Shartgabo`ysunishikerak ,bundagi m-interferensiyatartibi , ya`niinterferensiyalashuvchito`lqinlar L yo`lfarqining l ganisbati.To`lqinuzunlikdanko`ra , ungateskaribo`libchastotaning 2πc ganisbatiga
ῳ/2πc=1/λ
tengbo`lganvkattalikqulay ; bukattalik sm-1bilanifodalansa , ya`ni
∆v< 1/L (1)
Demak ,nurlanishspektrning sm-1 bilanifodalangankengligiyo`llarfarqiningteskariqiymatidankichikbo`lishikerak (anchakichikbo`lsayana ham yaxshi).Bu shartningfizikmazmuniravshandir:kvazimonoxramatiknurlanishnitashkiletgansuglarning (nurlanishkogerentligining) 1/∆v gatengbo`lganuzunligi L yo`llarfarqidan kata bo`lishikerak , shundabirsuggategishlitebranishlargologrammatekisligidainterferensiyalashadi.
Golografikinterferometriya
Golografiyaning fizik prinsplarni bayon qilishni tugallфyotib , kuzatilayotgan buyum haqida elektromagnit maydon eltadigan informatsiyani qayd qilishning bu usuli asosida yotgan mulohazalarni yana bir marta bayon qilib o`tamiz. Bizni amplituda va fazalarning maydondagi taqsimoti o`z ichiga olgan informatsiya qiziqtiradi.Buyum to`lining maydoni bilan unga kogerent bo`lgan tayanch to`lqinning maydoni superpozitsiyadan vujudga kelgan maxsus interferension manzarada intensevlik taqsimoti fotosuratga olish o`rganilayotgan to`lqin maydoni eltadigan to`la informatsiyani qayd qilishga imkon beradi.Gologramma foto qatlamidagi qorayishlar taqsimotida yorug`lik keying defraksiyasi buyumning to`lqin maydonini tiklaydi va kuzatilayotgan buyum yo`q bo`lganida shu maydonni o`rganish imkonini beradi.
Gologramma qayd qiladigan ko`p mustaqil ma`lumotlar gologramma strukturasining favqulotta murakkab bo`lishidan bilnadi.Ammo gologramma strukturasi tasodifiyligi haqida xulosa albatta subyektiv bo`lib , bu subyektiv xulosa ko`rish apparatining gologrammadan , unda murakkab shaklli buyum haqida to`plangan tamomila muntazam va qonuniy ma`lumotni ajratishga noqobil ekanligi bilan ham bog`liq bo`ladi.Bunga qarama-qarshi ravishda sferik to`lqin gologrammasining halqali strukturasida ko`z birinchi qarashdayoq umumiy qonuniyatni payqab oladi va bunday gologramma to`g`ri shaklda ko`rinadi.Ammo gap birinchi tajribada to`lqinning sferikligini qayd qilish to`grisida emas, balki uning egalik radiusini aniq o`lchash haqida yoki to`lqin frontining sferik shaklda noz chekinishlarini o`rganish haqida ketsa , u holda ham tegishli xulosa chiqarish qiyinlashishi , buning uchun ko`p ma`lumot talab qilish mumkin.
Sferik to`lqin misolida manbai haqida gologramma qayd qilgan ma`lumotlarni gologrammaning o`zini bevosita ishlash , ya`ni halqalar radiusini o`lchash yo`li bilan olish mumkin.Murakkabroq hollarda , masalan , shaxmat donalarining gologrammasida bunga urinish muvaffaqqiyatsizlik bilan tugaydi.Shu nuqtai nazardan tasvirning qayta tiklanishi ma`lumotlarni bir shakldan boshqa shaklga , ya`ni his etish uchun va o`zlashtirilgan ma`lumotlar asosida biror xulosani tariflash uchun qulay bo`lgan shaklga avtomatikalmashtirish deb qarash mumkin.Ayni vaqtda xuddi shunday almashtirish informatsiyasini optik jihatdan ishlashning ko`p metodlari mazmunini tashkil qiladi.
Qayd qilingan ma`umot favqulotda tez avtomatik o`zlashtiriladi.
Tavsimi qayta tiklash uchun zarur bo`lgan minimal vaqtini quyidagi mulohazalar yordamida baholash mumkin.Yorituvchi to`lqin davom etish vaqti τ bo`lgan yorug`lik impulse bo`lsin.Davom etish vaqti chekli bo`lgan impulsni monoxramatik to`lqinlar to`plami deb hisoblash mumkin.Impulsning δv spectral kengligi τ muddatga universal δvτ=1 munosabat orqali bog`langan.Aslida difraksion panjara bo`lmish gologramma impulsini spektrga ajratadi va buyumning har bir nuqtasi tasviri tegishli tarzda kengaygan bo`ladi.Bunday kengayishning amalda sezilarli bo`lmasligi uchun impulsning spectral kengligi gologramma , ya`ni panjara ajrata oladigan chastotalar intervalidan kichik bo`lishi kerak.Aytib o`tilgan mulohazalarga asoslanib , impulsning davom etish muddati
τ>D/c(sinϕ0 – sinϕ) (5)
Shartni qanoatlantirishi kerak ekanligini isbotlash oson , bundagi D-gologramma o`lchami , ϕ0 va ϕ – tayanch to`lqin va buyumdan kelayotgan to`lqinlarning gologrammaga tushish burchaklari.Topilgan bu shartni boshqacha tahlil qilish mumkin ; impulsning cτ uzunligi panjaraning chetki shtrixlaridan kelayotgan to`lqinlar orasidagi D(sinϕ0–sinϕ) yo`l farqidan kata bo`lishi kerak ; aks holda bu to`lqinlar tasvir nuqtasida interferensiyalana olmaydi , gologramma to`liq ishlamaydi va tasvir kengaygan bo`lib qoladi.
(5)da D=9sm , sinϕ-sinϕ0 =1/3 deb hisoblab , impulsning zaruriy davom etish muddati favqulotda kichik τ=10-10 s qiymat olishi kerakligini topamiz.Tasvir sifatiga qo`yiladigan talabni pasaytirganda impulsning minimal davom etish muddatini yanada kamaytirish mumkin.
Albatta,golografik tasvirni tiklash protsessining chaqqonligi qayta tiklangan tasvirni qayd qilishni ham o`z tarkibiga olgan sistemaning ishlash vaqti kichik bo`lishni hamma vaqt ham ta`minlay olmaydi.Ko`z energiyasi vaqti , masalan , taxminan 0.1 s bo`ladi va tasvirni ko`z bilan qayd qilishda butun sistemaning inersionligi ko`z enersiyasiga bog`liq bo`ladi.Ammo enersiya vaqti 10-8 va undan ham kam bo`lgan yorug`lik qabulqilgichlar bor va golografik tasvirni tez tiklash mumkin.
Interferometr(interferensiya va metr ) – elektromagnit yoki akustik to`lqinlar interferensiyasi hodisasiga asoslangan o`lchash asbobi.Interferometrning ishi bitta nurning fazoda ikki (yoki ko`p) kogerent nurga parchalanib, turli yo`nalishda interferensiya ko`rinishni hosil qilishidan iborat .Optik interferometr keng tarqalgan.Bunga Maykelson interferometr misol bo`ladi.Bunda yorug`likning parallel nurlari dastasi sirtiga kumush yuritilgan plastinka Px da ikki (/ va ikki) nurga bo`linadi;bu nurlar ko`zgu 3h va 32 lardan qaytib to`planib obyektiv Oning fokal tekisligida interferensiyalanadi.Nurlar dastalarining yo`lini baravarlash uchun (masalan bir nur plastina Ya,dan ikki marta o`tadi) nur 2 yo`liga plastina P2 o`rnatiladi.3 (yoki 32)ni ozgina siljitilganda interferensiya polosalar qarash maydonida sezilarli suriladi.Ko`zgu 3,(yoki 32) o`rniga biror detal o`rnatib, interferension tasvir detal sirtining sifati to`g`risida mulohaza yuritish mumkin.To`lqin tabiatiga qarab, interferomer akustik va elektromagnit to`lqinlar(optic va radiointerferometrlar) uchun moslab yasaladi .Optik interferometer spectral chiziqlarning to`lqin uzunligini shaffof muhitlarning yorug`lik sindirish ko`rsatkichini,yulduzlarning burchak o`lchamlarini, masofalarning mutlaq va nisbiy qiymatini katta aniqlikda o`lchash uchun ishlatiladi.Interferometr sanoatda optic tizim va tizimlarning sifatini tekshirish hamda optik detallarning kuzatish uchun qollaniladi .Metallurgiyada esa metal sirtlarining tekisligini tekshirishda,shaxtalardagi metan va karbonat angridid konsentratsiyasini aniqlashda ham interferometrdan foydalaniladi.
XULOSA.
Mustaqil ishdan olgan xulosam shuki,golografiya haqida dastlabki tushunchalarga ega bo`ldim.Interferometriya haqida ma`lumotlarga ega bo`ldim.Interferometriya bilan tanishdim.Interferometr asbobi haqida bilib oldim.Interferometriya sanoatda qo`llanilishi haqida bilib oldim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1 Q.P.Abdurahmonov V.S.Xamidov N.A.Axmedova .Fizika .Darslik .Toshkent 2018y.
2 Abdurahmonov R.P TIgay Xamidov B.C . Fizikadan multimedia leksiyalar to`plami.O`quv qo`llanma 2013y.
3 https://t.me/estudy.uz va internet saytlari.
Do'stlaringiz bilan baham: