3. Model turlari. Modelni tanlash vositalariga qarab umumiy uch guruhga
ajratish mumkin: abstrakt, fizik va biologik modellar.
Modellarning to‘laroq mazmuni bilan quyida tanishtirib o‘tiladi:
Abstraktmodellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar
kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va
qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.
Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl
nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq
qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES va
boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘la oladi.
Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki
kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
Matematik modellar. Tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi vazifasiga oid
qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba
ma'lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosida tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan
tekshirib ko‘riladi.
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o‘rganish
tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini
beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish
va o‘tkazish ba'zan juda qiyin kechadi.
Biologik model turli tirik ob'ektlar va ularning qismlari-molekula, hujayra,
organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni
modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, asosan biologik, fizik va matematik
modellardan foydalaniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy modellar taxminan, 18-asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening
“Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish
jarayonining shakllanishini ko‘rsatishiga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning
turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi.
Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellari
yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad,
ish bilan bandlik, iste'mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi
va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar
qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan,
murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan
foydalaniladi.
Texnikaviy konisturuksiyalash va model yasash
Texnikaviy konisturuksiyalash va model yasashdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar.
Jamiyatimizda texnika taraqqiyoti jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Hozirgi sharoitda o’quvchilar politexnik ta’lim, ya’ni ishlab chiqarishning asosiy sohalarini mashina, mexanizm va moslamalarning tuzilishi, ishlashi va ulardan amalda foydalana bilishi, asosiy materiallar va ularning ishlatilishini, eng yangi texnalogiyalar haqidagi umumiy ma’lumotlarni bilishlari lozim.
Barkamol insonning yetishib chiqishida umumiy ma’lumot beribgina qolmay, balki keng politexnikaviy asosda amaliy mehnatga jalb qilish mehnat darslari va to’garak mashg’ulotlarining asosiy maqsadlaridan biridir.
Hozirgi zamon yangi texnalogiyasi texnikaviy fikr yurita oladigan, mehnatga ijodiy munosabatda bo’la oladigan yoshlarni talab qiladi.
To’garak mashg’ulotlarida texnikaviy model yasash jarayonida o’quvchilar har xil texnalogik operatsiyalarni metall va metalmas materiallarning turlari, mashina, mexanizm va asboblarning tuzilishi, ishlashini bilib, o’zlashtirib boradilar. Shuningdek, amaliy faoliyatlari jarayonida umumiy fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlab boradilar.
Mashg’ulotlarda texnikaviy model yasash muayyan bir mashina, mexanizm, asboblarning kichiklashtirilgan nusxasini oddiygina ko’rinish bo’lmay, balki texnikaviy modellarning ham konistruksiya jihatdan, ham ishlash tamoyili jihatdan ancha soddalashtirilgan, lekin muayyan (real) mashinalar bilan asosiy o’xshashligini yo’qotmagan namunalarni ijodiy tarzda yaratishdan iboratdir.
Texnikaviy model yasashga kirisha turib, “Model va maket” tushinchalarini bir-biridan ajrata bilish lozim.
MODEL- real obyektning (mashina, mexanizm) to’la yoki asosiy uzelining nusxasidir. Bunda model ishlaydigan bo’ishi va ixcham ko’rinishda hamda o’zining asl namunasi bajaradigan ishni bajarishi lozim. Masalan; aftomobil, traktor, ekskovator modeli.
MAKET- ob’ektning konistruksiyasini (yasalishini) yaqqol (ko’rgazmali) tasavvur qilishga imkon beradigan sxematik tasvirdir. Masalan; bino, inshoot, asboblar maketi.
Shuni ta’kidlash muhimki, bolalar hamma vaqt o’zlari qayerdadir ko’rgan va o’zlarida katta taassurot qoldirgan mashina, mexanizmlarni yasashga intiladilar.
Ishlaydigan, harakatli modellarni yasash va ularni sinash jarayonida o’quvchilar konistruksiyalarni o’zgartirishga, texnik ko’rsatgichi, xarakteristikasini yaxshilashga, modelni ishonchliligi, dizayni va hokozolarni o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Bularning barchasi o’quvchida yangi fikrlarning tug’ilishiga imkon yaratadi va mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undaydi, shuningdek, ongli mehnat intizomini shakillantiradi.
Mashg’ulotlarda o’quvchilar ishlarining sifatiga e’tibor berish katta ahamiyatga ega, chunki buyumni puxta tayyorlash ularda estetik did va go’zallikka intilish hislarni tarbiyalashga yordam beradi.
Model va buyimlar yasashda vaqt me’yori, iqtisodiy rejalashtirish mehnat unimi haqida uqtiriladi. Model va buyim yasashda materialni tejab sarflash, ya’ni boshqa buyimlar tayyorlab bo’lmaydigan materiallardan foydalanish ko’zda tutiladi. Tunikasozlik va yog’och buyimlari yasash sexlarining material chiqindilaridan olib foydalanish tafsiya etiladi.
O’quvchilar oldiga har bir modelni to’la-to’kis tugallash, uni yaxshilash maqsadida o’zgartirishlar kiritishga doir vazifalar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |