2. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari Mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish iqtisodiyotning asosi, uning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi, iqtisodiy faoliyat mana shundan boshlanadi Ishlab chiqarish noz-ne’matlarining yaratilishi ularning pirovard qanday maqsadda ishlatilishiga qarab ikki qismga boiinadi: - 1. Moddiy ishlab chiqarish — moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turaijoy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xizmatlarni yaratish, masalan, yuk tashish, yo'l xizmati ko'rsatish, ishlab chiqarish axbo- rotini uzatish va hokazolar. Mazkur sohaga sanoat, transport, aloqa, qurilish, qishloq xo'jaligi kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |