Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)



Download 1,1 Mb.
bet2/6
Sana23.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi. (5-sinf misolida)


Psixalogik pauza.Muallifning matnida yashiringan kuchli his-hayajonini psixalogik pauza orqali ifodalash mumkin. Psixalogik pauza o’quvchi va notiq nutqiga jonlilik kiritib, asarning ta’sirchanligini oshiradi. Psixalogik pauza ikki chiziqcha bilan belgilanadi.

Mantiqiy pauza. Ifodali o’qishning o’ziga xos eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, u faqat mantiq qonuniyatga roiya qiladi. Lozim bo’lsa, tinish belgilarni ham mutloq rad etadi.

Intonatsiya ifodaviylikning asosiy vositasi bo’lib, inson hissiyotilari holatining rang-barang tovlanishlari aks ettirishga xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg’ular, nozik kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin. Nutq jarayonidagi fikr-tuyg’ular, maqsad va intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishlari orqali yetib boradi. Muayyan istak, niyat, intilish harakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlari (ovoz o’zgarishi) intonatsiya deyiladi.

Intonatsiya ifodali o’qish jarayonida ahamiyati katta. Badiiy adabiyotda intonatsiya orqali qahramonlarning turli fikrlari, kayfiyati, ichki kechinmasi ifodalanadi. Ayniqsa, poetik asarlarning ritmik ohangdorligini tinglovchiga yetkazishda intonatsiya muhim rol o’ynaydi. Intonatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u asar mazmuni, avtor maqsadi, fikr-tuyg’usi hamda kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi.

1.2 Ifodali o’qish saboqlari

Ifodalio’qish tezo’qish degani emas.Tezo’qish degan tushuncha ham mavjud. O’qituvchi uchun esa bunday zarurat yo’q. U har bir matn mazmuni, uning tuzulishi,o’qilishi ohangi ustida bosh qotiradi. Shuning uchun ham bu yerda matnni o’qish deganda, eng avvalo, matn mazmunini ongli ravishda o’zlashtirish nazarda tutiladi. Og’zaki nutqda odamlar bir daqiqada o’rtacha 80-130ta so’zni talaffuz qilishadi. Siz televizor yoki radoidagi suxandonlar nutqiga e’tibor bersangiz, ularning bir daqiqa davomida talaffuz qilgan so’zlarning ham 80-150 ta ekanligiga guvoh bo’lasiz. Tezroq aytilgan holatlardagina bu ko’rsatkich 160-190 taga yetish mumkin. Ammo bu raqamlarning ortishi bilan ifodali o’qish orasida hech qanday bog’lanish yo’q. O’quvchining o’qish sur’ati qanchalik tez bo’lsa, matn mazmunini anglashi tushunishning shunchalik pasayishi ochiq seziladi. Ifodali o’qish, birinchi galda, tabiiy o’qishdir. Ifodali o’qish –o’zi anglagan, tushungan, bilgan narsalarni boshqalarga ham to’la yetkazish imkonining namoyon bo’lish jarayonidir. Ovozning ko’tarilishi yoki tushushi bilan tovushlarning baland-pastligi hamda kuchi ham o’zgaradi. Tovush sur’atining tezligi yoki sustligi bilan esa jumlaning mantiqiy ohangdorligi yuzaga keladi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, tinish belgilar bekorga qo’yilmas ekan. O’qishning mazmuni ana shu tinish belgilarga aloqador bo’ladi. Ifodali o’qish o’quvchilar uchun kitob bilan oshnolikning birinchi qadamidir. Bunda: o’qituvchining ifodali o’qishi har doim o’rnak va namuna maktabi bo’ladi.O’qituvchining ifodali o’qishi bolalar qalbiga kitobga bo’lgan muhabbatini soladi, ularni badiiy adabiyotning sehrli olamiga jonli qiziqish bilan kirib borishlar uchun haqiqiy yo’lni ochib beradi.

Ifodali o’qish tufayli badiiy matndagi haqiqiy, asl-poetik ma’no tezroq ilg’anadi, idrok etiladi. Unda ko’zda tutilgan asosiy poetik hodisalar mohiyati teranroq tushuniladi. Ifodali o’qish badiiy matn bilan bog’liq bo’lgan dastlabki tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. U badiiy asar qahramonlariga, unda tilga olingan hodisalarga nisbatan ilk munosabat va kayfiyatlarni paydo qiladi. Ana shu holatning o’zi esa badiiy asarni tushunishning dastlabki, nihoyatda muhim qadami bo’ladi. U badiiy asarni tahlil qilishning birinchi bosqichi hisoblanadi.O’qituvchining ifodali o’qishi badiiy asarning tahlil qilishning birinchi bosqichi hisoblanadi. O’qituvchining ifodali o’qishi badiiy asarning tahlili bilan bog’liq.Ifodali o’qishda mantiqiy urg’ularga katta e’tibor beriladi. O’qish kerak bo’lgan joylarda ayrim ifodalar abzaslarni qayta o’qish,o’qish tempini matndagi mazmun, ohang talabiga ko’ra sekinlashtirish yoki kuchaytirish, tovushni pasaytirish yoki ko’tarish, ayrim holatlarda esa pauza-to’xtamlarga urg’u berish talab etiladi. Ifodali o’qishning birinchi, eng asosiy talabi nutq texnikasini egallash bilan bog’liq. Bu so’zni to’g’ri o’qish va uqish, uni to’g’ri talaffuz qilish. So’zning to’g’ri o’qilishi va talaffuz qilinishi bilan birga ovozning kuchi, uning balandligi dag’al yoki mayinligi tovushning o’zgaruvchanlik imkoniyatlari ham katta rol o’ynaydi.

Adabiyot darslaridagi ifodali o’qish o’quvchilarning ona tili darslari jarayonida egallab borayotgan ko’nikma va malakalar muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda adabiyot darslarida badiiy matn bilan bog’liq holda egallab borilayotgan ifodali o’qishga oid ko’nikma va malakalarning takomili faqat ona tiliga emas, balki boshqa fanlarga ham daxldor bo’lgan matnlarning o’qilishi va tushunilishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ifodali o’qish jarayonida ayrim hollarda tabiiylikdan chekinib, sun’iy tovush bilan o’qish ko’zga tashlanadi. Bunga yo’l qo’ymaslik kerak.Tabiiylikga yondashish lozim. Ifodali o’qish asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha janrdagi asarlar bir xilda o’qilavermaydi shuning uchun barcha ham ifodalio’qish qobiliyatiga ega emas.



Tinglovchiga asarningg’oyaviy mazmunini, muallifning hayoti haqidagi fikr –mulohazalarni qahramonlarning ichki hissiyotlarini yetkazish ifodali o’qish oldiga qo’ygan asosiy maqsad. Shu maqsadda har bir o’quvchi ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlarini mukammal o’rganishi kerak. Uni puxta o’zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo’lib, o’z fikrini tinglovchiga to’g’ri va izchil yetkaza oladi. Har qanday asarni ifodali o’qish uning janr xususiyatlari va tuzulishiga ko’ra belgilanadi. O’qituvchi asarni ifodali o’qishga kirishishdan oldin uning mazmuni, ohangi, obrazlar, tizimini va badiiy xususiyatlarini chuqur o’rganishi lozim. Masalan: she’riy asarlarni ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyatlari o’qiladigan asarlarning janri, ritmi, qofiyalanish tartibi va band qurulishiga bog’liq.

O’rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodalio’qish san’atiga bo’lgan e’tibor alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbek pedagogikasi tajribalari, ifodali o’qishni quyi sinflardan boshlab matn mashq qilishi va uni kengaytirishi asta-sekin takomillashtirib borishini taqozo etadi. Ifodali o’qish san’ati bolalarning badiiy didini shakllantiribgina qolmay, ularning ma’naviy chiniqishida xotirasining mustahkamlanishida kam yetakchi o’rin egallaydi. Umuman olganda,badiiyasarlardagi matnnio’rganish, avvalo , uni to’g’ri tushunish ifodalio’qish bilan boshlanadi. Badiiy asar yoki matnni to’g’ri o’qish darslarining asosini tashkil qiladi. O’quvchilar badiiy asarlar yoki ulardan olingan parchalarni to’g’ri ifodali o’qisalar, ularning ko’z oldilaridan alohida yangi manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo’ladi. Buning uchun ham o’qituvchidan adabiy asarning badiiy xususiyatini aks ettirib emotsional zavq beradigan qilib o’qish talab qilinadi. Agarda o’qituvchi matnni yuqoridagi talabga mos holda o’qiy olsa, unda asarning badiiy ta’sir kuchini yozuvchiga uning asarini asarining maqsad va ruhiy holatini, tasvirlanayotgan hayot manzarasini tinglovchining ko’zida to’g’ri gavdalantira oladi. Shunga ko’ra o’quvchi ham xuddi o’z o’qituvchisi singari o’qishga harakat qiladi, unga taqlidan o’qiy boshlaydi. Matnni to’g’ri o’qishning asosiy yo’llaridan biri avval matn bilan tanishib chiqish zaruratini paydo qiladi.O’quvchi matnni o’qib chiqib, notanish so’zni aniqlab olib, so’ngra, matnni ovoz chiqarib o’qisa, qo’yilgan maqsadga tezroq erishiladi. Ifodali o’qish bilan ijodiy fikrlash bir-biriga juda yaqin turadi. Biror badiiy asarni yoki undan olingan parchani ifodali o’qigan vaqtda o’quvchi yoki talaba iloji boricha muallifning fikriga yaqinlashtirib so’zlab berishga yozuvchining nutq uslubini ochib berishga harakat qiladi. U tinglovchilarning asar mazmunini yaxshiroq tushunishlariga undan ta’sirlanishlariga erishish uchun ifodali o’qish vositalaridan biri bo’lgan intonatsiyadan, mimika va imo-ishoralardan foydalansa maqsadga muvofiq hisoblanadi. Asarlarni ifodali o’qish ijrochidan puxta tayyorgarlik va aktyorlik mahoratini ham talab qiladi. Ifodali o’qish san’atidagi talaffuz kundalik hayotdagi oddiy so’zlashuv talaffuzidan ohangdorligi, ta’sirchanligi ovoz tovlanishlari va adabiy til qoidalariga qat’iy rioya qilinishi bilan ajralib turadi. Ifodali o’qishda ijrochi nutqidagi tovushlar beqaror, ovoz tez o’zgaruvchan bo’ladi. Ijrochi ovozidagi ohangdorlik va so’zlarning chiroyli talaffuz qilinishi kishining ruhiy holatiga ta’sir qilib, yaxshi kayfiyat uyg‘otadi. Nafas olish, tovush hosil qilish va uning talaffuzi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan hodisalardir. Bularning har biri miyaning, oliy asab sistemasining faoliyati bilan boshqariladi.Ifodali o’qish bevosita inson tafakkuri bilan bog’liq hodisa. Badiiy asarni tushunish, his qilish va ifodali o’qish o’rtasida bevosita aloqadorlik bor. Shuning uchun ham ifodali o’qish jarayonida badiiy asarning har bir unsuriga, har bir detaliga, uning syujet va kompozitsiyasidan boshlab tasvir vositalariga, ifoda tarziga, uslubi va tiliga ham e’tibor berish kerak. Albatta, bularning barchasi o’quvchilarning yosh xususiyati, ularning psixo-fziologik imkoniyatlari, umumiy badiiy –estetik didlari yanada takomillashib boradi.Natijada o’quvchilar qo’yilgan savollarga to’g’ri javob berishga,o’zlari o’qigan asarni mazmuni to’la, to’g’ri, izchil, eng mazmuniixcham va ikkinchi darajali qahramonlarni ajratishga, ularning asosiy, yetakchi xususiyatlari tavsirlab berishga, har bir adabiy qahramon holati va xatti-harakatlariga baho berishga unchalik murakkab bo’lmagan sabab- oqibat munosabatlarini ilg’ashga odatlanib borishadi. O’qishga oid ko’nikma va malakalar:

  • Adabiy talaffuz me’yorlariga muvofiq holda ongli, to’g’ri va ravon ifodali o’qish asosalarini egallash va yanada takomillashib borish;

  • Berilgan topshiriqlar asosida badiiy matnlarni mustaqil ravishda “ichida” o’qiy olish va uning asosiy mazmunini tushunish, his etish;

  • Badiiy asarlarning janr xususiyatlari va uslubiy o’ziga xosliklarini anglagan holda ifodali o’qiy olish;

  • Qahramonlarning holati, ruhiy ahvoli, boshqalar bilan munosabatidagi o’rniga ko’ra o’qish ohangida ularni ifodalashga harakat qila bilish;

  • Rollarga bo’lib o’qishni uddalash ;

  • Badiiy asarda aks etgan hodisalar, adabiy qahramonlar, ularning xatti-harakatlari o’rtasidagi mantiqiy va mazmuniy aloqadorlikni belgilay olish;

  • Asar matnini tegishli qismlarga ajrata olish;

  • Asar yoki uning ayrim qismlariga xos bo’lgan asosiy fikrni (o’qituvchi yordamida) ajrata olish;

  • Badiiy asarda unda aks etgan ma’naviy haqiqatlar yuzasidan (o’qituvchi yordamida) tahlil eta bilish;

  • Qahramonlardagi yozuvchi ko’zda tutgan, tasvirlagan u yoki bu ma’naviy –axloqiy xususiyatlarini tasdiq yoki inkor etish uchun asardan tegishli misol, namunalarini tanlash va tavsiflay olish.

Yuqoridagi ko’nikma va malakalarga rioya qilinsa, ko’zlangan maqsadga erishish ancha samarali kechadi. O’quvchi badiiy asarni o’qib, uni idrok etishga doir bilim, ko’nikma va malakalarni egallab borar ekan, adabiy rivojlanadi, o’zidagi so’zli-badiiy obrazlar bilan fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Ma’lumki, badiiy obrazni dastlabki idrok etish chog’ida muayyan aqliy harakatlar sirasi yuzaga keladi. Ana shu bajariladigan aqliy harakatlar o’quvchining matnda tasvirlangan obraz yoki manzarani o’z tasavvurida gavdalantirishi va ruhshunoslar aytganlaridek muhrlab saqlab qolishga intilishi kiradi. Lekin parcha birinchi marta o’qilgandan keyin kishi ko’z o’ngiga keladigan tasvirga monand obraz (manzara) hali to’liq anglanib yetmagan bo’ladi. Vaholanki,adabiy san’atni o’rganish uchun asos qilib olinuvchi tushuncha badiiy obrazdir.

1.3 Ifodali o’qishda orfoepik va tinish belgilar.

Ifodali o’qish jarayonida o’quvchilarga tinish belgilariga rioya etib o’qish malakalarini takomillashtirib borish joiz. Aslida ko’nikma holida ulardagi bunday xususiyat boshlang’ich sinflarni bitirgan o’quvchilarda nuqtadan keyin ozroq ovoz pasayishini, so’roq va undov belgilarida esa tegishli ohanglarni ifodalashga intilishlarini kuzatish mumkin. Ularda muayyan tinish belgisi bilan gapda ifodalangan mazmun ohangini aloqalantira olish ko’nikmasini takomillashtirib borish muhim. Bunda gapda ishtirok etayotgan tinish belgilarini ko’rsatishning o’zi kamlik qiladi. O’quvchi gapdagi tegishli mazmun mundarijasidan kelib chiqqan holda unda ifodalanayotgan shodlik, qayg’u, ko’tarinkilik yoki ajablanish, hayratni o’z ovozida aks ettirish lozimligini anglab yetishi kerak. O’quvchilar asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, boshlang’ich sinflardayoq nuqtaning gap oxiriga qo’yilishi, uyushiq bo’laklar orasida vergul qo’llanishi, bog’lamasiz hollarda ega bilan kesim orasida tirening, umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqtaning ishlatilishini bilib olishgan bo’ladi. Endi ularning gap mazmuniga mos va muvofiqligini amaliy jihatdan o’rganishlari lozim. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna o’qituvchining o’zi ko’rsatgan namunadir. Shuning uchun har bir yangi gapni, yangi she’r yoki hikoyani gazetadan olingan xabarni, kitoblardan olingan ko’chirmalarni dastlab o’qituvchining o’zi munosib tarzda o’qib bergani ma’qul. Undan keyin oynaga – bolalarga qaralsa, oynadagi aksni tezda ko’rish mumkin bo’ladi

Ma’lumki, o’zbek tilida nuqta, so’roq belgisi undov belgisi, ko’p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo’shtirnoq kabi tinish belgilar mavjud. Gapirish jarayonida mazkur tinish belgilariga asoslangan holda nutq amalga oshiriladi. Masalan: vergulda ozroq, nuqtada ko’proq, uch nuqtada yanada ko’proq pauza qilinadi. Demak, tinish belgilariga asoslangan holda ifodali o’qish madsadga muvofiq.

Nuqta qo’yilgan o’rinlarda ifodali o’qish jarayonida ozroq jim turib o’tib ketiladi. Darak gaplar, odatda, tinch ohang bilan o’qiladi va nuqtadan keyin ma’lum muddat pauza qilinadi. So’roq belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qishda:

So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga ustuvorlik qildiradi. So’roq gaplardagi pauzada so’roq ohangi hukm suradi. So’roq gaplarning yana bir turi ritorik so’roq gaplardir. Bunday gaplarda yashirin tasdiq, yashirin, inkor, taajjub, tashvish,g’azab, gumon, kuchli hayajon ma’nolari ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ham ritorik so’ro’q gaplardagi pauza ifodali nutqqa kuchli emotsionallik yorqinlik va ta’sirchanlik baxsh etadi.

Masalan:



Muhabbat ne o’zi? Nedir sadoqat ?

O’zingdan ming bora so’rarsan o’zing.

Titrab toqatingga tilarsan toqat,

Aytursan xilqatga ilohiy so’zing

Undov belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qish va pauza. Undov belgisi qo’yilgan gaplarda kuchli his-hayajon tuyg’ulari ifodalanadi. Ba’zan buyurish, tilak, orzu ma’nolari ham mujassamlashgan bo’ladi. Og’zaki ijroda mazkur holatlarni pauza orqali namoyon qilish nutqni yanada ta’sirchan qiladi.

Ko’p nuqta qo’yilgan o’rinlarda ifodali o’qish. Fikrning tugallanmaganligi, so’zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Ba’zi o’rinlarda ko’p nuqta so’zlovching o’ylashi, mulohaza qilishini ham ko’rsatadi.

Masalan:


Yo’q, uning vijdoni qiynaladigan yozug’i yo’q. U qirq yil saltanat tebratib, bobosi yanglig’ jang-jadalning suronli nash’asini surmadi. Lekin bular… uning zurriyotlari, uzoq Hirotdagi jiyanlari… Bular bobosining taxtiga minsa… Movaunnahr va Xurosonning holi ne kechadi.

(Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi”)

Nutqda vergul va nuqtaga qaraganda ko’p nuqtada pauza uzoqroq davom etadi. Ko’p nuqtadagi pauza qahramonning ruhiy kechinmasini, hissiy-ta’siriy holatini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi.

Vergul belgisi qo’yilgan o’rinlarda ifodali o’qish.

Ifodali o’qishda nuqta yoki nuqtaga qaraganda vergulga nisbatan qisqaroq talaffuz qilinadi. Vergul belgisi gapda uyushiq bo’laklar orasida, undalmalarni ajratish uchun kirish so’zlar va kirish gaplarni ajratish uchun gapning ajratilgan bo’laklarini ta’kidlab ko’rsatish uchun bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplarda ishlatiladi.

Masalan:

Shahodat barmog’iga oltin noxin taqib, ko’zlarini yumib, qanday tiniq kuz oftobiday mayin bir mung chulg’ab olar, kishi nechundir yig’lagisi kelardi, lekin ko’zidan oqqan bu yosh yurakni ezmas, aksincha, butun anduh, butun dard, butung’uborni yuvib ketardi.

(Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi”)

Nuqtali vergul belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qish. Odatda, o’z ichida verguli bo’lgan, mazmunan biroz farqlanuvchi gaplardan iborat bo’lgan qo’shma gaplarda nuqtali vergul qo’llaniladi.

Ikki nuqta qo’yilgan o’rinlarda pauza. Uyushiq bo’laklaridan oldin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yiladi va og’zaki nutqda shu o’rinda ma’lum muddat to’xtalish bo’ladi. Shuningdek, bog’lovchisiz qo’shma gaplarda biror gap boshqa gapni izohlasa uning sababi yoki natijasi ko’rsatilsa ham,ikki nuqta qo’yiladi.

Masalan:

Men bu yil o’qishga kira olmadim: imtihonlarga yaxshi tayyorgarlik ko’ra olmaganim menga pand berdi.

Qavs ichida berilgan gaplarda ifodali o’qish. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo’lagiga qo’shimcha izoh beruvchi so’zlar, kirish gaplar qavsga olinadi va ifodali o’qish jarayonida qavsga olingan bo’lak alohida pauza bilan ajratib aytiladi.

Masalan:

Mirzakarimboy boshqalarga maqtansa ham (maqtanchoqlikni yomon ko’rardi), ba’zi vaqt ichida faxrlanadi.

Qo’shtirnoq belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qish.

Qo’shtirnoq belgisi ko’chirma gaplarni ajratib ko’rsatish uchun qo’yiladi. Ba’zi hollarda ayrim so’z va birikmalari ham qo’shtirnoqqa olingan so’z va birikmalar ko’chma ma’noda, yoki kinoya ohangida ifodali tarzda o’qiladi. Bunday so’z, birikma yoki gaplar alohida pauza bilan o’qiladi.

Orfoepiya nutqimizdagi talaffuz me’yorlarini belgilash bilan bog’liq bo’lgan qoidalarning yig’indisidir. U adabiy tilda so’zlashuvchilar uchun yagonalikni ta’minlaydigan talaffuz me’yorlarini ko’rsatib beradi. Unga rioya etish adabiy tilda so’zlashning asosiy shartlaridan biridir. Orfoepiya tarixan shakllangan hamda nutq amaliyotida barqaror o’rin tutadigan talaffuz me’yorlariga tayanadi. Orfoepik me’yor- so’zlar va ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek,o’zak va qo’shimchalardan iborat so’z shakllarini talaffuz etishdagi yagona yoki ustuvorlik beriladigan variantdir. Tilimizda so’zlarni talaffuz qilish bilan bog’liq ayrim umumiy qoidalar mavjud. Bir bo’g’inli so’zlar talaffuzda katta murakkabliklar mavjud emas. Ularni talaffuz qilishda xatoliklar deyarli uchramaydi: ol, el,en, bir, bol,un, o’n.

Talaffuzdagi xilma-xilliklar ikki va undan ortiq bo’g’inli so’zlar talaffuzida ko’proq uchraydi. Ularning bir qismi shevalar bilan aloqador, boshqa bir qismi asosan urg’uning noto’g’ri qo’llanishidan kelib chiqadi.

O’zbek shevalarida bir so’z turlicha talaffuz qilinishi mumkin: yo’l-jo’l, yo’q-jo’q, ota-ata, aka-oka, qanor-qonor va boshqalar, ammo ular adabiy tilda bir xilda talaffuz etiladi: yo’l, yo’q, ota, aka, qanor kabi.Hozirgi zamon davom fe’li qo’shimchasi shevalarda –yap(ti),-op(ti),-ut(ti),-vot(ti) shakllarida qo’llanadi:boryapti,boropti,borutti kabi.Adabiy tilda shulardan faqat“boryapti”shakli tanlab olingan.

Ushbu tayanch ma’lumotlar butun ifodali o’qish kursi mobaynida o’quvchilar ongiga tegishli mashqlar vositasida singdirib borilishi kerak.



Badiiy asarlarda ifodali o’qish

2.1 Nasriy asarlarni ifodali o’qish.

Nasriy asarlarni ifodalio’qish ham katta mahorat talab qiladi. Chunki, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda oldinga surilgan fikrlar yozuvchi dunyoqarashikabi masalalarni aniqlashda ifodali o’qish muhim ahamiyatga ega. Buninguchun o’qituvchi matn tanlashda juda ehtiyot bo’lmog'i lozim. Matn yuqori saviyaga,yuksak badiiy qimmatga ega bo’lgan, shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiyaga oid bo’lmog'i kerak. Olingan parcha hajm jihatidan juda katta bo’lmasligi maqsadga muvofiqdir.Bundan tashqari, matnda dialoglar kam bo’lishiga e’tibor berish kerak.Shundagina og’zaki nutqni o’stirish badiiy asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunish, obrazlar tizimini o’rganish, umuman, yozuvchining hayotga bo’lgan munosabatinianglash kabi vositalar ifodali o’qish darslari oldiga quyiladigan qatortalablarga javob berishi mumkin. Badiiy obrazlarni xayolan qayta yaratish (tasvirlar, qahramonlarning qiyofalari va fazilatlari, voqea-hodisalarni ko`z oldida qayta gavdalantirish) ijodiy jarayon ekanligi hech kimda shubha uyg’otmaydi. Bu jarayon shunchaki o’quvchilarning matn mazmunini xayolan yoki og`zaki qayta hikoya qilishlari emas, balki unga yorqin, jonli obrazlar paydo etadigan va o`qilganlarga nisbatan emotsional munosabat uyg`onadigan qilib qayta ishlov berishlari ko`zda tutiladi.

O’quvchilar o’z hissiy tajribalaridan, hayotiy kuzatishlaridan foydalangan, idrok etilganlarni o’zlaricha yoritgan holda qayta ifoda qiladilar. Kitobxon yaratayotgan obraz muallif yaratgan obrazga o’xshash bo’lishi, lekin barcha tafsillariga ko’ra, albatta, u bilan bir xilda bo’lmasligi kerak. Shu ma’noda ijodiy qayta ifodalash haqida o’quvchilar tomonidan idrok etilgan obrazlarning o’ziga xos (sub’ektiv) tarzdatasvirlanayotgan narsalarga emotsional munosabatlari bilan bo’yalgan aks ettirilishi to’g’risidagapirish joiz. “Badiiy asarlarni o’qishga o’rgatishda ularning tabiatidan kelib chiqadigan o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Obrazli san’at asarlarini “o’qishga” o’rgatish obrazlarni ko’z oldiga keltira bilishga o’rgatish demakdir. Bunday o’qishdan o’quvchilarning tasavvuri boyiydi”. “O`quvchi o’zbek tilidagi badiiy asarni o’qish jarayonida matn mazmunini tushunishdan tashqari uni obrazli idrok etmog’i kerak.

Ifodali o’qish asarni obrazli idrok etishga yordam beradi. O’quvchilarni asar matnidan obrazlarni (manzaralarni) ko’ra bilishga o’rgatish, ularda ichki kechinmalar uyg’ota bilishga erishish darkor. O’quvchilarning tasavvurinikengaytirishda ularni o’zbek tilidagi badiiy tasvir usullari bilan tanishtirib borish hammuhimahamiyatga ega. Dastlab badiiy asar mazmuni ustida ish olib boriladi, so’ngra uni tahlil etishga kirishiladi.

Nasriy asarlarni ifodali o’qishni hammaga yaqin va oson bo’lgan xalq og'zakiijodiga mansub ertakdan og'zaki ijodining eng qadimgi turlaridan biri hisoblanadi. Unda fantaziya va mubolag'a kuchli bo’lib, xalq hayoti, urf-odatlari, intilish va kurashlari,orzu-armonlari aks ettiriladi. Shunisi xarakterliki, deyarli barcha ertaklar asosida ezgulik bilan yozuvlik o’rtasidagi keskin kurash turadi va albatta, ezguliktantanasi bilan yakunlanadi.

Ertaklarni ifodali o’qishdan oldin, o’zbek xalq ertaklarida turli tuman shaklda ishlatiladigan an’anaviy muqaddima namunalaridan misollar keltirilib, ularning bir-biridanfarqi tushuntiriladi. Masalan, “Tulki bilan tovus” ertagining ertagi, echkilarningburtagi qirg'ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ayto’qimchi ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo’ri bor...

O’zbek xalq ertaklaridan "Oypara"ning muqaddimasi undan farq qiladi: "Borekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan, o’tkan zamonlarning birida Husanboy ismli kambag’al bir bechora yigit bo’lgan ekan, uning yetarli joyi ham yo’q ekan. U tug’ilibo’sgan qishlog’idagi eski masjidning hujrasida yetib yurar ekan". E’tibor berilsa, ikkalaertakning muqaddimasi ham boshqacha o’qilishini sezish qiyin emas.Masalan, birinchi ertak muqaddimasi sajda yozilgani uchun ifodali o’qiganda ritmga ham katta e’tibor beriladi.

Ikkinchi ertak muqaddimasi esa undan butunlay farq qiladi: “Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan...” Bu parcha xuddi muallif bayoni kabi vazmin o’qiladi.

Hikoya epik turning kichik janri bo’lib kishi hayotidagi ma’lum bir voqeani tasvirlaydi, ammo shu voqeaga qadar bo’lgan va undan keyin ro’y beradigan voqealarnibatafsil bayon etmaydi. Shunisi xarakterliki hikoyada qahramon hayotidan kichik bir epizodi olinib, unda hayotning muhim, tipik ko’rinishi ixcham shaklda tasvirlanadi.

O’quvchi hikoyani ifodali o’qishda bu janrning ana shu jihatlarini e’tiborga oladi. Matndagi nutqi, tabiat tasviri dialoglar hamda qahramonning ichki kechinmalarinipuxta o’rganishi lozim.Abdulla Qahhorning “O’g'ri” hikoyasining o’qilishiniko’rib chiqaylik. Asarda Qobil bobo obrazi xonavayron bo’lgan dehkonlarning yorqintimsoli bo’lsa, amin, pristav va ellikboshilar hukmron sinfning tirik vakillari sifatidatasvirlanadi. Shuning uchun o’qish jarayonida Qobil boboning nihoyatda soddaligiamaldorlarning esa poraxo’rligi, ikki yuzlamachiligi fuqaroni mensinmasligi ravshansezilib turishikerak.Shundagina tinglovchida Qobil boboga nisbatan achinish, mehr-muhabbat, amaldorlarga cheksiz nafrat tuyg’ulari uyg’onadi.

Qissalarda bir emas, bir necha personajlar qatnashadi va ular bosh qahramon atrofida guruhlashadi.Qissalarni ifodali o’qishga kirishishdan avval ularning janr xususiyatlariga e’tiborberish zarur.

Masalan, avtobiografik qissalarda hayot osuda osoyishta tasvir etiladi.Sabit Muqonov,Sadriddin Ayniy,Oybek va Abdulla Qahhorlarning avtobiografik qissalari fikrimizning yorqin dalilidir. Bunday asarlar asar mazmunidankelib chiqqan holda osoyishta, shoshilmay o’qiladi.Abdulla Qahhorning “Sinchalak”, Asqad Muxtorning “Qoraqalpoq qissasi”,Pirimqul Qodirovning “Erk”, “Qadrim”, mashhur qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Jamila”, “Sarvqomat dilbarim”, “Alvido,Gulsari”, “Oq kema” singari sofbadiiy qissalari o’tkir dramatizm, keskin konflikt zaminiga qurilgan va bu mazkurasarlarni ifodali o’qishda ham o’z aksini topishi kerak.

Roman epik turga mansub bo’lib, insonning jamiyat bilan aloqasini har tomonlama keng rejada tasvirlashi hayotning ko’lamdor manzarasini chizishi bilan ajralibturadi.Romanning qissa va hikoyadan farqi shundaki,unda turmushning yirik muammolariqalamga olinadi. Ko’plab personajlar ishtirok etadi.Roman janridagi asarlarniifodali o’qishning o’ziga xos qiyinchiliklari ham shunda.Negaki,o’sha personajlarninghar birining tabiatini, madaniy saviyasini, yurish-turishi o’zaro munosabatini, dangasa yoki chaqqonligini, qo’yingki, jamiyat hayotidagi ishtirokini tushunibyetmasdan turib ifodalio’qib bo’lmaydi.

Ma'lumki, roman, o’znavbatida tanlangan mavzusi va tasviriy ifoda uslubiga ko’ra, yana bir necha turga bo’linadi. Masalan, “O’tgan kunlar”, “Qutlug' qon” tarixiy roman, “Quyosh qoraymas”harbiy roman, “Davr mening taqdirimda”, “Sarob” ijtimoiy- ruhiy roman va boshqalar. Ularning barchasi bir xilo’qilsa, ko’zlangan maqsadga hech qachon erishib bo’l-maydi.Bunday o’qish kishinicharchatadi, asarga nisbatan qiziqish yo’qoladi.Tinglovchi ham, o’quvchi ham undanestetik zavq ololmaydi.Romanning ichki turlari aniqlab olingandan so’ng, unda qatnashayotgan obrazlarningnutqi, xatti - harakati, so’zlash uslubini ham ko’z oldiga keltira bilish zarur.

So’ngra romandan olingan parchani bir necha marotaba o’qib chiqib, tinish belgilari, urg’u, pauza va boshqa zaruriy narsalar aniqlab chiqilsa maqsad yanada ravshalanadi.Bu vazifalarni bajarib bo’lingandan keyin ifodali o’qishga kirishsa bo’ladi.

Masalan:


“Yo’lchi turmada yasharkin” (pauza), unga tug'ishgan (qisqa pauza) og'a – inisingari mehribon bo’lgan Petrov bilan birinchi uchrashuvdan boshlab (pauza), to so’nggi damgacha o’tgan hayotini hozir o’z fikridan bir - bir kechirdi (pauza). Petrovning(qisqa pauza) u uchun yangi (pauza) yorqin (qisqa pauza), ulug’ bir dunyo ochgan (pauza), unga alangali umidlar bag’ishlangan (pauza), uning kuchlariga chinqahramonlik maydonini ko’rsatgan (pauza), olmosday o’tkir (qisqa pauza), quyoshdayporloq (pauza), ammo shu bilan barobar sodda (pauza), har bir mehnatkashning (qisqa pauza), har bir ezilganning yuragiga yopishadigan fikrlariga sho’ngib ketdi (pauza). Qanday ishlash kerak (pauza), nima qilish kerak (pauza), nimadan boshlashkerak (pauza), bu xususda (qisqa pauza), Petrov uqtirgan kengashlarini chuqur mulohazaqildi (pauza). Faqat (pauza), qalbini to’ldirgan ulug’ fikrlarni kimga ochadi(pauza) va qanday ochadi (pauza) Buning uchun so’zamol bo’lish kerak-ku (pauza).Ilgari juda qulay bo’lib ko’ringan narsa (pauza) endi atroflicha o’ylaganda (pauza),hazilakam emasligi ravshanlashdi (pauza): “Bunday qilaman” (pauza) labini qimirlatib o’z-o’ziga shivirladi yo’lchi (pauza), avval shunday odamlarni tortamanki(pauza), o’zimga qanday ishonsam (pauza), ularning diliga shunday ishongan bo’lay(pauza)... Ular shunday odamlar bo’lsinki (pauza)... Petrovning yo’liga kirgandankeyin (qisqa pauza)o’tda ham (pauza), suvga ham o’zini urishga tayyor ko’rsatsin (pauza), jon-u dili bilan ishga berilsin (pauza).Eng yaqinlarimdan (pauza) sinaganlarimdanboshlayman (pauza).Bu ishda shoshqaloqlik (pauza), yengillikyaramaydi (pauza).Jamiki boylarga o’t bilan suvday (pauza).Uning ukasi Jumaboy(pauza).Ishchi yigit (pauza) tramvay yo’lini tozalashdan boshi chiqmaydi (pauza).Prozaik asarlarni ifodalio’qishda tinish belgilariga alohida e’tibor berish kerak.Pauza talab qilinadigan o’rinlar hisobga olinishi va unga amal qilinishi zarur. Chunki, ko’p xollarda o’quvchilar tinish belgilariga e’tibor bermay o’qiydilar.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish