Masala. O‗ylagan sonni topish. Talabalarga ixtiyoriy sonni o‗ylash va u bilan
quyidagi amallarni bajarish talab etiladi:
1. O‗ylagan son beshga ko‗paytirilsin.
2. Ko‗paytmaga bugingi sanaga mos son (yoki ixtiyoriy boshqa son) qo‗shilsin.
3. Xosil bo‗lgan yig‗indi ikkilantirilsin.
4. Natijaga joriy yil soni qo‗shilsin
Ravshanki, talaba o‗ylagan son matematik fokusga mos model yordamida aniqlanadi.
Masalani rasmiylashtiramiz: x - o‗quvchi o‗ylagan son; u - xisoblash natijasi;
N-sana; M –joriy yil.
Demak, olib boruvchining ko‗rsatmalari:
U=(x5+N)2+M
18
Formula orqali ifodalanadi. Ushbu formula masalaning matematik modeli
bo‗lib xizmat qiladi va x o‗zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi.
Tenglamani yechamiz:
X=(u-(M+2 N)) /10
Ushbu formula o‗ylagan sonni sonni algoritmini ko‗rsatadi.
Yana bir oddiy misolni qaraymiz. Oddiy yozuv stoli yuzasi maydonini aniqlash
kerak bo‗lsin.Odatda buning uchun eni va uzunligi o‗lchanib, keyin olingan sonlar
ko‗paytiriladi. Bunday oddiy prosedura aslida quyidagicha belgilanadi: real obe‘kt
(stol yuzasi) abstrakt matematik model - to‗rtburchak bilan almashtiriladi.
To‗rtburchak yuzasi izlanayotgan stolning taqribiy yuzasi deb qabul qilinadi.
Shunday qilib, matematik modelni tuzishda qaralayotgan obekt, jarayon yoki
tizimning o‗ziga xos xusisiyatlarini ko‗proq xisobga olish kerak chunki, bu
yechiladigan masala aniqliligiga bo‗lgan talablardan kelib chiqadi. Odatda murakkab
matematik model xam masalani yechishning murakkabligiga olib keladi.
Modellashtirish uchun modelni yaratish va uni tadbiq etish zarur. Model
yaratishdan avval modellashtirish maqsadi aniqlanadi.Tadbiq etilgandan so‗ng
modellashtirish natijalari taxlil etiladi. Modelni yaratish bir necha bosqichlardan
iborat. Bu obe‘ktni va tashqi tasirlarni o‗rgatishdan boshlanadi va matematik modelni
tanlash yoki ishlab chiqish bilan yoki xisoblash sistemalari uchun dastur ishlab
chiqish bilan tugaydi.
Ba‘zi bir matematik modellar xisoblash texnikasi vositalarsiz tadbiq etilishi
mumkin, ammo kelgusida tidbiq etilgan modellar albatta xisoblash texnikasi
yordamida tadbiq etiladi. SHunday qilib, xisoblash sistemalari yordamida o‗tkazilgan
modellashtirish jarayoni quyidagi kengaytirilgan bosqichlardan iborat: maqsadni
shakllantirish, obektni o‘rganish, tavsifli modellashtirish, matematik modellashtirish,
masalani yechimini topish kompyuter usulini tanlash yoki ishlab chiqish, kompyuter
uchun dastur tayyorlash, kompyuterda dastur o‘tkazish, olingan modellashtirish
natijalarini taxlil qilish va yechim qabul qilish.
Obektlarni (jarayonlarni,xodisalarni) modellashtirish bosqichlari:
19
Do'stlaringiz bilan baham: |