Оповещение о мероприятиях (Tadbirlar haqida xabarlar) bo‘limida Gmail dan olishni xohlagan tadbirlardagi o‘zgarishlar ro‘parasiga bayroqchalar qo‘ying.
Корзина (Savat) paneliga o‘ting va o‘chirilgan tadbirlar ro‘yxatini ko‘rib chqish kerak. Siz butunlay o‘chirishni yoki qayta tiklashni xohlagan tadbirlarni pastdagi mos tugmalarni bosgan holda belgilang.
Kalendarni yaratish
1. Мои календари (Mening Kalendarlarim) punktidan o‘ngdagi uchburchakni bosing. Ochilgan ro‘yxatdan Создать календарь (Kalendar yaratish) ni tanlash kerak. Qalqib chiqqan oynada yangi Kalendarning ismini, ta'rifini va joylashgan joyini kiritamiz. Kalendarning vaqt mintaqasi bo‘limida boriladigan mamlakatni va mos keladigan vaqt mintaqasini kiritamiz. Boshqa foydalanuvchilar sizning Kalendaringizni ko‘ra olishlari uchun, Открыть общий доступ к этому календарю (Bu Kalendarga umumiy kirishni ochish) bo‘limi ro‘parasiga bayroqcha qo‘ying. Bayroqchani o‘rnatib, siz boshqa foydalanuvchilarga faqat sizning ma'lum kunlarda bandligingiz haqida ma'lumot olishlariga ruxsat berasiz. Открыть общий доступ отдельным пользователям (Alohida foydalanuvchilarga umumiy kirishni ochish) bo‘limida matn yo‘lagiga kirishni ochmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar manzilini kiritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |