§ 2. Kimyoviy reaktorlarning klassifikatsiyasi va ularning ish rejimi
Turli jarayonlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan reaktorlar konstruktiv jihatdan, maxsusligi, o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishi bilan bir biridan farq qiladi. Lekin, bir biridan farq qilishiga qaramasdan, ular haqidagi ma’lumotlarni tizimlash, matematik tariflash uchun va hisoblashlarning usulini tanlash uchun, umumiy prinsiplar asosida reaktorlarni sinflash(klassifikatsiyalash) mumkin.
Kimyoviy reaktordagi jarayon taxlili-jarayon sharoitlari va xarakteristikalari (xossalari) tarkibiy kismlarining reaktor ishi kursatkichlariga ta’siri xamda jarayon va rejimning uziga xoslik tomonlarini tadkik kilishdir.
Jarayon sharoitlari - dastlabki reaksion aralashma tarkibi (reagentlarning boshlangich konsentratsiyalari), kirayotgan okim kattaligi (reaktor yuklamasi), kiruvchi okimlar temperaturasi, xladagent (issiklik olib chikiladigan jarayon uchun) yoki reaktordagi temperatura (izotermik jarayon uchun).
Jarayon tarkiblari xossalari - kimyoviy jarayon xarakteristikalari: aylanish sxemasi va reaksiyalar tipi (kinetik tenglamalar kurinishi), aktivlanish energiyasi, issiklik effekta; noi- zotermik jarayonlar uchun - issiklikni olib chikish parametrlari (issiklik uzatish koeffitsientlari, issiklik almashinish yuzasi, reaktantlarning issiklik-fizikaviy xossalari).
Jarayon kursatkichlari - aylanish darajasi x, selektiv- lik S, maxsulot chikishi e xamda reaktordagi konsentratsiyalar, aylanish darajasi va temperatura profillari, bularning vak;t buylab uzgarishlari. Ushbu kursatkichlarni bilib, keyin boshka kursatkichlar - reaktorning konstruktiv parametrlari, energetik sarflar, iktisodiy xarakteristikalar va boshkalarni aniklash mumkin buladi.
Jarayon va rejimning uziga xos xususiyatlari-jarayon xossalari va sharoitlarning kursatkichlari ta’siri, jarayonni boshkarish (kutilgan kursatkichlarga erishish uchun xossalar)
Reaksiya borishi natijasida yuzaga keluvchi konsentratsiya va temperatura gradientlari modda va issiklik okimini yuzaga keltiradi, bu reagenglarning asoeiy konvektiv xarakatiga kushimcha buladi.
Ichidan gaz barbotirlovchi euyuklik kavatidagi jarayonda gaz pufak sifatida utadi. Gaz bilan euyuklik oraeida massa tashish amalga oshadi. Suyuklik jim turmaydi - uning xarakatini pufak oldida va qavat buylab sirkulyasiyasida aniklash mumkin. Birinchi kurinishda turbulent diffuziyadagi singari konsentratsiya gradientini, ikkinchi holat suyuklikning reaksion zona buylab sirkulyasion konvektiv xarakatini eslatadi.
Reaksion zonada utuvchi jarayon murakkab ekanligini shu ikki mieol kursatib turibdi. Agar reaktorlar sxemasi va konstruksiyalari kupligini xisobga olsak, ularda kechadigan jarayonlarning kanchalik murakkabligini kuz oldimizga keltirishimiz mumkin. SHu bois ham mana shu murakkablikni soddalashtirish, xodisalar yotish konuniyatlari tizimini guzish va bular orasidagi bogliklikni xal kilish, boshkacha kilib aytganda kimyoviy jarayon va reaktorlarning nazariyasini yaratish zarurati kelib chikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |