Ii. Bоb. Lirikаdа shаkl vа


G’azalning tuzilishiga ko’ra turlari



Download 90,57 Kb.
bet2/12
Sana17.03.2023
Hajmi90,57 Kb.
#919918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
G\'azal va uning turlari.

1.2. G’azalning tuzilishiga ko’ra turlari.

  1. Parokanda G’azallar.

  2. Yakpora G’azallar.

Parokanda so’zi “tarqoq”, “sochilgan” degan ma`nolarni bildiradi. Parokanda G’azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil bo’lib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo’qligi sababli parokanda G’azallardagi baytlarning o’rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib qolsa ham, G’azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla` va maqta` bundan mustasnodir. Chunki matla`dagi misralar o’zaro qofiyadosh bo’lsa, maqta`da shoirning taxallusi keladi. Parokanda G’azal namunasi bo’lgan Atoiyning quyidagi G’azalini ko’rib chiqaylik:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyattin anjumanda.
Tamanno qilg`ali la`lingni ko’nglum,
Kishi bilmas onikim qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz badanda.
Mangu ul dunyada jannat na hojat,
Eshiging tuprog’i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya`qubdek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman ko’ngulni,
Oyog’ing qanda bo’lsa, boshum anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg’a banda
G’azal mahabbat mavzusida bo’lib, oshiqning ma`shuqaga nisbatan otashin sevgisi tasviridan iborat. Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, ya`ni keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo’ladi:
1-bayt: Sening jamoling guldan go’zal.
2-bayt: La`l lablaringni ko’nglim orzu qiladi
3-bayt: Sensiz hayot kerak emas.
4-bayt: Eshiging tuprog’i jannatdan afzal.
5-bayt: Meni tashlab ketma.
6-bayt: Boshim uzun sochingga fido.
7-bayt: Men sarvi qadding bandasiman.
Ko’rinadiki, har bir baytda G’azalning asosiy mavzusi bo’lgan muhabbat bilan bog’liq masalalarning ma`lum bir tomoni ochiladi, hatto bir qarashda tasodifiy fikr-mulohazalar keltirganday tuyuladi. Shunday holni boshqa o’zbek shoirlarining G’azallarida ham ko’rish mumkin. G’azalning kompozitsion jihatdan ikkinchi turi yakpora G’azaldir. Yakpora so’zi “butun”, “yaxlit” degan ma`nolarni bildiradi. Yakpora G’azallarda baytlararo munosabat parokanda G’azallarning aksi bo’lib, matla`da biror kechinma yoki holat qalamga olinadi-da, keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog’liq masalalar izchil tasvirlanadi.Yakpora G’azallardagi har bir bayt o’zidan avvalgi baytning bevosita davomi bo’lib, G’azaldan biror baytni olib tashlash ham, baytlarrning o’rnini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday hol sodir bo’lsa, baytlarni mantiqiy jihatdan bog’lab turgan ip uzilib, G’azal mazmunida g’alizlik yuzaga keladi.Alisher Navoiyning quyidagi G’azalini ko’rib chiqaylik:
Jong’a chun dermen: ‘‘Ne erdi o’lmakim kayfiyati?”
Derki: ‘‘Bois bo’ldi jism ichra marazning shiddati”.
Jismdan so’rsamki: ‘‘Bu za`fingg’a ne erdi sabab? ’’
Der: ‘‘Anga bo’ldi sabab o’tluq bag’irning hirqati’’.
Ushbu G’azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog’lanish hosil qilgan.Bordiyu G’azaldan biror bayt olib tashlansa yoki baytlarning o’rni almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari singari uzilib ketadi.1 O’zbek adabiyotida yakpora G’azallar Lutfiy ijodida shakllana boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go’zal bir an`anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi. G’azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar bor: shoir mantiqiy izchillikni ta`minlash uchun bir o’rinda biror tushunchani G’azal markaziga qo’yib, uni har taraflama izchil tasvirlasa, bir o’rinda savol-javob usuli yoki tabiat tasviridan foydalanadi, boshqa o’rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi.Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi G’azalida ham tadrij san`ati, savol- javob usuli, ‘‘Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur’’ deb boshlanuvchi G’azalida esa daryo bilan bog’liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy vosita bo’lib xizmat qilgan.Ayrim yakpora G’azallarda lirik qahramon kayfiyat va kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog’liq holda ham tasvirlanadi.Bunday G’azallarda boshqa yakpora G’azallardan farqli o’laroq, mukammal sujet bo’ladi. Yakpora G’azallar sujetli- sujetsizligiga ko’ra ham ikkiga bo’linadi:

1.Musalsal G’azallar.


2.Voqeaband G’azallar.
‘‘Musalsal’’ so’zi ‘‘zanjirsimon’’ degan ma`noni bildiradi.Istilohning ma`nosidan ham ko’rinib turibdiki,musalsal G’azallar deganda baytlar mazmuni bir -biri bilan zanjirsimon bog’langan, ammo sujetga ega bo’lmagan G’azallar nazarda tutiladi.Yuqorida tilga olingan Navoiyning uch G’azali ham musalsal G’azalning yetuk namunalaridir.Voqeband G’azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalarishu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog’liq holda tasvirlanib, o’ziga xos tugun, voqea rivoji va yechim mavjud bo’ladi. Alisher Navoiyning quyidagi G’azalida bu holat ko’zga aniq tashlanadi:
Hava hush erdi-yu, oldimda bir qadah mayi nob
Ichar edim vale g’amdin qadah- qadah xunob.
Kihozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag’mima qilmas edi qadahg’a shitob…
Bu G’azalda ko’zimiz oldida bir voqea- lavha jonlanadi:xushhavo kunlardan biri. Lirik qahramon oldida bir qadah toza may turibdi.U maydan quyib ichadi,lekin u xunob. Chunki uning yonida o’tirgan yor aksiga olib shoir uzatgan qadahni olmaydi.Yomi may ich deyishga oshiqda jur`at ham,yolg’iz may ichmoqqa mayi ham, may ichmasdan turishga toqat ham yo’q. Bu alamdan uning ichi qizil may to’la qadahga o’xshab qolgan, ko’z yoshlari esa may ustidagi pufakchalar singari dam-badam quyilib turibdi.Oshiqning bu alamdan hushini yo’qotayotganini ko’rgan oshiq masti xarob bo’lib qolgan edi. Zotan, ma`shuqa husnining qadah ko’zgusida jilva qilishi oshiq uchun haqiqiy visol bo’lib, visol chog’ida mayxo’r oshiq ko’nglining xarob bo’lishi ajablanarli emas.Hijron azoblaridan qutulgan oshiq ushbu fursat uchun shukr qiladi.Ushbu mufassal manzaradan ko’rinadiki, G’azalda mukammal bir sujet mavjud.Chunonchi:
1.Tugun: berahm ma`shuqaning may ichmasligi tufayli oshiqning qadah- qadah xunob yutishi.
2.Voqea rivoji:oshiqning yorga may tutishga jur`at qilolmay, ichi qonga to’lib, ko’z yoshi to’kishi va oshiq ahvolini anglagan ma`shuqaning qadahdagi mayni ichib, so’ngra oshiqqa ham tutishi.
3.Yechim:ma`shuqaning may ichganini ko’rgan oshiqning masti xarob bo’lib qolishi.

Voqeaband G’azallarning o’zbek adabiyotida paydo bo’lishi va inkishofi Alisher Navoiy nomi bilan bog’liqdir.Ulug’ shoirning ‘‘ Tun aqshom keldi ul gulrux kulbam sori shitob aylab’’, ‘‘O’tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi’’, ‘‘Dayr kuyida bugun asru alolo erdi’’ deb boshlanuvchi G’azallari voqeaband G’azallarning noyob namunasidir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o’zbek shoirlari ham voqeaband G’azallar rivojiga o’z hissalarini qo’shdilar.Lekin voqeaband G’azal yozish g’oyat murakkab bo’lib , shoirdan juda katta mahorat talab qiladi.


G’azal janri g’oyaviy- tematik jihatdan ham bir qator o’ziga xosliklarga ega. ‘‘G’azalda yetakchi masala sevikli jamolining zikri, seviklining jamolini sifatlash hamda oshiqning kechinmalarini tasvirlashdir.Pand- nasihat she`rning boshqa turlarida zikr etiladi’’- deb yozadi atoqli olim Qobul Muhammad.Biroq Qobul Muhammadning so’zlari unchalik to’g’ri emas,chunki G’azal ishq- muhabbat bilan birga, falsafiy, axloqiy, may va boshqa mavzularda ham yozilavergan.G’azal mavzu jihatidan g’oyat rang- barang va mazmunga boydir.Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetov o’zining ‘‘Navoiy lirikasi’’ nomli tadqiqotida G’azallarning quyidagi g’oyaviy- tematik guruhlari borligini ko’rsatadi:
1.Ishqiy G’azallar.
2.So’fiyona G’azallar.
3.May mavzusidagi G’azallar.
4.Hajviy G’azallar.
5.Falsafiy G’azallar.
6.Vatanparvarlik mavzusidagi G’azallar.
7.Peyzaj G’azallar.
O’zbek adabiyotshunosligida G’azal haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor Odiljon Nosirovning tasnifi ham mazkur tasnifga juda yaqin:
1.Oshiqona G’azallar.
2.Orifona G’azallar.
3.Rindona G’azallar.
4.Hajviy G’azallar .
5.Axloqiy- ta`limiy G’azallar.
6.Peyzaj G’azallar.
7.Publitsistik G’azallar
. G’azallarda ko’pincha 2 ta markaz bo’lgan.Biri – lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi – ma`shuqa ta`rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashadi.Ishqiy G’azallarda ma`shuqa, oshiq, va raqib ramzlari asosiy obraz hisoblanadi.2
Ma`shuqa – ishqqa sabab bo’lgan, oshiq ko’nglini rom etgan go’zal yor, uning go’zalligi chiroyli tashbehlar bilan ifodalanadi.Sharq she`riyatida noziklik go’zallikning muhim belgisi sanalgan.
Oshiq – ishqqa mubtalo bo’lgan,o’zini unutgan kishi. U raqibga o’zining nafratini ochiq bayon etadi.Oshiqlik timsollari bo’lmish bulbul, Majnun, Farhod,Vomiq obrazlariga o’xshatiladi.
Raqib – ma`shuqaning vasliga da`vogar bo’lgan boshqa bir oshiq.Bu obraz g’ayr, ag’yor, o’zga nomlari bilan ham yuritiladi.Tasavvuf adabiyotida yuqoridagi obrazlar yangicha ma`no kasb etadi:ma`shuqa – Alloh yoki Payg’ambar yoxud pir, do’st ma`nosida;oshiq – Allohga ruhan yaqinlashishga intilayotgan inson, so’fiy banda; raqib esa nafs, dunyo ma`nolarida keladi.

Download 90,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish