Ionic, covalent and metallic (conductivlik) bo’limini ko’rsak
Bu yerda elektr tokini o’tkazuvchi metllar kovalent bog’langanlikka tekshirishimiz mumkin.
37-rasm. Elektr manbai va idish orqali agar tok o’tsa lampochka yonishi kerak. Chap tomondagi moddalarni kovalentlikka tekshirishimiz mumkin.
Iodine – yod moddasini idishga solamiz.
38-rasm. Lampochka yonmadi demak yod moddasi elektr tokini o’tkazmasligini bildik.
Idishni bo’shatamiz.
39-rasm. va Karbon moddasini solib ko’ramiz.
40-rasm. Demak Karbon moddasi elektr tokini o’tkazuvchanlik xususiyati mavjud ekan.
Keying bo’lim “Ionic, covalent and metallic (melting point)”erish nuqtasi. Ushbu bo’limda moddalarning necha gradusda erishini aniqlash mumkin.
41-rasm. Kumush solindi va harorat 50 gradus Selse da erimas ekan haroratni ko’taramiz.
42-rasm. Hatto 500 gradusda ham erimas ekan isitgich pechimiz esa bundan yuqori harorat chiqara olmaydi.
Endi yod moddasini erish haroratini o’rganaylik.
43-rasm. Demak 190 gradus da erirkan
Modda tarkibining haroratga bog’liqligini o’rganamiz.
45-rasm. 50 gradus Selseda amorif (tartibsiz) holatda bo’lar ekan
46-rasm. 150 gradus Selseda esa bug’lanish jarayoni bo’ladi va suv bug’lanib tugaydi.
47-rasm. Tempratura o`zgarishi
2.3. Auto Play Media Studio dastur yordamida “Kimyo” fanida o‘qituvchilari uchun Crocodile dasturida virtual laboratoriyalarni tashkil etishni o‘rgatuvchi elektron resurs ishlab chiqish XXI asr texnika rivoji yuksak darajada ekanligini hisobga olgan holda, ta’lim sohasida turli dasturlar orqali juda ko’plab elektron darsliklar, qo’llanmalar yaratilmoqda. Elektron darsliklar bugungi kunda sezilarli darajada o’z samarasini ko’rsatmoqda, boshqacha so’z bilan aytganda zamon talabiga aylanib ulgurgan. Shuningdek, yosh avlodning texnikaga qiziqishi va texnikani yaxshi bilishi elektron darslikka bo’lgan ehtiyojni yanada ortishiga sabab bo’lmoqda. Qiziqishni to’g’ri yo’nalishga boshlash esa beqiyos yutuqlarga olib kelishi barchamizga sir emas.
Men ham shu sohaga qiziquvchi sifatida o’zimning loyihamni tatbiq etishni taklif etaman. Mening loyiham Maktab o`quvchilari uchun “kimyo” fanidan Crocodile chemistry dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratish deb nomlangan bo’lib, o’z nomidan ma’lumki, bu dastur Kimyo fanini laboratoriya mashg`ulotlarini o’rgatadigan dastur hisoblanadi. Ushbu elektron darslik “AutoPlay Media Studio8” dasturidan foydalanilgan holda yaratilgan.