2.2 .Ikkinchi sinflarda matematika darslarida miqdorni o’rgatish usullari.
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning ‘teng’, ‘katta’, ‘uzun’, ‘qisqa’, ‘kalta’ kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin. Masalan: sanoq cho’pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o’lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho’pining uzunligini sm bilan o’lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug’iladi. Sm moduli orqali o’quvchilar: 1.Berilgan kesmani o’lchash. 2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi. 1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo’yish bilan 1 dm ni o’lchab kesib oladilar. Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o’lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o’lchaydilar. O’lchashda kesmada o’lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li bo’linmalarni raqamlar bilan belgilashga o’tiladi. Shu asosda sm li, dm li o’lchov birliklari hosil qilinadi. Chizg’ich qanday yasalgani hamda chizg’ich bilan o’lchash malakalari beriladi. Chizg’ich bilan qog’ozda kesmalar chizish va o’lchash, turli xil uzunliklarni o’lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o’nlikni o’tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o’tishda tanishtiriladi. Navbatdagi bosqich o’nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. O’lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o’lchashda va 1000 liklar mavzusida km tushunchalari beriladi. O’quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o’lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo’lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi: 1 m 1 sm dan qancha katta, 1 dm 1 m dan necha marta kichik, v) 1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi. g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang. Kesmalarni o’lchashning puxta ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash bo’yicha mashq qildirib qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha katta bo’lmagan obyektlarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak. Ko’pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi. Chizg’ich o’rniga katakli daftarning bir necha varag’ini buklab har ikki katak 1 sm ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qog’ozda raqamlar bilan ham belgilab chizg’ich yasash mumkin. Bunda o’lchov boshini 0 bilan ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o’lchashga yo’l qo’yishi mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni o’tilganidan keyin raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni shoshmasdan 0 soni o’tilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi foydalidir. Dm modeli yordamida o’lchashlarga doir ba’zi mashqlarni keltiramiz 1.Dm ning uchta modelini ketma-ket qo’ying, qanday uzunlikdagi yo’lakcha hosil bo’ladi. 2.Qog’oz lenta yoki ip uzunligi 3 dm bo’lgan bir bo’lak o’lcham va yo’lakchaning yoki ipning shu qismini qirqib oling. 3.To’g’ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta dm qo’ying va boshqa bir nuqta qo’ying. Hosil bo’lgan kesma uzunligini ayting. 4.Partaning, doskaning, stolning uzunligini toping. Agarda o’lchashda dm butun son marta joylashmasa, o’lchash natijasi taqriban ifodalanadi. Masalan, 3 dm ga 5 sm dan ozgina ortiq yoki kam va hokazo. Uzunlik o’lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o’tkazish tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab o’tib, necha qadam km bo’lganini, bir qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi chizg’ich, ruletka, o’lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar. 1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000 mm. 3.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o’rgatish osondir. Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli, ‘og’irlik’, ‘og’irlikni tortish’, ‘og’irlik toshlari’, ‘og’irlikni tenglashtirish’, so’zlarini iloji boricha ishlatmay, ‘massa’, ‘jismlarning massasini o’lchash’, ‘massani o’lchash asboblari’ kabi so’zlardan foydalanish kerak. Narsalarni massasiga ko’ra ‘og’ir’, ‘yengil’ so’zlari bilan farqlaymiz. Massa birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan. Shulardan keyin massa o’lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi. 1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g. Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalar, ‘yengil’, ‘og’ir’, ‘bir xil og’irlikda’ kabi so’zlarni eshitib, shug’ullanib massa haqida boshlang’ich tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko’rsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sig’im) o’lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda bo’lishi, ya’ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni o’lchab to’ldirish ishlari amalga oshiriladi. O’qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog’ni, kerosinni nima bilan o’lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi. ‘Idishlarning sig’imi’, va ‘litr’ tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi. ‘Litr’ darsiga o’quvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega bo’lgan jismlar haqida tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin. 1.Qaysisi, ya’ni shar yoki kub kattami? 2.G’isht quyadigan qoliplardan qaysi biri kattaq 3.Choy qoshiq va osh qoshiq bilan suvni o’lchab stakanni to’ldir, qaysi qoshiq bilan ko’p miqdordagi suv quyiladiq O’qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko’rsatadi va umum qabul qilingan o’lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig’imini o’lchash zarur bo’lgan holatlar sig’imlarni o’lchash yoki hajmlarni o’lchash deb ataladi. So’ngra 1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka to’ladi. Nima uchun banka 1 l li deb atalishini endi tushunadilar, keyin o’quvchilarga topshiriq beradi: 1 l li krujka va 1 l li banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning sig’imini aniqlash topshiriladi. O’qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin. 1)magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar o’lchashni bilib olishadi; 2)banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish; 3)bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima qilish kerak, degan masalalar berish.
O’n ichida bajariladigan sodda masalalar echishini o’qitish metodikasi bo’yicha mashq qildirish sodda masalalarni echishda ko’rgazmali qo’llanmalarni qo’llashda ba’zi o’quv va malakalarini egalashadi. 2-sinfda masalalar ustida ishlash asosiy o’rinni egallaydi. Bu erda qo’shish va ayirishdan tashqari ko’paytirishga va bo’lishga bir xil qo’shiluvchilarni yig’indisini topishga teng bo’laklarga bo’lishga, sonni bir necha martta orttirish va kamaytirishga sonlarni qisqa taqqoslashga amallarning noma’lum konpanentini topishga doir har xil sodda masalalar shuningdek har xil ko’rinishdagi murakkab masalalar keltirish usuli bilan echiladigan masalalar ikkita ko’paytmaning yig’indisini topishga doir va bunga teskari masalalar yig’indisini songa ko’paytirish va bo’lishga keltiriladigan masalalar ko’rib chiqiladi. Har xil turdagi masalalar echishini amallar ma’nosini ochib berish, u yoki bu tushuncha u yoki bu munosabatlarning shakillanishidan tashqari o’quvchilar bilim doiralarining kengayishiga ba’zi kattaliklar va ular orasidagi bog’lanishlar bilan chuqurroq tanishtirishga hizmat qiladi. O’quvchilar masalani echishiga zarur malakalarni egallashlari uchun turli hayotiy hollarda berilgan va izlanayotganlar orasidagi ma’lum bog’lanishlarni tushungan holda topishga o’rgatish kerak. SHunday qilib masalalar echishni ustida ishlaganda o’quvchi faqat u yoki bir xil masalani haqidagini o’ylamasdan balki masala echish malakasini shakllantiruvchi xususiy malakalarni rejali va muntazam ravishda ishlab chiqilishi borasida g’amxo’rlik qilishi kerak. Chunki masala echishning umumiy murakkab malakasi shu xususuy malakalardan tashkil topadi. Masala ustida ishlash uning mazmunini o’zlashtirishdan boshlanadi. Masala mazmunini yaxshi tushunish uchun o’quvchilarni har biriga uning matnini eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o’qib chiqishlari ham kerak. Agar masala sharti bosh qotiradigan bo’lsa o’quvchilarga masala mazmunini mustaqil o’yiab ko’rishlari uchun bir-uch minut 17 vaqt berish maqsadiga muvofiqdir. Masala matni ustida ishlaganda o’quvchilarning diqqat e’tiborini awalo masala matnidagi har bir so’z va har bir son mazmuniga qaratish lozim, masalada tasvirlanayotgan manzarani joyni tasavvur qilishiga yordam berish kerak, masala matn ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmuni matematik atamalar tiliga o’tkazish va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv (sxema, chizma, jadval) shakllarida ifodalash kerak. O’quvchilarda ikkinchi sinfda birinchi sinfdagi kabi yangi masalalar bilan tanishtirishda yoki murakkab masalarni echishda to’la pridmet ko’rsatmalikda sekin -asta to’liq bo’lmagan ko’rsatmalikka o’tiladi. Masala sharti murakkab berilganlar orasidagi bog’lanishlarni tahlil qilish qiyin bo’lganda shunigdek yangi tipdagi masalalarni echishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sodda masalani echishda amal tanlash masalasiga to’xtalib o’tamiz. Bu malaka 1-sinfda shakllantirib boriladi, o’quvchilarning 2-yilda shakllantirish yana davom ettiriladi. Sodda masalalarni arifmetik, arifmetik ham algebrik usul bilan echish mumkin. Sodda masala arifmetik usul bilan echilganda ifoda tuzib uning qiymati topiladi. Masalan: Ahmad bir kuni kitobning 15 betini o’qidi, 2-kuni esa birinchi kuniga qaraganda ikki marta ko’p o’qidi. Ahmad ikkinchi kuni kitobning necha betini o’qidi. Masalani echilishini bunday yozish mumkin: 15-2=30 (bet). Javob: Ahmad ikkinchi kuni 30 bet kitob o’qigan. Masala echimini tekshirish to’g’ri yoki notug’riligini aniqlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda tekshirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi. Masalalarning shartlari bilan topilgan javoblar orasida moslik o’rnatish. Bu usul bilan o’quvchilarni birinchi sinfdan boshlab tanishtiriladi, shu usul 2-sinfda davom ettiriladi. Masalan: Vali 12 ta baliq Ahmad esa unga qaraganda 2 marta kam baliq tutdi: ikkalasi birgalikda qancha baliq tutishgan. Echish: 12+12:2=12+6=18 ta (baliq). 18 Tekshirish: masalaning shartiga ko’ra Vali Ahmadga qaraganda 2 marta ko’p baliq tutgan. 18-12=6 ta 2. 12:6=2 ta. Masalani o’zi bilan va uning tarkibiy elementlar bilan bolalarni tanishtirish o’qitish jarayonidagi navbatdagi eng muhim va juda javobgarlik bosqichidir. Bu ishni predmet ko’rsatmalikdan foydalanib boshlash kerak. O’qituvchi son ma’lumotlarni va amallarni ko’rsatadi ammo natijani ko’rsatmaydi, o’quvchilardan yashirishi juda muhimdir. Masalan: Akasi erkinga oldin 6 ta daftar sovg’a qildi, keyin yana 2 ta daftar sovg’a qildi. Erkinga akasi qancha daftar sovg’a qilgan. Echish: 6+2=8 ta (daftar). Javob: akasi erkinga 8 ta daftar sovg’ga qilgan. Sonni bir necha birlik ortirish va kamaytirishga doir masalalar yig’indi va qoldiqni topishga doir masalalarda kengroq kiritiladi. Bu holdagi sodda masalalarni qarashga tayyorgarlik ularni kiritishdan oldin boshlanadi. Bu ish ushbu munosabatlarni o’rnatishdan iborat. Agar predmetlarni berilgan gruppasiga bir yoki bir nechta predmet qo’shilsa bu dastlabki predmetlar sonini orttiradi, agar ayirilsa bu dastlabki predmetlar sonini kamaytiradi. Bu munosabatlar bir xil ko’rsatma materiallar yordamida o’rgatiladi. Didaktik materiallar bilan ish ko’riladi, bolalar ushbu ko’rinishdagi amaliy mashqlarni bajarishadi: 1. "3 ta kvadrat qo’ying, ularga yana 2 ta kvadratni yaqinlashtiring" kvadratlar qancha bo’ladi? 2. Qanday bildingiz? 3.Kvadratlar ko’paydimi yoki kamaydimi? Shundan keyin syujetli rasmlar bo’yicha ishlashga o’tish mumkin. Rasmlar bo’yicha ham didaktik o’yinlar puxtalash uchun beriladi. Bilimlarni tekshirishda masala o’quvchi taffakurini rivojlantirish haqida fikr yuritish kerakli amallarni to’g’ri tanlash hisoblash ko’nikmalari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Har bir masalada shart va savol bo’ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog’lanish ko’rsatiladi, bu 19 bog’lanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa son izlanayotgan son ekanligini bildiradi. Masala. Avtobusda 7 ta yo’lovchi bor edi. Avtobus bir to’xtagandan keyin undagi yo’lovchilar soni ikkkita orttdi. Avtobus tuxtagandan keyin undagi yo’lovchilar qancha bo’lgan? O’qitishning dastlabki kunidan boshlab sonni bir necha birlik orttirishga doir qiyinroq masalalarni kiritishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Bunday masalalarda predmetlarning 2 ta to’plami taqqoslanadi: Amaliy mashg’ulot bajarish davomida bolalar predmetlarning 2 ta to’plami elementlari orasida bir qiymatli moslik o’rnatishni o’rganib oladilar, shuningdek taqqoslanayotgan to’plamlarning qaysisida ko’p, qaysisida kam ekanligini aniqlashni ham o’rganib olishga harakat qiladilar. Hamma arifmetik amallar ularni echish uchun bajariladigan amallar soniga qarab, sodda va murakkab masalaga bo’linadi. Echilishi uchun bitta arifmetik amal bajarilishi zarurbo’lgan masala sodda masala deyiladi Echilishi uchun bir biri bilan bog’liq bo’lgan bir nechta ular bir xil yoki har xil amal bo’lishlari bilan amalni bajarish zarur bo’lgan masala murakkab masala deyiladi. Masala. Paxta terish mashinasi 6 kunda 84 sr paxta yig’ishtirib oldi. Bu mashina 9 kunda necha kg paxta teradi? Echish: 84:6=14 14-9= 126 (sr) Javob: Bu mashina 9 kunda 126 sr paxta teradi. Rasmlar bo’yicha didaktik materiallar bo’yicha ham qilingan savollar hal qilinadi. O’qitishning shu bosqichida tayyor masalalarni echishda shartli rasmlardan foydalanishga o’tish maqsadga muvofiqdir. Ushbu masala namunasida tegishli ish qanday bajarilishini ko’rsatamiz! Shu sababli masala matnida berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni ko’rsatuvchi biror bir vosita ko’rsatmalar bo’lishi va bu bog’lanish kerakli arifmetik amallarni tanlash va ular tartibini aniqlash kerak. Masalani to’la echimi shartning aniqligidan to’liq bajarilish tartibini ko’rsatuvchi rejadan kattaliklarning u yoki bu qiymati qanday amal bilan topilishi va nega shu amal bilan topilishini tushuntirishdan, arifmetik amallarni bajarish va 20 javobdan iborat bo’ladi. Masala echimini tekshirish va olingan javobning to’g’ri yoki to’gri emasligini aniqlash ham kiritiladi.
Vaqt: Darsning maqsadi: – vaqt birliklarini ayirishga doir misol va masalalar echish ko’nikmasini mustahkamlash; – vaqt birliklaridan birini boshqasi orqali ifoda eta olish ko’nikmasini rivojlantirish.
Tashkiliy qism.
Darsga hozirlik ko’rish. 1. минут = 60 секунд 1 сутка = 24 соат 1 йил = 12 ой 1 соат = 60 минут 1 ҳафта = 7 сутка 1 аср = 100 йил Minutlarda berilgan vaqtni soat va minutlarda quyidagicha ifodalash mumkin: 115 min = 60 min + 55 min = 1 soat 55 min.
Misollarning echilishiga e`tibor bering:
a) 55 min + 25 min + 15 min = 95 min = 60 min + 53 min = 1 soat 35 min.
b) Bu erda 45 min + 35 min = 80 min = 1 soat 20 min. Soat va minutlarda ifodalang: 75 min 100 min 123 min 184 min 200 min 340 min 15 min + 20 min + 25 min 45 min + 35 min + 40 min 26 26 min + 59 min + 12 min Qo’shishni bajaring va tushuntiring: 2--sinf matematikasini o’rganishda vaqtga doir mavzuni o’tish, o’rganish dars ishlanmasi bilan tanishamiz.
Darslikdagi misol va masalalarni echish bo’yicha sharhlar:
2. O’quvilar doskada navbat bilan bajaradilar:
a) 1 soat 10 min – 15 min = 70 min – 15 min = 55 min;
b) 1 soat 20 min – 35 min = 80 min – 35 min = 45 min;
d) 1 soat 14 min – 26 min = 74 min – 26 min = 48 min.
3. Namunadagi misollarning echilishi eslatib o’tiladi.
4.Doskada bir o’quvchi mustaqil bajaradi.
5.Mustaqil ish qilib beriladi. Xohlovchi o’quvchilar doskaga bajaradilar.
(130 502 – 72 744): 2 + 29 357 = 47 758: 2 + 29 537 = 23 879 + 29 537 = 53 236 156008 + (50 409 – 24 389) ∙ 2 = 156 008 + 2 ∙ 26 020 = 156 008 + 52 040 = 208048
Mustahkamlash uchun mashqlar
1. Shanba kuni Farrux 1 soat 45 minut, yakshanba kuni esa 2 soat 25 minut dars qildi. Farrux ikki kun davomida qancha vaqt dars qilgan?
3. Ikki shahar orasidagi masofani mototsiklchi 35 minutda, velosipedchi esa 3 soat 10 minutda bosib o’tdi. Velosipedchi mototsiklchiga qaraganda qancha ko’p vaqt sarflagan?
4. Mamlakatimiz bayrog’i va gerbining qabul qilinganligiga buy il necha yil to’lganini ayirish amali yordamida toping. Mamlakatimiz bayrog’i 1991 yil, gerbi esa 1992 yil qabul qilinganligini eslang.
5. Mamlakatimiz qachon mustaqillikka erishgan? Bu yil mustaqillikka erishganimizga necha yil bo’lganini ayirish amali yordamida toping.
6. Otabek 7 soat 25 minut, uning singlisi 9 soat 15 minut uxladi.
Singlisi Otabekdan qancha ko’p uxlagan? 2-sinf matematikasida vaqt haqida bilimlar berish davom ettirilib, vaqt, vaqt o’lchovlarining harakatlanuvchi jismlarga tatbiqi, harakatlanayotgan jismlarning bosib o’tgan masofasi, shu masofani bosib o’tish uchun ketgan vaqti, harakatlanayotgan jismning tezligini topish yo’llari ko’rsatiladi, bular haqida nazariy bilimlar beriladi, misol, masalalar bajariladi. SHu haqda beriladiga bilimlar haqida to’xtalamiz. Tezlik. Vaqt. Masofa. Darsning maqsadi: – tezlik, vaqt, masofa tushunchalarini esga olish; – tezlikni masofa va vaqt orqali topish ko’nikmasiga ega bo’lish; –harakatga doir masalalar echish malakasini mustahkamlash. Tashkiliy qism. Darsga hozirlik ko’rish. Darsning maqsadi aytib o’tiladi. Dars tafsilotlari. Tekis harakatda tezlik – vaqt birligi ichida bosib o’tilgan masofa ekanligi, tekis harakatning o’zi o’quvchilarga tanish tushunchalar va iboralar yordamida tushuntiriladi. O’quvchilarning diqqati rasmga qaratiladi va rasm asosida tezlik = masofa: vaqt ekanligi tushuntiriladi. Masalaning echimi ham ko’rsatib o’tiladi. Tezlikni topishga doir hayotda uchraydigan sodda masalalardan bir nechtasini keltirish mumkin. Darsni yakunlash va baholash. Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa beriladi.
XULOSALAR
Kurs ishini bajarish jarayonida boshlang’ich sinf matematika darslarida matematik diktantlardan samarali foydalanishning yo’l- yo’riqlari, usullari, qonunqoidalari bilan tanishib chiqdik. Natijada, quyidagi xulosalarga keldik: 1. Darslarni yanada qiziqarli, samarali va mazmunli o’tqazish maqsadida interfaol, o’yin metodlaridan foydalanish sezilarli darajada yuksak natijalarga erishishga yordam beradi; 2. O’quvchilarning ijodiy-aqliy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda matematik diktantlardan samarali foydalanishning amaliy chora-tadbirlarini izlash; 3. Maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun salohiyatli, malakali kadrlar bilan ta’minlash; 4.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Mirziyoyev SH.M “ Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” – Toshkent “ O’zbekiston “. 2017-yil.
2. Mirziyoyev SH.M “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – xar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. 2017-yil
3. Mirziyoyev SH.M “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi ma’ruzasi. T. “O’zbekiston” 2017-yil
4. Mirziyoyev SH.M “Erkin va farovon demokratik davlatni birgalikda barpo etamiz” asari. Toshkent. O’zbekiston nashriyoti. 2016-yil.
5. O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonun”. 2020-yil 23-sentabr. 6. N.U.Bikbayеva, R.I.Sidеlnikova G.A.Adambеkova. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (O’rta maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun mеtodik qo’llanma.) T.: “O’qituvchi” 1996-y.
7. M.Е.Jumayеv, Z.G’ Tadjiеva. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (OO’Y uchun darslik.) T.: “Fan va tеxnologiya” 2005-y.
8. M.E.Jumayеv. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. T.: O’qituvchi. 2006-y.
9. M.E.Jumayеv. “Boshlang’ich matеmatika o’qitish mеtodikasidan amaliy mashg’ulotlar to’plami”. T.: O’qituvchi 2005-y.
10. M.E.Jumayеv. Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va mеtodikasi. ToshkеnT.: “Ilm Ziyo” 2005-y.
11. M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 2013.
12. V.V. Danilova “Matematicheskaya podgotovka detey v doshkolnix uchrejdeniyax”. -M., 1987 y.
13. A.Stolyar "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish". -M., 1988. 30
14. N.U.Bikbayeva, Z.I.Ibroximova, X.I. Qosimova "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish". -T.: "O`qituvchi" 1995.
15. E.Sayidxalilov, Sh.Abdullayeva O‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish - milliy dastur talabi. “Xalq ta’limi” jurnali, 2001, 1-son, -B.13-20 16. L.P.Stoylova, A.M.Pishkalo Boshlang‘ich matematika kursi asoslari. – T.: O‘qituvchi 1991.
17. Tolipov O‘.Q., Usmonova M., Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (O‘quv qo‘llanma) - T.: Fan.2006
18. N.N.Azizxo’jaeva “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2003-y.
19. S.A. Akmalova. “Ta’lim nazariyasi didaktika masalalari bo’yicha o’quv qo’llanma”. Namangan 1993-y.
20. V.M.Kаrimоvа, F.А.Аkrаmоvа, G.О.Оchilоvа, G.M.Musахаnоvа “Pedagogika. Psixologiya”. O’quv qo’llanma. Tоshkеnt Dаvlаt Iqtisоdiyot Univеrsitеti T.: 2011
21. R. Ibragimov Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. Ped.fan.doktori ilmiy darajasi olish uchun yozilgan avtoreferati. –T.: 2005.-
Internet saytlari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. ziyonet.uz 4. www. edu.uz
5. www.google.com
6. www.Referat.arxiv.uz
7. www.testing.uz
8.www.math.uz
ILOVALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |