Ii. Asosiy qism Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang`ich nuqta masalasi


Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari



Download 128,5 Kb.
bet3/5
Sana29.04.2022
Hajmi128,5 Kb.
#593644
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix

3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari
O`rganish sohalari va ob’ektlarining xilma-xilligi shunga olib keladiki, neoinstitutsional nazariya mukammal nazariy tizim sifatida emas, balki bir necha muhim g`oyalar bilan birlashgan yondashuvlar to`plami sifatida namoyon bo`ladi.
Neoinstitutsionalizmning asosiy yo`nalishlari ichida o`z mohiyatiga ko`ra ko`p jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan quyidagi tadqiqotlarni ajratish mumkin [30, 37, 40, 42, 47, 52, 56]:

  • mulk huquqi nazariyasi – R.Kouz, A.Alchiyan va G.Demsets, R.Pozner, S.Peyovich va Ye.Furubotn – shartnomalar nazariyasiga asos bo`ldi;

  • transaksiya xarajatlari nazariyasi – R.Kouz, O.Uilyamson, D.Nort – iqtisodiy tashkilot nazariyasi (firma nazariyasi)ga asos bo`lib xizmat qildi – M.Aoki, A.Alchiyan va G.Demsets, S.Chung, M.Jensen va U.Mikling, O.Uilyamson, Yu.Fama;

  • ijtimoiy tanlov nazariyasi – J.Byukenen, T.Tallok, M.Olson – byurokratiya nazariyasi – K.Errou, V.Niskanen, S.Parkinson; jinoyat va jazolar iqtisodiy nazariyasi – G.Bekker, M.Fridmen, J.Stigler, M.Olson va b.; korrupsiya iqtisodiy nazariyasi – E.Kryuger, J.Stigler va b.; xufyona va norasmiy iqtisodiyot neoinstitutsional konsepsiyasining davomi bo`ldi – E. de Soto, E.Fayg, K.Xart, T.Shanin, F.Shnayder;

  • D.Nortning institutsional evolyutsiya konsepsiyasi yangi iqtisodiy tarixda o`z ifodasini topdi – B.Gustaffson, D.Nort, R.Tomas va b.

Rossiya iqtisodiyot fanida neoinstitutsional nazariya R.I.Kapelyushnikov, O.S.Suxareva, A.N.Oleynik, V.M.Polterovich, V.L.Tambovseva, A.Ye.Shastitko va boshqalarning ishlarida rivojlantirilgan [31, 34, 40, 41, 43, 48, 51, 56].
Xufyona va norasmiy iqtisodiyotning institutsional jihatlari A.Auzan, L.Kosals, A.Oleynik, V.Radayev, L.Timofeev, Yu.Latov va boshqalarning ishida o`z aksini topgan [41, 47, 52].
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o`tilgan yo`nalishlari o`rtasida ko`plab farqlar ham, umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni ajratadi [59]:
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar va shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko`rinishda modellashtirishga intilishadi, bunda andoza sifatida ko`proq neoklassik modelda mulk huquqlarining eng na’munali yo`lidan foydalaniladi.
Ikkinchidan, to`liq axborot va almashuvning nol darajali xarajatlari to`g`risidagi neoklassik taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy transaksiya xarajatlarining oqibatlari o`rganilmoqda.
Uchinchidan, baholanadigan ne’matlarda faqat ikkita o`lchov – narx va sifat o`lchovlari mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy natijalar va iqtisodiy tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o`zgarishlarining oqibatlari tadqiq etilmoqda.
Yana bir bor ta’kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to`liq shakllanmagan: ta’riflar va atamashunoslik borasida to`liq uyg`unlikka erishilmagan, matematik modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda juda kam darajada foydalanilmoqda, empirik teslashga katta e’tibor qaratiladi (bu ayniqsa o`tish iqtisodiyotidagi jarayonlarni tahlil qilishda, masalan xufyona sektorni o`rganishda, turli ma’muriy to`siqlarning samaradorligini tadqiq etishda ko`zga tashlanadi).



Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish