REJA: - I.Kirish.
- II.Asosiy qism
- 1.Temir yo`l tarixi.
- 2.O`zbekiston temir yo`llari haqida ma`lumot.
- 3.O`zbekistonda temir yo`l sohasidagi. imtiyozlar
- Xulosa.
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish - Jahonning barcha rivojlangan davlatlarida transport yo`li yetakchi o`rinni egallaydi. Ayniqsa, temir yo`l transporti butun dunyo bo`ylab rivojlangan transport turidir. Bu transport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri yuqori tezlikda harakatlanuvchi yer usti transport turini joriy qilish hisoblanadi. Bu tizimda harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori boʻlib, bunday temir yoʻllar 2-avlod temir yoʻl toifasiga kiritiladi. Temir yo'l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qanday kelishiga qaramay hamma vaqt faoliyat ko'rsataveradi. Uning tezligi katta, yuk tashish tannarxi past. Shu sababli ham bu transport vositasiga bo`lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.
Birinchi temir yo'l transporti (paravoz) Buyuk Britaniyada 1825 yilda qurilgan. Rossiyada paravozli temir yo'l transporti 1837-38 yillarda (Peterburg-Pavlosk) ishga tushurildi. - Birinchi temir yo'l transporti (paravoz) Buyuk Britaniyada 1825 yilda qurilgan. Rossiyada paravozli temir yo'l transporti 1837-38 yillarda (Peterburg-Pavlosk) ishga tushurildi.
- Ilmiy texnik taraqqiyot temir yo'l transportiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Masalan, Fransiyada poyezdlar tezligi bo'yicha rekordlar o'rnatilgan. Bu yerda poyezd tezligini 1955 yilda 331 km/soatga, 1991 yilda 380 km/soatga, 80-yillarning oxirida esa 515 km/soatga yetkazilgan. Oddiy tezyurar poyezdlarning tezligi soatiga 200-300 km/soat.
Parij-Bardo temir yo'lida qatnaydigan eng tezyurar poyezdning tezligi 350 km/soat. Jahonda temir yo'llarning umumiy uzunligi taxminan 1,2 mln. km, ammo uning 50%i oltita katta davlatga (AQSH, Rossiya, Kanada, Hindiston, Xitoy, Avstraliya) to'g'ri keladi. AQSH temir yo'llarning umumiy uzunligi bo'yicha jahonda birinchi o'rinda turadi. - Parij-Bardo temir yo'lida qatnaydigan eng tezyurar poyezdning tezligi 350 km/soat. Jahonda temir yo'llarning umumiy uzunligi taxminan 1,2 mln. km, ammo uning 50%i oltita katta davlatga (AQSH, Rossiya, Kanada, Hindiston, Xitoy, Avstraliya) to'g'ri keladi. AQSH temir yo'llarning umumiy uzunligi bo'yicha jahonda birinchi o'rinda turadi.
- Temir yo'llarning zichligi bo'yicha G'arbiy Yevropa davlatlari va AQSH yetakchi. Temir yo'llarni zichligi deganda 100 km2 maydonga to'g'ri keluvchi temir yo'l uzunligi tushuniladi. Bu ko'rsatkich G'arbiy Yevropada 10 km2ga teng. Rivojlangan davlatlar temir yo'llarining deyarli hammasi elektrlashtirilgan va ular ikki yo'lli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |