11
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 17-19-b.
14
II bob. “Dastur ul-muluk” – XVII asr Buxoro xonligi tarixini yorituvchi
manba
2.1. «Dastur ul-muluk» asarining qisqacha mazmuni
XXI bob. Subhonqulixon hukumatining o’rnatilganidan so’ng bo’lib o’tgan
voqealar
(V fasldan iborat)
I fasl
12
Abdulazizxon Kerminda bo’lgan vaqtida Buxorodan chopar keladi va
Anushaxonning tobelikdan bosh tortib, hukmronlik uchun qo’zg’olon ko’targan
holda Buxoroga kelgani haqida xabar beradi. Oliy hazratlari amir Bahovuddin va
qozi Lutfullo kabi kishilariga pastkash xorazmliklar (Anushaxon) to’g’risida xabar
beradi. Bu xabarni eshitgach, barcha xizmatkorlar to’planishib xorazmliklarga
qarshi kurash olib borish kerakligini aytishadi. Shundan keyin Abdulazizxon
Buxoroga yo’l oladi, hech qayerda to’xtamasdan ketar ekan, Buxoro tumanlarining
biridagi Oqsoch qal’asida joylashadi. Yo’llarda esa qo’shinlarini terib qo’yadi.
O’sha vaqtda Buxoro shahri hukmdori Iskandarbiy saroy bo’lib, o’sha davrning
e’tiborli kishilaridan sanalgan. Uning huzuriga Abdulazizning xizmatkorlari yetib
kelgan vaqtda qamalda turgan bir nechta urganchliklar Iskandarbiy ustiga hujum
qilishadi. Kuchlar teng bo’lmagani sababli xorazmliklar shahar bo’ylab talon-
tarojlik ishlarini amalga oshirishadi va ularning qo’lida katta miqdorda boylik
hamda o’lja to’planadi. Sarosimaga tushgan Buxoroning bir qator nufuzli kishilari
Anushaxon huzuriga kelishadi va uning tomonidan qabul qilinadilar. Ular qatorida
12
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 77-88-b.
15
Buxoro qishloqlari sug’orilib, gullab-yashnashida hissa qo’shgan Muhammad
Bakirxo’ja va qozilik ishlarini adolatli tarzda olib borgan qozi amir Nosir bo’lgan.
Bo’lib o’tgan janglarda Abdulqodir o’g’lon, Ma’sum miroxo’r saroy,
Ne’matulla xo’ja, Shoh Tibxo’ja, Rahimberdi shig’ovulning mardonavorligi va
jasurligi tilga olinadi, xon xorazmliklar qonini to’kib, hukumatni qo’lga oladi. Bu
orada Samarqandga parvonachi lavozimiga tayinlangan Abdulkarimbiy nayman
tayinlanadi. U xon bilan uchrashib, Anushaxonga qarshi jangga kirishga rozi bo’ldi
va u bilan birga Qarshi qal’asi tomon yurish qilgan botir Muhammad Alibiy ham
kelib qo’shiladi. Xorazmliklar esa yengilib Xorazmga qaytishadi.
Bu faslda Abdulazizxonning o’limi haqida ham hikoya berilgan. Abdulazizxon
taqdir taqozosi bilan davlat ishlaridan uzoqlashadi va ikki muqaddas shahar tomon
yo’l oladi. Isfahon tomon ketar ekan, kambag’al odamlarga yordam qo’lini
cho’zadi. Movarounnahr taxtini esa ukasi Subhonqulixonga qoldiradi. Ka’bani
ziyorat etgach, Hindiston kabi davlatni ko’rish ishtiyoqida Moxa (Yaman) portiga
keladi, ammo kasalligi tufayli kuchsizlanib qoladi va safar orzusi amalga oshmay
qolib vafot etadi.
II fasli. 1096-yilda bo’lib o’tgan voqealar haqida
13
Qudratli said Subhonquli Muhammad Bahodirxon Movarounnahr taxtiga
o’tirgandan keyin Samarqand boshqaruvini Xo’jaqulibiy o’tarchiga topshiradi,
ammo Xo’jaqulibiy xonga sodiqligini ko’rsatish o’rniga qo’zg’olon ko’taradi. U
ko’psonli xitoy qabilasiga ishonib, xonga nisbatan hurmatsizlik qilgancha
Samarqanddan chiqib ketadi va Koson qal’asiga kirib keladi.
13
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 88-95-b.
16
Qudratli xon hazratlari sabr ila muallif(Xoja Samandar)ni Xo’jaqulibiyni o’z
huzuriga chaqirish uchun uning oldiga yuboradi. Lekin u Xo’ja-Muborak degan
joygacha kelganda bir nechta isyonchilar qo’zg’olonni kuchaytiradilar. Bu xabar
xon qulog’iga yetib kelgach, bu safar muallif bilan birga Xo’jamberdi shig’ovul
qipchoqni ham jo’natadi. Lekin shig’ovul so’zlarini ko’ngliga yaqin olmagan
Xo’jaquli odamlarini to’plab, qo’zg’olon yo’li bilan Qarshilik musulmonlarining
mulkiga bostirib kiradi. Uning dushmanligi shu darajaga yetib borganki,
urganchlik (ya’ni Anushaxon) qabulida bo’lib, uni Xorazmdan chiqib harakat
qilishiga ko’ndiradi. Anushaxon esa Buxoroni egallash niyatida Xo’jaquli
so’zlariga quloq solib, qo’zg’olon yo’lini tanlaydi. Bu xabarni eshitgan xon
dushmanga qarshi jangga kirishadi. Bu orada G’oyib Nazarbiy saroy, Jonibek
to’qsoba, Sher G’ozibiy dodxox harbiy qo’shinlar bilan birga otlarda jangga
kirishadi. Ushbu dahshatli jang vaqtida xonning bahodirlari tomonidan yetkazilgan
zarbalari natijasida Anushaxonning noibi bo’lmish Murod Urganjiy egaridan
tushiriladi. Bu voqeadan keyin dushmanlar vodiyga qarab chekinishadi. Bundan
xabar topgan Anushaxon ertasi kuni tongda katta qo’shin bilan G’ijduvon
tomondan chiqib keladi. Lekin Subhonqulixon g’alabasi aniq bo’lgan edi. Mazkur
jangda qahramonlik ko’rsatgan bahodirlardan qilichbozlikda mahoratini ko’rsatgan
Ma’sum miroxo’r saroy, shuningdek jasoratliligi bilan ajralib turgan Shoh
Tibxo’ja, chap tomondan harakat qilgan Ne’matulla-xo’ja hamda Bek
Muhammadbek durman va Muhammad Rahimbek durman nomlari keltiriladi. Shu
kuni xon uchun o’z jonini qurbon qilgan Abdullaxo’ja (Yusuf xo’janing o’g’li) va
Ollohberdibek jaloyir tarix varaqlarida saqlanib qolgan. Ajoyib g’alabalardan
so’ng Subhonqulixon o’sha vaqtni o’zida xizmatkorlariga oltin egarli otlar,
qilichlar, bahodirlariga esa sarpo va yirik miqdorda pul berishni buyuradi.
17
III fasli. Subhonqulixon davrida ro’y bergan voqealar
14
1097-yil bahorida Xo’jaquli Xorazmdan chiqib keladi va odamlarning azob-
uqubatlariga sabab bo’ladigan bir qator ishlarga qo’l uradi. Bu haqida eshitgan
Subhonqulixon jahl otiga minib, Balx va Badaxshon hukmdorlari, Andijon va
Turkiston harbiy boshliqlarining katta qo’shin bilan yetib kelishlarini buyuradi.
1-otryadda Muhammad Saidxoja naqib Balx ba Badaxshon qo’shinlari bilan
yetib keladi.
2-otryadda esa qatag’onlar va durmanlardan iborat qo’shin bilan Mahmud
parvonachi as yetib keladi.
3-otryadda Misrdan katta qo’shin bilan karvon boshlig’i buyuk hoji
Muhammadjon keladi va uning bu tashrifi Qarshi aholisining qalbida umid
uyg’otadi. U esa xonga nisbatan dushmanlikni unutib, unga xizmat ko’rsatishga
rozi bo’ladi.
Anushaxonning Samarqandga yurishi haqidagi xabar Subhonqulxonga yetib
kelgach, Subhonqulixon Kermin tomon yo’l oladi. Yo’l-yo’lakay Buxoroga kirib
keladi va vaziyatni o’rganib, qo’shin tayyorlaydi. Kermin boshqaruvini qo’lga
olgan Odil miroxo’r ming xorazmliklarning yurishi haqida eshitib, qal’a devorlari
va minoralarini qo’riqlashga kirishadi.
Anushaxon Samarqandga yo’l oladi va o’zidan oldin bir qator va’dalar bitilgan
xatlar bilan samarqandliklarning huzuriga elchini jo’natadi. Samarqandliklarda
kurashish uchun kuch qolmagani sababli Anushaxonni Samarqandga taklif
qilishadi. Dushmanlar esa samarqandliklarning do’stona munosabatda ekanliklarini
14
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 95-113-b.
18
bilishgach, Cho’pon-Otagacha talonchilik ishlarini amalga oshirishadi.
Samarqandliklar Anushaxonning bu qo’polliklaridan qo’rqib, Samarqand
darvozalari kalitlarini uning qo’liga topshirishadi.
Anushaxon g’ozal Kesh tomon yo’l oladi va bu orada Shahrisabzning bir nechta
katta kishilari xorazmliklardan chekinadilar. Anushaxon Samarqand va
Shahrisabzni qo’lga kiritgach, Qarshining jasur kishilari juma namozida
to’planishib, mirza Xonxoji shayx ul-islom huzurida hukmdorlariga sadoqatliliklari
to’g’risida qasam ichadilar. Anushaxon qarshiliklarning xonga bunchalar sadoqatli
ekanliklarini eshitgach, Qarshi darvozalari uning uchun osongina ochilmasligini
tushunadi. So’ng ko’plab va’dalar bitilgan xatni elchilar orqali qarshiliklarga
jo’natishga qaror qiladi. Biroq bu ishi samara bermaydi, hatto uning elchilari
o’ldirib yuboriladi. Bu vaqtda Subhonqulixon qozi Badi’ning uning huzuriga
kelishini buyuradi hamda unga Anushaxonni Qarshiga hujum qilmasligiga
ko’ndirishini so’raydi.
Shu o’rinda hukmdorlarning davlat ishlarini yurituvchi - vazirning yordamisiz
davlatni bo’ysundirish mushkulligi to’g’risida gapiriladi. Subhonqulixon hujjatlar
hamda qog’oz va daftar ishlarini mirzo Abdul-Boqi devon va mirza Rizo
daftardorga topshiradi. Ularning yordamida mamlakatda tartib va qonun
o’rnatiladi. Biroq, yomon kimsalarning tuhmatlari oqibatida shu ikki odam o’z
lavozimlaridan olib tashlanadi va vazir majburiyatlariga kiradigan hujjatlar ishlar
adolatsiz, pastkash Mirzo Bekler qo’liga o’tadi. U yig’imlarni oshirib, xalq boshiga
kulfatlar soladi. Lekin xalq xudodan uning ketishini so’rab iltijo qilishni
boshlashadi va keyinchalik uning lavozimidan chetlatilishi musulmonlar baxtiga
sabab bo’ladi.
Keyingi o’rinlarda Muhammad Saidxoji naqib haqidagi hikoya berib o’tiladi.
Anushaxon Samarqandga kirib kelganida qo’zg’olon ko’taradi va o’zining to’rt
mingga yaqin kishilariga Kasbi va Kosonni talashga buyruq beradi. Buni eshitgan
Subhonqulixon mazkur ishga qarshi chora ko’rishni Muhammad Saidxoji naqibga
19
topshiradi. U otini dushmanga qarshi yo’naltirib, 200 ta kishisi bilan raqibining
yo’lini o’rab oladi. Xoji huzuriga Nodirbiy dodxox va Ali sayid eshikog’aboshi
yordamga keladi. Xorazmliklar esa mag’lubiyatga uchrab chekinadilar.
Shuningdek, muhim voqealardan biri bu tashqi ko’rinishdan va xarakter
jihatidan go’zal bo’lgan Xoja Zakariya shayx ul-islomning Anushaxon makkorligi
va yovuzliklaridan sarosimaga tushib, istar-istamas unga o’z qizlaridan birini
berishidir. Xojalar bilan qarindoshlik rishtalarini bo’g’lagandan keyin Anushaxon
Dabusiya qal’asiga yo’l oladi. Qattiq janglardan so’ng Subhonqulixon g’alabani
qo’lga kiritadi, Anushaxon esa mag’lubiyatga uchrab, Samarqandga ketadi. Bu
orada yo’lda xudo tomonidan Anushaxonga dahshatli jazo beriladi.
Anushaxonning bir o’g’li bo’lib, uni boshqa farzandlariga qaraganda ko’proq
yaxshi ko’rar va unga bo’lakcha e’tibor qaratar edi. Ammo bu o’g’li otasining
ko’zini temir mil bilan ko’r qiladi. Shu bilan Anushaxon o’z qilmishiga jazosini
oladi.
Anushaxonning ko’r bo’lganidan so’ng Xorazm amirlari pushaymonlikdan
Subhonqulixon huzuriga kelishib, unga umrlarini oxirigacha xizmat qilishga rozi
bo’lishadi. Shundan so’ng xonga elchi yuborib, son-sanoqsiz in’omlar yuborgan
holda itoatliklarini ifodalashadi. Hattoki Bek-Qulibiy otaliq va boshqalar ham xon
huzuriga kelishib, uning xizmatiga kirishadi. Shu tariqa Subhonqulixon Andijon va
Turkistondan Xinjon va Badaxshongacha bo’lgan o’lkalarni bo’ysundiradi hamda
ularning obodonchiligiga e’tibor qaratadi. Adolatli qonun o’rnatib xalqi va
dehqonlarini xursand qiladi, shariat qonunlariga hurmat ko’rsatadi. Qo’lidan ish
keladigan har bir erkak kishiga naqd pul beradi, marhamat ko’rsatib ot sovg’a
qiladi, ba’zilariga tunlar kiydiradi.
20
IV fasl. Subhonqulixonning Amudaryodan o’tishi (xorazmliklarning
Movarounnahrdan ketganidan keyin oliy hazrat xizmatkorlari ishtirok etgan
voqealar haqida)
15
Xorazmliklar Buxoroni qurshab olishganida Subhonqulixonning o’g’li Siddiq
Muhammad otasiga yordamga kelish umidini amalga oshirmaydi. O’zining bir
qancha g’ulomlari so’zlariga quloq tutib, Amudaryoga qaytib Balx qal’asiga kirib
keladi. U g’ulomlarining sotqinligi haqida bilmasdi, xorazmliklarning harakatiga
hatto e’tibor ham bermadi. Subhonqulixonni ranjitgan yana bir holat shu bo’lganki,
Anushaxon Subhonqulixon tomonidan mag’lubiyatga uchrab, Xorazmga
qaytganida Siddiq Muhammad g’iybatchilar gapiga quloq solib Hindistonga
Hasanxo’jani yuboradi. Shuningdek, Siddiq Muhammad xon xizmatkorlariga
nisbatan ham yomon munosabatda bo’ladi.
Bu xabar Subhonqulixon qulog’iga yetib borgach, “Bu arzimas harakatdan
nizolar kelib chiqmasligi kerak; qo’zg’olon olovi yonishidan oldin biz Balx tomon
yo’l olishimiz darkor” deya xizmatkorlar xitob qilishadi. Yo’lga otlanisharkan, xon
Mir Ashraf qutvolga qo’shinning daryodan o’tishidan oldin yetib borishini va Kalif
qal’asiga kirib borishni buyuradi, zero Siddiq tarafdorlari Movarounnahr
qo’shiniga qarshilik ko’rsatishmasin.
Buxoro qo’shinlari daryoni ko’rib, undan gubsarlar yordamisiz kechib
bo’lmasligini tushunib yetgach, sarosimaga tushishadi. Subhonqulixon ularning
sarosimaga tushganlarini ko’rib, kechib o’tish ishlari bilan shug’ullanishni
buyuradi. Keyingi kuni tongda Subhonqulixon o’zining yaqin kishilari Yayloq
qushbegi, Xo’jamberdi miroxo’r saroy bilan daryoning narigi tomoniga o’tadi.
Daryodan o’tib bo’lgach, Balx shahriga yo’l olishadi. Bu vaqtda Muhammad
15
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 114-181-b.
21
Siddiq hukmdorning yurishi haqida bilib oladi. Ba’zi g’iybatchilar gapiga quloq
solib, xonga itoat etishdan bosh tortadi. Balx darvozalarini bekitib, qurollanishga
tayyorgarlik ko’radi. Subhonqulixon esa darvozalarning bekitilganini bilib,
qurollarning ovozini eshitgach, o’g’liga xat jo’natadi. Xatni harbiy turklarning
otliq qo’shini boshlig’i Qilichbiy dodxox topshiradi. Shuningdek, unga qo’shib
xoja Muhammad Amin kitobdorni qo’shib jo’natadi. U Siddiq Muhammadni
o’zining yumshoq tili bilan yovuzlik olovini o’chirishga harakat qiladi. Shundan
so’ng Muhammad Amin Subhonqulixonning Balxdagi amirlari bilan ittifoq tuzadi.
Shunda Siddiqxon kutilmaganda o’z amirlari bilan otasining huzuriga keladi va
shaharga kirib, arkda qolishga ko’ndiradi. Xon Siddiqning xizmatkorlariga
marhamat ko’rsatib, Siddiq Muhammadni o’z yoniga o’tqazadi.
Oliy hazratlari ehtiyot choralari yuzasidan darvozalar oldida Tangriberdibiy
parvonachini qoldirib, chap va o’ng qanot qo’shinlarini qo’yib yuboradi hamda
Siddiq bilan do’stona munosabatni o’rnatib, yo’lga chiqadi. Ammo shoh
xizmatkorlaridan biri Subhonqulixonga o’g’lining otasini oldidagi qo’rquvni deb
ayyorlik bilan otasiga qarshi chiqmoqchiligini aytadi. Subhonqulixon ushbu
yolg’onga ishonib, o’g’liga nisbatan boshqacha yo’l tutadi. O’z navbatida Siddiq
ham buni bilgach, ortiga qaytadi. Yayloq qushbegi, Turumtoybiy, Xo’jamberdi
miroxo’r va boshqalar esa Siddiq ketidan borib uni o’rab olishadi va xon huzuriga
keltirishadi. Xon aybdorlarni jazolab, Muhammadjonbiy yuzga Balx boshqaruvini
topshiradi. Shu orada xon yuragida Buxoroga qaytish istagi tug’ilib, yo’lga
chiqadi.
Keyinchalik o’sha davrda ro’y bergan voqealar haqida hikoyalar berib o’tiladi.
Masalan, Samarqandni boshqarayotgan va o’sha davrning dongdor kishilaridan biri
bo’lmish Olloyorbiy devonbegi durman hamda uning boshiga g’am tushgani
haqida, ya’ni o’g’illaridan biri bo’lgan Qalandarbekning jangda og’ir jarohatlanib,
so’ng esa jon berganligi haqida gapirib o’tiladi.
22
Yana bir hikoyada esa xonga va davlat ishlariga xiyonat qilishga qodir
bo’lmagan G’oyib Nazarbiy saroy to’g’risida so’zlab o’tiladi.
Bir qancha hikoyalardan so’ng muhim voqea sifatida asar muallifi
Samandarxo’janing o’zidek bir kasb egasi bo’lgan Mirza Yusuf bilan har doim
yuzma-yuz ko’rishmasa ham, ammo bir-birlari bilan xat-xabar jo’natishgani, bir-
birlarini bo’lib o’tayotgan voqealardan xabardor qilishgani to’g’risida beriladi.
Asar davomida Nasaf viloyatida bo’lgan bir qozi haqida hikoya berib o’tiladi. U
zo’ravonlikni ifodalaydigan mayda gaplari ila qozilik ishlarini olib borarkan,
adolat tushunchasini johillik, odobsizlik pardasi ortida yashirardi. Uni qozi Badi’
deb atashardi.
Xo’ja Samandar ham bir vaqtlar Nasaf viloyatida yashaganida ikkita
qo’shnining kelishmovchiligi ustidan chiqib qoladi. Ya’ni muallif bir tojik bilan
qo’shni bo’lib yashaganida uning faqat bitta eshagi bilan oilasini boqayotganini
aytib o’tadi. Ammo bir kuni Qarshida yashaydigan bir turk kelib, eshakni
ko’rgach, eshagining noqonuniy ekanligi hamda uning aslida turkka tegishli
ekanligini aytadi. Shu tariqa ikkalasi bir eshakni deb urushib qolishadi. Shunda
turk qozi Badi’ oldiga borish taklifini beradi. Ular qozi huzuriga borisharkan,
ikkalasi alohida ikki yo’ldan borayotib, qozi oldiga kelganda esa ikki tomondan 10
tangadan pora berishadi. So’ng qozi bo’lib o’tgan voqeani so’zlab berishlarini
so’raydi. Voqeani eshitib bo’lgach, eshakni o’zining g’ulomi Mushkobga berib,
evaziga 10 tanga olishni hamda eshakka egalik qilishdan voz kechishlarini
so’raydi. Aks holda ularni jazolashlarini aytib o’tadi. Arz qiluvchilar unga yana
pora berishlarini aytishsa ham baribir qozi hech qaysi gapga ahamiyat bermaydi.
Oxiri ular eshakni berishga rozi bo’lib ketishadi. Keyingi hikoyalarda esa uning
kutilmaganda qilmishiga yarasha jazo sifatida kasal bo’lib vafot etishi beriladi.
23
2.2. «Dastur ul-muluk» asarida berilgan muhim ma'lumotlar
“Dastur ul-muluk”da Buxoro xonligida 1092/1681 dan 1106/1694-95-yillar
oralig’ida sodir bo’lgan voqealar xronologik davomiylikda tasvirlangan. Biroq
shuni qayd etish lozimki, ushbu asarda bu yillarda muallif ko’rgan yoki eshitgan
barcha voqealar ham o’z aksini topmagan. Masalan, “Muhit at-tavorix” va “Tarixi
Muqimxoniy” ma’lumotlariga ko’ra, Balx hukmdori bo’lgan Subhonqulixon
o’zining hukmdor akasi Abdulazizxonning hajni amalga oshirish niyati haqida
eshitib, qo’shini bilan Buxoroga yo’l oldi va Qarshini egallagach, xon bilan
muzokaralar olib bordi. Lekin “Dastur ul-muluk”da bu haqida tilga olinmaydi.
Xoja Samandar esa bu haqida eshitmasligi mumkin emas, chunki bundan oldin u
xorazmliklarning Buxorodan quvg’ini davrida Abdulazizxon huzurida bo’lgan.
Shunday fikrga kelish mumkinki, o’z asarini Subhonqulixonga bag’ishlagan Xoja
Samandar atayin bu haqida yozmagan
16
.
“Dastur ul-muluk”da quyidagi siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni
Anushaxonning Buxoro xonligining markaziy shaharlariga bosqini (1092/1681,
1095 – 1097/1683 – 1686), Subhonqulixonning Balxga ikki marta yurishi
(1096/1685 va 1104/1693), Subhonqulixon qo’shinining Xurosonga Bolo-Murg’ob
qal’asini egallash uchun yurishi (1100/1688 – 89), isyonkor rahbarlarning
Subhonqulixonga qarshi g’alayoni va shu bilan bog’liq Xiva xoni Anushaxonning
o’g’li Erengxonning Qorako’l shahrining tumanlariga hujumi. Mazkur voqealar
yuqoridagi “Muhit at-tavorix” va “Tarixi Muqimxoniy” tarixiy asarlarida o’z
aksini topgan. Biroq, Xoja Samandar bu asarlarda yozilmagan ko’plab aniqliklarni
keltirib o’tadi. Shuningdek, Xiva xoni Anushaxonning Buxoroga 1092/1681-yili
bosqini hamda uning Abdulazizxon tomonidan bu shahardan quvg’in qilinishi
nafaqat “Dastur ul-muluk”da, balki “Tarixi Muqimxoniy” va “Muhit at-tavorix”da
16
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 9-b.
24
juda batafsil yoritilgan. Ammo bu vaqtda Abdulazizxon huzurida bo’lgan Xoja
Samandar keltirib o’tgan ma’lumotlaridan biz Buxoroning xorazmiklarning
hujumiga qarshi yaxshi himoyalanmaganligini hamda Abdulazizxon tarafida
bo’lmish kurash ishtirokchilari haqidagi ko’plab ma’lumotlarni, shu bilan birga
yuqoridagi tarixiy asarlarda bo’lmagan bir qator aniqliklarni bilib olishimiz
mumkin
17
.
Boy asl material “Dastur ul-muluk”ning 21-bobidagi ikkinchi va uchinchi
qismlarida ifodalangan bo’lib, ularda muallif Anushaxonning Buxoro xonligining
asosiy shaharlariga 1096 – 1097/1684 – 1686-yillardagi bosqini haqida gapirib
o’tadi. “Tarixi Muqimxoniy”da bu voqealarga kam joy ajratilgan. “Muhit at-
tavorix”da esa material ko’p bo’lsa ham, ammo “Dastur ul-muluk”da keltirilgan
ma’lumotlarga qaraganda ancha kam. Xoja Samandar tomonidan Anushaxonning
Buxoro xonligidagi ittifoqdoshlari, so’nggi bor Shahrisabzning egallanishi, uning
Qarshini egallash yo’lidagi urinishi va bir qator harbiy harakatlar to’g’risida
bergan ma’lumotlari yuqorida tilga olingan tarixiy manbalarda butunlay
uchramaydi.
Muallif
1100/1688
–
89-yilgi
voqealar,
shuningdek
Subhonqulixonning Balxga yurishi hamda Bolo-Murg’ob qal’asini egallash uchun
qo’shinining yurishini yozganda boshqa manbalarda uchramaydigan qiziq
ma’lumotlarni keltirib o’tadi.
Ko’rib chiqilayotgan davrda Buxoro xonligining ichki vaziyatini tavsiflash
uchun “Dastur ul-muluk”da boshqa manbalarda uchramaydigan ko’plab qimmatli
ma’lumotlar mavjud. Ulardan ba’zilarini qayd etamiz.
Muallif so’zlariga ko’ra, Abdulazizxon Kerminga otlanayotib (1092/1681-yil),
Buxoro mudofaasini o’zining nufuzli amirlaridan biri – Iskandarbiy saroyga
ishonib topshirdi. Uning qo’shinlari o’z majburiyatlarini unutib, maishatga berilib
17
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 9-b.
25
ketishadi va xorazmliklar Anushaxon rahbarligida shaharga bostirib kirishga
hamda Buxoroda talonchilik ishlarini qiyinchiliksiz amalga oshirishga muvaffaq
bo’ladilar. Abdulazizxon Buxoroni xorazmliklar bilan jang olib borib qo’lga
olgach, Iskandarbiyni jazolamoqchi bo’ladi. Lekin niyatini amalga oshira olmadi,
zero Iskandarbiy himoyasida uning ikkita qudratli qabiladoshlari bor edi: Qorako’l
hukmdori Olloyorbiy saroy va Chorjo’y hukmdori G’oyib Nazarbiy saroy.
Keltirilgan fakt markaziy xon hukumatining qudratli qabila zodagonlariga bog’liq
bo’lganligiga dalil bo’lib xizmat qiladi.
Shu o’rinda qayd etib o’tish lozimki, muallif o’sha vaqtda Joniylar davlatida
saroy qabilasining vaziyatini xarakterlaydigan bir qator ma’lumotlarga ega
bo’lgan. Xoja Samandarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, saroy qabilasidan biylar
yuqori mansablarni egallashgan, mamlakatda muhim ishlarda ishtirok etishgan.
Masalan, Abdulazizxon davrida miroxo’r lavozimini Masumbiy saroy olgan edi, u
1106/1694 – 95-yillarda xorazmliklar bilan jangdagi xizmatlari uchun
Subhonqulixon tomonidan Qarshi viloyatining hukmdori etib tayinlangan.
Subhonqulixon hukmronligi davrida yuqorida eslatib o’tilgan Olloyorbiy saroy,
G’oyib Nazarbiy saroy otaliq lavozimini egallashib, harbiy boshliqlar etib
tayinlangan edilar, jumladan G’oyib Nazarbiy saroy Bolo-Murg’obga yurishda
qo’shinga boshchilik qilgan
18
.
Xoja Samandarning Buxoro xonligidagi ko’chmanchi va o’troq zodagonlarining
xonlikning tashqi dushmani – Xiva bilan aloqalarini ko’rsatuvchi faktlari juda
qiziqdir. Subhonqulixonga qarshi chiqqan hamda Xiva xoni Anushaxondan
yordam so’ragan va uni Buxoro xonligi shaharlariga yurishga ikki bor undagan
Samarqand hukmdori Xo’jaqulibiy o’tarchi haqida gapirib o’tiladi.
18
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 9-10-b.
26
Xoja Samandarning asarida bir qator faktlar borki, ular xon hokimiyatining
taqdiri, xalqlarning huquqlari poymol etilgan holatlari haqida mulohaza yuritish
imkonini beradi. Bu borada aholiga soliqlar va yig’imlar solgan, suv taqsimotida
zolimlarcha munosabatda bo’lgan Subhonqulixon vaziri Mirzo Bekler haqidagi
hikoya e’tiborni tortadi, uning bu ishlari natijasida mamlakatdagi ahvol yomon
holatda bo’lib, dalalardagi ekinlarga zarar yetkazildi, odamlar qashshoq holatga
tushib qolishdi. Bu yerda aholini soliqlar (merosiy mulkka soliq, nikoh munosabati
bilan bog’liq soliq va boshqalar) va yig’imlarga tortgan Qarshi shahrining qozisi
Badi’ haqidagi hikoyalarni keltirib o’tish mumkin.
Mansabdor shaxslar o’rtasidagi poraxo’rlikning keng tarqalishi haqida ayniqsa
Qarshi shahar qozisi Badi’ to’g’risidagi hikoya guvohlik beradi. Badi’ keyinchalik
o’zining Subhonqulixonga xiyonati uchun Anushaxon hukmronligi davrida
Samarqandda nafaqat jazolanmadi, balki pora bilan qayta qozi etib tayinlandi va
ushbu lavozimi bajarayotib o’zi pora olgan. Shuningdek, muallif har qanday pora
evaziga istalgan kishiga yaxshi tavsiyanoma bergan yuz qabilasining qudratli
amirlaridan biri haqida ham aytib o’tadi
19
.
19
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 11-12-b.
27
Xulosa
“Dastur ul-muluk” asari uzoq vaqt davomida etika-didaktik asar sifatida ko’rib
kelingan edi. Ammo XIX asrning oxirida uning Buxoro xonligining XVII asr
so’nggi choragidagi muhim voqealarni o’z ichiga olgan tarixiy manba ekanligi
tasdiqlandi.
Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari Buxoro xonligining XVII
asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari
o’rtasidagi siyosiy munosabatlarni o’rganishda katta ahamiyatga ega. Asarda
o’zaro kurashlar, oily martabali mansabdorlar orasida keng tarqalgan buzuqlik,
poraxo’rlik, zulm va mehnatkash xalqning og’ir ahvoli haqida qimmatli
ma’lumotlar mavjud. “Dastur ul-muluk”da o’zbeklarning etnik tarkibi haqida ham
muhim dalil va ma’lumotlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Xoja Samandarning
asarida bir qator faktlar borki, ular xon hokimiyatining taqdiri, xalqlarning
huquqlari poymol etilgan holatlari haqida mulohaza yuritishga sabab bo’la oladi.
Ushbu asar nafaqat Buxoro xonligining XVII asrda bo’lib o’tgan siyosiy
voqealarni, balki ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni ko’rib chiqish imkonini
beradi.
“Dastur ul-muluk”ning 21-bobini tashkil etuvchi ikkinchi katta tarixiy qismi
Buxoro xonligi tarixini o’rganishda muhim hisoblanib, unda muallif davridagi
voqealar bayoni o’z aksini topadi va qolgan boblardan farqli asl hisoblanadi.
“Dastur ul-muluk”da Buxoro xonligidagi 1092/1681 dan 1106/1694-95-yillar
oralig’ida sodir bo’lgan voqealar tasvirlangan. Biroq ushbu asarda bu yillarda
muallif ko’rgan yoki eshitgan barcha voqealar ham ifodalanmagan. Bunday
voqealar bayonini unga zamondosh bo’lgan boshqa mualliflarning asarlaridan,
jumladan Muhammad Aminning “Muhit at-tavorix” va Muhammad Yusuf
Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” kabi mashhur tarixiy asarlardan topish
mumkin.
28
Xulosa qilib aytganda, Xoja Samandarning “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy
qismi biz uchun ikki munosabatlarda muhim: bir tomondan, unda boshqa
manbalardagi ma’lumotlarni to’ldiruvchi O’rta Osiyoning XVII asr oxiri tarixi
bo’yicha qimmatli ma’lumotlar mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan unda o’sha davr
Buxoro jamiyatining (to’g’rirog’i birinchi nabatda yuqori jamiyat) turmush tarzi
hamda urf-odatini yorituvchi asl faktlar keltirib o’tiladi.
29
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. Salohiddinova M. A.ning fors
tilidan qadimgi qo'lyozma faksimilesi. M.: «Nauka», 1971 (rus tilida)
2.
Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Darslik. T.: O'zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2008
3.
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. VIII tom. T.: O'zbekiston Milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |