Mavzuning dolzarbligi Pedogogik texnologiya o`quvchilarning chuqur bilimlar olishlarining qator imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularga o`z fikrini himoya qilish ko`nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlarga o`rgatib, ularni hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda hal qilish tajribalarini singdiradi. Pedagogik texnologiyani faol tadbiq etish hisobiga ta`lim jarayonining rag`bati kuchayib boradi.
Prezidentimiz I. Karimovning “Asosiy va vazifamiz- vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. Asarida keltirilganidek “Bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi sohasida mamlakatimiz oldidi o`zining miqyosi va qamroviga ko`ra ulkan vazifalar turibdi.
Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini ta`minlash, shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch osoyishta hayotni saqlash kabi bir-biridan ma`suliyatli va keng ko`lamli bir qator vazifalar borki, yer yurtimizning jondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga bog`liqdir.
Yurboshimiz tashabusi bilan 2010 yilni “Barkamol avlod yili”deb e`lon qilindi va ushbu munosabat bilan bir qancha maqsad va vazifalar belgilab olindi. “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog`lom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo`lgan uyg`un rivojlangan insonlar bo`lib, XX1 asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz.
I. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiatga doir ilmiy tushunchalar bilan shakllantirishning nazariy asoslari.
O`quvchilarga tabiatshunoslikni o`rgatib borish bilan o`qituvchi ularni ta`limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo`lgan bilim, o`quv va ko`nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko`ra tabiatshunoslikni o`qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
Tabiat bilan to`g`ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida go`zallikni his etishni boyitadi va chukurlashtiradi, ularda o`z harakati va ishini o`zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas`uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o`rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi oldida quyidagi vazifalar turadi:
umumiy ta`lim va kompleks tarbiya sistemasida tabiatshunoslikning o`quv predmeti sifatidagi ahamiyati va o`rnini aniklash;
tabiatshunoslik materiallarini tanlash va birlashtirish (sintez qilish);
uning ta`lim hamda tarbiyaviy vazifalarini aniqlash.
Boshlang`ich maktabda tabiatshunoslikni o`qitish tabiat hayotidagi ayrim narsa - hodisalar va o`simliklar, hayvonlar hamda odamning tashqi xususiyatlari bilan tanishtirishdangina iborat emas. Tabiatshunoslikni o`qitish jonli va jonsiz tabiatning har xil ob`ektlari o`rtasidagi, jonli tabiat bilan odamlar mehnati o`rtasidagi o`zaro aloqalarni kichik yoshdagi maktab o`quvchilari tushuna oladigan shaklda ochib berishi, jonajon tabiatga muhabbatni, uning boyligini qo`riqlash va ehtiyotlik bilan foydalanish istaklarini tarbiyalashi kerak.
Boshlang`ich maktab tabiatshunoslik kursi tabiat hodisalarining keng doirasini qamrab oladi, shu munosabat bilan ba`zan o`rganilayotgan hodisalar bilan o`zaro bog`liq holda kuzatishlar olib borish qiyin bo`ladi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni dastlab o`rganish uchun ob`ektlar tanlashda quyidagilarni: o`quvchilarning yosh xususiyatlarini, o`rganilayotgan materialning tushunarli bo`lishini, uning ta`limiy va rivojlantiruvchi ta`sirini, o`lkashunoslik materiali bo`lishini, olingan bilimlarni maktab jonli tabiat burchagi va o`quv-tajriba uchastkasidagi ishlar bajarilishida foydalanish imkoniyatini hisobga olish zarur.
Barcha ta`lim va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi metodlarning to`g`ri tanlanishiga bog`liq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi o`quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bo`lmaydi, tirik organizmlarni bevosita o`rganmasdan turib o`simlik va hayvonlar hayotini tushunib bo`lmaydi, o`simliklarni o`stirish va hayvonlarni parvarish qilish bo`yicha amaliy ishlar bajarilmasdan qishloq xo`jalik mehnatining amaliy o`quv hamda ko`nikmalarini hosil qilib bo`lmaydi.
1986 yildan boshlab to`rt yillik boshlang`ich ta`limga o`tish munosabati bilan boshlang`ich maktab uchun, atrof olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo`yicha dasturlar hamda «Atrof olam bilan tanishtirish» va «Tabiatshunoslik» kurslari bo`yicha o`quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo`llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik tsikli bo`yicha o`quv kompleksi sistemaliligi, mazmunni rivojlantirilishi, sinfdan-sinfga o`tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib va kengaytirib borilishi, tuzilishga yagona yondashish, strukturaning vorisligi bilan ta`minlangan.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o`rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o`quvchilarda tabiat to`g`risida, o`z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to`g`risida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O`quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o`zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog`liq ekanligini ko`rsatish g`oyat muhimdir.
SHu talablarga ko`ra kichik yoshdagi o`quvchilarga:
jonli va jonsiz tabiat to`g`risida aniq bilimlar berish, ylarning o`zaro bog`liqligini ochib berish;
odam organizmi va uning salomatligini saqlash to`g`risida ma`lumotlar berish;
tabiatda kuzatishlar o`tkazish o`quvi va ko`nikmalari bilan qurollantirish;
tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini ko`paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.
Umum ta`lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo`nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o`zgarishlar ko`rsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o`quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiena tarbiyasiga e`tiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o`quvchi gigiena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o`z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Tabiatshunoslikni o`qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go`zallikni tushunishni tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta`lim va tarbiyaga tarbiyalovchi ta`lim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta`limning tarbiyalovchilik harakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o`qitish o`qituvchiga o`quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik bo`yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalarini aks ettiradi.
O`quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, o`quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o`zlashtirish jarayoni bilan bog`liqdir.
Shu munosabat bilan ham tabiatshunoslikni o`qitish o`qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni o`qitishda og`zaki, ko`rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko`proq qo`llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo`yicha mashg`ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o`yinlar, o`lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog`lamoq zarur.
Bularning hammasi o`qituvchiga tabiatshunoslik bo`yicha o`quvchilar bilan shug`ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta`sir ko`rsatishga ham imkon beradi. Boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni o`qitishning maqsadi — botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, jo`g`rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslik darslari — bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o`quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy va ma`naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o`qituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda «Maktab xodimlari mehnatiga hurmat», «Maktaboldi uchastkasidagi ishlarda qatnashish», «Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari»; 2-sinfda «Kun tartibidagi mehnatning turlari», «Maktab mulkiga ehtiyotlik munosabati», «Xona o`simliklarini parvarish qilish», «Qurilishlarda, zavod va fabrikalarda ishlovchi odamlarning kasblari», «Mavsumlar bo`yicha maktaboldi uchastkasidagi ishlar»; 3-sinfda «Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo`yicha odamlar mehnati», «Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)», «Dalada, borda, polizda odamlar mehnati», «Maktaboldi uchastkasida odamlar mehnati», «Foydali qazilmalarni olish»; 4- sinfda «CHo`llarda, dashtlarda, o`rmonda, tog`larda, tundrada odamlar mehnati», «Yer osti boyliklari, suv, havo, o`simliklar, hayvonlar muhofazasi bo`yicha odamlar mehnati» mavzularidir. Shunday qilib mehnat mavzusi o`quvchilarning tarbiyasida katta o`rin egallaydi.
Tabiatshunoslik o`zining mazmuni va metodlari bilan o`quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Tabiiyot — dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunoslik darslari o`quv materiali mazmunini yetkazishning o`ylab chiqilgan metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimlar yig`indisini faqat esda qoldirish bo`lib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo`lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulq-atvorda namoyon bo`lishi kerak. Bunda birinchi o`ringa tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi chiqariladi.
Bu vazifalarni osonlashtirish uchun ko`rgazmali materiallardan, diafilmlardan, markaziy va mahalliy davriy matbuot materiallaridan, kino va telefilmlarni (ularning o`qituvchi bilan birga ko`rganlaridan keyin) muhokama qilishdan, Mehnat Veteranlari, mashhur paxtakorlar, chorvadorlar, ishlab chiqarish ilg`orlari to`g`risida hikoya qiluvchi kitoblardan, stendlardan keng ko`lamda foydalanmoq lozim.
Tabiatshunoslik vositasida amalga oshiriladigan kompleks tarbiya faqat darslardagina emas, balki o`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlarida (ekskursiya, sinfdan tashqari mashg`ulot, maktaboldi uchastkasidagi ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda rejalilikni talab qiladi.
Jonajon o`lka tabiati — daryolar, tog`lar, o`rmon massivlari to`g`risidagi matnlarni o`rgana turib, mamlakat hamda jumhuriyatning xalq xo`jaligi uchun ularning ahamiyatini ta`kidlab o`tish zarur. Bunday ma`lumotlar vatanparvarlik hissini, Vatan bilan iftixorlanishni tarbiyalaydi va o`quvchilar tarbiyasida muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |