Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash;
- zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o'quvtarbiya jarayoniga joriy etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |