Ielts nima? Ielts –bu International English Test System Bu dunyodagi eng katta ingliz tili imtixoni, juda ham ko’p mamlakatlarda bu test o’tkaziladi. Ielts imtixoni 4 ta qismdan iborat bo’ladi. Bular
IELTS NIMA? IELTS –bu International English Test System Bu dunyodagi eng katta ingliz tili imtixoni, juda ham ko’p mamlakatlarda bu test o’tkaziladi. IELTS imtixoni 4 ta qismdan iborat bo’ladi.Bular : 1.Listening(Tinglab tushunish)-ushbu qismda taxminan 30 daqiqalik audio qo’yiladi jami 40 savol mavjud bo’ladi.Listeningda ham 4 ta qism ya’ni part1, part2, part3, part4.Va bular qiyinlik darajasi bo’yicha qo’yilgan bo’ladi.Ya’ni eng osoni part1. 2.Reading(O’qib tushunish)-Demak, ushbu qismda ham 3 ta qism ya’ni passage , passage1,passage 2, passage 3.Bular taxminan har birida 750-1500 tagacha so’z bo’ladi.Bu ham Listening kabi qiyinchilik darajasi buyicha taqqoslanadi. 3.Writing(Yozish)- Yozish testi 60 daqiqa davom etadi. Bajarilishi kerak bo'lgan ikkita vazifa bor. 1-topshiriq. Nomzodlardan kamida 150 ta so'z yozishni talab qiladigan 1-topshiriqga taxminan 20 daqiqa vaqt ajratish tavsiya etiladi.Ushbu task1 da sizga qanaqadir diagramma yoki chizma beriladi va ushbu chizmani tasvirlang degan savol beriladi , siz 150 ta so’z orqali chizmani tasvirlab berishingiz kerak bo’ladi. 2-topshiriq.Bu vazifa kamida 250 so'zni talab qiladi va taxminan 40 daqiqa vaqt olishi kerak. 2-topshiriq Yozish balliga 1-topshiriqdan ikki baravar ko'p hissa qo'shadi.Ushbu Task 2 da sizga insho mavzusi berilgan bo’ladi va siz usha mavzu bo’yicha insho yozib berishingiz kerak bo’ladi.U har xil mavzudagi insho bo'lishi mumkin. 4.Speaking: Speaking testi xonada imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz o'tkaziladi.Barcha nomzodlar uchun faqat bitta imtihon oladigan bo’ladi . Akademik va General nomzodlar bir xil Speaking imtihonidan o'tadilar. Agar siz kompyuter orqali IELTS topshirayotgan bo'lsangiz, siz hali ham examiner bilan yuzma-yuz suhbatga ega bo'lasiz. Speaking imtihonlari hamma uchun bir xil bo'lib qoladi.Savollarni bergan exaxminer sizning natijalaringizni test oxirida hal qiladi. Sinov 11 dan 14 minutgacha davom etadi (ko'p emas va kam emas) Tekshiruvchi javoblaringiz vaqti va uzunligini nazorat qiladi Sinov quyidagilarni o'z ichiga oladi: ID tekshirish va salomlashish 1-part ==savol va javoblar 4 dan 5 minutgacha 2-part =1 daqiqa davomida savollarni yaxlitlash bilan 1-2 daqiqa suhbat. 3-part = munozara 4 dan 5 minutgacha To'rtta belgilash mezonlari mavjud 1. Ravonlik va uyg'unlik(Fluency and Cohesion) 2. Lug‘at(Vocabulart) 3.Grammatika(Grammar) 4.Talaffuz(Pronunciation)