II-BOB. AVTOSALON MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH VA YARATISH
2.1. Avtosalon ma`lumotlar bazasini infologik modeli
Loyihalashtirilayotgan ma`lumotlar bazasida avtomobillar, yetkazib beruvchilar, xodimlar, guruh nomlari, to`lovlar, foydalanuvchilar, to`lov qiymatlari, xaridor, to`lov muddatlari haqida ma`lumotlarini saqlaymiz. Mohiyat-aloqa modelidan foydalanib, quyidagi mohiyatlar aniqlandi: foydalanuvchi, tashkilot, avtomobil, avtomobil modifikasiya, yetkazib beruvchi, xodimlar, to`lovlar, to`lov qiymatlari, to`lov muddatlari, model, davlat, status, rang, aloqa, inson, lavozim, model.
Foydalanuvchi mohiyati. Ro`yhatga olingan foydalanuvchilar haqidagi quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: Foydalanuvchi tartib raqami, familiya, ism sharifi, foydalauvchi logini va paroli, foydalanish huquqi belgilash.
Tashkilot mohiyati. Avtosalon haqidagi quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: Avtosalo tartib raqami, nomi, manzili, telefon, faks, e-mail, bank rekvizeti, inn, mfo.
Avtomobil mohiyati. Avtomobillar haqidagi quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: tartib raqami, nomi ,marka, rangi, kelgan kuni, narxi, xaridor, avtomobil modifikasiya, mijoz, yetkazib beruvchi mohiyati bilan bog`lanish uchun tartib raqam.
Modifikasiya mohiyati. Avtomobil haqida batafsil quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: tartib raqam, avtomobil tartib raqami avtomobil bilan mohiyat bilan bog`lanish uchun, nomi, uzunligi, kengligi, balandlik, og`irligi, uzatish turi, maksimal tezligi, dvigitel turi, dvigitel hajmi, yoqilg`i turi, yoqilg`i sarfi.
Xodimlar mohiyati. Avtosalon xodimlari haqida quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: tartib raqam, Familiya , Ismi, Sharifi, tug`ilgan sanasi, ishga kirgan vaqti, sih haqi, aloqa tartib raqami aloqa mohiyati bilan bog`lash uchun, lavomiz tartib raqami lavozim mohiyat bilan bog`lash uchun
Yetkazib beruvchi mohiyati. Avtomobillarni yetkazuvchilar haqida quyidagi ma`lumotlar saqlaydi: Yetkazuvchi tartib raqami, nomi, manzili, bank rekvizetlari, inn, mfo, telefon raqami, faks, avtomobil mohiyati bilan bog`lanish uchun bilan bog`lanish uchun tartib raqam.
Status mohiyati. Avtomobil holati(sotilgan, olib kelayotgan, sotib olinayotgan ) quyida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, status nomi.
Lavozim mohiyati. Xodimlar lavozim nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, lavozim nomi.
Aloqa mohiyati. Aloqa ma`lumotlari haqida quyidagi ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, telefon, manzil, faks, e-mail inson tartib raqami xodim va mijozlar mohiyatlari bilan bog`lash uchun.
Model mohiyati. Avtomobil modellari nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, model nomi.
Rang mohiyati. Avtomobil ranglari nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, rang nomi.
To`lov turi mohiyati. To`lovlar turi nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, to`lov nomi.
Davlat mohiyati. Davlat nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, davlat nomi.
Mijoz mohiyati. Mijozlar haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, familiya, ismi, sharifi, inson tartib raqami inson mohiyati bilan bog`lanish uchun, avtomobil tartib raqami avtomobil mohiyati bilan bog`lanish uchun.
To`lov mohiyati. To`lovlar haqida quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: Tartib raqami, to`lov summasi, to`lov raqami,to`lov qilingan sana, banki, to`lov turi, plastik kartaning egasini familiya va ismi xaridor mohiyati bilan bog`lanish uchun tartib raqam.
To`lov muddati mohiyati. To`lovning muddatlari bo`yicha quyidagi ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, muddati, to`lov turi, xaridor mohiyati bilan bog`lanish uchun tartib raqam.
Infologik modelni grafik ko`rinishini quyidagi rasmda ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |