Ii. Asosiy qism «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni



Download 1,39 Mb.
bet1/2
Sana11.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#541856
  1   2
Bog'liq
TAQDIMOT


Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
  • «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni.
  • Jahon sivilizatsiyasida, O`zbekistonning tutgan o`rni va istiqbollari.
  • Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish – ma’naviy kamolot manbai.

  • 4. Mif va uning turlari haqida umumiy tushuncha. Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar III. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Mavzu: ,,Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar’’. ,,Dunyo xalqlari miflari’’ haqida.
I. Kirish
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyatning mohiyatini bilishga turlicha metodologik nuqtai nazardan yondashib kelindi. Madaniyatga materialistik yondashish — har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, ishlab-chiqarish usuli o’ziga xos madaniyat yaratadi, degan g’oyaga asoslanar, ma’naviy madaniyatga nisbatan moddiy madaniyatni ustun qo’yar, har bir milliy madaniyatning betakror va noyobligini inkor etar, madaniyat istiqbolini yagona madaniyatning shakllanishi bilan bog’lar edi.
Madaniyatning mohiyatini bilishga sivilizatsiyali yondashuv esa aksincha, har bir milliy madaniyatning betakrorligini, unda umumin-soniylik va o’ziga xoslik mavjudligini e’tirof etishni nazarda tutadi.
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyat va sivilizatsiya tushuncha-larini bir-biri bilan aynanlashtirish, bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgan xilma-xil nazariyalar vujudga keldi. Bizningcha, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ulami bir xil hodisa sifatida tavsiflash ham, ulami bir-biriga qarshi qo’yish ham to’g’ri emas.
«Sivilizatsiya» atamasi madaniyat atamasiga nisbatan ancha keyin, ya’ni XVIII asr o’rtalarida vujudga keldi. Sivilizatsiya tushunchasini birinchi bo’lib shotland faylasufi A. Fergyusson qo’llagan. U insoniyat tarixini yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlariga bo’ldi. A. Feigyusson sivilizatsiya deganda ijtimoiy rivojlanishning oliy bosqichini tushungan.
XVIII asr fransuz ma’rifatparvar-faylasuflari sivilizatsiya tushunchasini keng va tor ma’noda qo’lladilar. Ular keng ma’nodagi sivilizatsiya deganda aql, adolat va diniy bag’rikenglik prinsiplariga asoslanadigan jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichini nazarda tutdilar. Fransuz ma’rifatparvarlarining sivilizatsiya to’g’risidagi bunday tasavvurlari A. Fergyusson qarashlari bilan hamohang deyish mumkin. Ularning fikricha, sivilizatsiya tor ma’noda «madaniyat» tushunchasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, insonga xos barcha sifatlar (o’tkir zehn, yuqori ma’lumot, ko’rkamlik, muloyimlik) majmuasini ifodalaydi.
Keyinchalik sivilizatsiya tushunchasi yangicha mazmun bilan boyib bordi. Ingliz tarixchisi Amold Тoynbi sivilizatsiyaga madaniyatning muayyun bosqichi sifatida qaradi, madaniyatning ma’naviy jihatlariga alohida urg’u berdi, dinni sivilizatsiyaning eng muhim elementi deb hisobladi. Madaniyat va sivilizatsiya mohiyatini bilishda ularni bir-biri bilan qiyoslash, har birining nisbiy mustaqilligi va o’ziga xos xususiyatlarini ajratish muxim metodalogik ahamiyatga molikdir. Madaniyat — ta’lim-tarbiya bilan, ijtimoiy talablarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya davlatning paydo bo’lishi, jamiyat a’zolarida fuqarolik tuyg’usi, davlat qonunlariga nisbatan hurmat xissining shakllanishi bilan bog’liqdir. («Sivilizatsiya» atamasining inglizcha «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatishi hambejiz emasdir).
Тurli sivilizatsiyalar bir-biri bilan uxshagan, bir-biriga zid kelgan davrlarda milliy madaniyat o’zga madaniyat yutuqlarini zo’r berib o’zlashtirishga qodir bo’lsagina, milliy sivilizatsiya rivojlanishda davom etadi, aks holda inqirozga yuz tutishi mumkin. Din insoniyat madaniyatining muhim tarkibiy qismidir. A. Тoynbining fikricha, har qanday sivilizatsiya biron-bir dinga tayanadi. Sivilizatsiyalar o’rtasidagi muhim tafovut va o’ziga xosliklar, taniqli rus madaniyatshunosi V. L. Sheynisning fikricha, quyidagi uch mezon bilan belgilanadi: 1) individning guruh va jamiyatdagi holati (shaxsning individuallik darajasi yoki ijtimoiy guruhga qo’shilganligi); 2) hukmron dunyoqarashda dunyoviy yoki diniy yo’nalishning ustuvorligi; 3) an’ana va novatorlikka munosabat. Хullas, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan, lekin o’ziga xos rivojlanish xususiyatlari va belgilari bilan ajralib turadigan ijtimoiy-tarixiy hodisalardir, Madaniyat insonning sotsial tabiati bilan bevosita bog’liq bo’lib, kishilik jamiyati mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Siviliziatsiyali taraqqiyotga erishish madaniy rivojlanishning noyob, betakror ekanligini anglatadi. Bir milliy madaniyatni boshqasidan ustun qo’yish nazariy jihatdan xato, amaliy jihatdan zararlidir. Milliy madaniyatlardagi rang-baranglik va o’ziga xoslik jahon xalqlari mada-niyatidagi umumiylikni istisno etmaydi. Тurli xalqlar madaniyatidagi umumiylik va mushtaraklikni qadrlash xalqlar va mamlakatlar o’rtasida tinchlik, hamkorlik, do’stlik munosabatlari rivojlanishiga, jahon siviliziatsiyasining ravnaq topishiga xizmat qiladi.
II. Asosiy qism
1,«Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni.
Insoniyatni o`rab to`rgan muxitning targ`ibiy qismi bo`lgan odamzodning yaratuvchilik qobiliyatini ko`z-ko`z qiladigan eng buyuk ne’matlar orasida madaniyat asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Unda odamzodning iktidori, saloxiyati va qobiliyati o`zligini namoyon qiladi. Goxida olimlar, mutaxassislar o`rtasida «Odamzod madaniyatni yaratishga kancha ko`p e’tibor qaratgan bo`lsa, madaniyat ham odamzodni shuncha ko`p tarbiyalagan», degan fikrlarni ham eshitish mumkin. Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «Sivilizatsiya» atamasi ham tez-tez eshitiladigan bo`lib qoldi. Muayyan xalq, xudud yoki davlatning taraqqiyot bosqichlari, ularga xos madaniy rivojlanish to`g`risida gap ketganida, olim va mutaxassislar ana shu
atamadan foydalanmokda. Bu esa o`z-o`zidan «Хush, madaniyat nima? Sivilizatsiya-chi?» kabi savollarga javob berishni taqozo etadi.
Madaniyat ko`pqirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, insoniyat ma’naviyati yo`qsalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni tobora boyib boradi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun’iy olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, degan qarashlar ham yo`q emas.
Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iktidori va shu asosdagi faoliyati hamda ularning natijalari nazarda tutiladi.
Тarixdan jamiyat taraqqiyotining muayyan davrlarida madaniyatning nixoyatda gullab-yashnagan davrlari bo`lgani ma’lum.
Masalan, qadimgi Yunonistonda miloddan ilgarigi VII-II asrlarda fan va madaniyat nixoyatda rivojlangan. Usha davrda yashagan Suqrot, Aflotun, Arastu kabi unlab allomalarning nomlari insoniyat tarixiga abadiy muxrlangan. Hozirgacha insoniyat tarixini
o`rganadigan mutaxassislar bu davrdagi Yunoniston madaniyatini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida talqin etadilar.
Тaxminan ana shu davrda «Avesto» kitobini yaratgan yurtdoshlarimiz madaniyati ham yo`qsak bo`lganini bugungi kunda ko`pgina mutaxassislar e’tirof etmogda. Хuddi shunday madaniy taraqqiyotni yurtimiz tarixining VII-XII asrlarida yoki Soxibkiron Amir Тemur
xukmronlik qilgan davrda ham ko`zatish mumkin.
Madaniyat inson bilimlari, kunikma va tajribalarini, ma’naviy saloxiyatini hamda amaliy faoliyat jarayonida inson ideallarining ro`yobga chiqishi va shaxs sifatida kamol topish jarayonini o`zida aks ettiradi. Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lsa-da, turlicha mazmun va xususiyatga egadir. Ba’zi olimlar madaniyat, o`zining kelib chiqishiga ko`ra, sivilizatsiyaga nisbatan qadimiydir, u mohiyatan sivilizatsiyaning ruxi, jonidir, deb xisoblaydi.
Masalan, A. Тoynbi «Тarixning idrok qilinishi» asarida shunday fikrlarni
bayon etadi. Franso`z olimi R. Aron ham shunga yaqin xulosaga keladi. Uning fikricha, aynan madaniyat va sanoat soxasidagi tanazzul asta-sekin insoniyatni krizislar botqog’iga botirishi, bu esa,umumbashariyatning kelajagini xavf ostiga
qo`yishi ham mumkin.
2. Jahon sivilizatsiyasida O`zbekistonning to`tgan o`rni va istiqbollari.
Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o`rtasidagi o`zaro ta’sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy soxalardagi hamkorligi uzviy bog`liqdir. Biroq bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zurlab targ`ib etish, joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Milliy madaniyatning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yo`lidan borishi va o`ziga xos sivilizatsiya yaratishida muxim ahamiyatga ega.
Sivilizatsiya tushunchasi aloxida olingan bir xalq, xudud, jamiyat, davlat va xatto jahonga, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo`llanildi. «Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so`zidan olingan bo`lib, aynan «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatadi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiyaga turlicha ta’riflar berilyapti: sivilizatsiya-madaniy-texnik taraqqiyotning yuqori bosqichi (bunda yozuvning kashf etilishi, texnik kashfiyotlar, sanoat inqilobi sivilizatsiyaning muxim belgisi sifatida talqin etiladi);
sivilizatsiya — jamiyatning muayyan namunasi (bunda u formatsiya tushunchasi bilan aynanlashtiriladi); sivilizatsiya —insoniyatning yovvoyilik va vaxshiylikdan keyingi taraqqiyot davri.
Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida to`rgan xalq va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi sifatiy o`ziga xosligidir. Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiya asosini madaniyat, xalq, xudud bilan bog`lasalar, boshqalari dinni asos qilib oladilar. Aslida esa ularning hammasi ham sivilizatsiyaning taraqqiyotida o`z o`rniga ega.
Ammo tarix taqozosi bilan muayyan xududda shakllangan sivilizatsiyaga gox tabiiy muxit, goxida ijtimoiy shart-sharoit ko`proqta’sir ko`rsatgan bo`lishi mumkin. Masalan, bizning Vatanimiz sivilizatsiyasida bu omillarning barchasi o`ziga xos ahamiyat
kasb etganini ko`ramiz. Shu bilan birga, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o`ziga xos o`rin to`tgan.Vatanimiz tarixining keyingi uch ming yiliga nazar tashlasak, dunyoviy bilimlar va diniy qarashlar yonma-yon yashab
kelganining guvohi bo`lamiz. Хalkimiz «Avesto»ni yaratgan davrlardan tortib bizning kunlargacha ana shu umumiy tamoyil o`z ta’sirini o`tkazib kelgan. Ularning biri mutloqlashtirilgan davrlarda madaniy taraqqiyot qanday aziyat chekkan bo`lsa, ikkinchisi taxkirlangan zamonlarda ham ana shunday yo`qotishlar sodir bo`lgan. Тarix bu borada ham buyuk mo`rabbiydir. U bizdan sivilizatsiyamiz utmishini holisona o`rganish, undan to`g`ri xulosalar chiqarish va o`zimiz uchun sabok olishga undaydi. O`zbekiston Sharq sivilizatsiyasi Bag`rida rivojlandi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o`zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag`alparvarlik kabilar Sharq sivilizatsiyasiga xos belgilardir.
O`zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at, madaniyat soxasidagi o`lkan yutuqlari bilan munosib xissa qo`shdi. Milliy mustaqillik yillarida o`ziga xos taraqqiyot yo`lidan borayotgan O`zbekiston o`z milliy qadriyatlari, ma’naviy
merosi va boy madaniyatiga tayanib, o’arb va Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o`zlashtirib, dunyoviy sivilizatsiya yo`lidan bormoqda.
O`zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyoti nixoyatda ko`p qirrali masaladir. Biz avvalrok ham bu to`g`rida qisman fikr yuritdik. Keyingi boblarda ham, ana shu to`g`rida, muayyan masalalarni tahlil etish asnosida, ba’zi fikrlarni bayon etishga harakat qilamiz. Bundagi eng asosiy tamoyil quyidagi haqiqatni e’tirof etish bilan bog`liqdir: Milliy davlatchilik asoslarini yaratmay va uning
qudratiga tayanmay turib sivilizatsiya yo`lidan borib bo`lmaydi. Har bir xalq o`z tarixiy tajribalaridan kelib chiqib, milliy madaniyati va intelektual saloxiyatiga mos ravishda o`z milliy davlatchiligini yaratadi. Ijtimoiy, siyosiy va huquqiy madaniyat bunday sivilizatsiyaviy taraqqiyotning muxim omili xisoblanadi.Respublikamizning jahon sivilizatsiyasiga xos yo`ldan borishi umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy qadriyatlarga
sodiklik, insonparvarlik va vatanparvarlikning uyg`unligi, xalqaro qonun-qoidalar va andozalarni hurmat qilish, ulardan hayotimizning barcha soxalarida keng foydalanishni takazo etmokda. Mustaqillik yillarida mamlakatning sivilizatsiyali taraqqiyot tamon borishi
I. Karimov tomonidan asoslab berilgan O`zbekistonning o`z istiqloli va taraqqiyot yo`lining butun jahonda e’tirof etilayotganligida yaqqol ko`rinmokda. Bu ma’noda taraqqiyotning o`zbek modeli deb nom olgan rivojlanish tamoyili mamlakatimiz sivilizatsiyali taraqqiyotining asosiy jixatlarini o`zida ifodalaydi.
Milliy mustaqillik yillarida madaniyatimizning bundan keyingi rivojlanish istiqbollari uchun puxta zamin yaratildi. Bu, avvalo
kuydagilarda namoyon bo`ladi:
- boy madaniy merosimizni har tomonlama chuqur o`rganish imkoniyatlarining yaratilganligida;
- Qadrlar tayyorlash milliy dasto`rining ishlab chiqilganligi va sobitkadamlik bilan amalga oshirilayotganida;
- milliy madaniyatlarning ravnak topishi va bir-birini boyitishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganida;
- jahon madaniyati rivojiga o`lkan xissa qo`shgan ulug` ajdodlarimiz merosini keng targ`ib etishda;
- mamlakatimizda ilm-fan va texnika saloxiyatini rivojlantirishga aloxida e’tibor berilayotganida;
- inson intellektual saloxiyatining ortib borayotganida, yurtimiz obodonchiligi yo`lida ko`plab tadbirlarning amalga
oshirilayotganida.
3. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish – ma’naviy kamolot manbai.
Sivilizatsiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning maxsuli sifatida vujudga
keladi. Sivilizatsiyalashgan taraqqiyotgina milliy madaniyat ravnaki uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy madaniyat sivilizatsiyaning asosiy targ`ibiy qismlaridan biridir. Milliy madaniyatdan o`zilib qolgan sivilizatsiya oxir-oqibatda inqirozga maxkum bo`ladi. Masalan, hozir yuqolib ketgan Amerikadagi mayya sivilizatsiyasi bunga misol bo`ladi. Ulardan bugun yo`zdan ortik shaharlar vayronalari qolgan. Bunga tarixdan yanada ko`plab misollar keltirish mumkin.
Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Sivilizatsiyalar o`z shakliga ko`ra Sharq va o’arb sivilizatsiyalari, xristian va musulmon sivilizatsiyalari, xududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo`lgan quyidagi muxim xususiyatlarni ko`rsatish mumkin:
- Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni, sabr-toqatlilikni
targ`ib etgan;
- Odamlar orasida Bag`rikenglik, birdamlik va hamjixatlik ruxi kuchli bo`lgan;
- Milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;
- kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga aloxida e’tibor berilgan.
O`zbekiston Sharq sivilizatsiyasi Bag`rida rivojlandi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o`zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag`alparvarlik kabilar Sharq sivilizatsiyasiga xos belgilardir.
O`zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at, madaniyat soxasidagi o`lkan yutuqlari bilan munosib xissa qo`shdi. Milliy mustaqillik yillarida o`ziga xos taraqqiyot yo`lidan borayotgan O`zbekiston o`z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga tayanib, o’arb va Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o`zlashtirib, dunyoviy
sivilizatsiya yo`lidan bormoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi o`ziga xos xususiyatlar va muammolarga ega. Bunda eng muximi jahon sivilizatsiyasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirishdir. Jahon sivilizatsiyasini tanazzulga olib keladigan qatortaxdidlarni bartaraf etishda quyidagilar nixoyatda katta ahamiyatga molik:
- insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etish;
- tabiatni asrab-avaylash;
- ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
- ommaviy kirKin kurollarini yo`q qilish;
- davlatlar, xalqlar o`rtasidagi nizolarni siyosiy yo`l bilan mo`zoqaralar orqali xal etish;
- turli jinoiy uyushmalarga barham berish, xalqaro terrorchilik va giyoxvandlikka, turli yo`qumli kasalliklarga qarshi ko`rashish;
- kishilarda yangicha dunyoqarash va siyosiy tafakko`rni shakllantirish.
Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish — ma’naviy
kamolot manbaidir. Bu esa madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy-nazariy jixatdan chuqur idrok
etish barkamol inson shaxsini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
4. Mif va uning turlari haqida umumiy tushuncha. Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar
Mif nima?
Mif (yunoncha mithos —rivoyat, afsona, asotir) — qadimgi odamning olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaralishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, inson, hayvonot va nabotot dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabab va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, iloh va maʼbudlar haqidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Miflar odamning voqelikka nisbatan ongsiz emotsional munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimiy tasavvurlar silsilasidir.
Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, miflar yaratilgan va ommalashgan joyda oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan hayotda boʻlib oʻtgan haqiqiy voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qadimiy odamning olam to`g`risidagi tasavvurlarini oʻzida aks ettirgan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha. Ular, asosan, ogʻzaki ijro orqali hikoya qilingan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy urf-odat va marosimlarning asosini tashkil etuvchi ramziy xatti-harakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qadimiy tasavvurlar asosida yaratilgan osori-atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi namunalaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks etgan.
Mif quyidagi turlarga bo`linadi:
ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisida);
samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqida);
antropogenik miflar (gʻayrioddiy xislatga ega afsonaviy pahlavonlar: Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqalar);
sigʻinish – e’tiqod miflari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq: xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqida);
etnogenetik miflar (urugʻ-qabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador: 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi);
kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq: ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar);
esxatologik miflar (olamning intihosi haqidagi: oxirzamon to`g`risidagi miflar).

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish