II. asosiy qism



Download 189,63 Kb.
bet6/6
Sana20.02.2020
Hajmi189,63 Kb.
#40424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bufer eritmalar. bufer eritmalarning


vа kаlit аjrаtilаdi. Xаrаkаtchаn kоntаktni xаrаkаtlаntirib turib vа kаlitni vаqti - vаqti bilаn ulаb turib, shundаy hоlаt tоpilаdiki, bundа kаlit ulаngаndа xаm gаlvаnоmеtr ko`rsаtkichi xаrаkаtsiz bo`lаdi. Bundа linеykа uzunligi а yozib оlinаdi vа аkkumulyatоrni EYUK si quyidаgi fоrmu-lаdаn xisоblаnаdi:

Kеyin аkkumulyatоr o`chirilib sxеmаgа tеkshirilаyotgаn elеmеnt ulаgich hоlаtini o`zgаrtirib kiritilаdi. Kаlit ulаnаdi, gаlvаnоmеtr ko`rsаtkichi xаrаkаtlаnishi kеrаk. Аgаr ko`rsаtkich xаrаkаtlаnmаsа ulаgich kоntаktlаri, elеktrоdli nаychаlаrdаgi simоb bilаn birikkаn o`tkаzgichlаr tеkshirilаdi.

Bаrchа qurilmа tеkshirilgаch o`lchаshgа o`tilаdi. Аkkumulyatоr ulаnаdi. Kаlitni ulаb vа xаrаkаtchаn kоntаktni xаrаkаtlаntirib, yanа shundаy hоlаt tоpilаdiki, bundа ko`rsаtkich xаrаkаtsiz bo`lаdi. Linеykа uzunligi а1 yozib оlinаdi. Bu аniqlаshni bir nеchа mаrtа dоimiy nаtijаlаr оlingunchа tаkrоrlаsh kеrаk, chunki plаtinа vоdоrоdgа to`yingаn sаri pоtеntsiаl o`sib bоrаdi.

Tеkshirilаyotgаn elеmеnt EYUK si quyidаgi fоrmulаdаn xisоblаnаdi:



Еx ni аniqlаngаn qiymаti pH tоpish fоrmulаsigа qo`yilаdi:



3. pH-metr yordamida shaffof va tiniqmas eritmalar pH ini aniqlash.



Ishning maqsadi: pH –metr yordamida shaffof va tiniqmas eritmalar pH ini aniqlashni o`rganish.

Jihoz va reaktivlar: pH-metr, hajmi 50 mlli kimyoviy stakanlar, asetatli bufer eritma, 1 M li CH3COOH eritmasi, sharbatlar.

Topshiriqlar: 1. Shaffof eritmaning pH qiymatini pH –metr yordamida aniqlash. 2. Tiniqmas eritmaning pH qiymatini pH metr yordamida aniqlash. 3. Olingan natijalarni taqqoslash.

pHni kolorimetrik usulda aniqlash yetarlicha aniqlikka ega emas. Loyqa va rangli eritmalar uchun esa umuman yaroqsiz. Shuning uchun pH metrlardan

(masalan LPU -01) foydalanish maqsadga muvofiqdir. LPU -01 pHmetri suvli eritmalarda vodprod ionlarining aktivligini o`lchash uchun

mo`ljallangan bo`lib, uning ko`rinishi 3 –rasmda keltirilgan. pHni o`lchash uchun shisha elektrodli (9) sistemadan foydalaniladi. Taqqoslash elektrodi sifatida kaliy xloridning to`yingan eritmasi bilan to`ldirilgan, polietilendan tayyorlangan idishga (11) joylashtirilgan kumush xloridli elektrod ishlatiladi Tekshirilayotgan eritma stakanchaga (8) quyiladi.

LPU -01 pH-metrida eritma pHini o`lchash tartibi.

1. Asbob manbaga ulanadi, tumbler (3) yordamida uning strelkasi “vklyucheno” holatiga keltirilib, 30 minut qizdiriladi.

2. Eritma pH ini o`lchashdan oldin asbob standart bufer eritmalar yordamida tekshiriladi. Buning uchun a) vint bo`shatilib, stolcha shtativ pastigacha tushiriladi, b)chap qo`l bilan stolcha 900 chapga buriladi, v) o`ng qo`lga bufer eritmali stakancha olinib, ehtiyotlik bilan elektrodlar ostiga boriladi,chap qo`l bilan stolcha elektrodlar ostiga buriladi, d) stakancha stolcha ustiga qo`yiladi va u ko`tariladi, e) vint mahkamlanadi. 3. Datchikning “ Vidi rabot” va “predeli izmereniya” burgichlari mos ravishda pH holatiga qo`yiladi ( o`lchash oraliqlari bufer eritma pH iga bog`liq holda tanlanadi).

4. Harorat to`g`irlagich ko`rsatkichini bufer eritma haroratiga mos keluvchi qiymatga to`g`irlanadi.

5. Asbob strelkasi bufer eritma pH iga mos keluvchi qiymatga ruchka yordamida o`rnatiladi.

6. Asbob bufer eritmalar yordamida rostlangandan keyin elektrodlar distillangan suv bilan yaxshilab yuviladi.



7. Tekshirish uchun olingan eritmalarning pH i o`lchanadi. O`lchashlardan so`ng elektrodlar yuviladi va distillangan suv solingan stakanga joylashtiriladi.

3-rasm. LPU – 01 pHmetrning tuzilish sxemasi.



Ishning borishi: pH-metr yordamida toza CH3COOH va bufer eritma suyultirilishining eritma pH iga ta`sirini taqqoslash mumkin. buning uchun olingan eritmalarning pH o`lchangandan so`ng , har safar ikki martadan suyultirib, pH i o`lchanadi. Kuzatish natijalari quyidagi jadvalga yozib boriladi.

1-jadval


Tajriba N

Tadqiqot manbasi

pH




1. dastlabki asetatli bufer eritma




1.

2. 1:2 ga suyultirilgan eritma







3. 1:4 ga suyultirilgan eritma







1. CH3COOH dastlabki eritmasi




2.

2. 1:2 ga suyultirilgan eritma







3. 1:4 ga suyultirilgan eritma




Rangli eritmalar sifatida olma, uzum, pomidor sharbatlaridan foydalanish mumkin.

Bufer eritmalarning amaliy ahamiyati

Organizmda qonning aktiv reakstiyasi nisbatan doimiy bir darajada turadi, bu esa plazmaning va eritrostitlarning bufer xossalariga, shuningdek chiqaruv organlarining faoliyatiga bog’liq.

Bufer xossalar kuchsiz (kam dissostiastiyalangan) kislota va uning kuchli asos bilan xosil qilgan tuzi bor eritmalarga xos. Bunday eritmaga kuchli kislota yoki ishqor qo’shilsa, eritma reakstiyasi suvga shuncha kislota yoki ishqor qo’shilgandagidek kislota yoxud ishqor tomonga ko’p o’zgarmaydi. Buning sababi shuki, qo’shilgan kuchli kislota kuchsiz kislotani asos bilan xosil qilgan birikmalaridan siqib chiqaradi. Bunda eritmada kuchli kislota tuzi va kuchsiz kislota ҳosil bo’ladi. Shunday qilib, bufer eritma aktiv reakstiyaning o’zgarishiga to’sqinlik қiladi. Bufer eritmaga kuchli ishqor qo’shilganda kuchsiz kislota tuzi va suv xosil bo’ladi; shu sababli aktiv reakstiyaning ishqoriy tomonga o’zgarish imkoniyati kamayadi.

qonning bufer xossalari unda bufer sistemalar deb ataluvchi sistemalarni ҳosil qiluvchi quyidagi moddalar borligiga bog’liq;

1) karbonat kislota — natriy bikarbonat (karbonat bufer sistemasi);

2) bir asosli — ikki asosli natriy fosfat (fosfat bufer sistemasi);

3) plazma oqsillari (plazma oqsillarining bufer sistemalari); oqsillar amfotyorlar bo’lgani uchun muxit reakstiyasiga qarab o’zidan gox vodorod, gox gidroksil ionlarini ajrata oladi; 4) gemoglobin va uning kaliyli tuzi (gemoglobinning bufer sistemasi). qonning bo’yoq moddasi — gemoglobinning buferlik xossasi shundan kelib chiqadiki, u H2SO4 ga nisbatan kuchsizroq kislota bo’lgani uchun unga kaliy ionlarini beradi, o’zi esa H ionlarini biriktirib, juda kam dissostiastiyalanuvchn kislotaga aylanib qoladi. qonning bufer xossasining taxminan 75% gemoglobinga bog’liq. qonning aktiv reakstiyasini doim bir xilda saqlashda karbonat va fosfat bufer sistemalarining axamiyati kamroq.

Bufer sistemalar to’qimalarda xam bor, shuning uchun to’qimalardagi pH nisbatan doimiy darajada turadi. To’qimalarning asosiy buferlari oqsillar va fosfatlardir. Bufer sistemalar borligidan ҳujayralarda modda almashinuv prostesslarida xosil bo’lgan karbonat kislota, sut kislotasi, fosfat kislota va boshqa kislotalar to’qimalardan qonga o’tadiyu, uning aktiv reakstiyasini aytarlik o’zgartirmaydi.

Qon bufer sistemalarining xarakterli xossasi shuki, reakstiya kislotali tomondan ko’ra ishqoriy tomonga osonroq o’zgaradi. Masalan, qon plazmasining reakstiyasini ishqoriy tomonga o’zgartirish uchun unga suvga qaraganda 40—70 baravar ortiq natriy ishqori (NaOH) qo’shish kerak. Uning reakstiyasini kislotali tomonga o’zgartish uchun esa unga suvga qaraganda 327 baravar ortiq xlorid kislota qo’shish kerak. Kuchsiz kislotalarning, qondagi ishqoriy tuzlari qonning ishqoriy rezervini xosil qiladi. Karbonat kislota bosimi simob ustuni xisobida 40 mm ga teng bo’lganda, ya’ni alveolyar ҳavodagi karbonat kislotaning odatdagi bosimiga taxminan mos keladigan bosimda 100 ml qon necha kub santimetr karbonat kislotani bog’lab olishiga qarab, qon ishqoriy rezervining miqdorini aniqlash mumkin.

qonda kislota va ishqor ekvivalentlari orasida muayyan va ancha doimiy nisbat borligidan qonning kislota-ishqor muvozanati xaqida gapirish rasm bo’lib ketgan.

Issiqqonli xayvonlar ustida o’tkazilgan tajribalar, shuningdek klinik kuzatishlar yordamida qon pH o’zgarishining xayotga zarar etkazmaydigan chegaralari aniqlangan. pH o’zgarishining shunday chegaralari 7,0—7,8 bo’lsa kerak. pH o’zgarishining bundan ortishi og’ir o’zgarishlarga, ҳatto o’limga olib kelishi mumkin. Odamda pH ning normaga nisbatan uzoq vaqt 0,1—0,2 qadar o’zgarishi ҳam organizmga ҳalokatli bo’lib chiqishi mumkin.

Bufer sistemalar mavjudligiga va organizm qon aktiv reakstiyasining mumkin bo’lgan o’zgarishlaridan yaxshi ҳimoya qilinganligiga qaramay, ba’zi fiziologik va ayniqsa patologik sharoitlarda qonning aktiv reakstiyasi ba’zan kislotalik yoki ishqoriylik tomonga o’zgaradi. Aktiv reakstiyaning kislota tomonga o’zgarishi astidoz, ishqoriy tomonga o’zgarishi- alkaloz deb ataladi.



XULOSA:

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki: dеyarli bаrchа fiziоlоgik jаrаyonlаr bu jаrаyon uchun vоdоrоd iоnlаrini dоimiy kоntsеntrаtsiyasigа egа bo`lgаn muxitdа bоrаdi. pH qiymаtini оshishi yoki kаmаyishi bu jаrаyonni buzilishigа yoki umumаn to`xtаb qоlishigа оlib kеlishi mumkin. Bufеr eritmаlаrdа vоdоrоd iоnlаri kоntsеntrаtsiyasini u yoki bu tоmоngа o`zgаrtirish judа qiyin kеchаdi.

SHundаy qilib bufеr eritmаlаr quyidаgi xоssаlаrgа egа:

Bufеr eritmаlаrdа vоdоrоd iоnlаri kоntsеntrаtsiyasi eritmаning suyultirilishigа bоg`liq emаs.

Bufеr eritmаlаrgаоz miqdоrdа kuchli kislоtа yoki аsоsni kiritilishi vоdоrоd iоnlаri kоntsеntrаtsiyasini sеzilаrsiz dаrаjаdа o`zgаrtirаdi (eritmаning bufеr sig`imi chеgаrаsidа).

Bufer sistemalar to’qimalarda xam bor, shuning uchun to’qimalardagi pH nisbatan doimiy darajada turadi. To’qimalarning asosiy buferlari oqsillar va fosfatlardir. Bufer sistemalar borligidan ҳujayralarda modda almashinuv prostesslarida xosil bo’lgan karbonat kislota, sut kislotasi, fosfat kislota va boshqa kislotalar to’qimalardan qonga o’tadiyu, uning aktiv reakstiyasini aytarlik o’zgartirmaydi.

Issiqqonli xayvonlar ustida o’tkazilgan tajribalar, shuningdek klinik kuzatishlar yordamida qon pH o’zgarishining xayotga zarar etkazmaydigan chegaralari aniqlangan. pH o’zgarishining shunday chegaralari 7,0—7,8 bo’lsa kerak. pH o’zgarishining bundan ortishi og’ir o’zgarishlarga, ҳatto o’limga olib kelishi mumkin. Odamda pH ning normaga nisbatan uzoq vaqt 0,1—0,2 qadar o’zgarishi ҳam organizmga ҳalokatli bo’lib chiqishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. OʻzMU. Birinchi jild. Toshkent, 2000

2. Fizikaviy kimyodan amaliy mashg`ulotlar Z.N.Djurayeva

3. Fizik va kolloid kimyodan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish qo`llanmasi

4. Analitik kimyo fanidan muammoli maruzalar matni

5. Internet saytlari:

1.www.google.uz.

2.www. google. Chrom.

3. Ziyonet.





Download 189,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish