Mavzuning dolzarbligi Mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarning barcha sog‘lom tengqurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari aqliy, ahloqiy, jismoniy jihatdan kamol topishlari , ijtimoiy hayotga mustaqil yetuk fuqarolik darajasida tayyor bo‘lib yetishishlari masalalariga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda.
Shu bois mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar salomatligini tiklash, ta‘lim tarbiyasi takomillashtirish , ijtimoiy himoyalash tizimini izchillik bilan isloh etish maqsadida har bir yil uchun qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida bu masalalarni hal etishga qaratilgan qator chora – tadbirlar rejalashtirilib , muvaffaqiyatli amalga oshirib borilmoqda .
Hususan , ― Barkamol avlod yili davlat dasturi ― ning 3- bo‘limi 29 – bandida imkoniyatlari cheklangan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha loyihani amalga oshirish tadbirlari orqali ushbu toifaga mansub bolalar ta‘limi qulay shart – sharoitlar yaratish , ularning keyinchalik hayotga integratsiyalashuvi uchun shart – sharoitlarni shakllantirishga erishish maqsadi nazarda tutilgan .
Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha maktablar , o‘qituvchilarni tayyorlash, darsliklar va ta‘lim dasturlarini moliyalashtirishga oid sakkizta loyiha ma‘qullangan. Ta‘lim imkoniyatlar tengligini ta‘minlaydigan buyuk me‘zon.U jamiyat aql – zakovatining yuksalishi , raqobatdoshlikning kuchayishi va yutuqlar ko‘payishining muhim omili vazifasini o‘taydi3
Kurs ishi maqsadi :
Kurs ishi maqsadi :
Aqli zaif bolalarning muloqot xususiyaqlarini o‘rganish .
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab oldik :
. Ilmiy adabiyotlarda muammoning yoritilish holatini o‘rganish ;
. Aqli zaif bolalarning muloqot xususiyatlarini eksperimental o‘rganish ;
. Aqli zaif bolalar muloqotining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda korreksion rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish ;
Kurs ishi ob’yekti :
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqi .
Kurs ishi predmeti :
Aqli zaif boloalarning muloqot xususiyatlarini rivojlantirish jarayoni .
Kurs ishi metodlari :
mavzuga doir ilmiy – pedagogik psixologik adabiyotlarni o‘rganish ;
Oligofreniya nuqsonining tuzilishida nutqning o‘ziga xos kamchiliklari alohida o‘rin tutadi . Bu kamchiliklar ana shu toifaga kiruvchi bolalarning intellektual va shaxs sifatlarining kamchiliklari bilan bog‘liq . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib , aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ta‘lim tarbiya ishlari tizimida maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab nutqiy rivojlanishda kuzatiladigan kamchiliklarni korreksiya qilishga alohida diqqatni jalb qiladi degan xulosaga kelish mumkin .
Oligofreniya nuqsonining tuzilishida nutqning o‘ziga xos kamchiliklari alohida o‘rin tutadi . Bu kamchiliklar ana shu toifaga kiruvchi bolalarning intellektual va shaxs sifatlarining kamchiliklari bilan bog‘liq . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib , aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ta‘lim tarbiya ishlari tizimida maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab nutqiy rivojlanishda kuzatiladigan kamchiliklarni korreksiya qilishga alohida diqqatni jalb qiladi degan xulosaga kelish mumkin .
Nuqsonli bolalarni og‘zaki nutqni egallashi shakllanishning o‘ziga xos hususiyatlari , aynan shu bolalar bilan maktabgacha tarbiya yoshida olib boriladigan ishlarning mazmuni va metodlarini o‘rganish alohida dolzarblik kasb etadi . Adabiyotlarda oligofreniya muammosi bo‘yicha ushbu toifaga kiruvchi bolalarning nutqiy rivojlanishining birlamchi bosqichlari o‘ziga xos xususiyatlari haqida juda kam ma‘lumotlar keltirilgan . Ma‘lumotlarga ko‘ra , ilk yoshlarda jarohatlanishi natijasida bolada birinchi nutqiy harakatlarda qo‘pol kamchiliklar kelib chiqadi . Oligofren bolalarning nutqiy rivojlanishida gugulash davrini juda kech paydo bo‘lishi xos . Mualliflarning fikricha , aqli zaif bolalarda birinchi so‘zlarni kechikib paydo bo‘lishi , jumlali nutqni egallash jarayonini kechikishi va qiyinchiliklar bilan kechadi .