Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash printsiplari. O’zgarmas kuchlanish stabilizatorlari
CHiziqli stabilizator deb aytiladigan o’zgarmas tok stabilizatorlari kuchlanish taqsimlagich ko’rinishidagi qurilmadir. Kuchlanish taqsimlagichning kirishiga stabil bo’lmagan kirish kuchlanishi beriladi, stabillangan chiqish kuchlanishi esa kuchlanish taqsimlagichning pastki yelkasidan olinadi. Stabilizatsiya kuchlanish taqsimlagich yelkalaridan birining qarshiligini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi ─ qarshilikdoimo shunday ushlab turiladiki, stabilizator chiqishida kuchlanish belgilangan chegaralarda bo’lsin. Kuchlanish kattaliklarining kirish/chiqish nisbati katta bo’lganda chiziqli stabilizator past FIK-ga ega, chunki quvvatning katta qismi Ps = (Uin — Uout) * It rostlovchi elementda issiqlik ko’rinishida tashqariga sochilib ketadi. SHuning uchun rostlovchi element radiatorga o’rnatiladi. CHiziqli stabilizatorning afzalligi ─ uning soddaligi, shovqinlarning yo’qligi va foydalaniladigan detallarning kamligi.
Stabilizatsiya usuliga ko’ra chiziqli stabilizatorlar ikki xil:
Parametrik stabilizatorlar. Bunday stabilizatorda pribor VAX-ning uchastkasi foydalaniladi.
Kompensatsion stabilizatorlar. Kompensatsion stabilizatorlarda teskari bog’lanishdan foydalaniladi. Bunda stabilizator chiqishidagi kuchlanish etalon kuchlanish bilan solishtiriladi, ularning orasidagi tafovutdan rostlovchi elementga boshqaruvchi signal shakllantiriladi.
Stabilitronli parametrik parallel stabilizator.
4-rasm.
Kichik tokli sxemalarda kuchlanishni stabilizatsiyalash uchun qo’llaniladi, bunday stabilizatorda sxemaning ishlashi me’yorida bo’lishi uchun stabilitron D1 orqali oqayotgan tok stabilizatsiyalanuvchi yuklamada Ryuk-gi tokdan bir necha (3 ─ 10) baravar oshiq bo’lishi shart.
5-rasm. Emitter takrorlagichi bilan ketma-ket ulangan stabilizator.
Mohiyatan bu sxema stabilitronli parametrik parallel stabilizatorning o’zi, faqat sxema emitter takrorlagichning kirishiga ulangan. Stabilizatorda chiqish kuchlanishi o’zgarishlarini kompensatsiyalovchi teskari bog’lanish zanjirlari yo’q.
Stabilizatorning chiqish kuchlanishi stabilitronning stabilizatsiyalash kuchlanishidan UEB kattaligicha kichik, UEB kuchlanishi esa p-n o’tishdan oqayotgan tokning qiymatiga amalda bog’liq emas va kremniyli priborlar uchun taxminan 0,6 V. UEB kuchlanishining tok qiymati va haroratga bog’liqligi stabilitronli parametrik parallel stabilizatorga nisbatan solishtirganda chiqish kuchlanishi stabilligini yomonlashtiradi.Emitter takrorlagichi (tok kuchaytirgichi) stabilitronli parametrik parallel stabilizatorga nisbatan solishtirganda stabilizatorning maksimal chiqish tokini β marta orttirishga imkon beradi (bunda β ─ tranzistor mazkur nusxasining tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti). Agarda bu kamlik qilib qolsa, unda sostavli tranzistor qo’llaniladi.
Yuklama qarshiligi bo’lmagan (ulanmagan) vaqtda (yoki mikroamper diapazonidagi yuklama toklarida) bunday stabilizatorning chiqish kuchlanishi (salt yurish kuchlanishi) UEB mikrotoklar sohasida nulga yaqin bo’lishi hisobiga 0,6 V-ga ortadi. Bu o’ziga xoslikdan chiqib ketish uchun stabilizator chiqishiga bir necha mA yuklama tokini ta’minlovchi ballast yuklama rezistorini ulaydilar.
Kompensatsion stabilizatorda cheklovchi rezistor sifatida tranzistorning o’zgaruvchan qarshiligidan foydalaniladi. Kirish kuchlanishi o’sishi bilan tranzistor qarshiligi ham orta boradi, tegishlicha kuchlanish pasayishi bilan qarshilik ham pasayadi. Bunda yuklamadagi kuchlanish kattaligi o’zgarmas bo’lib qolaveradi (7- rasm).
CHiqish kuchlanishini rostlash printsipi rostlovchi tranzistor VT1 ning o’tkazuvchanligini o’zgarishiga asoslangan.
6-rasm. Kompensatsion stabilizator
Do'stlaringiz bilan baham: |