Ifodali o‘qish fanining maqsad va vazifalari mavzuga oid savollar javoblar



Download 13,36 Kb.
Sana01.04.2021
Hajmi13,36 Kb.
#62473
Bog'liq
ifodali oqiw


IFODALI O‘QISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Mavzuga oid savollar javoblar

1.Ifodali o‘qish tarixi qaysi soha tarixi bilan bir xil?

1-savolga javob

Ifodali o‘qish, avvalo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot dastavval xalq og‘zaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida esa og'zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan.

2.Hamma davrlarda ham kishilarni nima o‘ziga jalb etib kelgan?

2-savolga javob

“...Kishining martabasini so‘zi bila bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur” - deydi Unsurul-maoliy Kaykovus. Zotan har bir kishining kim ekanligini, uning bilim darajasini so‘zlariga qarab bilib olish mumkin. Donishmandlar nazdida, inson so‘zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. Binobarin, yosh av-lodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o‘ynovchi muallim-ning ravon va ifodali nutqi, go‘zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi

3.Badiiy adabiyot dastlab qanday shaklda paydo bo‘lgan?

4.Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida nima muhim ahamiyat kasb etgan?

4-savolga javob

Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishmandlik va san’atkorlik mahsuli sifatida yuzaga kelgan bo‘Isa, ulaming og‘zaki ijrochiligi ham shu qadar mahorat va san’atkorlikni talab qilgan.

5.Kim bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi?

5-savolga javob

Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi.

6.Asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo‘shiq va dostonlar nima orqali bizgacha etib kelgan?

6-savolga javob

Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi. Binobarin, asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo'shiq va dostonlar, og'zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina bizgacha yetib keldi.

7.Og‘zaki ijrochilik nimani talab qilgan?

7-savolga javob

Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og`zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o‘rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.

Ifodali o‘qish, ayniqsa, asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlami ifodali o‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

8.San’at namunalari nimaning badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan?

8-savolga javob

Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, inson qalbidagi g‘am-andun, shodlik va quvonch tuyg‘ularining badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq san’atkorlari (qo‘shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz, xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, ehtimol bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lur edi.

9.….. bunday asarlarni shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lurdi.

10. Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og‘zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, …….. da ham shu qadar muhim o‘rin tutadi.

11. Badiiy adabiyotning ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida qanday namoyon bo‘ladi?

11-savolga javob

Adabiyot hayotni in’ikos ettirar ekan, u insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini ham bajaradi. 0‘sha ko‘zgu orqali har bir kishi o‘zining yaxshi va yomon tomonlarini ko‘radi, qusur va kamchiliklardan forig‘ bo‘lishga, ruhan tozarishga intiladi. Forig‘lanish yoxud ruhan tozaiish buyuk faylasuf Aristotel talqiniga ko‘ra, san’atning o‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsadidir. San’at, xususan, adabiyot insonni ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish mo‘jizaning nima ekanligini anglashga o‘rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi va, shu tariqa, inson ma’naviy olamini go‘zallashtiradi. Mana shu vazifalami ado etishda ifodali o‘qish san’ati badiiy adabiyotning eng yaqin ko‘makchisi hisoblanadi. Zero, badiiy asardagi nafosat va go‘zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg‘ulami shakllantirish ifodali o‘qish praktikumi fanining asosiy vazifasidir.

Adabiyotning barcha tur va janrlaridagi badiiy asarlar ifodali o‘qish praktikumi fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Ifodali o‘qish deganda, faqat lirik turga mansub asarlargina emas, balki nasriy va dramatik turdagi asarlami o‘qish ham nazarda tutiladi. Badiiy asarlami ifodali o‘qish ijrochidan alohida iqtidor va mahoratni talab qiladi. Zero, adabiy asaming badiiy xususiyatlari, unda ilgari surilgan g‘oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalami aniqlashda ifo­ dali o‘qish alohida ahamiyat kasb etadi.

12. Asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan soha.

12-sabolga javob

Ifodali o‘qish mohiyatan kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Badiiy adabiyot insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga ta’sir qilib uni yigMatadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi va oxir-oqibat kamolotga yetaklaydi. Shu boisdan ham badiiy adabiyot bilan og‘zaki ijro - ifodali o‘qish san’ati asrlar davomida yonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo‘lib kelgan.

Binobarin, badiiy adabiyot va ifodali o ‘qish san’ati chambar-chas bog‘liq holda insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi.

13. Inson hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan faoliyat.

14. Ifodali o‘qish jarayonida badiiy asarning emotsional ta’sir kuchini oshirib, eshituvchiga beqiyos zavq, huzur bag‘ishlaydigan vositalar.

14-savolga javob

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan muallim-lar notiqlik san’atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bolishlari zarur. Holbuki, o‘qituvchining butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz, taqlidchan o‘quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi.

15. Notiqlik san’atini, ifodali o‘qish madaniyatini puxta egallashi zarur bo‘lgan kasb egalari.

Javob. “Notiqlik san’ati” azaldan mavjud ekan, u albatta boshqa fanlar

bilan munosabatda bo‘lib kelmoqda. Notiqlikning asosiy quroli

yozma nutqda ifodalanadigan so‘z san’ati — badiiy adabiyot bo‘lib,

u hozirgi o‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalariga asoslanib ish

ko‘radi. Chunki nutqning va tallaffuzning hamda ohangning

to‘g‘riligi uning asosiy fazilatidir va u grammatika qonuniyatlariga

asoslanadi.

Notiqlik san’ati hamma vaqt mantiq va ruhshunoslikka

suyanadi. M antiqqa murojaat qilmasdan turib, aniqlik va

mantiqiylikni ta’minlash ham, baholash ham mumkin emas.

Shu ma’noda ruhshunoslik notiqning o‘z malaka va mahoratini

kengaytirishi va mukammallashuvini o‘rganishi orqali “Notiqlik

san’ati”ga yordam berishi mumkin.

Bulardan tashqari, “Notiqlik san’ati” nafosat haqidagi fan

bo‘lib, estetika bilan, badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik,

tilshunoslik, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid bilan ham

aloqadordir.Notiqlik san’ati va nutq madaniyatidagi yaqinlik

va farqlarni etika va estetika fanlariga qiyoslash mumkin.

TEST SAVOLLARI

1.Qanday nutq hamma davrlarda ham kishilarni o‘ziga jalb etib kelgan?

👉?A) tantanali va balandparvoz B) uzun va jimjimador S) D) qisqa va ilmoqdor

2. Bir paytning o‘zida ham ijodkor ham ijrochi bo‘lgan mazmundor va ifodali an xalq namoyandalari?

👉?A) ertakchi, qissaxon, baxshi B) yozuvchi, xonanda, diktor S) bastakor, shoir, logograf D) lektor, dirijyor, suflyor

3. “Har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur” – degan hikmatli so‘z muallifi?

A) YUsuf Xos Xojib B) Ahmad YUgnakiy 👉 ?S)

ossurulmaoliy Kaykovus D) Alisher Navoiy

4. O‘rta asrlarda talaffuz normalarini o‘rganuvchi fan?

A) ilmi kalom B) ilmi munozara

S) ilmi hadis 👉D) ilmi tajvid

5. Quyidagilardan qaysi biri yozma nutqqa oid san’at turiga kiradi?

A) dabirlik 👉? B) voizlik S) roviylik D) badihago‘ylik

6. Eramizdan oldingi 384–322-yillarda yashab o‘tgan buyuk notiq?

A) Gorgiy 👉 B) Demosfen

S) Sitseron D) Lisiy

Krossvord savollari

1.Xalq yaratgan adabiyot namunalaridan biri. 2. Adabiyotning boshi. 3.Xalq dostonlarini ijro etuvchi ijodkor. 4. Tayyor matnni yoqimli talaffuz bilan o‘qib beruvchi kasb egasi. 5. O‘ziga xos uslub yaratgan qadimgi yunon notig‘i. 6. Hech bir tayyorgarliksiz aytilgan yoki yozilgan she’r yoki o‘tkir so‘z. 7.Tugal ma’no ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli so‘z. 8. Xalq tomonidan yaratilgan ixcham, obrazli va hikmatli ibora, gap. 9.Avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan xalq tomonidan yaratilgan fantastik yoki diniy mazmundagi hikoya. 10. Fikrni so‘z orqali ifodalash qobiliyati, mahorati. 11. Gapga chechan, gapga usta, so‘zamol 12. Og‘zaki nutqni o‘stirish, badiiy asarlarni o‘qish qonun-qoidalarini o‘rganuvchi fan. 13. Hikoya tarzidagi xalq og‘zaki ijodiga mansub asar. 14. YOzma nutq bilan bog‘liq soha egasi.

Kirasvord javobi

1.ertak


2.folklor

3.baxshi


4.diktor

5.gorgiy


6.badiha

7.matal


8.maqol

9.doston


10.nutq

11.notiq


12.ifodali óqish

13.afsona



14.munshiy
Download 13,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish