdagi manoteb –din dinga talab Arabistondagi xuddi shunday
Sharoit bilan mos degan bazi olimlarning fikriga ko’ra fikriga
Qo’shilolmaymiz . chunki bu erda islomlash tirishn ing dastlabki davrida maxalliy halqlar orasidan yuzaga kelgan
Noroziliklar , xalq qo’zg’alonlari shunda emasligi yorqin dalolat beradi .

Movorounnaxir halqi va ijtimoiy tuzumni asosiy islomlashtirish


Ishi g’alaba qilgandan so’ng kishilar ongi va psixologiyasida shakillanish islomning ijtimoiy psixologik omillari ijtimiy xayot jabxalariga , fan va madaniyat taraqqiyotiga va umuman jamiyat taraqqiyotiga o’z tasirini ko’rsatrdi . Bunda dinning tashkilot va jamoalar /machit ,madrasa, o’quv mqskanlari
Qozi kalonlar va diniy maxkamalar /xalqning diniy psixologiyasini shakillanishiga , diniy talimotning musulmonlar ongiga chuqur singishiga xarakat qildilar .
Islom talimotidan davlat arboblari , jamiyatni boshqarishnning quyidagi yuqori organlarigacha foydalanib , undan xalq ommasi
Diniy ijtimoiy psixologiyasi yo’nbalishini xisobga olib ish
Ko’rdilar. Qabul qilingan davlat qonunlari dunyoviy
Yoki diniy harakterda bo’lishidan qatiy nazar , ularni diniiy yoki diniy harakter da bo’lishidan qatiy nazar psixologoya mazmuniga mos xolda keltirdiklar. Bazan diniy psixologiya
Diniy fanatizmni paydo bo’lishiga olib kelgan xolda unga tegishli
Tadbir va choralar ko’rildi .
Manbalarning ko’rsatishicha XIX asrning ikkinchi yarimi va XX asrning birinchi yarimida islom keng tarqalgan mamlakatlarda
Jaxondagi turli ijtimoiy taraqqiyotlar tasirida “islom davlati, “
Islom davlati boshqarish konspeksiyalari paydo bo’ldi .
Bu konspektsiyalarning moxiyatida jamiyatning siyosiy
Tashkiliga islom modelini tadbiq qilish ko’zda tutiladi .
Avvalo bizda qonun orqali diniy tashkilotlar davlatdan va
Maktrablar dindan ajratilgan . Diniy tashkilotlar siyosatga
Aralashmaydilar , siyosiy partiyalar tuzmaydilar . Respublikamiz xalqi ongi va psixologiyadagi islomning ijtimioiy psixologik omillari uning istiqboliga xizmat qilish , manaviyatni poklanishi , kishilardsa yaxshi xulq –odob normalarini , ular o’rtasidagi do’stlik , birodarlik tuyg’ularini rivojlantirish lozim .
Umuman olganda , Respublikamiz xalqida islomning psixologik
Omilllarining shakilanishi jarayoni mustaqqilikga erishishimiz
Tufayli dinga tashkilotlarga oqilona va ilmiy munosabatni o’rnatilishi bilan tamomila yangicha mazmun yangicha xarakter kasb etdi

Manaviyat madaniyat va milliy qadryatlarning shakilllanishiga ijtimoiy psixologiya va diniy qadryatlarning tasiri .


O’zbek xalqi manaviy madaniyatni va milliy qadriyatlarining


Shakillanishi uzoq ijtimoiy iqtisodiy tarixiy jarayon xisoblanib , unga obektiv omillar va subektiv shart –sharoitlar
O’z tasirini doimo o’tkazib kelgan .
Obektiv omillar –bu kishilik jamiyati yashashi va rivojlanishi
Bilan bog’liq xoldagi ijtimoliy iqtisodiy va turmush tarzi jarayonodir.Bundan ishlab chiqarish qurollarini yasash va ularni takomillashtirish , moddiy xayotni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan moddiy nematlarni ishlab chiqarish , ishlash va yashash
Sharoitini yaxshilash kabi tadbirlar , obektiv olamga inconning to’g’ri munosabatini o’rnatish va uni xis etish , nixoyat barcha obektiv omillarga nisbatan madaniy munosabatlarning
Ibtidosidan eng rivojlangan drajasigacha bo’lgan dealitik birlikdagi xususiytatlarni manaviyatda , ongda va psixologiyasida aks etishdan iboratdir.
Subektiv shart sharoitlar inshonning ongli faoliyatidan taashkil topib , manaviy madaniyatning paydo bo’lishi , shakillanishi va
Rivojlanishi obektiv omillar bilan bir vaqda ijtimoiy xayotda
Kishilik jamiyati tarixida ibtidoiy davrlardan boshlab vujudga
Kelgan .

G’orlar , tushunchalar , nazariyalar , fan, san ‘at , falsafiy qarashlarning shakillanishi , ibtidoiy diniy tasavvurlardan boshlab jaxon dinlarigacha bo’lgan jarayon bilan bog’liqdir .


Milliy qadryatlarning shakillanishi esa xar qanday xalqlar tarixiy
Taraqqiyotida aloxida millatlarning shakilanishi bilan bog’liq jarayonligi xaqida desertatsiyaning birinchi bobida
Yozgan edik .
Ammo bu erda shu narsa etiborga molikki , yurli xalqlarda , shu jumladan o’beklarda xali millat bo’lib shakillanmasdan turib oldin ijtimoiy psixologiyani va diniy qadriyatlarni
Milliy qadriyatlarining shakillanishiga jiddiy tasiri bo’lganligi kuzatiladi .Olimlarimizning izlanishlari bo’yicha Markaziy Osiyoning antik davriga oid yozma yodgorliklar qisman qadimgi
Yunon va Ruma adabiyotining tarixiga oid yozuvlarida o’tmish
Madaniyatimiz , manabiyatimiz , qadriyatimiz xaqida davr taqozosi bilan tarixiy voqeylik cheklangan xolda taxlil etilgan bo’lishiga qaramay bizni qiziqtirgan muammmolar bo’yicha ilmiy axamiyatga ega bo’lgan talaaygina malumotlar olindi .
Jumladan , antic dunyo olimlarining yozishicha o’sh davrda Markaziy Osiyoda SAK, SKIF, MASSAGET SUG’D , DASHT qabilalari yashagan .Biroq xozirgi xozirgi shakillangan o’zbek , qirg’iz , qoraqolpoq, turkman , qozoq millatlarining qaysi biriga tegishli ekanligini bilish qiyin muammodir .
Xozirgi O’zbeklar , qozoqlar, qoraqolpoqlar , va boshqa halqlarning ajdodlari shu halqlar hozir yashayotgan erlarda

qadim zamonlarda xam yashaganlar .Lekin ular O’zbeklar , qozoqlar , qoraqolpoqlar deb atalmaganlar .


manaviy madaaniy va milliy qadriyaatlarning shakillanishida obektiv omillar va subektiv shart- sharoitlar xamma vaqt belgilovchi rolni o’ynagan ekanligini inobatga olib , ana shu , kategoriyalar xaqida tushuncha berishni lozim topdik .
shunisi ayonki , turli tarihiy davlatlarda turli diniy talimotlar
asosida shakillanuvchi ijtimoiy psixologiya obektiv omillar bilan
subektiv shart-sharoitlarning dealiktik birligidan namoyon bo’ladi . Zero xar bir kishilik jamiyati rivojining tarixiy bosqichlaridagi mavjud dinlar asosida ijtimoiy psixologiyani yuzaga kelishi va uning manaviy madaniy ba milliy qadriyatlariga tasiri haqida kokret fikir yuritish mumkin .
Ijtimoi psixologoya va milliy qadryatlarning moxiyatini ochishimiz obektiv omillar va subektiv shart – sharoitlarning
Falsafiy tushunchasini to’g’ri , ilmiy idrok etishimizga ko’p jixatdan bog’liq .
Omillarning fikricha obektlik – bu subektning ongi va irodasiga bog’liq bo’lmagan barcha obektiv borliqdir .
Bu realikdan farqli o’laroq obektivlik faqat moddiy borliq, turmushgagina taluqli bo’lmasada ,balki ong soxasida xam tegishlidur.
Ongda borliqni Adekvat aks ettirgan barcha narsalar obektivdir , chunki undagi reallik subektga bog’liq bo’lmaydi .

Subektiv omil obektiv sharoitlarga bog’liq bo’lmagan xolda


Xal qiluvchi axamiyat kasb etadi . B.G.Chagenning yozishicha ,
Subektiv omil kishilarning obektiv sharoitini o’zgartirish va
Yo’nalishiga qaratilgan ongli faoliyatidir .
Demak subektiv omil ongli va tashkiliy xarakterga ega bo’lgan g’oyaviy sohadaagi faoliyatining barcha jihatlari uning mazmunini tashkil etadi . Jumladan , ijtmoiy, iqtisodiy tuzum tarixiy jarayondagi barcha g’oyaviy , ongli faoliyat sohalari
Qatori mavjud diniy go’yalar va talimotlar xam subektiv omilning mazmuniga kiradi .
Subektivlik ongi va irodasiga bog’liq barcha narsalardir
U o’z mazmuni moxiyati jihatidan faqat ong bilan chegaralanmaydi , balki insonning psixikasini , butun ichki dunyosini amrab oladi .
Inchinun diniy g’oyalar asosida insonning ichki dunyosiga aylangan , kundalik turmush va ijtimoiy faoliyatni yo’naltirishga qaratilgan ijtimoiy psixologiya jamiyat
Taraqqiyotida muxim o’rin egallaydi .
Obektivlik va cubektivlik “obekt” va “subekt” kategoriyalarini
Moxiyatini ochish orqali tushuniladi . Ijtimoiy iqtisodiy va manaviy madaniy kamolotni bilishga yo’naltirilgan amaliy xayotdagi faoliyati subektning obekti deb tushuniladi.
Mehnatkashlar ommasi, ijtimoiy guruhlar, partiyalar , ijodiy qobilyat , iroda va qattiyatlikka ega bo’lgan ayrim shaxslar
Ijtimloiy iqtisodiy va manaviy madaniy subekti hisoblanadi.

Obektivlik va subektivlik dialiktikasini to’g’ri tushunish muhum ahamiyat kasb etadi . keyingi yillardagi falsafiy tadqiqotlarda “obektiv sharoit” “obiktiv omil “va “subektiv sharoit” va “subektiv omil” kabilarning o’zaro munosabatini


Tushunishda ana shunday ikki xil yondashuv paydo bo’ldi .
Shu munosabat bilan obektiv sharoit va subektiv omilni filosofiyaning umumiy kategoriyalari qatorida qo’shish haqidagi fikir maqul qilindi .
Chunki ular malum manoda “ijtimoiy turmush “ va “ijtimoiy ong “, “moddiy va g’oyaviy munosabatlar “, “bazi va ustqurma ong” kabi kategoriyalar bilan bir qatorda qurulishi mumkin .
Subektivlik va obektivlikning o’zaro munosabati kishilarning amliy faoliyati orqali namoyon bo’lishi mumkin .
Zero subektivlik subektning amaliy faoliyati orqali namoyon bo’ladi .
Shu munosabat bilan A.D.Kosichev shunday deb yozadi :
Bzning bazi falsafiy adabiyotlarimizda subektiv omilni manviyatga, kishilar ongiga bog’liq deb ko’rsatuvchilar uchraydi . Masalan bunday tushunish uning tasir kuchini cheklab qo’yadi.
Chunki , manaviy rivojlanishga intiluvchi ong amaliy faoliyatsiz kuchsizdir . Ong va onglilik subektiv omilning ajralmas kismi bo’lib , dunyoni idrok etish kishilarnig amaliy faoliyati natijasida amalga oshadi.

Jamiat taraqqiyotining barcha bosqichlaridagi obektib omillar kishilarning ongi va irodasiga bog’liq bo’lmagan barcha hodisalar tashkil topib ular faoliyatining asosiy yo’nalishi va xaraakterini belgilaydi.


Unga ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabotlari rivojlanish darajasini belgilovchi ishlab chiqarish usuli , jamiyatning moddiy xayoti , ijtimoiy taraqiyotning yuzaga keltirgan talabi, ijtimoiy siyosiy manaviy va mafkuraviy munosabatlar , diniy obektlar , fan texnika omillari, tibbiy geografik sharoitlar va boshqalar kiradi .
Obektiv sharoitlarijtimoiy iqtisodiy xayotda va shu jumladan
Manaviy madaniy va milliy qadriyatlarning rivojlanishida birlamchi, xal qiluvchi axahamiyatga ega bo’ladi.
Bundan obektiv sharoitlar birlamchi subektiv sharoitlar
Omillra doimo ikkilamchi degan fikir kelib chiqmaydi .
To’g’ri , obektiv sharoitlar subektiv omillarning struktiurasi va
Ijodiy faoliyati yo’nalishini belgilaydi .
Lekin subektiv omilning aktiv ijodiy yaratuvchanlik roli jamiyat taraqqiyotida juda katta ro’l o’ynaydi.

moalardir.


Boshqalari ijtimoiy ong yoki jamiyatning ma’naviy xayoti subektiv omilni tashkil etadi demoqdalar.
Yuqorida keltirilgan subektiv omilga berilgan ikkala tarif ham uning mohiyatiga to’liq javob bo’maydi.
Subektiv omil tushunchasi birmuncha kengdir. Subiktiv omil tushunchasi ijtimoiy ong tushunchasi va xalq ommasining ongli foaliyati bilan chegaralanmaydi, balki B.A.Chagin tan olganidek , u tashkiliylik va tashkilotchilik usullari va darajasini ham qamrab oladi. Bundan tashqari falsafiy adabiyotlarda subektiv omilni kishilarning ongli foaliyati deb tushunish keng o’rin olgan.
Shunday qilib yuqorida keltirilgan olimlarning subektiv omilga bergan tariflarida hech qanday qarama –qarshi tomonlari bo’lmay , balki ular bir-birlarini to’ldiradilar , xolos. Shuni etirof etish lozimki , obektiv va subektiv omil muommosi hamma vaqt olimlar etiborida bo’lib kelgan dolzarb masalalardandir. Chunki ularning mohiyatiga to’g’ri yondashish barcha ijtimoiy xodisalarni tadqiq qilishda muhim axamiyat kasb etadi. Bizni qiziqtirgan ma’naviy madaniyat va milliy qadiryatlarning shakillanishini tadqiq etish ham ana shu obektiv va subektiv omillarga ham tarixiy jihatdan ham hozirgi zamon fan nuqtai nazaridan to’g’ri yondoshgandagina ilmiy hal etilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda , falsafiy adabiyotlar “subektiv omil “ tushunchasi bilan bir qatorda “inson omili “ masalasi dolzarb masalalardan biri ekanligi ko’rsatilmoqda. Agar subektiv omil xalq ommasi , ijtimoiy gruhlar , mexnat jamoalarining ongli tashkillangan va maqsadga yo’naltirilgan ijodiy foaliyat bo’lsa , inson omili esa inson amaliy foaliyatining ham stihiyali, ham ongli tomonlarni qamrab oladi. Ikkala holatda ham maqsadga yo’naltirilganlik , g’oyaviyliklik, qattiyatlik, maqsadga muofiqlik , iroda va g’ayrat ularning asosiy mazmunini tashkil etadi . Shuning uchun inson omili subektiv omilning mag’zini tashkil etib , jamiyat taraqqiyotining hamma davirlari uchun hal qiluvchi kuchga ega bo’lgan.
Inson omili muommosini ilmiy tadqiq etish ijtimoiy jarayondagi ijtimoiy xodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi. Yani inson shakillanishi jarayonini chuqur metodologik jihatdan o’rganish , jamiyatning tarixiy bosqichlarida , uning evolutsiyasini to’g’ri tushunishga ko’maklashadi , shu jumladan , obektiv omil bilan bir qatorda subektiv omilning ajralmas qismi bo’lmish manaviy madaniyat va milliy qadiriyatlarning tarixiy jarayonda shakillanishi evolutsiyasini tushunib etish imkoniyatini beradi. Inson mohiyati va tabiati haqidagi masalani jamiyat va shaxs rivojlanishining tarixiy bosqichlarini falsafiy sossiologik taxlil qilish yo’li bilan ochish mumkin.
Hozirgi kunga kelib bu muommoga etibor berilishining boisi shundaki, sobiq ittifoqdosh respublikalar , shu jumladan O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yo’liga o’tishi bilan o’zining ijtimoiy – iqtisodiy rivojida ma’naviy va madaniy merosni o’rganish va tiklab xayotga tatbiq qilishda , milliy qadiryatlarni tiklab , o’zbek xalqi o’zligini anglashda inson omili g’oyatda ijtimoiy kuchdir.
“ Inson omili “ bilan “ subektiv omil ‘’ ko’p jihatdan yaqin bo’lsada , ammo ularni aylantirish to’g’ri bo’lmaydi. Chunki inson
omili subektiv omilga nisbatan keng tushunchadir. U ommaning tashkillashgan faoliyatidan tashqari ayrim kishilarning faoliyatini ham qamrab oladi.
Yuqoridagi fikirlardan quydagi xulosalarga kelish mumkin: manaviy madaniyat va milliy qadiriyatlarning shakillanishi o’zbek xalqi ilk davridan boshlab yuzaga kelgan ijtimoiy xodisa deb qaralishi , unga tarixiylik metodologiyasi orqali yondashilganda mohiyatini to’g’ri ochiladi ; milliy qadiriyatlar ma’naviy madaniyatning bir qismi sifatida jamiyat taraqqiyotining muayyan tarixiy bosqichida o’zbek xalqi millat sifatida shakillanishi jarayoni bilan birga shakillangan va boyigan . Bundan o’zbek millati shakillanmasdan ilgari davrda milliy qadiriyatlar bo’lmagan degan xulosa chiqmaydi . Aksincha , milliy qadiriyatlarning genezisi xalqimizning uzoq o’tmishi bilan bog’liqdir ; ma’naviy madaniyat va milliy qadriyatlarning shakillanishi jamiyat tarixidagi obektiv va subektiv omillarining dialektik birligida namoyon bo’lgan . Bunda barcha omillar qatori movjud dinlarning aloxida o’rni bo’lgan ; jamiyat taraqqiyotining har bir tarixiy bosqichidagi dinlar asosida shakillangan ijtimoiy psixologiya ma’naviy madaniyat va o’zbek xalqi milliy qadiriyatlarining shakillanishi va rivojlanishiga kuchli tasir ko’rsatgan .
Xalqimizning ma’naviy madaniyati va qadiriyatlari ildizi uzoq o’tmishga borib taqaladi . Markaziy Osiyo xalqlari xayoti va turmishiga islom dini kirib kelishdan bir necha asrlar oldin ham bu xalqlar o’zining boy merosiga ega bo’lgan . Qadimgi dunyodan boshlab xalqlarning ijtimoiy hayotida , o’zaro munosabatlari , yashash sharoiti jarayonida , eng muhim insoniyatning obektiv voqelik , tabiiy xodisalarga munosabati asosida vujudga kelgan ma’naviy madaniyatning boshlang’ich kurtaklari jamiyat taraqqiyoti bilan birga qadam – baqadam rivojlanib boyib borgan.
Kishilik jamiyati tarixida dastlabki vujudaga kelgan ibtidoiy din shakillaridan totemizim , fetishizim , animizim , magiya va boshqalar tortib politeistik va monoteistik dinlarning shakillanishi ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy - ma’naviy xayotining rivojlanishi bilan mushtaraktir . Ijtimoiy tuzumda davlatlarning kelib chiqishi monoteistik yakka xudolik dinlarining shakillanishiga olib keladi . Qadimgi dunyo Xorazim diyorining hayotini o’rgangan olim S.P. Tolstov “O’rta Osiyoning islom dinigacha bo’lgan tarixida xudolar podsholarning ifodasi edi” , deb yozgan edi.
Ijtimoiy psixologiyada podsholar haqida bunday fikrni paydo bo’lishi birdan bo’lmagan , albatta . Qabila urug’chilik davridagi ko’p xudolik pisixologiysidan yakkaxudolik tasavvurining ijtimoiy psixologiyada shakillanishi avvalo ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining o’zgarishi , xalq ichida tabaqalanish sodir bo’lishi va nihoyat jamiyatni boshqarishning yagona tizmi bo’lgan davrlarning paydo bo’lishi asosida vujudga kelgan . Yakka-yu yagona podshosiz , - deb yozgan edi F. Engels ,- yakka xudolik Sharq mustabid hokimligining kopiyasidir.
Demak ma’naviy madaniyat va milliy qadiriyatlarning taxlil etishda xalqimiz uzoq o’tmishda vujudga kelgan o’ziga xos hususiyatlarni inobatga olishimiz lozim . O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov to’g’ri takidlaganidek , “ Xalqimiz azaldan o’z ma’naviy qadiriyatlari va diniy etiqodlarini yuksak qadirlab kelgan “.
Xalqimiz ma’naviy madaniyati va qadiriyatlari rivojiga dinlarning ko’maklashuvi dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo’lgan davrdan boshanadi. Manbalarning ko’rsatishicha ma’naviyat madaniyat va milliy qadiriyatlarning elementlari ibtidoiy dinlarning bir qancha oldin paydo bo’lgandir. Olimlardan Muhammadjonov qadimgi madaniyat va yodgorliklar haqida shunday deb yozadi : “ Bu yodgorliklar orasida eng qadimiysi Ohongoron shahri yaqinida , Qizilolmosoy yoqasida joylashgan Ko’lbuloq makonidir . Bu yodgorliklar bir necha yuz ming yil davomida ibtidoiy odam to’dalari yashagan boshpananing qoldiqlari bo’lib , u 1963 yildan paleolitshunos olim M.Qosimov tomonidan o’rganilmoqda . Bu ibtidoiy makon ming yillar davomida hosil bo’lgan 20 metirlik qalin madaniy qatlamdan iborat bo’lib , undan ko’proq va chaqmoq toshlardan yasalgan bir necha yuz mingdan ortiq tosh qurollar , gulxan izlari , turli xil hayvonlarning minerallashib ketgan suyak bo’laklari topildi. Ko’lbuloq makonining yuqori qatlamidan chiqqan ashyolar asosan o’rta tosh davriga taalluqli bo’lsa, uning ostqi qatlamlaridan kavlab olingan ko’pol tosh qurollar ilk tosh davriga mansubdir. Bu topilmalarga asoslanib yodgorlikning pastki qatlamining arxeologlar oshel davri bilan . Yani hozirgi kunda qariyb 200-300 ming yil muqaddam deb sanasalar geologlar uni hozirgi kunda taxminan 500-700 ming yil avval etkazilgan deb hisoblamoqdalar .
Ko’hna tariximizdan darak beruvchi bu topilmalar xalqimizning dastlabki madaniyat uni mehnat foaliyati bilan birgaligini ko’rstadi. Mehnat qurollarini yasash ular turning ko’payib borgan sari sifat jihatdan yaxshilashgan . O’sha davr odamlari mehnatga , uning natijalariga bo’lgan munosabatlarini rasmlarda , chizgilarda tasvirlashga uringanlar . Masalan , “ Zarautsoy “ , “Oarmishsoy “ kabi
Ammo keyinchalik diniy tasavvurlarning paydo bo’lishi va turli dinlarning shakllanishi madaniyat turlariga o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. O’zbekiston xududidan topilgan va topilayotgan arxeologiya qazilmalarida madaniyat va san’atga doir oid manbalar oz emas. Bu asori atiqalar olis tarix sirlarini, uzoq o’tmishdagi ajdodlarimiz turmush tarsi, urf-odati, e’tiqodlarini ko’z o’ngimizda obrazlar orqali namoyon qiladi. Xozir shu narsa aniqlandiki, O’zbekiston respublikasi xududida qadimdan yashagan ajdodlarimiz zardushtiylik, budda, xristian va boshqa dinlarga e’tiqod qilganliklari ma’lum bo’lmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda Abu Rayhon Beruniy qimmatli fikrlar bildirgan. Jumladan, o’rta asrlarda xozirgi O’zbekiston xududida yashovchi xalqlar va qabilalar, xorazmliklar, so’g’diylar va turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlar haqida muhim ma’lumotlar keltiradi. Uning izlanishlarida, turkiy xalqlarning bir necha guruh: o’g’uzlar, kimanlar, qirg’izlar,va boshqalr; sharqiy turklar; Chu daryosi vodiysi, Xo’tan, Tibet, Afg’oniston xududida joylashgan turklar bo’lganligi ilmiy asoslanadi. Beruniy o’zining ‘’Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar’’ nomli tarixiy asarida qadimiy xorazmiylar, so’g’dlar, eroniylar, rimliklar, yahudiylar, suriyaliklar, xristianlar, xindlar va boshqalarning dinlari, urf-odatlari, bayram va marosimlari haqida keng fikr yuritadi. Ma’lumki miloddan ilgari Eron, So’g’d va Xorazmda Zardushtiylik dini keng tarqalgan edi. Shu davrda yaratilgan madaniyat, san’at namunalari diqqatga molikdir. Zardushtiylik dinining bu xududda keng yoyilishi boshqa dinlarni ma’lum darajada cheklashga olib keldi. Jumladan, majusiylik dini haqida Beruniy shunday yozadi: ‘’Qadimgi majusiylar Zardusht yuzaga chiqishdan oldin ham mavjud edilar. Endi ulardan zardusht diniga ishonmaydigan xolis vas of biron kishi topilmaydi, balki ular ham Zardusht qavmidan yoki Quyoshga topinuvchilardan bo’lib ketganlar. Lekin ular bir muncha qadimgi urf-odatlarni hikoya qilib, shularni o’z dinlariga nisbatan berardilar. Bu narsalar Quyoshga topinuvchilarning va qadimgi xarroniylarning sharoitlaridan olingandir.
Xarron imsdagi bir shahar bo’lib, Zardushtiylik yo’nalishidagi otashparastlikka oid bo’lgan bu diniy e’tiqod qadimiy bo’lib, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Eron va Markaziy Osiyoga tarqalgan diniy e’tiqoddir.
Umuman Zardushtiylik, shu jumaladan otashparastlik e’tiqodlarining Markaziy Osiyodagi islomgacha bo’lgan davrdagi tutgan o’rni, ma’naviy madaniyat va milliy qadriyatlarning shakllanishida ta’siri muammolarini keng tahlil qilinishi muhimligini e’tirof etishimiz lozim. Xozirgacha olib brogan izlanishlar bu borada qimmatli ma’lumotlar bermoqda.
Ma’lumki, otashparastliklarning ibodatxonalarida mangu olov yonib turishi uning asosiy belgilaridan hisoblangan. Masalan, qadimiy Samarqandning o’rni Afrosiyob markazidan topilgan podsho saroyi diqqatga sazovordir. ‘’Podsho saroyidagi rasmlarda dabdabali kiyingan podsho va feodallarning hayoti, rasm-rusmlari, urf-odatlari, axloq-odobi, aks ettirilgan. Saroy ansambli har xil kattalikdagi, turli maqsadlardan va belgilangan uylardan, xonalardan, koridorlardan iborat. Saroyga kirish sharq tomondan bo’lib darvoza yonida abadiy olov yonib turgan. Darvozadan kirilgach, uzun va keng koridor orqali o’tib, tepasi gumbaz shaklida bo’lgan maxsus xonaga o’tilgan. Bu xonaning o’rtasida turgan maxsus supachaga saroy haramiga qurbon qilingan sovg’alar qo’yilgan. Saroyga kiruvchi kimsa maxsus xonada bo’lib ‘’gunoh’’ dan poklangach ketma –ket uchta zal / katta –katta saroylar/ orqali o’tib oxiri So’g’d hukmdori taxti o’rnatilgan qabul saroyiga kirgan.
Bu davrdagi ijtimoiy ong va ijtimoiy psixologiyadagi ilohiy kuchlarga sig’inish o’z diniy e’tiqodini qondirish turli rasm-rusmlar, qurbonlar qilish, Afrosiyob yodgorligida ko’rganimizdek, gunohlardan poklanish muayyan qonun va qoidalarga bo’ysunish orqali bo’lishi bilan bir vaqtda mangu olovni muqaddaslashtirish bosh o’rinni egallagan .Chunki, Zardushtiylikda olov haqiqatni yolg’ondan ayiruvchi, poklanishga ko’maklashuvchi ishonchli vosita hisoblangan.
Markaziy Osiyo xalqlarida Zardushtiylikdan keyin vujudga kelgan dinlarda, shu jumladan, islom keng tarqalgan xududlarda uning diniy g’oyalari, urf-odatlarining elementlari, xususan olovni muqaddaslashtirish ijtimoiy psixologiyada hamon saqlanib kelmoqda. Masalan, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand qishloqlarida turli marosimlarda olovdan keng foydalaniladi. Jumladan, kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish, a’zalik xonadonlarda payshanba kuni, yani juma oqshomida uyda, qabristonlarda chiroq yoqib qo’yish kabilar bo’lib turadi. Keyingi yillarda olovga yanada kengroq mazmun berildi. Hozirgi vaqtda qariyb butun dunyo miqyosida eng tabarruk yodgorliklar yoniga mangu olov yoqib qo’yilgan. Bugun ikkinchi jahon urishi qurbonlariga qo’yilgan respublikamizdagi ‘’Motamsaro ona’’ haykali va boshqa yodgorliklar oldida yonayotgan olov, uning kelib chiqish tarixi otashparastlik e’tiqodiga borib taqaladi. Mana shunday mangu olovlar qarshisida sukut saqlash butun insoniyat uchun qadrli an’anaga aylanganligi e’tiborga loyiqdir. Bunday mangu olov yoqish tarixi bilan bog’liq bo’lgan yodgorliklar O’zbekiston xududiga ko’plab topilmoqda. Masalan, Samarqand viloyatining Qo’shrabod tumanidagi Qo’rg’ontepa mahallasi o’tmish ajdodlarimiz muqaddas olov yongan ibodatxonaning o’rni aniqlandi. Bu ibodatxona qadimgi so’g’diylarning yuksak e’tiqodi tufayli barpo etilganligi ma’lum bo’ldi.
Insoniyat tarixida shakllanagan dafn marosimi mavjud diniy ta’limotlarga asoslangan holda har bir xalqning o’ziga xos marosimi, urf-odatini kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Markaziy osiyoda ma’lum iz qoldirgan. Zardushtra diniy ta’limoti bo’yicha suv, o’t, havo va yer muqaddas hisoblangan. Shuning uchun murdani dafn etish, yerga ko’mish, suvga tashlash yoki o’tda kuydirish ham taqiqlangan. Ular o’zgacha yo’l tutganlar, ya’ni baland bir joyni tanlab /daxma/ murdani o’sha yerda quruq suyak holiga kelguncha saqlaganlar. Shundan keyin suyaklarni yig’ishtirib ossuariylarga solib, uni sertokcha binoga qo’yilgan.
Bunday ossuariylarning siniq parchalari So’g’d, Xorazm, Shosh va Yettisuvda ko’plab topilgan. Olimlarimiz ularni uch guruhga bo’lishni lozim topdilar: birinchi guruh loydan yasalgan tobutchalar; ikkinchisi ganchdan ishlangan tobutchalar; uchinchisi esa tuxum shaklida yasalgan tobutchalardir.
Bunday dafn marosimi Zardushtiylikda uzoq vaqt davom etib xalq hayotida chuqur iz qoldirgan. Keyinchalik boshqa dinlarning Markaziy Osiyo xududiga kirib kelishi bilan dafn marosimining shakli ham, mazmuni ham o’zgara brogan. Budda, xristianlik va islomning bu xududga kirib kelishi o’z diniy ta’limotiga, asosan dafn marosimini va boshqa qadriyatlarining yangi turini joriy qilishga kirishgan.
Zardushtiylik dinining asosiy aqidalari uning muqaddas kitobi ‘’Avesto’’da bayon etilgan. Avesto miloddan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida vujudga kelgan va bu yerdan Eronga va Yaqin Sharqning ayrim xalqlarida tarqalgan. U bir necha ming yildan ortiq muddatni o’z ichiga olib, unda diniy ma’lumotlardan tashqari tarixiy hodisalar va epik ma’lumotlar ham keltirilgan. Zardushtiyning vatani Markaziy Osiyodir, Zardusht asli turk bo’lib, hozirgi Turkmanistonga qarashli Mari viloyatining Eronga yaqinroq joyida tavallud topgan.
Zardushtning ezgulik va yovuzlik /yaxshilik va yomonlik/ o’rtasidagi qarama- qarshilikka asoslangan ta’lomotining mohiyatidir. rad, Vendidat deb nomlanadi. Bu ta'limotdagi yaxshilik va yomonlik urtasidagi kurash, unga e'tiqod qiluvchilarni yaxshilikka chorlaydi va butun insoniyatni xatti-harakati, qadriyatlari shunga asosan shakllanib boradi va bu ijtimoiy psixologiyada uz aksini topadi. Ayniqsa Zardushtiylikdagi yasna tarkibiga kiruvchi qushiqlar "Gat" deb yuritilib, ular Avestoning eng qiziqarli qismi hisoblanadi. Yashtlar Oxura Mazda, Yer, Kuyosh, Oy, Mitra iloxiga atalgan qushiqlardir. Yashtlarda eng qadimiy davrlarda Markaziyy Osiyo vaEronda mashxur bulgan nima /Jamshid/, Kersosi /Gershans/, Fran- ras'yan /Afrosiyob/ ga Bag’ishlangan afsonalar mavkud. Visparadlar esa ya/itlarning bir kismidir. Vandidotlarda turli urf-odatlar, ularga rioya kilish tartibi, ularni buzuvchilarga beriladigan jazo- lar keltirilgan. Zardushtiylikdagi turli kushiklar va afsonalar Turon xalklari tomonidan yod olinib, uzok yillar davomida yoddan aytilgan va ular psixologiyasidan chukur urin olib, turmush tarziga xam uz ta'sirini utkazgan.Markaziy Osiyo xalklarining kupgina urf-odatlari, bayramlari Zardushtiylik ta'limoti ta'sirida shakllangan. Masalan, Sug’d xalqlari yettinchi oyning birinchi kunini "nim sarda" Ma'lum bulishicha, shunday kunda sugdiylar otashxonalarga yigilib kuno- kilik uni, yog va shakardan tayyorlangan ovkat yeydilar. Beruniyning fikricha, bu taom mahalliy xalklarning marosimlarida pishiriladigan xolvaytarga uxshaydi. Bundan tashkari bu xalklarda dinning kup- dan-kup qadimgi shakllaridan - totemizm, fetishizm, magiya/sexrgar- lik/ sanamlarga va butlarga sig’inish, shomonlik bilan bir qatorda otashparastlik, budda dinlari elementlarining tarqalganligini kuramiz. Bunday qadimiy din elementlari, ayniqsa urf-odat va rasm- rusmlar xattoki xozirgi milliy qadriyatlarimizning tarkibida uchrab turishini kurishimiz mumkin. Bundan islomgacha bulgan rang-barang diniy e'tiqod va rasm- rusmlarning majmuasi islom dini marosimlari bilan aralashib sinkretik din shaklida shaklanib kelayabdi. Ularga atab xudoyi qilish, juma oqshomi /xaftaning turtinchi kuni/ kunlari chiroq yoqib marxumlarga bag’ishlab is chiqarish, Qur'on sura’ laridan uqib bag’ishlash, dafn marosimi va undan sung yil davomida marxumga bag’ishlab utkaziladigan qator diniy tadbirlar qabristonga borib chiroq yoqish, Qur'on uqish, xayri-sadaqa qilish, chil- tonlarga atab osh pishirish, payshanbalik, yakshanbalik, qor yog’di va qovun-uzum kuni utkazish va boshqalarkuchirik qilish, kinna sol- dirish, dam soldirish, fol ochirish, tumor taqish, ezib ichki, isitma-qaytarma qilish, tog’lar, suvlar, qoyalarga sig’inish, turli "avliyo"lar qabrlariga, mukaddas-qadamjolarga sig’inish,azayimxonlik, duoxonlikka ishonish, mushkul kushod, bibi seshanba kunlarini utkazish rasm-rusmlarng ba'zilari islom dini urflari va marosimlari bilan aralashib ketgan bulsa, ularning bir qismi islom marosimlari bilan hamon yonma-yon yashab kelmoqda. Bu yerda ham individual va ijtimoiy psixologiyada islomgacha shakllangan rasm-rusmlarni islomiy marosimlar kishilar turmushiga keng urnashgan, xattoki milliy qadriyatlar shakllangan sharoitda xam davom etayotganligini kuramiz. Markaziy Osiyo xalqlari islomni qabul qilishlaridan oldin turli xil xaykallar va sanamlarga sig’inganlar. Butlarga sig’inish dastlab ibtidoiy dinlarga xos bulsa keyinchalik buddizm va xristian dinlarida xam butlarning kupgina unsurlari saqlanib qolgan. Butlar va boshqa diniy xaykalchalar xudo tasvirini yoki uning timsolini aks ettirgan bulib, tosh, yo’och va sopollardan tayyorlangan. Shunday bulganki, ma'budalar, xaykalchalarga qiziqishi ortib ularni xar bir xonadonda saqlashga xarakat qilingan. Muxammad Narshoxiy "Buxoro tarixi" nomli asarida Buxoro shaxrining Mox bozorida sanamlar bilan savdo-sotiq qilish odat tusiga kirganligini izoxlaydi. Uning yozishicha, Buxoroda bir bozor bor ediki, uni "Bozori Mox ruz" der edilar. U yerda xar yili ikki marta muqaddas butlarning sotuvi tashkil etilar edi. Qadimda buxoroliklar butparast bulganlar, usha davrlardan boshlab bozorlarda but sotganlar. Xaykaltaroshlik san'atining tarixi xalqimizning uzoq utmishiga borib taqaladi. Islomga qadar bulgan bunday xaykaltaroshlik Sug’diyona /Zarafshon vodiysi/, Marg’iyona /Murg’ob vodiysi/, Parfiyo /janubi-garbiy Turkmaniston/ va ayniqsa buyuk Baqtriya hududida keng tarqalganligi olimlarimiz tomonidan aniqlangan. Buyuk Baqtriya hududiga respublikamizning Surxondaryo viloyati, Tojikistonning janubiy va Afgonistonning shimoliy qismlari kirgan. Kushonlar davrida Baqtriya xalqlari tomonidan yaratilgan va e'zozlangan ma'budalar, turli xaykallar diqqatga sazovordir. Xaykaltaroshlik san'atida ajdodlarimiz utmishida eng barkamol xaykallar budda diniga oid bulgan. Kushonlar imperiyasi davrida Xindistonda vujudga kelgan budda dini keyinchalik Markaziy Osiyoga, shu jumladan O’zbekistonga ham kirib kelgan. Olimlarning bu masala yuzasidan izlanishlari ulkamizda budda diniga oid inshootlarning topilishiga qarab, uning O’zbekiston xududiga Afg’oniston orqali kirib kelgan deb xisoblashlariga asos bulmoqda. Amudaryoning eng tor joyi Afg’onistonning xozirgi Xayriton shaxridir. Daryoning bu beti esa Ayritom deb ataladi. Buddaga oid ashyolarning eng qadimiysi ana shu atrofdan topilmoqda. Dastlabki buddaga oid namunalar Ayritomdan 1932-yili chegarachilar tomonidan topilgan edi. 1933-yili olimlardan Masson u yerda tadqiqot ishini davom ettirib, budda tarixini boyitadigan bir qancha namunalar topdi. Ular ichida surnay chalib turgan kishi haykali, 2 ta lappakni bir-biriga urib turgan, gulchambar ushlab turgan kishilarning buddizmga oid yettitacha haykali topildi. Budda diniga oid arxeologik qazilma qoldiqlarni topilishi O’zbekiston xududida islomgacha buddizmga e'tiqod kilish ham keng tarkalganligidan dalolat bermoqda. Keyingi yillarda Dalvarzintepa, Xolchayon, Fayoztepa, Ayritom, Qoratepa, Zartepa, Xayriobod, Jondavlattepa, Zurmula va Azim Termiz kabi joylardan topilgan tarixiy yodgorliklar xalqimizning utmish moddiy va ma'naviy madaniyati, dini e'tiqodi, mehnati, qadriyatlari xaqida boy ma'lumotlar berdi. Bu tarixiy joylardan topilgan qadimiy yodgorliklarni olimlarimiz tomonidan qilingan tahliliga qisman tuxtaladigan bulsak, xalqimiz ma'naviy madaniyatining rivojlanishiga, insoniy qadriyatlarning shakllanishiga shu davrda vujudga kelgan ijtimoiy psixologiya va diniy qadriyatlarining ta'siri yaqqol kuzga tashlanadi. Masalan, Surxondaryodan Denov tumanidagi Xolchayon madaniy yodgorliklari professor Pugachenkov tomonidan taxlil qilingan. Bu yerda topilgan shaxar hokimining saroyi devoridagi suratlar, maxsus yasalgan haykallar shu davr xayotidan dalolat beradi. Saroy kun chiqar tomonga qaratib qurilgan va olti ustunlik ayvondan iborat. Kuchalar birlashgan chorraxaga yaqinroq joyda oltin xazina topilgan boy zodagonlar maxallasiga tutashib ketgan tepalik urnida ajoyib budda borligi aniqlangan. Ganch va loydan ishlangan haykallar, sopol chiroqchalar va boshqa dalillar bu binoda budda diniga e'tiqod qiluvchilar istiqomat qilganligini kursatadi. Bundan tashqari loydan yasalgan budda haykali uch xolatda tasvirlangan: tik turgan xolatda- voiz; chordona qurib utirgan xolatda - fikr-xayolga chumgan kishi va yotgan xolatda budda Olimlarning tadqiqot natijasida duch kelgan budda voiz , ya'ni dinni targ’ib qilayotgan xolatdagi budda gavdalantirilgan. Budda diniga oid ashyolarning olimlar tomonidan tahlil qilinishi shuni kursatdiki, bu dinga e'tiqod qilish jarayoni Markaziy Osiyo xalqlari xayotiga, mehnat faoliyatiga, yashash tarziga uz ta'sirini utkazganligini kuramiz. Jumladan, ganch va loydan haykallarda foydalanish keyinchalik haykaltaroshlik, naqqoshlik san'atida, qurilishda ishlatish maxoratini, sopol buyumlar tayyorlash sirini xayotga joriy etishda binolarning kunga qaratib qurishni va boshqa shunga uxshash kupgina maxoratli tajribalar xalqimizning xozirgi milliy qadriyatlaridan urin olgandir. Fikrlarni umumlashtiradigan bulsak, Dalvarzintepadan va keyinchalik Tojikistonning Ajimtepa, Amudaryo buyidan, Shurtepa, Turkmanistonda G’arbiy chegara Bayramalidagi Sulton qal'asi ichi-dan, Qirg’izistonning Bobushmulla eski xarobasi va boshqa bir kancha joylardan topilgan qadimiy yodgorliklar Buddaga oid eng katta shaxar xarobasi taxminlarga Qaraganda Dalvarzintepa Kushon podsholigining markazi bulgan degan taxminlar aytilmoqda. Fayoztepadan topilgan haykal-monaxlar bilan utirgan Budda tasviri esa I asrga tug’ri keladi deyilmoqda. Kushonlar imperiyasining madaniy markazlarida barpo etilgan budda ibodatxonalari usha zamon tasviriy san'ati timsolida bezalganligi bilan ajralib turardi.Ma'lumki, buddizm uch jaxon dinlaridan biridir. Kushon imperiyasining poytaxti Shimoliy Hindistonga kuchirilishi bilan Budda davlat diniga aylantirilib uning mavqei yana kuchaydi. Islomgacha Markaziy Osiyo xalqlari xayotida turli xil dinlar zardushtiylik, ibtidoiy din shakllari bilan bir qatorda buddaviylik ham keng urin olganligini keyingi davr arxeologik izlanishlar tobora tasdiklandi. Masalan, 1957-yili Farg’ona vodiysi Quva shaxrida arxitektura va haykaltaroshlikka oid ajoyib namunalar bilan budda ibodatxonasi mavjud bulganligi aniqlandi. 1955-yilda Surxondaryoning" Bo- laliktepayu«(an topilgan kadimgi budda ibodatxonasi, undagi tasviriy san'atning nodir namunalari devorga ishlangan uymakorlik san'ati usha davrdagi yuksak madaniyatdan dalolat beradi. Shuningdek, Turkistonning Marv, Termiz, Quva, Koson, Samarqand, Buxoro kabi shaxarlari, viloyatlari buddachilik ta'limoti va marosimlarini ishlab chiqishda, boshqa ulkalar mamlakatlarda targ’ib va tashviq etishda, eng muxim, buddaviychilikning xozirgi zamonning birinchi jaxon diniga aylanishida favqulodda axamiyatga ega markazlari bulgan. Shunday ekan ulkamizda buddaviylik diniga e'tiqod qilgan kishilarga bu dinning urflari va marosimlari ularning turmushiga ongi va psixologiyasiga singa borgan. Ammo Markaziy Osiyoda yashagan turkiy xalqlar ma'naviy hayotida buddaviylikdan boshqa keng tarqalgan Zardushtiylik dini va turli diniy e'tiqodlar va marosimlari bulganki, ularning har birini xalqimiz ma'naviy madaniyatida va qadriyatlarida muayyan urni bulgan.Islomgacha bulgan dinlarning qadimgi shakllari, otashparastlik va diniy e'tiqodlarning boshqa kurinishlari Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviy xayotida muxim rol uynaganligi va turkiy xalqlar turmushida chuqur ildiz otganligi, ularning urf-odat, bayram va marosimlariga singib ketganligi sababli islom dini bu yerda yashaydigan xalqlar tomonidan qabul qilingandan sung, bu xalqlar sig’inib kelgan barcha dinlar, diniy e'tiqodlar va marosimlar yolg’ondir deb e'lon qilingandan keyin ham asrlar osha bugungi kunlargacha islomgacha bulgan dinlarning elementlari yashab kelmoqda. Demak islom yangi din sifatida Markaziy Osiyo xalqlari xayotiga singdirilishi jarayonida hatto islom tula hukmron mafkuraga aylanganda ham ungacha mavjud bulgan turkiy xalqlar xayotida muxim iz qoldirgan urf-odat va marosimlarining bir qismi saqlanib qolaveradi.Vaholangki, islomni Markaziy Osiyo xalqlari xayotiga kiritishda islomgacha bulgan barcha dinlarga turli xil vositalar bilan qattik qarshilik tadbirlari kurilishiga qaramay qadimiy dinlar kishilarning individual va ijtimoiy psixologiyasidan chuqur urin olganligiuchun uni tezda uzgartirish qiyin kechdi. Shu boisdan ularning ba'zi elementlari islom talablariga aralashgan holda uzoq vaqt ular on-gi va xulq-atvorida saqlanib qolmoqda.
Masalan, shu narsa tarixdan ma'lumki, arablar otashparastlikka qarshi kurash baxonasida nafaqat diniy, balki Movaraunnaxrning dunyoviy adabiyotlarini xam yuq qilishdi. Bu xolatni Beruniy shunday izoxlaydi: "Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini urgangan va bilimini boshqalarga urgatadigan kishilarni xalok etib, yuk qilib yuborgan edi. Shuning uchun u /xabar va rivoyatlar/ islom davridan keyin haqiqatni bilib bulmaydigan darajada yashirin koldi" Markaziy Osiyo xaqlari xayotiga islomning kiritilishi uzoq davom etgan jarayon ekanligini biz yuqorida aytgan edik. Islom ta'limoti, islomiy qadriyatlar mahalliy xalqlar xayotiga, turmush tarziga, davlat tizimiga tuliq singdirilganidan sung individual va ijtimoiy ongda islom ta'limotiga oid psixologiya shakllana bordi. Islomiy qadriyatlar va ijtimoiy psixologiya xalqning ma'naviy madaniyati va milliy qadriyatlari mazmuni va shakliga ta'sir etib, ijtimoiy xayotda xukmron mafkuraga aylana bordi. Markaziy Osiyoga VIII asrdan boshlab kirib kelgan islom xukm- ron mafkuraga aylanish borasida ungacha bulgan barcha dinlarga, ularning qadriyatlariga ayovsiz qattik kurashishga qaramay kishilar psixologiyasida, turmush tarzida islomgacha shakllangan urflar, marosimlar, bayramlarning saqlanganligini kuramiz.
Ma'lumki, Markaziy Osiyo xalqlari azaldan dexqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan keng shug’ullanib kelganlar. Ularning urflari, bayramlari aksariyat kasbikorlari bilan bog’lik xolda shakllangan. Shu davrdagi turli dinlar xam xalq psixologiyasidagi bu xususiyat bilan xisoblashishni iloji bulmagan. Natijada uzlarining diniy bayramlaridan tashqari mavjud xalqlardagi marosim va bayramlarga xam diniy mazmun berishga xarakat qilganlar. Shunday qilib, usha davrda shakllanib individual va ijtimoiy psixologiyada chuqur urnashib avloddan-avlodga utib kelayotgan ba'zi misollarni keltirishni lozim topdik. Dexqonchilik bilan shugullangan xalqimizning suvga bulgan e'tikodi baland bulgan.Chunki suv mul bulsa, hosil tukin bulgan, xalqtuq bulgan. Suvga bag’ishlangan odatlar va bayramlar Beruniyning "Kadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar" asarida yozilishicha bahor-yoz fasllarida utkazilgan. Bu bayramdagi muhim elementlardan biri odamlarning bir-birlariga suv sepish odatidir. Yomg’ir chaqirish odati bilan bog’lik bulgan odamlarning bir-biriga suv sepishi natijasidagi qadimiy odat xattoki xozirgi O’zbekistonning janubiy viloyatlari Surxondaryo, Qashadaryo va boshqalarda “suv xotin”nomi bilan saqlanib kelmokda.
Dexqonchilik mavsumida suvni kupaytirish, yomg’ir yog’dirish bilan bog’lik Qurbonlik qilish, is chiqarish, xudoga nola qilish kabilar xam bulgan. Oddiy dexqonlar orasida toshbaqani muqaddaslashtirish odati xam bulgan. Masalan, yomg’ir yogdirish uchun uni yerga ag’darib quyish yoki oyog’idan osib quyishlar bulgan. Shunday xolatda yomg’ir yog’ishi tug’ri kelsa uni tabiiy qonuniyat asosida emas, balki toshbaqa tufayli deb tushunilgan.

“ Dexqonbobo”ga atab is chiqarish, “Dalaga qo’sh chiqarish”, “Shox may “ , “Ekin sayli”, “Qush oshi” kabi odatlarni tark etmagan dexqonlar O’zbekiston hududida ko’plab uchrab turadi.


Markaziy Osiyo shu jumladan , O’zbekiston xalqlari tarixida qadimdan shakllangan va ular psixologiyasidan chuqur o’rin olib xozirgi kunda xam nishonlanayotgan bayramlar oz emas . Ular jumlasiga “Navruz “, “Boychechak” “Qizil gul sayli “ , “Lola sayli “ , “Suv sayli “ , “Mexrjon “ va kuzgi hosilni yig’ish bilan bog’liq bo’lgan “Qovun sayli”, “Uzum sayli’, “xosil bayrami “, “uloq o’tkazish bayrami” va boshqalarni kiritish mumkin .
Markaziy Osiyoga Islom kirib kelishindan oldingi davrlarda turkey xalqlar xayotida fetishizm va afsungarlik keng tarqalganligi haqida fanda anchagina ma’lumotlar bor. Beruniyning yozishicha shunday toshlarni muqaddaslashtirilganki, ularni “G’alaba toshlari “ deb nomlandi. Ular yordamida go’yo “yomon ko’zdan asrash “ momaqaldiroq, yashindan saqlanish , yomg’ir yog’dirishda foydalanish mumkin . Bunday tosh deb turkey xalqlar nefrit toshini tanlaganlar . Nefrit tosh bilan turkiy xalqlar kurash va janglarda g’alabaga erishish maqsadida xanjar , egar , belbog’lar btzaganlar . Bartold V.V bu toshni yomg’ir, do’l, qor , bo’ron toshi “jada “ / nefrit / deb kiritish turkiy xalqlar orasida keng tarqalganligi xaqida yozadi .
Ana shunday fetishlarga ya’ni tosh, qoya , tog’lar , daraxtlar kabilarga sig’inish hozirgi vaqtda islom keng tarqalgan hududlarda , shu jumladan O’zbekiston xalqlari orasida ham uchrab turadi. Islom ta’limoti bo’yicha bu “bid’at” xisoblansada o’tmish odatlari individual va ijtimoiy psixologiyasida chuqur o’rnashib qolganligi sababli asrlar osha xalqimiz milliy qadruyatlari bag’rida xamon saqlanib kelmoqda. Xalqimiz orasida ruxlarga , arvohlarga , chiltonlarga , jinlarga ishonish ham shularga o’xshash ibtidoiy din ongimizning ta’siri shakllangan munosabatlardir.
Yuqorida bayon etilgan fikrlarning taxlilidan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin :

  1. Markaziy Osiyo xalqlari , shu jumladan o’zbeklarning ma’naviy madaniyati va milliy qadriyatlarining shakllanishi evolutsiyasi hali millatlar shakllanmasdan oldingi uzoq tarixiy davrlarni qamrab oladi . Ma’naviy madaniyat insoniy munosabatlarning elementlari dastlabki soda mexnat qurollari yasash va insoniyatning tabiatga , qurshab turgan obektiv olamga nisbatan munosabatlari asosida yuzaga kela boshlagan . Ishlab chiqarish qurollarining yaratilishi va ularning rivoshlanishi natijasida tuplangan tajribalar asosida ma’naviy madaniyat elementlari xam boyigan va rivojlangan .

  2. Ma’naviy madaniyat va insoniy munosabatlar rivojlanishining keying bosqichi jamiyat taraqqiyoti jarayonida aqliy mexnat bilan jismoniy mexnatning ajralishi bilan bog’liq bo’ldi. Jamiyat hayotida aqliy mexnat biln shug’ullanish imkoniyati vujudga kelishi ma’naviy madaniyat qirralarini takomillashtirishga yo’l ochdi .

  3. Manbalarning ko’rsatishicha , jamiyat tarixida dinsiz davrda ham va keyinchalik turli ibtidoiy dinlarning /totemizm , fetishizm , animism, magiya/ yuzaga kelgan diniy etiqodlar rivojlanayotgan davrlarda ham xalqning ma’naviy madaniyat turlari / hayvon rasmlarini chizish , o’ymakorlik , haykaltaroshlik , ba’zi san’at turlari va boshqalar/ bo’lganligi ma’lum . Ayni chog’da diniy tasavvurlarning manaviy madaniyatga ta’siri shu davrdan boshlanadi. Ijtimoiy psixologiyani shakllashida muhim o’rin tutgan san’at turlarining qadimiylariga xaykaltaroshlik , kulolchilik, turli taqinchoqlarga rasmlar chizish , kitob varaqasi va muqovalariga jozibali shakllar tushirish , me’morchilik va mavzoley , saroylar , binolarni badiiy bezash kabilar kiradi.

  4. Din ijtimoiy ong turlardan biri sifatida jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida kishilar dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etib kelgan . Ayni chog’da din ma’naviy madaniyatning bir turi sifatida xalq hayotining turli bosqichlariga , turmush tarziga , urf -odatiga shu jumladan san’at asarlari namunalariga o’z ta’sirini o’tkazib , individual va ijtimoiy psixologiyada sezilarli o’rin tutgan. Ammo ma’naviy madaniyatga , ijtimoiy psixologiyaga din ta’sirini bo’lganligi deganda ularni tamoman din qobig’ida qolib ketdi degan xulosaga olib kelmaydi . Ma’naviy madaniyatni rivojlantirishda voqelikni to’g’ri aks ettirishga harakat qilib obektivlikni ,xurfikrlikni takomilashtirishga xissa qo’shgan ilg’or fikr egalari, ilm-fan vakillari, mutafakkirlar bo’lgankim , ular xalqimiz hayotidagi , madaniyat turlari, turmush tarzida diniy kayfiyatlar bilan ilmiy qarashlar yonma-yon turishiga erishganlar. Jumladan , Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgandan so’ng Qur’on va xadislarda ko’rsatilganidek , Madaniyatning turlaridan biri bo’lmish tasviriy san’at va amaliy san’at turlaridan foydalanish man etildi. Ya’ni biron bir tirik mavjudot rasmlarni chizish to’g’ridan-to’g’ri ta’qiqlandi. Islom ta’limotini tasviriy san’at turiga qarshi chiqishiga sabab: a/islomgacha bo’lgan dinlarda xudo va avliyolarga inson ko’rinishi qiyofasida gavdalantirilgan; b/tasvirlardagi xudolar saqlanib qolsa islomdagi yagona xudoga e’tiqod qilishga putur yetar edi. Ana shunday sharoitda Markaziy Osiyodagi musavvirlar o’ziga xos yo’lni tanlab ijod etdilar. Ijodkor Kamoliddin Behzod tomonidan yaratilgan “Shayboniyxon” , “Sulton Xusayn , “Sulton Xusayn safarda “ , “Doro yilqibonlar “ , “Samarqandda jom masjidi qurilishi “ va boshqa shular kabi rangli miniatyura asarlari G’arb mutafakkirlari tomonidan alohida e’tirof etildi va unga “ Sharq Rafaeli “ nomi berildi. Ijtimoiy hayotdagi bu o’zgarishlar voqelikni to’la , aniq va haqqoniy aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonini ya’ni tafakkuri vujudga keltirdi. Inson tafakkur orqali voqelikdagi narsa va hodisalarni bevosita to’gri aks ettiradi va ular orasidagi o’zaro bog’lanishlarni , ularning xususiyatlarini , ba’zi bir oddiy aks ettirish jarayoni orqali bilib boradi. Natijada insonda tabiat va jamiyat rivojlanishiga xos bo’lgan mavxum fikrlar sistemasini imiy fikrlash , aniq , xulosalar vujudga keladi.

  5. Islom dinining Markaziy Osiyo xalqlari keng yyilib , turmush tarziga tobora chuqur kirib borishi jarayoni islomgacha bo’lgan barcha din turlari,

ularning urf-odat va marosimlarini tan olmaslikni talab etdi. Ma’naviy madaniyat va madaniyatning islom ta’limotiga zid turlariga - /tasviriy va amaliy san’at turlari , inson va hayvon shakllarini chizish va boshqalar/ yo’l qo’yilmadi . O’z navbatida insoniy qadriyatlar , urf-odat , marosim va bayramlar mahalliy xalqlar hayotiga tatbiq qilndiki, ular kishilarning individual va ijtimoiy psixologiyasiga chuqur o’rnashib milliy qadriyatlar bilan qorishib ketdi. Ammo islomgacha bo’lgan dinlardagi kishilar psixologiyasidan chuqur o’rin olgan qadriyatlar va urf-odatlarning ba’zilari islomiy va milliy qadriyatlar bilan ko’p xollarda qorishib ketdi.
Islomiy qadriyatlarning ma’naviy madaniyat va milliy qadriyatlarning shakllanishiga ta’siri masalasi keyinroq batafsil ko’rib chiqiladi.
Download 53,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish