Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)


Dramatik asarlarda ifodali o’qish



Download 0,91 Mb.
bet3/4
Sana08.09.2017
Hajmi0,91 Mb.
#19758
1   2   3   4

2.2 Dramatik asarlarda ifodali o’qish.

Dramatik asarda epik va lirik asarlardagi kabi muallifning batafsil bayoni va hikoyasi bo’lmaydi, drama kishini faqat harakatga ifodalaydi. V.G.Belinskiy aytganidek,dramatizm faqat so’zlashuvdagina emas, balki bir-biri bilan so’zlashayotganlarning jonli harakatidan iboratdir.

Drama badiiy adabiyotning asosiy turlaridan bo’lib, monolog va dialoglar asosida ko’rinadi. Shuning uchun ham u roman, qissa, hikoya va she’riy asarlardan tubdan farq qiladi. Dramatik asarda muallif qahramonlarning turli kayfiyatini, holatini va xatto ichki hissiyotini ham ularning nutqi va xatti - harakati orqali bayon etadi. Bilamizki, dramaturg o’z qahramonlari hayoti haqida hikoya qilmay, balki ularning o’zlarini jonli tarzda ifodali nutqni amalga oshirib, ularni harakatga keltiradi. Maksim Gorkiy dramatik asarlarning o’ziga xos xususiyatlarini ta’kidlab, mazkur tur adabiyotining eng qiyin shakli ekanini, unda har bir shaxs muallifning izohsiz, o’z so’zi va ismi bilan harakatlanishini uqtiradi. Dramada barcha harakatlar qahramonlarning xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Dramatik asarning ulardagi qahramonlarining nutqi epik asar qahramonlarining nutqiga nisbatan dinamik hisoblanadi. Dramatik asarlarda nutqning aniqligi, uslubi, temp va ritm, pauzalar katta ahamiyatga ega.

Dramatik asarlarni qo’lga olish bilan darhol muallif izohiga nazar tashlanadi. Bu izoh adabiyotshunoslikda remarka deb ataladi. Dramatik asarlarda berilgan bu izohlar asarni sahnaga qo’yuvchi rejissorga va ayniqsa, uni ifodali o’qimoqchi bo’lgan kitobxonga qaratilgan bo’ladi. Binobarin, remarka asar ishtirokchilarining tashqi qiyofasi, yoshi, xulqi, xatti-harakatlari, qiliqlari, sahna manzarasi va boshqalar yoritiladi. Demak, muallif tomonidan bayon etilgan remarka asarni yaxshi tushunish, rollarga bo’lib ifodali o’qish uchun juda zarur. Asar qahramonlarining ifodali nutqi qanchalik ravon, chiroyli aytilsa, dramatik asar mazmunini tushunish ham shuncha oson bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki,har bir badiiy asarni o’qish va o’rganishda, xususan ularni badiiy asar sifatida tushunishda o’quvchilar ayrim qiyinchiliklarga duch keladi. Bunga tavsiya etilayotgan adabiy materiallarning turli-tuman janrlarga oidligi ham sabab bo’ladi. Har bir janr, hatto har bir asarning o’zi uni o’rganishdagi yangidan –yangi usul va shakllarni taqazo etadi. Bu ifodali o’qish metodikasining asosiy aksiomalaridan biridir. Dramatik asarni yoki ayrim epik asarlardagi qahramonlarning dialoglarini o’qishda har bir qahramonga xos bo’lgan nutq ohanglarini belgilash, lirik asarlarni o’qishda esa unda aks etgan kayfiyatni aks ettiradigan intonatsiyani aniqlab olish zarur. Badiiy asarni o’qishda yoki dramatik asarlarni ifodali nutq tarzida ochib berish davomida uni lingvistik jihatdan izohlash va sharhlab, harakatga yo’naltirish uchun quyidagi tamal toshlari qo’yiladi. Xususan, so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolariga e’tiborni tortish, zarur hollarda esa ularga alohida mantiqiy urg’u berish ifodali o’qishning muhim xususiyatlaridan biridir.

O’quvchi yoki dramatik asar qahramoni gapning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda unda ifodalanayotgan shodlik, qayg’u, ko’tarinkilik yoki ajablanish, hayratni o’z ovozida aks ettirishini anglashi kerak. Dramatik asarlarni o’qishda va o’rganishda qahramonlarning ichki hissiyotini yuzaga chiqarish uchun ifodali o’qish eng muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Remarkalarni o’qishda ham alohida izohni ifodali tarzda o’qib asarni tushunishga harakat qilish lozim.

Masalan, Hamza Hakimzoda Niyoziyning "Boy ila xizmatchi" dramasiga yozilgan remarkani ko’raylik:

Ishtirok etuvchilar:

G’ofir - boyning xizmatkori, 30 yоshlarda.

Jamila – G’ofirning xotini, 16 yoshda.

Solihboy - 50-60 yoshlarda.

Xolmat - boyning xizmatkori, 30-35 yoshlarda.

Hoji ona - boyning onasi.

Poshsho oyim -

Xonzodaxon -

Gulbahor - boyning xotinlari

Qodirqul - mingboshi

Rahima xola - Jamilaning onasi

Hasan - ellikboshi

Sifat buvi

Imom


To’ra

Pristav


Qozi va boshqalar.

Birinchi parda:

Solihboyning ichkari hovlisi. Ro’parada eshiklariga o’ymakorlik bilan gullar chizilgan, bir- biriga yamashtirib solingan uchta naqshli dang’illama uy. Bu uylarning oldida yozda ochilib, qishda yopiladigan naqshinkor, oynaband ravonlar, ayvonga asl turkman gilamlari, baxmal ko’rpalar, ipak poyandozlar to’shalgan. Shipga chinni qalpoqli zo’r qandil osilgan. Hovlining sahniga xilma-xil gullar ekilgan. O’ng yoki chap tomonda katta ko’cha darvozasi.

Muallif tomonidan bayon etilgan bu remarkani ham ifodali o’qish kerak. Remarkaning birinchi qismida asarda ishtirok etuvchi personajlarning nomlari, yoshi, kasbi va hatto jinslari ham bayon etilgan. Bu matnni ifodali o’qiganda personajlarning nomlarini aniq ravshan talaffuz etib, so’ng bir oz pauza qilinadi va tiredan keyin bayon o’qiladi.

Remarkaning ikkinchi qismi, asosan, sahna manzarasi ifodalanganligi uchun bu matnning barchasi dona – dona qilib, ifodali o’qiladi.

Dramatik asarlarni ifodali o’qishga kirishishdan avval, o’quvchilarga monolog va dialog haqida qisqa ma'lumot berib, ularning ifodali o’qilishini ko’rsatish zarur.

Jumladan, monolog “grek” tilidan olingan bo’lib, asar qahramonining suhbatdoshiga yoki o’ziga qarata aytilgan nuqtidir.

Monolog parda yoki ko’rinishlarning boshida kelsa, voqea o’rni bilan birga, asarda ishtirok etayotgan personajlardan birining sahnada paydo bo’lishiga zamin hozirlaydi va u bilan tanishtiradi, bulardan tashqari, monolog asar qahramonining fikr va kechinmalarini ifodalaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Boy ila xizmatchi” drammasidagi bosh qahramonlardan biri Jamila monologi buning yorqin dalilidir.

Qush edim, qanotimni qayirdilar, gul edim, bulbulimdan ayirdilar.

Sibir… Sibir... Qanday qo’rqinchli... U qanaqa joy bo’lsa ekan Borsammikan! He, men nima deyapman. Qayerga ham bora olaman. Meni bu temir kafasga soldilar ixtiyorimni qo’limdan oldilar.Atrofimda qancha poyloqchi, qancha qorovullar bor. (Qulab.) Men endi boy xotiniman, ha, ha, ha. Boy xotin Yo! G’ofirjon menga nomahramYo! O’h-o’h, qancha yig’ladim, yig’layversang ko’zingning yoshi tugab qolar ekan, ko’nikib ham qolar ekansan kishi. Mana endi yig’lamayman ham. Ko’zimda qatra yosh ham kelmaydi. O’limga ham tik qarab turaveraman. Ne qilay, yashash uchun kurashdim, olishdim, (boshimga tuproq sochib faryod ko’tardim, foydasi tegmadi, ko’z yoshlarimning ariqda oqqan suvchalik qadr-u qimmati bo’lmadi. Birov, nimaga yig'laysan, deb so’ramadi). Ha menday baxti qoraning kimga keragi bor Xonzoda bo’lsa xuddi qarg’aday go’shtimni poylab, tepamda uchadi. Albatta, bu monologni ifodali o’qishdan avval, monolog kim tomonidan, qay vaqtda, qanday holatda aytilganini tasavvur qilish lozim. Matnni ifodali o’qiyotgan vaqtda Jamilaning ana shu vaziyatdagi holatiga yaqin hollarda bo’lishga intilish kerak.

Dialoglarni ifodali o’qishga tayyorlash ham xuddi shu tartibda olib boriladi. Dialog “grek” tilidan olingan bo’lib, ikki kishi orasidagi so’zlashuv degan ma’noni anglatadi. Dramatik asarlardagi qahramonlar dialogi personajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his - tuyg'ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarini va ularning bir-birlari bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishga yordam beradi. Bunday xususiyatlar, ayniqsa, iste’dodli artistlar tomonidan sahnada o’ynalganda, uni faqat ifodali o’qish orqali yanada yorqinroq namoyon qilishadi. Ammo, o’qituvchi o’quvchini dialog bilan tanishtirganda uni faqat ifodali o’qish orqali tanishtiradi. Epik asarlardagi dialoglar kishilar o’rtasidagi suhbatga o’xshasa, dramatik asarlardagi dialoglar turli to’qnashuvlar asosida quriladi, shuning uchun ham dramatik asarlarni ifodali o’qishda, mazmunini o’quvchilarga yetkazishda undagi ma’lum harakat, turli-tuman munosabatlar va hatto personajlarning bir-birlari bilan so’zlashib, tortishib turgan vaqtlarida qilinadigan pauza ham katta o’rin tutadi.

Bulardan tashqari, qahramonlarning tabiati, ruhiy holatlari, ularning portreti, voqea sodir bo’layotgan joylar va undagi sharoitlar ham asarni ifodali o’qishga kirishishdan oldin mashg’ulotning dastlabki paytida, ovoz chiqarmay o’qish vaqtida belgilab olinadi.

Masalan, dramatik asarlarni ichdan o’qilayotgan vaqtda personajlarning o’ziga xos xususiyatlari: qaysi tabaqaga mansubligi, qanday kasb va hunar egasi ekanligi kabi masalalar ularning so’zlarida, xatti-harakatlarida yaqqol sezilib turadi. Umuman, dramatik asarlarni ifodali o’qishga faqat yuqorida aytilganlarga suyanibgina qolmaslik kerak. Asardagi qahramonlarning ruhiy holatini tasavvur qila bilish, ularning holatiga kira bilish kerak. Ulardagi ichki his-tuyg’ularini ifodali tarzda yuzaga chiqarish lozim. Asarda ishtirok etuvchilarning xarakter xususiyatlari, ichki kechinmalarini og’zaki ijroda aks ettirish uchun asarning umumiy ruhini his qilish bilan bir qatorda, qahramonlar holatiga kirish ham talab etiladi. Qahramonlar holatiga kirishda esa, ikki narsa juda muhimdir.

Birinchisi – ovoz. Ifodali o’qishda ovoz shunday bo’lishi kerakki, g‘azabli joylarda tarang, keskin, shiddatkor, sokin o’rinlarda muloyim, his-hayajonli lavhalarda esa, ehtirosli, titroq holda o’zgarib tursin. Asar mazmunidan kelib chiqqan holda, ovozning past, baland yoki o’rtacha ohangda tovlanib turishi asar mohiyatini tushunish, ta’sirchanligini oshirish barobarida, eshituvchiga cheksiz zavq-shavq ham bag’ishlaydi.

Ikkinchisi- ifodali o’qishda og’zaki ijrochining yuz ifodasi va harakatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qish davomida harakatlardan shunday foydalanish lozimki, bu harakatlar aytilayotgan fikrlarni yanada to’ldirishga, bo’layotgan voqealarni ko’z oldimizda yorqin jonlantirishga yordam bersin. Qayg’uli yoki musibatli lavhalarini o’qiyotganda ijrochi yuzida g’am-alam ifodasi, ovozida chuqur iztirob ohanglari, yoki aksincha, xursandchilik tasvirlangan o’rinlarni yuzida shodlik ifodasi, ovozda ishonch va qat’iyat ohanglari bilan o’qish mantiqan to’g’ri bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday badiiy asarni ifodali o’qishga kirishgan ijrochida birozgina bo’lsa ham, aktyorlik mahorati bo’lishi zarur. Mana shu ikki usul,aynan, dramatik asarlarni o’qishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan vositadir. Bilamizki, dramatik asarlarni o’quvchiga o’tishimiz boshqa badiiy asarlarga nisbatan ancha murakkabroq kechadi. Shu to’siqlarga uchramsalik uchun biz mana shu yuz ifodasi va ifodali o’qishga tayanib ish ko’ramiz. Asarning mazmun-mohiyatini ochib, o’quvchilarga tushunarli bo’lishini ta’minlaymiz. Mana shu qoidalarga amal qilinsa, dars samarali tarzda o’tilgan hisoblanadi.

2.3 Nazmiy asarlarda ifodali o’qish.

Tinglovchiga asarning g’oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramonning ichki kechinmalari va his-tuyg’ularini yetkazish ifodali o’qishning o’z oldiga qo’ygan asosiy vazifasidir. Shu maqsadda har bir o’quvchi yoki talaba ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlarini mukammal o’rganishi kerak. Uni puxta o’zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo’lib, o’z fikrini tinglovchilarga to’g’ri va izchil yetkaza oladi. To’g’ri, badiiy asarning hammasi ham bir xilda o’qilavermaydi. Har qanday asarni ifodali o’qishga kirishishdan oldin uning g’oyaviy mazmunini, obrazlar tizimini va badiiy xususiyatlarini chuqur o’rganishi lozim.

She’riy asarlarni ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlari o’qiladigan asarning janri,ritmi, qofiyalanish tartibi va band qurulishiga bog’liq. Biz quyida barmoq va aruz she’riy tizimiga mansub asarlarni o’qish haqida qisqacha fikr yuritib misollar keltiramiz. Barmoq vaznidagi she’rlarda ifodali o’qish she’rlar cho’ziq va qisqa bo’g’inlarga ajratilmaydi. Aksincha, hijolar miqdoriga asoslanadi. Unda misralardagi hijo (bo’g’in) larning soni bir xilda, tekis takrorlanishi natijasida muayyan ritm hosil bo’ladi.

Masalan:


Qiziq, har yil yanvarda,

Men tug’ilgan bir kun bor.

Kelishadi mehmonlar,

Yog’ib turganda ham qor.

Bu she’rning har bir misrasida hijolar soni yettitadandir.



Qi-ziq har yil yan-var-da

Men tu-g’il-gan bir kun bor

Ke-li-sha-di meh-mon-lar

Yo-g’ib tur-gan-da ham qor.

Barmoq tizimi turkiy xalqlar poeziyasining eng qadimgi turi bo’lib, xalq og’zaki ijodi ham shu she’riy tizim asosida yaratilgan. Barmoq tizimi turkiy xalqlar poeziyasining eng qadimgi turi bo’lib, xalq og’zaki ijodi ham shu she’riy tizim asosida yaratilgan. Barmoq tizimi turkiy xalqlar poeziyasining eng qadimgi turi hijoli vazndan tortib o’n olti hijoli vazngacha bo’lingan o’n uch turi mavjud.

Barmoq tizimidagi she’rlarni ifodali o’qishga faqat hijolarning tartibigagina emas, balki turoq she’rning ifodaliligini tartibga solib turuvchi asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Boshqacharoq qilib aytganda, turoq she’rning ritmini va o’ynoqiligini tartibga solib turuvchi asosiy omillardan biridir.

Erkin vaznda yaratilgan she’rlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ritmik pauzaning ko’pligidir. Erkin vazndagi she’rlarda jumlalarning qisqa-qisqa bo’lishi uning jangovarlik ruhini oshiradi. Bunday asarlarda ohang, ritm, intonatsiya, urg’u kuchli bo’lganligi uchun ularni adabiy kechalarda o’qish kishiga chiroyli ohangrabo kabi zavq baxshlaydi. Erkin vaznli she’r tuzilishi jihatidan o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, misralar hijolarining soniga emas, balki ohang, ritm va intonatsiya mutanosibiligiga asoslanadi.

Erkin vazn hozirgi o’zbek poeziyasida Hamza Hakimzoda Niyoziyning jangovar poetik asarlari orqali kirib kelgan bo’lsa, keyinchalik Hamid Olimjon, G’afur G’ulom va boshqa shoirlar ijodida yanada kamol topdi. Hamid Olimjonning “Baxtlar vodiysi” she'ri bu vaznning go’zal namunasidir:

Dillar,

havas bilan to’ladi,

Yuzlar,

sevinch sepib kuladi.

To’rt tomoni osmon bilan

o’ralgan vodiy

Kundan-kunga,

husni ortgan oydek

to’ladi.

Ko’m-ko’k... Ko’m-ko’k... Ko’m-ko’k...

Bu she’rni ifodali o’qiganda, she’rning mazmuni va o’ziga xos erkin shaklidan kelib chiqqan ma’qulroq. Buning uchun shoirning fikri, hayajonini chuqur his etishga intilish kerak. Muallif bunyodkor xalqimizning fidoyi mehnati tufayli diyorimizning gullab yashnayotganini zo’r pafos bilan kuylaydi. Lirik qahramonning jo’shqin kayfiyatini, his-tuyg'usini to’laroq ifoda etish uchun unga mos so’zlar tanlaydi va satrlari zinapoyalarga bo’lib yuboriladi. Zero, fikrning jo’shqinligi va publitsistik ruhda bayonetishi erkin she'rga xos muhim xususiyatlardan biridir. Umuman olganda erkin vazndagi she'rlarni ham ifodali o’qishdan oldin turoq va hijolari aniqlanib, pauza va urg’uli so’zlar belgilab olinsagina asar g’oyasiga tushinib yetish oson bo’ladi.

Har qanday she’r mustahkam hayotiy zaminga ega. Kundalik turmushda shunday paytlar bo’ladiki, kishi beixtiyor qofiyalashtirib gapirib yuboradi. Bu hol garchi she’riy element bo’lsa ham, biroq uni hali she’r deb bo’lmaydi. Shoir o’z asarini yaratish jarayonida hayotiy nutqni shartli ravishda ixchamlashtiradi, muayyan sintaksistik qurilishlarga asoslanib she’rlar tuzadi va ayni paytda, hayotiy nutqni saqlab qolishga ham harakat qiladi. Shuning uchun ham she’riyatda tasvirlangan real voqelik, mutanosiblik badiiy haqiqat deb ataladi. She’rni shartli nutqqa aylantiruvchi omillar juda ko’p. Bu asosan ritm, vazn, qofiya, band kabi she’riy mazmun muayyan shaklda ifoda etuvchi komponentlardir. Bu omillarning barchasi muayyan adabiy qonun-qoidalar atrofida birlashdiki, she'riyatni ularsiz tasavvur etish mumkin emas. She’rda anafora san’atining qo’llanilishi ritmik ohangdorlikni yuzaga keltirish barobarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalarini yorqin ifodalashda ham asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.

Anafora ritm.Misralar boshida ma’lum bir so’z yoki so’z birikmalarining takrorlanib kelishi anafora ritmini yuzaga keltiradi.

Masalan: Abdulla Oripovning “Bir qarasam...” deb nomlangan she’ri anafora ritmining yorqin namunasidir:



Bir qarasam, do’stu yordan ko’nglim to’qday,

Bir qarasam, atrofimda hech kim yo’qday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,

Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,

Bir qarasam, butun olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,

Bir qarasam, ko’zim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yo’g‘rilganman,

Bir qarasam, endigina tug‘ilganman.

She’rdagi “Bir qarasam” ritmi bir necha marta takrorlanib kelgan bo’lsa-da, ularning hammasi ham bir xilda ifodalanmaydi.Har biri alohida talaffuzga ega bo’lib kelgan. Ifodali tarzda o’qilgandagina she’rning mazmunini, undagi mohiyatni ochib berishimiz mumkin. Bilamizki, ifodali o’qish bilan har doim ovoz hamroh bo’lib kelgan. She’rdagi misralarnigina emas, balki jamiki asarni yoki qisqa matnni o’qilayotganida ham ifodali ovoz bilan o’qilsa, o’quvchilarni tushunish saviyasini o’stirish oson bo’ladi.



Ritm haqida gap borar ekan, shunday savol tug’ilishi ham tabiiy: Ritm faqat she’riy asarlargagina xos hodisa emas. Nasriy asarda ham ritm bo’lishi mumkin. Lekin nasriy asarlardagi ritm, she’riy asarlardagidan boshqa qonunlar asosida yuzaga keladi. Har qanday nasr ham o’ziga xos ritmga ega bo’ladi. Ritmlar asosiga qurilgan nasr dastlab xalq og’zaki ijodida paydo bo’lib, keyinchalik yozma adabiyotga o’tgan. Xalq dostonlari yoki ertaklari tarkibidagi ritmik-sintaktik parallelizmlar asosiga qurilgan lavhalar buning yorqin dalilidir. “Hasanxon qanday o’g’lon? - so’ylaydi alvon-alvon, yag’rini yoziq polvon, toza bir bilak arslon”. Bu o’rinda har bir saj’langan bo’lak bitta ritmik guruhni tashkil etadi, guruhlar orasida esa, qat’iy vazndoshlik mavjud, ya’ni har bir ritmik bo’lak yeti hijodan tashkil topgan.

Masalan: Bilga Xoqon, Kul Tegin sharafiga qo’yilgan yodnomalar matni, “0’g’uznoma” kabi asarlar ritmli nasrlarning yorqin namunasidir.



Temp. Temp lotincha “tempus” so’zidan olingan bo’lib,“ sur’at”, “daraja”, “vaqt”, “tezlik” degan ma’nolarni bildiradi. Demak, o’qish tempi deganda o’qish sur’ati, o’qish tezligi tushuniladi. Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap bo’laklari, ularning o’rni, gapning turi kabi omillar ta’sirida har xil bo’ladi. Masalan, darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo’ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg’u olsa, uning talaffuzida temp kuchayadi. Demak, temp qahramonlarning ichki kechinmalari, his-hayajon, voqealar rivojining keskinligi darajasiga ko’ra o’zgarib turadi. She’riy asarlarda tempning tezlashishi, ko’tarilishi yoki pasayishi band tuzilishi bilan ham bog‘liqdir. Masalan, xalq dostonlaridagi yetti hijoli bandlar tezlik talab etilgan o’rinlarda ishlatiladi. Qahramonlarning ot bilan safari ko’pincha yettilik bilan beriladi:

Ot boradi arillab, - 7

Otgan o’qday sharillab, - 7

Bunday vazniy o’zgarishlar mazmun bilan aloqador bo’lib, ko’pincha voqea holatini, qahramon xatti-harakati tempini ifodalaydi. Qisqa vaznli she’rlar tezlikni ifodalasa, 11, 12, 13 hijoli uzun vaznli she’rlar harakatning tinch va ohistaligini ifodalaydi.



Bekaslar uchrasa, tumshuq turmagin, - 11

Hajv aylab zinhor labing burmagin, - 11

Oting o’ynoqlasa, ketma o’zingdan, - 11

Kuchim bor deb kuchsizlarni urmagin. - 11

(“Ravshan” dostonidan parcha)

Yuqorida keltirilgan yetti bo’g’inli she’riy parchani og’zaki ijro qilganda o’qish tempi (sur’ati) tezlashadi, keyingi o’n bir bo’g’inli, didaktik ruhdagi she’riy parchada esa, o’qish sur’ati nisbatan sekinlashadi. Shunday qilib, nutq tempi gapning ma’no jihatdan turlari, asar mazmuni, band tuzilishi va muallif maqsadiga ko’ra ba’zan tezlashib, ba’zan esa pasayib, o’zgarib turadi. Ifodali o’qishga kirishishdan oldin, muayyan asar matnini o’rganib chiqish, uning temp va ritmini aniqlash lozim. Shundagina temp va ritm asarning g’oyaviy-estetik mohiyatini ochishga xizmat qiladi, nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Ifodali o’qishda ovoz shunday bo’lishi kerakki, g’azabli joylarda tarang, keskin, shiddatkor, sokin o’rinlarda muloyim, his-hayajonli lavhalarda esa, ehtirosli, titroq holda o’zgarib tursin. Asar mazmunidan kelib chiqqan holda, ovozning past-u baland yoki o’rtacha ohangda tovlanib turishi asar mohiyatini tushunish, ta’sirchanligini oshirish barobarida, eshituvchiga cheksiz zavq-shavq ham bag’ishlaydi.

Ifodali o’qishda og’zaki ijrochining yuz ifodasi va harakatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qish davomida harakatlardan shunday foydalanish lozimki, bu harakatlar aytilayotgan fikrlarni yanada to’ldirishga, bo’layotgan voqealarni ko’z oldimizda yorqin jonlantirishga yordam berish kuchaytiradi.

Fan: Ona tili

Mavzu: Fonetika



Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad- o’quvchilarga fonetika haqida umumiy ma’lumot bersih, bilim, ko’nikma malakalarini shakllantirish;

  2. Tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarga ota-onani hurmat qilishni o’rgatish, ularga mehr-oqibat, xushmuomalalik, sadoqat tushunchalarini singdirish, birlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat tuyg’ularini shakllantirish;

  3. Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, yozma savodxonlikni hamda ifodali o’qishni o’rgatish.

Darsning tipi: yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi;

Darsning uslubi: ko’rgazmali-amaliy;

Darsning usuli: “Aqliy hujum” “Kim ifodali o’qiy oladi ?” , “Doirada berilgan harflar asosida so’z tuz”o’yini, “Talaffuzdan adashmang” o’yini.

Darsning didaktikasi:



  1. jihozlar: darslik, mavzuga oid plakatlar, slayd, test, kartatekalar, rag’batlantiruvchi kartochkalar.



Texnik vositalar: kompyutet,videoprayektor

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Sinfga kirib ( past ovozda “Ulug’imsan vatanim” qo’shig’i yangrab turadi) o’quvchilar bilan salomlashaman. O’quvchilar davomatini aniqlayman. Sinf tozaligiga e’tibor beraman. O’quvchilar diqqatini jamlash uchun ularni qiziqtiradigan savol bilan murojaat qilaman. O’quvchilar biz darslarni to’liq o’zlashtirishimiz uchun qanday qoidalarga amal qilishimiz kerak? Qanday oltin qoidalarimiz bor?

Savol aytilgach, o’quvchilar bir qancha fikrlarini o’rtaga tashlaydilar



Darsning oltin qoidalari:

  1. O’zaro hurmat;

  2. Bilim olishga xohish

  3. Intizomlilik

  4. O’zgalar fikrini hurmat qilish

  5. Hozirjavoblik

  6. Erkin fikrlar

Keyin o’quvchilardan hafta yangiliklarini so’rayman.

O’quvchilar hafta yangiliklaridan yaqinlashib kelayotgan Muhammad Yusuf tavalludini aytishadi. Men ulardan Muhammad Yusufning biror she’rini ifodali o’qish tarzida aytib berishlarini so’rayman.



Darsning shiori:

Mayli qashshoq bo’lsin, mayli behasham,

Lekin mening uchun aziz va suyuk.

Jahon minbarida yangramasa ham,

Ona tilim men uchun muqaddas, buyuk.

Maqsadimiz:

Zehn qo’ysang bilimga,

Ilm tomar dilingga

Aziz o’quvchilar! Bugun darsimiz musobaqa tarzida o’tiladi. Demak, sinfimiz o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi. Bular (“Zukkolar”, “Aqllilar”, “Bilimdonlar”) deb nomlanadi.



  1. Asosiy qism:

  1. O’tilgan mavzuni “Aqliy hujum” usuli orqali takrorlash

  2. Yangi mavzu bayoni

  3. “Talaffuzdan adashmang” o’yini 337-mashq

  4. “Kim ifodali o’qiy oladi” o’yini

  5. “Doirada berilgan harflar asosida so’z tuz” o’yini 339-mashq

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish