aniqlash, nurning o ‘lchami va ayniqsa uning chiqish diametriga bog‘ liq.
Melioratsiya inshootlari nishabligini ko‘chirmasdan, avtonom sistemasini avtomatik to‘g‘ rilash Nishablikni ko‘chirmasdan avtonom ravishda uni to‘g‘ irlash, maxsus oldindan tuzilgan programma (dastur) asosida amalga oshiriladi.
Qurilayotgan inshootning kerakli nishabligi, oldindan tayyorlangan
dastur asosida uskuna xotirasiga joylashtiriladi. Qabul qilingan dasturni
amalga oshirishda mashinani bosib o ‘tgan yo‘li yoki vaqti asos qilib
olinadi.
Qazishga moMjallangan ish jihozi mashinaning tekis harakati davomida, grunt turiga qarab, ko‘tarilib, tushishi mumkin. Ish jihozini tushib ketmasligini oldini olish maqsadida uning orqa tomoniga tayanch changMsi yoki g‘ ildiragi o‘rnatiladi. Mashinaning harakati davomida chang‘i A nuqtadan ish jihozi turgan nuqta В ga nkeladi. Agar bu nuqta bilan nishablikni beruvchi moslama orasidagi masofani h deb belgilasak, AB = t chiziq bilan, h ning o ‘zgarishi
hisobiga nishablik in hosil boiadi va u (356) formula bilan aniqlanadi.
XULOSA
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» gi va 2007-yil 29-oktyabrdagi «Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘paytirish, shuningdek, melioratsiya
ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2009-yilda chop etilgan Birinchi Prezidentimiz LA. Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» asarlarida «2008-2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar tizimining izchil amalga oshirilishiga, ya’ni ekin maydonlarining meliorativ ahvolini yaxshilash, faoliyat ko‘rsatayotgan irrigatsiya-melioratsiya obyektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash, ixtisoslashgan suv xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratish darkor» ligi ko‘rsatib o‘tilgan. Respublikamizda 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni hayotga tadbiq etish maqsadida Vazirlar mahkamasining bir necha qarorlari chiqdi. Shu qonun va dasturlarga asosan Oliy ta’limda ikki bosqichli bakalavriat va magistrlik ta’lim yo‘nalishlariga o‘tildi. Tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari yaratilib, ular asosida fan dasturlari ishlab chiqildi. Fan dasturlari asosida darsliklar
yaratilmoqda. «5450300 - Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan «Melioratsiya mashinaiari» fani shu soha bo'yicha mutaxassisiar tayyorlashda asosiy a'rinlarda turadi. «Melioratsiya mashinalari» fanini o'qitish, oldin o‘rganilgan «Traktor va avtomobiilar», «Yuk ko‘tarish-tushhish mashinalari», «Qurilish mashinalari», «Gidravlik mashinalar» va hoshqa faniami 0‘rganish asosida shakilangan boiib, melioratsiya mashinalarini konstruksiyalarini o‘rganish, ulami loyihaiash nazariyasi hamda tilami o'tuvchanlikka, turg'imiikka va quw at balansiga hisoblashni o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |