Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.
Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.
Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z xayoli ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi.
Uchinchi vazifasixayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok, diqqat, xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Obrazlar vositasida inson idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan foydalanib, ularni ongda bajarish layoqatidan iborat.
Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday dasturlarni tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.
Xayol yordamida biz organizmning ko‘plab psixofizioligik holatlarini boshqarishimiz, kutilayotgan faoliyatga moyillashtirishimiz mumkin. Insonning irodaviy yo‘l bilan xayol vositasida organik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi, nafas olish maromi, tomir urish tezligi, qon bosimi, tana haroratini o‘zgartirishi mumkinligini isbotlovchi dalillar ma’lumdir. Ushbu dalillar autotrening asosida o‘z tasdig‘ini topgan.
Ijodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik jarayonlar, shuningdek, xayol bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik darajasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.
Ijodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik jarayonlar, shuningdek, xayol bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik darajasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.
Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.
Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish mumkin bo‘lar edi». Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.
Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I – tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish (ushbu muammoga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»); III – birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish); IV – tekshirish.
G.S. Altshuller ijodiy masalarni hal qilishning yaxlit nazariyasini ishlab chiqdi. U ijodkorlikning besh darajasini ajaratdi. Birinchi daraja masalalari ushbu maqsadga mo‘ljallangan vositalarni qo‘llash bilan hal etiladi. Bunda umumiy qabul qilingan va ma’lum bo‘lgan bir necha xil echimlarni fikran tanlab olish talab etiladi. Bunda ob’ektning o‘zi o‘zgarmaydi. Bunday masalalarni echish vositalari yagona tor mutaxassislik doirasida bo‘ladi. Ikkinchi darajali masala ob’ekt ko‘rinishini zarur samaraga ega bo‘lish maqsadida bir muncha o‘zgartirishni talab etadi. Bunda bir necha o‘nlab variantlarni tanlash mumkin. Bunday masalalarni echish vositalari bir soha bilimlariga tegishli bo‘ladi. Uchinchi daraja masalalarining to‘g‘ri echimi yuzlab noto‘g‘ri echimlar orasida yashiringan bo‘ladi, chunki takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy o‘zgartirilishi zarur. Bu daraja masalalarning echish usullarini o‘xshash soha bilimlarida izlashga to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi daraja masalalarini echishda takomillashtirilayotgan ob’ekt to‘laligicha o‘zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning echimi fan sohasining kam uchraydigan ta’sir va hodisalar orasidan izlanadi. Beshinchi darajamasalalarini hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o‘zgartirish bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko‘p karra oshadi, vositalar esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida bo‘lishi mumkin. SHuning uchun, avvalo, kashfiyotni amalga oshirib, so‘ngra yangi ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning echimini topish zarur.
Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan biri ularni yuqori darajalardan quyilariga ko‘chirishdir.
SHunday qilib, yuzaga kelgan obrazlarning tuyulayotgan engilligi, ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o‘zgartirish o‘z qonunlariga bo‘ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. YAngi tasavvurlar ongda mavjud bo‘lganlar asosida tahlil va umumlashtirish operatsiyalari yordamida yuzaga keladi. Oqibatda, xayol jarayonlari boshlang‘ich tasavvurlarning fikran tarkibiy qismlarga ajratish va ularni yangi uyg‘unlikda birlashishidan iborat bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o‘sha mexanizmlarga tayanadi.