1- t a j r i b a. Oqsillarni organik va mineral kislotalar ta’sirida cho’ktirish.
Oqsil organik kislotalar (trixlorsirka kislota, sulfosalisil kislota) va konsentrlangan mineral kislotalar ta’sirida denaturasiyaga uchraydi, suvsizlanishi va zaryadsizlanishi tufayli cho’kmaga tushadi. Sulfat va xlorid kislotalar uzoq vaqt ta’sir qilsa, oqsil qisman gidrolizga uchrab cho’kma asta-sekin erib ketadi. Nitrat kislotada cho’kma sekin eriydi. Organik kislotalar ta’sirida cho’ktirish keng qo’llanilmoqda. Trixlorsirka kislota miqdoriy analizlarda oqsilsiz „filtrat olish uchun, sulfosalisil kislota, nitrat kislota klinik laboratoriyalarda siydik va boshqa biologik suyuqliklardagi oqsilni aniqlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |