Ii bob. Golland va inglizlarning yaponiyaga kelishi


Uilyam Adams – Yaponiyadagi birinchi ingliz



Download 447,28 Kb.
bet6/29
Sana29.01.2022
Hajmi447,28 Kb.
#415930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
токугава

2.1 Uilyam Adams – Yaponiyadagi birinchi ingliz.
Tokioning qadimgi Nihombashi tumanida Andzintyo – “shturmanlarlar kvartali” nomli kvartal bor. Bu 1600-yilda Yaponiyaga kelgan ingliz U. Adams sharafiga shunday nomlangan. U bu yerda 20 yil yashagan. Uning ismi zamonaviy Yaponiyada keng tanilgan va U. Adamsning hotirasiga bag‘ishlangan haykallar mamlakatning turli hududlarida uchraydi. Chunki, yaponlar o‘z tarixida sezilarli iz qoldirgan odamlar xotirasini qanday saqlashni biladilar.
Adams Kent grafligining Gillingem shahrida tug‘ilgan. Uning aniq tug‘ilgan sanasi noma’lum, ammo cherkov registridagi yozuvga ko‘ra bola 1564-yil 24-sentyabrda cho‘qintirilgan. 12 yoshida Uilyam kema qurishni o‘rganish uchun Temza daryosi bo‘yidagi Limehousega jo‘nab ketadi. Ammo, u kemalarni qurishdan ko‘ra kemalarda suzishni ko‘proq yoqtirardi. U o‘z maqsadiga erishdi. Adams yaxshi dengizchiga aylandi va 1588-yilda unga 25 kishilik ekipaj bilan “Richard Duffield” kemasida ekspert sifatida birinchi mustaqil sayohat unga ishonib topshirildi. Bu vaqt dengizda Angliya va Ispaniya o‘rtasidagi raqobat davri bo‘lgan va Adams “Yengilmas Armada” ni mag‘lub etishda o‘zining hissasini oz bo‘lsa ham qo‘shgan - uning kemasi ispanlar bilan jangda qatnashgan ingliz kemalariga o‘q-dorilar va oziq-ovqat olib kelib turgan.
1589-yilning 20-avgustda U. Adams Meri Xin ismli qizga uylandi, lekin qiz yosh eri bilar deyarli ko‘rishmasdi, chunki Adams deyarli doim dengizda edi. Adams Gollandiyaning savdo kemalarida juda ko‘p suzib yurdi va 1598-yilda u Atlantika va Tinch okeani orqali Uzoq Sharqqa ekspeditsiyada qatnashish taklifini qabul qildi. Beshta kemadan birida – “Lifda” (“Mehr”) - dengizchi Adams o‘zini Angliyaga endi hech qachon qaytib kelmasam kerak deb ham o‘ylamay, uzoq safarga chiqdi.
Safar juda qiyin bo‘lgan - dengizchilar doimo turli xil baxtsizliklarga duch kelishgan. Jamoaning bir qismi Gollandiyaga qaytishni talab qiladi. Ammo qizg‘in tortishuvlardan so‘ng, Tinch okeani bo‘ylab Yaponiya qirg‘og‘iga sayohatni davom ettirishga qaror qilinadi – kemaning ichi turli tuman matolar bilan to‘ldirilgan edi va Gollandiyaliklarning fikriga ko‘ra ushbu mahsulot eng yaxshi Yaponiyada talab bo‘lgan mahsulotlar edi. Keyinchalik suzish yanada og‘ir sinovga aylandi. Chunki, oziq-ovqat tugadi, odamlar zaiflashdi va vafot etishni boshlashdi. 24 kishigina tirik qoldi. Ular kemada harakatlana olmay charchagan edilar. Shunga qaramay, 1600-yil 19-aprelda Yaponiya qirg‘oqlari ufqda paydo bo‘ldi. Yo‘lga chiqqan 5 ta kemadan faqat “Lifde” omon qolgan edi.
“Lifde” kemasi Kyusyu orolining shimoli-sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan Oita shahri hududidagi Yaponiya qirg‘oqlariga yaqinlashdi. Mahalliy aholi kemani ko‘rib, u tomon qayiqlarni tortishdi. Adams va uning o‘rtoqlari shu qadar zaif ediki, yaponlar kemaning barcha burchaklarida yurishganini befarqlik bilan tomosha qildilar.
Mahalliy hokimiyat kemaning kelishini bilib, ekipaj a’zolarini qirg‘oqqa olib chiqib, uylarda joylashtirdi. Ular kerakli hamma narsa bilan ta’minlanishdilar va gubernator Tokugava Ieyasuga chet elliklar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rganish uchun odam yubordilar.
Gollandiyadan kemaning kelishi portlugallarni juda tashvishga solib qo‘ydi. Ular savdo-sotiqdagi monopoliyani yo‘qotishni va Yaponiyada nasroniylikning tarqalishini istamagan edilar. Shuning uchun ular kelgan jamoani obro‘sizlantirishga har tomonlama harakat qilishdi. gollandlarni qaroqchi sifatida ko‘rsatishdi. Qaroqchilar va hukumatni chet elliklarni o‘ldirishga undagan edilar. “Lifde” bortida qurol va o‘q-dorilar bo‘lganligi sababli, bu portugaliyaliklarning fikriga ko‘ra, savdo umuman gollandlarning asosiy maqsadi emasligiga dalil bo‘lib xizmat qildi.
Ieyasu kema kapitani Yakob Kvakernakka olib kelishni buyurdi, ammo u hali o‘ziga kelmagan edi. Shu sababdan tanlov Adamsga tushdi. Bundan tashqari, Adams yevropaliklar va yaponlar o‘rtasidagi vosita til hisoblangan portugal tilini ham bilardi. Qolgan dengizchilar ularning keyingi taqdirlari Adamsning hukmdorga nisbatan taassurotiga bog‘liqligini tushundilar. 1600-yil 12-may Adamsni Ieyasuning huzuriga olib borishdi. 11 yil o‘tgandan keyin, Adams uchrashuvni shunday ta‘riflagan:
1600-yil 12-may kuni men uchrashuvga olib borishni buyurgan buyuk qirol yashaydigan shaharga keldim. Uning saroyi zarhal bilan bezatilgan chiroyli bino edi. U meni juda iliq kutib oldi, hatto mehr ila menga alohida sharaflarni berdi. Nihoyat, portugal tilida gaplashadigan bir kishi paydo bo‘ldi, u orqali qirol mendan qayerdan ekanligimiz haqida bir qator savollar berdi, bu bizni shunday uzoq safarga chiqishga nima undaganligini va o‘z mamlakatiga nima sababdan kelganligimizni so‘radi”7
Adams Ieyasuni xato qilib “qirol” deb atagan. 1600-yilda u hali mamlakatning oliy harbiy hukmdori bo‘lgan syogun emas edi, ammo u 1603-yilda u syogunga aylandi.
Adams uning ingliz ekanligini tushuntirib, Angliya qayerdaligini aytib berdi. U o‘zi bilan xaritalarni olib kelib uzoqni ko‘ra bilganligi ko‘rsata oldi. Ieyasuga kemaning butun yo‘lini Atlantika okeani, Marellan bo‘g‘ozi va Gollandiya qirg‘og‘idan boshlab ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘ldi. Tinch okean orqali Yaponiya qirg‘oqlariga qanday kelishganini tushuntirdi. Adamsning so‘zlariga ko‘ra, inglizlar Yaponiya bilan savdo qilishni xohlashardi, chunki inglizlar Yaponiyada bo‘lmagan tovarlarni ishlab chiqaradilar va sharqiy mamlakatlarda inglizlar orasida katta talabga ega bo‘lgan tovarlar mavjudligiga ishontirdi.
Ammo Ieyasu hali ham shubha ostida edi. Nima uchun kemalar faqat savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, kemaning ichida juda ko‘p qurol bor? Shuning uchun ham u Adamsga ko‘plab savol bergandi. Angliya har qanday urushlarda qatnashadimi yoki yo‘qmi, bunda Ieyasu haqiqatni eshityaptimi yo‘qmi? “ Ha, - dedi Adams, - Angliya urush qilmoqda, lekin hamma mamlakatlar bilan emas, balki faqat ispanlar va portugallar bilan. Inglizlar boshqa xalqlar bilan tinch-totuv yashaydilar ”. Ieyasu Adamsdan biron bir xudoga sig‘inadimi, deb so‘radi, dengizchi u faqat bitta xudoga - osmon va yerni yaratuvchiga ishonaman deb javob bergandi.
Garchi Adamsning javoblari Izyasani qoniqtirib va inglizning o‘zi unda juda yoqimli taassurot qoldirgan, ammo uning bortdagi ko‘plab qurol-yarog‘lar haqidagi gumonlari to‘liq tarqalmadan edi. Adamsni qo‘yib yuborishdan oldin, u undan kemada bo‘lgan tovarlarni batafsil ro‘yxatlashini so‘radi. Adams tovarlarning ro‘yxatini olib qo‘yishni oldindan ko‘ra bilganligi sababli, bu bir necha daqiqagina davom etdi. Ketishidan oldin Adams inglizlar va gollandlarga Yaponiya bilan savdo qilishlariga ijozat berish to‘g‘risidagi iltimosini yana bir bor takrorladi, xuddi ispan va portugallar kabi, Ieyasu tezda javob berdi. Adams hech narsani tushunmadi, uni qo‘shimcha tushuntirishlarsiz olib chiqishdi va Ieyasu bilan suhbatdan oldin bo‘lgan qamoqxonaga joylashtirishdi.
2 kundan so‘ng Ieyasu yana bir inglizni huzuriga olib kelishni buyurdi. Undan uzoq vaqt Angliya olib borgan urushlar, Angliya va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi adovat sabablari, ispanlar va portugallar haqida batafsil surishtirdi. Boshqa tomondan yana angliyalikning javoblari Ieyasuni qoniqtirganday tuyuldi, ammo Adams yana qamoqqa tashlandi. Unga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishga ko‘rsatma berdi.
Adams 6 hafta davomida qamoqda o‘tirdi va har kuni o‘lim hukmini dahshat bilan kutardi. U Yaponiyada o‘limga mahkum etilganlarga nisbatan qanday dahshatli qiynoqlar qo‘llanilishini eshitgandi. Axiri Ieyasu Adamsni uchinchi marta chaqirdi. Ieyasu bilan yana uzoq suhbatlashdi. Bu safar u nihoyat inglizning javoblari samimiyligi va to‘g‘riligiga ishonganday bo‘ldi.
Gollandiyaliklar va Adams butun bir oy davomida Ieyasu qal’asi joylashgan Edoga yetib borishga buyruq olmaguncha, kelajakdagi taqdirlari to‘g‘risida umuman bexabar edilar. Jamoa haqiqatan ham o‘z vataniga qaytishni xohlar edi, ammo ularning barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Yaponlar rasman jamoa a’zolarining hech biri mamlakatni tark etish huquqiga ega emasligini e’lon qilishdi. Dengizchilar qolgan pullarni bo‘lishib, har tomonga tarqalib ketishdi. Ieyasu kutilmagan saxiylikni namoyish etdi. Ularning har biriga kichik yillik pensiya va kunlik guruch ratsioni bilan ta’minlashni tayinladi. Ularning taqdiri keyinchalik qanday rivojlangani ma’lum emas, faqat Kvakernak, Adams va boshqa bir dengizchi haqida ma’lumot saqlanib qolgan holos.
Adams Ieyasuning maslahatchisi bo‘lishga muoffaq bo‘ldi. Ieyasu inglizlarga tobora ko‘proq ishonib, uning ko‘p qirrali bilimlarini qadrlab, Ieyasuning iltimosiga binoan, Adams Ieyasuga matematikaning asoslarini o‘rgatishni boshladi. Keyinchalik syogun tarjimoniga aylandi. Iezuit Rodrigezni bu lavozimdan chetlashtirildi. Suhbatlarning birida Ieyasu Adamsga “Lifde” modeli asosida kema qurishni istashini bildirgan. Adams o‘zining kemachi emas, balki dengizchi ekanligini qanchalik tushuntirmasin, uni kema qurishi shart ekanligi ta’kidlandi va u ishga kirishishga majbur bo‘ldi. Tirishqoq yapon ustalarining yordami bilan 80 tonna yuk tashiydigan kema qurildi. Bu esa Ieyasuga juda ma’qul kelgandi.
Adamsga turli tuman boyliklar sovg‘a sifatida taqdim etildi. Ieyasu unga Xonshu orolining janubi-sharqidagi Xemi shahrida katta mulk berdi, ammo tabiatdagi hayot unga ma’qul kelmadi. Keyinchalik, Edo shahridan yangi uy sotib olib, ana shu yerda o‘z savdogarlik ishini davom ettirdi.
Adams Yaponiyada boy va nufuzli odamga aylangandi, lekin u Angliyaga qaytib kela olmadi. Angliyada xotini va qizi uni intiqlik bilan kutishardi. U vaqti-vaqti bilan oilasiga xatlar yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo oxir oqibat yapon ayoliga uylanishga qaror qilgan. Nikoh baxtli bo‘lib chiqdi, uning o‘g‘li Jozef va qizi Syuzanna dunyoga kelgandi.
1605-yilning oxiriga kelib Adamsning ishlari gullab-yashnadi. Hatto portugaliyalik iezuitlar Ieyasu bilan yaxshi munosabatlarni saqlash uchun Adamsga yaxshi muomala qilishga harakat qilishardi.
Adamsni vatan sog‘inichi yengib chiqdi va u yana Angliyaga qaytishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimos bilan syogunga murojaat qilishga qaror qiladi. Ammo Ieyasu qat’iyat bilan yana rad javobini beradi.
Yaponiya-Gollandiya o‘rtasidagi savdo aloqalarni o‘rnatishda Adams muhim rol o‘ynagan. U 1609-yilda Yaponiyaga kelgan gollandlarni Ieyasuning huzuriga kuzatib boradi. Uning yordami tufayli dengizning barcha portlarida va hatto uzoq shaharlarda ham savdo qilish huquqini olishadi, shuningdek Xirado orolida savdo punktini ochishga erishishadi.
1613-yil 12-iyun kuni ingliz kemasi qirg‘oq tomon suzib ketadi. Nihoyat, Adams vatandoshlari bilan uchrashishga muvofiq bo‘ladi. U Yaponiya bilan Angliya uchun foydali savdo-sotiqni yo‘lga qo‘yish uchun ko‘p harakatlarni amalga oshirgan. Biroq, Adamsning “haqiqiy yapon” ga aylanishidan g‘azablangan kema kapitani D. Seris bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan. Shuning uchun, u ko‘pincha Adamsning maslahatiga quloq solmadi, shu sababli ham ingliz savdosini Yaponiyada muvaffaqiyatsizlikka uchratdi. Adams Serisga Uraga shahrida ingliz savdo postini tashkil qilishni maslahat berdi. Ammo Gollandiyaliklar allaqachon savdo qilayotgan Xiradoni egallashgan edi. Lekin Adamsning hafsalasini pir qilgan Seris gollandiyaliklarni jiddiy raqib sifatida qabul qilib, aynan shu orolni tanladi. Bir muncha vaqt o‘tgach, inglizlar Yaponiyani tark etishlari kerak bo‘lib qoldi.
Inglizlarning Yaponiyaga kelishidan foydalanib, 1613-yilda Adams yana o‘z vataniga qaytishini so‘rab Ieyasuga murojaat qildi. Syogun uning niyati jiddiymi yoki yo‘qligini so‘raydi. Ijobiy javobni eshitgach, Adamsni ajablantirib, u nihoyat o‘z roziligini berdi. Ammo unga Angliyaga qaytish nasib etmagan. Uning Yaponiyada qolish qaroriga nima ta’sir qilganini taxmin qilish mumkin. Bu albatta, yapon xotini va bolalariga bo‘lgan muhabbat yoki Angliyadagi kelajagi to‘g‘risida noaniqlik edi. Chunki u Yaponiyada nufuzli va boy odamga aylangan edi.
Ieyasu vafotidan keyin Adamsning mavqeiga ozgina putur yetadi. Yangi syogun Xidetada Adamsga otasi singari maomalada bo‘lmadi. Adams har qanday so‘rov yoki murojaatlarga javob kutish uchun soatlab kutishi kerak bo‘lib qoldi. Adamsning davri tugaganligi aniq bo‘lib qoldi.
1619-yil 16-martda Adams Angliya tomon ketdi, shu vaqt ichida u og‘ir kasal bo‘lib qoldi. U 1620-yil avgust va 16-may kunlari Yaponiyaga qaytib keldi. Xirado orolida vafot etdi. Vasiyatnoma qoldirishga o‘zida kuch topdi. Vasiyatnomada barcha qarzlaridan qutulish to‘g‘risida yozib qoldirdi.
Ikki teng qismga bo‘lib, ulardan birini men Angliyada sevgan xotinim va qizimga, ikkinchisini Yaponiyada yashaydigan ikki sevimli farzandim Jozef va Skuzaniga vasiyat qilaman.”8
Shuningdek, u o‘z xizmatkorlari to‘g‘risida unutmadi. Yaponiyada ham, Angliyada ham do‘stlari va tanishlari uchun sovg‘alar qoldirdi. Adamsning o‘g‘li otasining izidan dengizchiga aylandi. 1634-yil avgustda Adamsning yaponiyalik rafiqasi Magome vafot etdi. 1636-yilda uning o‘g‘li Xamida shahrida qabr toshini o‘rnatdi. Adams Xamida shahrida qayta ko‘milgan degan taxminlar ham mavjud. 1905-yilda u yerda yodgorlik bog‘i tashkil qilingan va 1918-yilda u U. Adams hayoti haqida yapon tilida uzun yozuv o‘yilib yozilgan yodgorlik ustuni o‘rnatilgan. O‘limidan oldin u go‘yo quyidagi buyruqni qoldirgan degan taxminlar ham bor:
Men bu yerga sayohat qilishga bog‘lanib qolganman. So‘nggi daqiqagacha bu yerda tinchlik va farovonlikda yashadim. Syogun Tokugavaning inoyati tufayli o‘z hissamni qo‘shdim. Meni Xamidagi tepalikda dafn etishingizni iltimos qilaman. Mening qabrimni sharqqa qarab yotqizilsagina, Edoga qaray olaman. Mening yer osti dunyosidagi ruhim bu go‘zal shaharda ko‘milishni vasiyat qiladi”.9
Ushbu so‘zlarning to‘g‘riligiga dalil topilmagan. Ammo yodgorlik ustunining bir tomonida yapon shoiri Uilyam Adamsga shaharning qo‘riqchisi sifatida murojaat qilgan quyidagi satrlarni o‘qishingiz mumkin:
Ey dengizchi, bizga ko‘plab dengizlarni ko‘rsatish uchun kelgandigiz. Siz davlatga munosib xizmat qildingiz va buning uchun saxiy mukofot oldingiz. Edo sizni abadiy qo‘riqlaydi.”10
1965-yilda Xirado aholisi ularning ruhlari birlashishi uchun Adamsning ingliz rafiqasi Meri Xinning qabridan bir necha toshni qabriga olib borishgan. Yaponlar ajablanarli qobiliyatlarga ega bo‘lgan odamga shunday hurmat ko‘rsatdilar.


Download 447,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish