Antibiotiklarning ximyaviy tuzilishi xar xildir. Ba’zi bir xillarining ximyaviy tuzilishi hali aniqlanmagan. Bir qanch antibiotiklar kristall xolda olingan bo’lib, ximyaviy formulasi aniqlangan. M-n: xlormitsetindan suniy sintezlash bilan sintomitsin va levomitsin antibiotiklar tayyorlangan.
Antibiotiklarning aktiv tasir etish birligi ‘’Yed’’ bilan aniqlanadi. ‘’YeD’’ yani tasir etish birligi bu- antibiotikning aktivligini ko’rsatadigan miqdordir. Halqaro ta’sir etish birliklari mavjud. M-n: penitsillinning bir halqaro ta’sir etish birligi 0,6 mkm ga va biomitsinning -0,001 mkm gat teng.
Streptomitsin bu antibiotik 1943 yili Shati va Vaksmanlar tomonidan kashf etilgan bo’lib, u Actinomyces glolisporus streptomycini degan aktinomitsetdan olinadi. Streptomitsin formulasi S21N39012N7 dan iborat. Bu antibiotik suvda tez eriydi va ta’siri uzoq saqlanadi, oshqozonning xlorid kislotasiga chidamli, qonda, yiringda va organizmdagi boshqa suyuqliklarda o’z kuchini kam yo’qotadi, keng antibacterial spektra ega bo’lib, ko’pchilik gramm-musbat, gramm-manfiy mikroblarga va kislotaga chidamli bakteriyalarga ta’sir etadi.
Streptomitsin penitsillinga nisbatan mikrob hujayrasiga kechroq 4 soatdan so’ng kiradi va muhitda antibotikning konsentratsiyasi qanchalik yuqoi bo’lsa hujayraga shunchalik ko’p miqdorda kiradi. Mikrob hujayrasiga streptomitsin hujayra ichidagi turli birikmalar bilan birlashadi va natijada uning bilogik aktivligi ortadi. Streptomitsin mikrob hujayrasining oksidlanish protsesslarini kuchsizlantisini va moddalar almashinishiga kuchlu ta’sir ko’rsatadi, asosan bakteriya uchun muhim bo’lgan va strukturasi bo’yicha fosforli shakarga yaqin bo’lgan moddalarning sintezlanishi qiyinlashi.
Sreptomitsin sil kasalligining boshlang’ich davridagi turli shakllarida, sil meningit, peritonit(qorin pardasining yallig’lanishi), o’pka silining infiltratli (suyuqlik qanchalangan) davrida, kekirdak, ovoz pardasi, suyak va ko’z silligida yaxshi natija beradi.
Bulardan tashqari, streptomitsin tilyaremiya, ichak tayoqchasi gruppasi bakteriyasi o’zgargan koli bakterioz kasalliklarida, ichburug’, kuydirgi kasalligida, ko’k yiring tayoqchasi o’zgargan yiringli protsesslarda, brutsellyoz kasalligining boshlang’ich davrida yaxshi ta’sir etadi.
Streptomitsin patogen anaeroblardan qoqshol batsillasi va gazli gangrana kasalligini qo’zg’atuvchi mikroblarga ta’sir etmaydi.
Streptomitsin ko’pincha muskullarga yuboriladi va shuningdek uni qon tomiriga yuborish mumkin.
Streptomitsin birmuncha zaxarli antibiotikdir. Uning ta’sirida albuminariya bo’lishi mumkin. Ayrim kasal kishilarda markaziy nerv sistemasiga ta’sir etib gandiraklash, tanani tik ushlab turolmaslik, bosh og’rig’i, eshituv nervi shikastlanib karquloq bo’lish xodisalari yuz beradi. Ayrim xollarda nerv tarmoqlarida chala falajlanish xodisasi ham bo’lishi mumkin. Bunday hodisalarga barham berish uchun streptomitsinni katta dozada va uzoq ishlatib ko’p kasalliklarni ham davolash mumkin.
Gramitsidin. Qancha tuproqda yashaydigan sporali tayoqcha Vas. Brevis dan olingan. 1942 yilda sovet olimi G. Gauze bilan M.Brashnikovlar moskva atrofida Vas. Brevis ni topgan va uning kulturasidan gramitsidin olishga muyassar bo’lishgan. Grauze bilan Brashnikovlarning topgan gramitsidiniga Sovet gramitsidina (gramitsidin S) deb nom berilgan.
S –kristall shaklida bolib, faqat spirtda eriydi. Shuning uchun gramitsidin S ampulada sterillangan 4 % spitli eritma shaklida tayyorlanadi. Davolash va oldini olishda spirtli eritmasi 100 hissa suvga aralashtirib ishlatiladi, bunday holda u o’z kuchini uch kungacha saqlaydi.
Gramitsidin S gramm-manfiy mikroblarga kuchliroq ta’sir etadi, gramm-musbat mikroblarning (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk) ham ayrim turlariga ta’sir etadi, ayniqsa gazli gangrena kasalligini qo’zg’atuvchi anaerob batsillalarga, difteriya kasalligini qo’zg’atuvchi bakteriyalarga ta’sir etadi.
Gramitsidin S zaharli antibiotikdir, shuning uchun uni qon tomiriga yuborib bo’lmaydi, chunki u qizil qon tanachalarini eritadi. Gramitsidin S ni faqat yiringli yaraga surkash va u bilan og’izni chayish mumkin. U bilan sigirlarning yuqumli mastit kasallini davolash mumkin.
Keyingi paytlarda Gauze bilan Brashnikovlar gramitsidin S ning qizil qon tanachalarni eritmaydigan turini topishgan. So’nggi vaqtlarda undan yaxshiroq ta’sir etadigan antibiotiklar topilishi natijasida gramitsidin S brogan sari kam qo’llanilmoqda.
Tetratsiklinlar: bu gruppaga ximyaviy tarkibi bir biriga o’xshash antibiotiklar: xlortetrasiklin, oksitetratsiklin, tetrasiklin.
Xlortetratsiklin: (auromitsin, biomitsin, duomitsin, antibiotik A- 377) xlorid kislotali kristall shaklidagi antibiotik.
Auromitsinni birinchi bo’lib Dager qancharoqda yashovchi Ast. Aureofaciens aktinomitsetdan topgan. SSSR da auromitsin tipidagi yangi antibotik kashf etilgan, u <> deb nomlangan. Biomitsinning kristallari suvda eriydi va u ko’pchilik gramm-musbat va gramm-manfiy mikroblarga, soda hayvonlarga, ba’zi yirik viruslarga (ornitozga) va rikketsiyalarga kuchli ta’sir etadi. Biomitsin leptospiroz, stafilokokk, pnevmokokk, meningokokk, parafit, cho’chqa samarasi qo’zg’agan kasalliklarini davolashda yaxshi natija beradi. Biomitsin zaharli antibiotik hisoblangani uchun katta dozasi ham jigarda mikroskopik o’zgarish hosil qilishi mumkin. Shuning uchun biomitsinni katta dozada ishlatmaslik lozim. Bu antibiotik har 4 soatda suv bilan qo’shib ichirilsa organizmda 16 soatgacha saqlanib, keyin siydik bilan chiqib ketadi.
Oksitetrasiklin (tetrasiklin, oksimikoin, niomitsin)- bular Astinom, rimosus aktinomitsetidan olinadi va ko’pchilik gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalarga hamda viruslarga ta’sir etadi.
Tetrasiklin (ambramitsin, axromitsin, panimitsin, politsiklin, tetratsin, tsiklomitsin) xlortetratsiklinni hosil qiluchi Astimon. Aureofaciens dan ajratiladi va shu gruppaga kiradigan boshqa antibiotiklarga o’xshash tetrasiklin ham gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalarga hamda kislotaga chidamli bakteriyalarga ta’sir etadi.
Ushbu gruppaga kiruvchi barcha antibiotiklar buzoq va cho’chqa bolalarining paratif kasalligi, cho’chqa samarasini va boshqa kasalliklarni davolashda.
Kolimitsin- neomitsin gruppasiga kiradigan antibitik bo’lib, Astinom.fradia dan olingan. U ichak tayoqchasiga, uchburug’ bakteriyasiga, parafit tayoqchasiga, stafilokokklarga kuchli ta’sir etadi.
Kolimitsin pnevmakokk, streptakokk va V. proteus vulgaris ga kamroq ta’sir qiladi. Bu antibiotic bir oz zaxarli bo’lib, katta dozasi eshituv nervini shikastlab quloqni kar qiladi. Ba’zan buyrakka ta’sir etadi. Buning uchun dermatologiyada teriga surkash, xirurgiyada yaralarni yoki yallig’langan bo’shliqlarni chayish uchun ushlatiladi.
Levomitsetin va sintomitsin antibiotiklar sintezlash yo’li bilan tayyorlanadi. Bu preparatni SSSR Meditsina akdemiyasining biologiya va meditsina ximyasi instituti xodimlari sintez yo’li bilan tayyorlangan: u Streptomyces venezuella kulturasining tabiiy sharoitda hosil qiladigan xloromitsetinning ayni o’zidir.
Levomitsetin ko’pincha suvga qo’shib ichiriladi, qon tomiriga ham yuborilishi mumkin. Levomitsetin bakteriostatik ta’sir etadi. Bu antibiotikning enterokokklar, rikketsiyalar, spiroxetalar, bir qator viruslar va ba’zi gram-manfiy (ichak tayoqchasi, parafitlarni qo’zg’atuvchi va boshqalar) mikroblarga ta’siri bor.
Sintomitsin. Bu preparat dekstavitsin bilan levomitsetininng birikmasidan iborat bo’lib, uni Xanenya o’z yordamchilari bilan kashf etgan. U levomitsitinga nisbatan ikki baravar kuchsiz ta’sir etadi. Sintomitsin ichiriladi, lekin u achchiq va zaharli bo’lgani uchun uni molga ichirish ancha qiyinchilik tug’diradi.
Sintomitsin ichburug’ni qo’zg’ovchi bakteriyalarga kuchli ta’sir etadi. Qorin tifi, parafitlarda, yosh mollarda toksik dispepsiya kasalliklariga qarshi qo’llanilishi mumkin. Uning enterokokklarga ham ta’siri kuchlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |