Mustahkamlash
Uyga vazifa 340-mashq. Matnni ifodali o’qing va undagi so’zlarni tuzulishiga ko’ra turini aniqlang.
Baholash. Berilgan rag’batlarni hoisoblab chiqamiz. G’olib guruhni aniqlaymiz.
Xulosa.
Fan: Ona tili
Sinf: 6-sinf
Mavzu: Old yasovchi qo’shimchalar
Dars maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad- o’quvchilarga old yasovchi qo’shimchalar haqida umumiy ma’lumot bersih, bilim, ko’nikma malakalrini shakllantirish;
b) Tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarga ota-onani hurmat qilishni o’rgatish, ularga mehr-oqibat, xushmuomalalik, sadoqat tushunchalarini singdirish, birlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat tuyg’ularini shakllantirish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, yozma savodxonlikni hamda ifodali o’qishni o’rgatish
Darsning tipi: yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi;
Texnik vositalar: kompyutet,videoprayektor
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Sinfga kirib o’quvchilar bilan salomlashaman. O’quvchilar davomatini aniqlayman. Sinf tozaligiga e’tibor beraman. O’quvchilar diqqatini jamlash uchun ularni qiziqtiradigan savol bilan murojaat qilaman. O’quvchilar biz darslarni to’liq o’zlashtirishimiz uchun qanday qoidalarga amal qilishimiz kerak? Qanday oltin qoidalarimiz bor?
Savol aytilgach, o’quvchilar bir qancha fikrlarini o’rtaga tashlaydilar
Darsning oltin qoidasi
Tartibni saqlash
Tinglash
O’zaro hurmat
Faol qatnashish
Darsning shiori:
Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo’lmagaymiz
Maqsadimiz:
Zehn qo’ysang bilimga,
Ilm tomar dilingga
Darsning uslubi: ko’rgazmali-amaliy
Darsning usuli: “Kim chaqqon” “Baliq skleti?”,“Chiroyli matn tuzish”o’yini, “Topqirlar bellashuvi” o’yini.
Darsning didaktikasi:
jihozlar: darslik, mavzuga oid plakatlar, slayd, kartatekalar, rag’batlantiruvchi kartochkalar.
Darsimizni asosiy qismini boshlashdan oldin o`quvchilarni
3 guruhga bo`lib, ularga ism qo’yamiz.
Bular: “Bilimdonlar “
“Zukkolar “
“Donolar”
Asosiy qism
“Kim chaqqon” usuli orqali o’tgan mavzu takrorlanadi.
Yangi mavzu bayoni.
“Baliq skleti” usuli
“Topqirlar bellashuvi”
“Chiroyli matn tuzish”
Darsning bayoni:
Darsimizni o`tgan mavzularni takrorlashdan boshlaymiz. O’tilgan mavzularni o’qish o’quvchilarga uyga vazifa tarzda berilgan edi. Ularni qanchalik tayyor ekanliklarini biz “Kim chaqqon” usuli orqali bilib olamiz.
“Kim chaqqon” usuli. O’quvchilar qo’lidagi qizil va sariq kartatekalar asosida savollarga javob beradilar. To’g’ri javob aytilganda qizil kartatekalar, noto’g’ri savollarga esa sariq kartatekalar ko’tariladi.
Sifat otga bog’lanadi.
Sifat qachon ? so’rog’iga javob bo’ladi. (qanday? qanaqa?)
Sifat rang-tus, maza-tamni ifodalaydi.
Sifat otlashadi.
Sifat faqat tub bo’ladi. (tub va yasama)
Yasama sifatga qo’shimcha qo’shish yoki asos qo’shish yo’li bn hosil bo’ladi.
Qizil maza tam sifati. (rang-tus)
Shirin maza tam sifati.
Jiddiy tub sifat.
Sezgir tub sifat. (yasama)
Do’mbirachi yasama sifat. (yasama ot)
Qadimiy yasama sifat.
Baland tub sifat.
Do'stlaringiz bilan baham: |