Akkauntni ochish Brauzerda Google.com bosh sahifasiga kiramiz. Yuqori o‘ng burchakdagi to‘rtburchak belgini bosing va yuqoridan tushgan ro‘yxatdan Мой аккуант (Mening akkauntim) ilovasini tanlash kerak.
Paydo bo‘lgan oynadan Зарегистрироваться в Google (Googleda ro‘yxatdan o‘tish) ni tanlash kerak.
To‘ldirish uchun yo‘lak shakllar paydo bo‘ladi. Talab qilingan ma‘lumotlarni kerakli maydonlarga kiritamiz.
Введите текст (Matnni kiriting)degan maydonga rasmda ko‘rsatilgan son yoki matnni kiritamiz.
Условия использования (Foydalanish shartlari) va Политика конфиденциальности (Maxfiylik siyosati) menyusini tanlash kerak va ko‘rsatilgan ma‘lumotlar bilan tanishib chqish kerak.
Я принимаю условия использования и соглашаюсь с условиями конфиденциальности Google (Men Googlening foydalanish shartlarini qabul qilaman va maxfiylik siyosatiga rozilik bildiraman)degan joy ro‘parasiga bayroqcha qo‘ying.
Shaklning oxiridagi Далее (Keyingisi)tugmasini bosing. Akkaunt yaratish jarayoni yakunlanadi.