Reja:
I.Kirish..
II. Asosiy qism.
1.Taqdimotlar yaratish.
2.Presentatsiyada bajariladigan amallar.
3.Maxsus effektlar bilan ishlash.
III. Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Microsoft Power Point - universal,imkoniyatlari keng bo’lgan,ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn,rasm,chizma,grafiklar,animatsiya effektlari,ovoz,videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd- ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi.Unda biror mavzu yuzasidan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyuter ekranida videomonitorda yoki kata ekranda namoyish qilish mumkin.Ko’rgazmani tashkil qilish deganda slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash tushuniladi.
Power Point dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig’i ostida yaratilgan bo’lib,ushbu dastur presentatsiyalar (taqdimotlar) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir.Bu dastur orqali ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin.Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab , namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin.Dasturdagi asosiy tushunchalar bu- slayd va presentatsiya tushunchalaridir.
Presentatsiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.
II.1.Taqdimotlar yaratish.
Power Point dasturida taqdimot yaratishda dastlab ushbu dasturga kiriladi va <<Создать слайд>> tugmachasi bosiladi.Bunda ekranda quiydagi ko’rinish hosil bo’ladi.
1-rasm
Menyular satrida dasturning barcha muhim buyruqlari joylashgan bo’lib,asboblar panelida asosiy va tez-tez ishlatiladigan variantlar joylashadi.Ushbu panelni ma’lum elementlarini qo’shish yoki olib tashlash orqali tahrirlash mumkin.
Shuningdek,slayd ko’rinishini o’zgartirish uchun <<Дизайн>> yorlig’iga o’tib,u yerdan kerakli ko’rinishni tanlash mumkin.Uslub tanlangandan keyin uni sozlash mumkin.Yani,uslublar ro’yxatining o’ng tomonida “Ranglar”, “Shiftlar”, “Effektlar”, “Fon uslublari” tugmalari mavjud.Ularning yordami bilan slayd rangini va tanlangan standard uslubning boshqa elementlarini o’zgartirish mumkin.
Yaratilgan taqdimotlar fayllarda saqlanadi .Uni saqlash uchun uskunalar panelidagi saqlash tugmasi bosiladi yoki menyudan<<Файл>>-<<Сохранить>>buyruqlari beriladi.Shundan keyin saqlash uchun fayl nomi va papkasi ko’rsatiladi va <<Сохранить>> tugmasi bosiladi.
2-rasm
Taqdimotlarni saqlagandan so’ng uning tarkibidagi barcha slaydlarni alohida-alohida o’zgartirish mumkin.Buning uchun yaratilgan slaydlarga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelinadi va tugmasi bosilib tasqdiqlangandan keyin so’ng kerakli o’zgartirishlarni kiritish mumkin bo’ladi.
2.Presentatsiyada bajariladigan amallar.
Slaydlarda turli xil amallarni bajarish mumkin.
Matn kiritish va uni tahrir qilish quyidagi usulda amalga oshiriladi:
matn uchun ajratilgan maydonga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelib bosiladi va kursor paydo bo’lganidan so’ng matn klaviatura orqali kiritiladi.
Yozuvlarni ,,Шрифт” buyrug’i orqali shaklini,o’lchamini,rangini o’zgartirsa bo’ladi.
,,Абзац” buyrug’i orqali joylashuvini to’g’irlash,raqamlash mumkin.
,,Стили” buyrug’i bilan yozuv uslubini tanlash mumkin.
O’zgartirish kiritish uchun sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi yordamchi ekrandan kerakli rejim tanlanadi.
3-rasm
Slaydlarni belgilashni qo’llab rasm,diagramma,jadval yoki WINDOWSning ixtiyoriy obyektini qo’yishni mo’ljallab slayd tanlash mumkin.Bunda slaydda rasmlar,videolar,jadval va diagrammalarni joylashtirish uchun maxsus belgilar ko’rinib turadi.Ulardan biri bosilganda tayyor materiallar ko’rinadi.
4-rasm
3.Maxsus effektlarni o’rnatish.
Maxsus effektlarni o’rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o’tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bunning uchun <<Переходы>>-,,O’tishlar”dan, animatsiyon effektlardan foydalanish va slaydlarni ko’rsatish uchun maxsus buyruqlardan foydalanishimiz mumkin.
,,O’tish “ yorlig’ida bir slayddan keyingisifa chiroyli o’tishlarni o’rnatish mumkin.Ular slaydni almashtirish paytida ko’rsatiladi.Tanlangano’tishni ,,Hammasiga qo’llash” tugmasi yordamida bir vaqtning o’zida barcha slaydlarga qo’llash mumkin.
5-rasm
Animatsiya – bu obyetlar,kameralar, yorug’lik manbalarining o’zaro joyini alamashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo’yicha o’zgarishiga ega bo’lgan vazifa yoki topshiriqdir.Hozirgi vaqtda kompyuterli grafika vositalarini qo’llashning ushbu sohasi kuchli rivojlangan.Animatsiyon grafika o’zida rang,tasvir va illustrativ grafika bilan ishlay olish imkoniyatiga ega. Bu yorlig’da slayddagi alohida obyektlarga animatsiyon effekt qo’shish mumkin.Animatsiyadan foydalanish uchun matn yoki rasm kabi obyekt tanlab ,,Animatsiya qo’shish” tugmasi bosiladi.
6-rasm
7-rasm
Slayd – shou yorlig’i taqdimotni sinab ko’rish uchun mo’lajallangan.Unda slaydni berkitish,namoyish vaqtini belgilash,istalgan joydan boshlab korish yoki shu kabi amallarni bajarish uchun buyruqlar ko’rsatilgan.
Bundan tashqari presentatsiyaga gippersilka ham joylash mumkin.Masalan,oddiy matnga gippersilka o’rnatish uchun biror bir so’zni blokka olinadi va sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi va ochilgan kontekst menyudan yoki ,,Vstavka” menyusidan gippersilka buyrug’i tanlanadi.
Ushbu tugmachani bosgandan so’ng silka qo’shish muloqot oynasi paydo bo’ladi.Muloqot oynasida bog’lanish uchun faylni ko’rsatiladi.
8-rasm
Power Point taqdimotlari (*pptx) formatida saqlanadi.Ushbu fayl turi taqdimotni keying tahrirlash uchun mo’ljallangan.Taqdimotni ko’rsatishga tayyor qilish uchun uni “Power Point Demonstration” (*ppsx) formatida saqlash mumkin.Buning uchun “Fayl – boshqacg saqlash “buyrug’ini bajariladi va “Power Point Demo(*ppsx)” fayl turini tanlanadi.Ushbu formatdagi fayl ochilgandan so’ng Power Point dasturi interfeysini ochmasdan taqdimotni darhol ko’rish mumkin.
III.Xulosa
Hozirgi kunda presentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – Microsoft Office ilovasidagi – Power Point dasturidir.U grafik axborotlar,slaydlar,ovoz,video kliplar,animatsiyalardan foydalanib,sifatli presentatsiyalar
yaratish imkonini beradi.Presentatsiyadan ma’ruzalarda,biznes reja tuzayotganda,o’quv jarayonlari uchun kerak bo’ladigan elektron kitoblar yaratilishida va shu kabi maqsadlarda keng qo’llaniladi.Chunki taqdimot orqali ma’lumot yetkazish juda ham qulay bo’lib, unga barcha imkoniyatlardan foydalanib o’zimiz xohlagan ma’lumotlarni kirgazishimiz oson va qulay. Shu sababdan ham Power Point Microsoft firmasining presentatsiyalar bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalaridan biridir.Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin.
Ushbu dastur 1987-yilda yaratilgan bo’lib hozirgi kunga kelib yana ham takomillashdi.Ayniqsa reklamalarga juda keng e’tibor berilayotganligu sababli , uning har xil ko’rinishlari: varaqalar,e’lonlar, tele va radio reklamalari,afishalar yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.E.I.Ro’ziyev.Grafik dizayn – T1993
2.E.I.Ro’ziyev.<> Integrativ kursining variativ dasturlari.T 1997
3.E.I.Ro’ziyev.Texnik grafika va dizayn asoslari.T 1995
4.flamenco.ru (25.03.2022г 07:48)
5.kd43.ru (25.03.2022г 08:51)
Do'stlaringiz bilan baham: |