Tuman(shahar) hokimining o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi
Quyidagilar tuman(shahar) hokimining o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- tuman(shahar)da ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar hamda jamoat birlashmalarining ushbu yo'nalishdagi ishini muvofiqlashtirib borish;
- xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarni moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarini yaxshilash hamda sog'lom avlodni tarbiyalash, ma'naviy, kasbiy, jismoniy, axloqiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy o'rnini oshirish;
- xotin-qizlarning yashash joylari va turmush sharoitlarini o'rganish, ishlab chiqarishda ular bilan yaqindan aloqada bo'lish;
- joylarda milliy-diniy urf-odatlarni to'g'ri targ'ib etish, xotin-qizlarning Konstitusion huquqlarini himoya qilish va tadbiq etish, ularning ongini zaharlab, turli xil ekstremistik diversion-terroristik faoliyatga aralashib qolishining oldini olish;
- xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalariga, shuningdek, ularning ish faoliyatini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi tashkilotlarda, muassasalarda, korxonalarda ijtimoiy himoya qilish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va tadbiq etish.
Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi:
-sog'lom avlod, ayollar sog'lig'ini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyat darajasini oshirish masalalari bo'yicha doimiy ishlovchi viloyat komissiyasi;
-oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ayollar sog'lig'ini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yunalishlarini amalga oshirish bo'yicha maqsadli tadbirlar dasturining bajarilishini ta'minlash bo'yicha viloyat komissiyasi;
-Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash bo'yicha viloyat komissiyasi;
-Yod tanqisligi kasalliklarini oldini olish bo'yicha viloyat muvofiqlashtirish komissiyasi;
-Viloyat favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OIV/OITS epedimiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Respublika Strategik dasturining viloyatdagi muvofiqlashtiruvchi komissiyasi.
Vakolati doirasida sohasiga oid masalalar yuzasidan Respublika vazirliklari, boshqaruv organlari, jamg'armalar va boshqarmalar bilan hamkorlikda ish olib boradi. Xotin-qizlar mehnat qilayotgan barcha korxona, muassasalar, boshqarma va idoralar faoliyatini o'ziga tegishli masalalar bo'yicha muvofiqlashtiradi.
Belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi.
O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror hamda farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shug'ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |