Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)



Download 1,1 Mb.
bet6/6
Sana23.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)


  1. Darsni mustahkamlash.

O`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar va yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilimini sinab ko`rish uchun ular bilan birga “B B B” usulini qo`llaymiz. Bunda o’quvchilar darsni qay darajada mustahkamlaganliklarini bilib olamiz.

B- bilar edim

B- bilib oldim

B- bilmoqchiman

  1. Baholash.

O’quvchilar besh ballik sistemada baholanadilar.



  1. Uyga vazifa: 328-mashq. “Bolalik yillarim” mavzusida matn yaratish.

  2. Xulosa


Xulosa

O’zbekiston Persublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va 1997 -yilda qabul qilingan O’zbekiston Persublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning milliy-madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi ta’kidlangan edi. Ona tilini o’rganish ana shu ulug’vor vazifalarni ijobiy hal qilishga samarali ta’sir ko’rsatdi. Ona tilida kommunikativ savodxonlikni ta’minlashga qaratilgan o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish va uni kompyuter dasturiga kiritish ayni shu kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Zero,muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek “yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxasis yoshlarimiz” ni ma’nan yuksak qilib tarbiyalamay turib bu vazifani amalga oshirib bo’lmaydi. Demak, xalq va mamlakat kelajagini o’tmish qadiryatlarimizsiz tasavvur etish qiyin. Zero, “Milliy mafkura, avvalambor, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart”. Chunki mafkura o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prik ekanligini unutmasligimiz lozim.

Xalqimiz o’z avlodiga insoniyat tarixidagi eng ibratli fazilatlar meros bo’lishini orzu qilgan va hozir ham shunday. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, xalqimizning barcha fazilati, falsafasi, duynoqarashi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati ma’naviy merosida aks etgan. Vatan va vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, to’g’rilik, yaxshilik, adolat va insof, do’stlik, tinchlik, mardlik va jasurlik, donolik ilm-hunar, tarbiya va odat, odob-axloq, mehmon va mehmondo’stlik, go’zallik, kamtarlik, baxtva omad, sabr-qanoat, muhabbat, oila va qo’shnichilik, umid va ishonch, erk va ozodlik, or-nomus, g’urur, samimiylik, vaqt va ilm olishga bag’ishlangan ma’naviy merosimiz ana shular jumlasidandir. Barkamol insonni tarbiyalash uchun biz ana shu ma’naviy merosimizdan foydalanamiz. Kelajakni badiiy adabiyot bilan oshno qilish, vatanga nisbatan his-tuyg’usini yuksaltirishdan iborat. Adabiyot darslarida albatta hayotga, vatanga, ota-onaga bo’lgan yuksak tuyg’ularni shakllantirishda badiiy adabiyotlardan foydalanamiz. Bu uchun,avvalo, o’qituvchi o’quvchilarga namuna bo’lishi kerak.

O’qituvchi, birinchi navbatda, o’zi ifodali o’qiy oladigan bo’lishi kerak. Ifodali o’qish deyilganda tinish belgilari va mantiqiy urg’uni o’rinli qo’llash emas, balki birinchi navbatda asar ruhini his etish, uning mazmunidan kelib chiqib ifodani topa bilish ko’zda tutmog’i kerak. Boshqacha qilib aytganda, ifodali o’qish mazmunini o’quvchiga yetkazish vositasi muallif nazarida tutgan ta’sirini o’tkazish yo’lidir. Ifodali o’qish o’rganilayotgan badiiy asarni emotsional idrok etishga xizmat qilgani uchun ham estetik tarbiyaning asosiy vositasidir. Ifodali o’qilganda faqat ma’lumot beribgina qolmaydi balki o’quvchining his-tuyg’ulariga ta’sir qiladi. Bola muallif holatini tuyadi. A. Qahhor aytmoqchi: “Bilgan bilib qo’yaverishi mumkin ammo his qilgan his qilib qo’yavermaydi”. Ifodali o’qish faqat estetik tarbiyasi bo’libgina qolmay,bilim olish vositasi hamdir. Ifodali o’qish asar mazmunining emotsional tomonini idrok etishga va chuqur anglashga o’rgatadi. Joyiga qo’yib, ifodali o’qilgan matn o’quvchilarga tezroq etib boradi va ularning xotirasidan uzoqroq vaqtga joy oladi. Bundan xulosa qilib aytishimiz mumkinki. Ifodali o’qish, ayniqsa, asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlarni ifodali o’qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg’ularini shakllantirishiga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchisi Dildora “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusidagi malakaviy ishiga ilmiy rahbar

Xulosasi


O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng fanning turli dohalarida jumladan ona tilining rivojlanishiga katta e’tibor berildi. Davlat ta’lim standarti asosida dars jarayonlarini tashkil etish, hamda o’quvchilarning bilim sohalarini yanada mustahkamlash maqsadida qilinayotgan ishlarning salmog’i talaygina. Bu borada o’quvchilar oldiga qo’yilayotgan talablarning barchasida kelajak yoshlarning bilimlarini mustahkam va to’g’ri olishlari yotadi. Chunki biz ana shunday yoshlarni tarbiyalasakkina vatanimizning kelajagi ishonchli qo’llarda ekanligiga hech shubha qolmaydi. Jahon arenalarida bo’layotgan turli –tuman bilimlar bellashuvida bizning yoshlarimizni qo’lga kiritayotgan g’alabalari tahsinga loyiq. Shuning uchun biz vatan ravnaqini va jamiyat taraqqiyotini bilimsiz tasavvur qilib olmaymiz.

Fanni o’qitishda darslarni bugungi ilg’or texnologiyalar asosida dars mazmunini tushuntirish eng dolzab masalalardan biri bo’lib kelyapti. Har bir dars metodikasiga yangicha o’zgartirish kiritish, zamonaviy o’qituvchining birinchi galdagi vazifasidir. Ona tili o’qitishda ta’limning faol usullarini tadbiq etish usullarini va ijodiy tafakkur sohiblarini, ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalash bugungi kun ona tili fani o’qituvchilari oldiga jiddiy mas’uliyatni qo’ymoqda. Bu bitiruv malaka ishi ana shunday mas’uliyatli vazifani yechishga qaratilgan. Ya’ni ishda ifodali o’qishning qanday o’qitilishi va o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish yoritilgan. Bu ishning yoritilishi va ishlanishi mavzuning dolzarb ahamiyat kasb etishini belgilaydi.

Asadova Dildoraning “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malaka ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy-yangiligi, vazifasi, amaliy ahamiyati hozirgi kun talabidan kelib chiqib,ilmiy yo’nalishi belgilab olingan.

Ishining birinchi bobida “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusiga alohida to’xtalgan va imkon qadar ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda dalillar asosida yoritishga harakat qilgan.

Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida esa badiiy asarlarni qanday ifodali o’qishning qanday o’qitishi mumkinligi, o’quvchilarni bunga o’rgatish uchun talablarga mos holda harakat qilinishi haqida batafsil to’xtalib o’tilgan.

Ishni tugallanganligini inobatga olib, himoyaga tavsiya etamiz.

Ilmiy rahbar: p. f. n. X. Qurbonova

Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchisi Asadova Dildora “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

Taqriz

Tilning rivojlanishi har bir ongli insonning, nutqiy faoliyatni qanday va qaysi usulda amalga oshirishiga bog’liq.Mustaqil jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlashni o’rganmasa, ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

Darhaqiqat, hozirgi ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan biri o’quvchilarni mustaqil fikrlay oladigan qilib tarbiyalashdan iboratdir.

Asadova Dildoraning “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malaka ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy-yangiligi, vazifasi, amaliy ahamiyati hozirgi kun talabidan kelib chiqib, ilmiy yo’nalishi belgilab olingan.

Ishining birinchi bobida “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusiga alohida to’xtalgan va imkon qadar ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda dalillar asosida yoritishga harakat qilgan.

Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida esa badiiy asarlarni qanday ifodali o’qishning qanday o’qitishi mumkinligi, o’quvchilarni bunga o’rgatish uchun talablarga mos holda harakat qilinishi haqida batafsil to’xtalib o’tilgan.

Talaba mavzuni yoritishda bir qancha darsliklardagi mavzularni misol tariqasida ko’rsatib o’tgan. Bunday ishlarni tadqiqot davomida chiroyli qilib ko’rsatib bergan.

Xullas, o’zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Asadova Dildora “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi davlat atistatsiya himoyasi talablariga javob beradi.

Ishni ma’qullayman va DAK hukmiga havola qilaman.

Navoiy shahar NDKI huzuridagi 2-sonli akademik litsey ona tili va

adabiyot o’qituvchisi Ravshanova Feruza ________

Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchisi Asadova Dildora “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusidagi bitiruvmalakaviy ishiga

Taqriz

Maktab o’quvchilarning balki, litsey, kollej o’quvchilarning bilim darajalari va saviyasini yaxshilash bugungi pedagog kadrlar oldiga bir qancha talablarni qo’yadi. Chunki ta’lim tarbiya jarayonini shakllantirish samaradorligini oshirish usullari orqali o’quvchilarga singdirish, ularni darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarga jalb qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu ishni amalga oshirish ko’proq ona tili va adabiyot darslari zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida ona tili o’qitishning bosh maqsadi- o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, to’g’ri va ravon fikrlash malakasini tarkib toptirish hamda rivojlanlantirishdan iborat deb alohida ta’kidlandi. Ona tili fani o’qitishda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda suhbat usullaridan yo’llarini, ijodiy tafakkur sohiblarini, ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalash bugungi kun ona tili o’quvchilari oldiga jiddiy mas’uliyatli vazifaning yechimiga qaratilgan. Ushbu masalaga shu jihatdan yondashsak, bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tuzilishi, ishning umumiy tavsifi atroflicha yoritilgan.

Talaba mavzuni yoritishda bir qancha metodik adabiyotlarni tahlilga tarqatgan, ularni muntazam o’rganib chiqqan.

Ishning birinchi bobi “Ifodali o’qish o’tkazish”ning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga bag’ishlangan.

Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida esa badiiy asarlarni qanday ifodali o’qishning qanday o’qitishi mumkinligi, o’quvchilarni bunga o’rgatish uchun talablarga mos holda harakat qilinishi haqida batafsil to’xtalib o’tilgan.

Talaba mavzuni yoritishda bir qancha darsliklardagi mavzularni misol tariqasida ko’rsatib o’tgan. Bunday ishlarni tadqiqot davomida chiroyli qilib ko’rsatib bergan.

Xullas, o’zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Asadova Dildora “Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi davlat atistatsiya himoyasi talablariga javob beradi.

Taqrizchi: Murodova N.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat” 2008. 176-bet

  2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., “Sharq” 1998 245-bet

  3. Karimov I. A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir. T., “O’zbekiston” 2015 301-bet

  4. Karimov I. A. ”Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch

qudratimizga xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq”

T. ”O’zbekiston ” 2004 y.



  1. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. “Sharq”ta’lim taraqqiyoti 1- maxsus son 1999. 195-bet

  2. Bobomurodova A. Ona tili jarayonida o’yin topshiriqlaridan foydalanish. T., “Musiqa” 2009. 192-bet

  3. To’xliyev B. Ifodali o’qish. T., “Bayoz” 2015 10-18 betlar

  4. Masharipova Z “Ifodali o’qish praktikumi” N. “O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti”.2011-yil

  5. Mahmudov N. “O’qituvchi nutqi madaniyati” T., “O’zbekiston Milliy kutubxonasi”. 2007-yil 164-bet

  6. Matyakupov S. “Ifodali o’qish praktikumi” N. 2011-yil

  7. Masharipova Z. “Ifodali o’qish praktikumi” N. “O’zbekiston milliy kutubxonasi”. 2011

  8. Mahmudov N, Nurmonov A, Sobirov A.Ona tili 5-sinf darslik (to’ldirilgan 3-nashri) T.Ma’naviyat.2011

  9. Mahmudov N, Nurmonov A, Sobirov A.Ona tili 6-sinf darslik (to’ldirilgan 3-nashri) T.Ma’naviyat. 2011

  10. Qosimova.K, Matchonov va b, “Ona tili o’qitish metodikasi “T “Noshir” 2009 y.

  11. Navoiy davlat pedagogika instituti “Ifodali o’qish” N., 2015 28-bet

  12. Gavharjon Eshjonova “Adabiyot o’qitish metodikasi” U., 2012. 12-bet

  13. Farmonova M. “O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi” N., 2005. 17-bet

  14. G’ulomov .A, Qobirov.M va b. “Ona tili o’qitish metodikasi “T “Fan va texnalogiya “2012.

  15. “O’zbek milliy ensiklopediya “ Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent 5-tom.

543-b.

  1. “O’zbek tilining izohli lug’ati” 2-tomlik 1-tom 1982-yil 456-bet.


Lug’atlar

  1. Ayiruv urg’usi- Gap bo’laklaridan birining alohida ta’kidlash uchun yoki so’zlovchining his – hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash uchun qo’llanadigan urg’u.

  2. Anafora ritm.Misralar boshida ma’lum bir so’z yoki so’z birikmalarining takrorlanib kelishi anafora ritmini yuzaga keltiradi.

  3. Drama - badiiy adabiyotning asosiy turlaridan bo’lib, monolog va dialoglar asosida ko’rinadi. Shuning uchun ham u roman, qissa, hikoya va she’riy asarlardan tubdan farq qiladi. Dramatik asarda muallif qahramonlarning turli kayfiyatini, holatini va xatto ichki hissiyotini ham ularning nutqi va xatti - harakati orqali bayon etadi.

  4. Didaktika –“didaktika’’yunoncha so’zdan olingan bo’lib, ”didasko’’-o’qitish, ”didaskol” o’rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan

  5. Dialog - “grek” tilidan olingan bo’lib, ikki kishi orasidagi so’zlashuv degan ma’noni anglatadi.

  6. Emfatik urg’u (emotsional urg’u)- Urg’uning bu turi ham biror gap bo’lagiga alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg’uda so’zning ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg’uda shu ma’no bilan birga so’zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo’lgan sub’ektiv munosabatni ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg’u gapdagi so’zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

  7. Monolog - “grek” tilidan olingan bo’lib, asar qahramonining suhbatdoshiga yoki o’ziga qarata aytilgan nuqtidir.

  8. Pedagogik texnalogiya –O’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muoffaqiyatni kafolatlaydigan , o’qituvchi shaxsini shakillantirish jarayoni.

  9. Texnalogiya-yunoncha “san’at” mohirlik, o’quv,sanoat,qurilish, transport va boshqa sohalarda mahsulotlar olish ulardagi ishlov berish tizimi shu usullarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan fan.

  10. Malaka-muayyan harakatni bajarish va boshqarish jarayoninig avtomatlashuvidir.

  11. Mantiqiy pauza - ifodali o’qishning o’ziga xos eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, u faqat mantiq qonuniyatga roiya qiladi. Lozim bo’lsa, tinish belgilarni ham mutloq rad etadi.

  12. Komunikativ-munozara faoliyat texnalogiyasi – o’qituvchining o’quv jarayoniga innovatsion yondashuvini talab qiladigan texnalogiya.

  13. Komponent-( lotincha component – qism ) so’zning tarkibiy qismi.

  14. Ko’nikma-egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati.

  15. Innovatsion ta’lim -Ta’limda innovatsiya yangi texnika va texnologiya,pedagogik jarayon va boshqaruvni tashkil etishning yangi shakllariga o’tish orqali erishilgan natijani namoyon etadi

  16. Intonatsiya- ifodaviylikning asosiy vositasi bo’lib, inson hissiyotilari holatining rang-barang tovlanishlari aks ettirishga xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg’ular, nozik kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin.

  17. Innovatsiya -– inglizcha “kiritilgan yangilik,ixtiro” 1)texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar; 2)Ilmiy-texnika yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan texnika,texnologiya boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar.

  18. Psixalogik pauza- Muallifning matnida yashiringan kuchli his-hayajonini psixalogik pauza orqali ifodalash mumkin.

  19. Pauza-(pausis) yunoncha so’z bo’lib, to’xtash, tinish degan ma’noni bildiradi.

  20. Temp - lotincha “tempus” so’zidan olingan bo’lib,“ sur’at”, “daraja”, “vaqt”, “tezlik” degan ma’nolarni bildiradi. Demak, o’qish tempi deganda o’qish sur’ati, o’qish tezligi tushuniladi.

  21. Sintagma urg’usi- nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo’lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo’llanilgan urg’u.

  22. Orfoepiya - nutqimizdagi talaffuz me’yorlarini belgilash bilan bog’liq bo’lgan qoidalarning yig’indisidir.



1



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish