IDEAL GAZNING HOLAT TENGLAMASI, IDEAL GAZ QONUNLARI
1. Bosimi 0,45 MPa va harorati 52°C bo‘lganda 1 kmol gaz qanday hajmni (m3) egallaydi?
2. Hajmi 0,05 m3 va temperaturasi 500 K bo‘lgan gaz bosimi 166 kPa. Modda miqdorini aniqlang (mol).
3. Bir xil sharoitdagi teng massali kislorod (V1) va vodorod (V2) hajmlarini taqqoslang.
4. Bir xil massali argon va neon gazlari bir xil idishga qamalgan. Qaysi gazning bosimi katta? Ma=40 g/mol; Mn=20 g/mol ga teng.
5. 73°C temperatura va 83,1 kPa bosimda azot qanday zichlikka ega bo‘ladi (kg/m3)? M=28103 kg/mol.
6. Temperaturasi 367°C va bosimi 8,31105 Pa bo‘lgan kislorod gazining zichligini hisoblang (kg/m3).
7. 1 m3 hajmda 7°C temperaturali 1 kg azot qanday bosimga ega bo‘ladi (kPa)?
8. Temperaturasi 17°C bo‘lgan 83 l havo normal sharoitda qancha massaga ega (kg)?
9. 83,1 kPa bosim va 23°C haroratdagi vodorod zichligini aniqlang (kg/m3).
10. 831 kPa bosim va 127°C temperaturadagi azotning zichligini (kg/m3) toping.
11. Modda miqdorlari teng H2, O2, N2 gazlarining temperaturasi bir xil orttirilsa, qaysi birining ichki energiyasi ko‘proq o‘zgaradi?
12. Idishdagi 81023 ta molekulaga ega bo‘lgan bir atomli ideal gazning temperaturasi 100 K ga ortganda, uning ichki energiyasi qanchaga o‘zgaradi (J)?
13. Temperaturalari bir xil bo‘lgan teng massali geliy va argonning ichki energiyalari nisbati qanday bo‘ladi? Geliyning molyar massasi 4 g/mol, argonniki 40 g/mol ga teng?
14. Miqdori 2 mol geliy 20°C dan 80°C gacha sovutilganda, uning ichki energiyasi qanchaga kamayadi (kJ)?
15. O‘zgarmas bosimdagi qanday boshlang‘ich haroratli gaz 1°C ga isitilganda, uning hajmi ikki marta oshadi?
16. Yopiq idishdagi harorati 96°C bo‘lgan ideal gazni 81°C gacha qizdirganda uning bosimi necha marta ortadi?
17. Massasi 0,4 kg va solishtirma issiqlik sig‘imi 3800 J/(kgK) bo‘lgan jism 4°C dan 24°C gacha qizdirilganda, qancha issiqlik miqodorini qabul qiladi?
17. Masasi 8 kg va 90°C haroratga ega bo‘lgan suvga 20°C haroratdagi suvdan qancha qo‘shganda, aralashma harorati 30°C teng bo‘ladi (kg)?
19. 15°C temperaturadagi 125 l suv 45°C temperaturali 25 l suv bilan aralashtirilsa natijaviy temperatura necha °C bo‘ladi?
20. 420 m balandlikdan tushgan suv bajargan ishning 60 foizi uning temperaturasini qanchaga ko‘taradi (K)?
21. 2 kW quvvatli dvigatelning 1 soatda bajargan ishi qancha issiqlikka ekvivalent bo‘ladi (MJ)?
21. 100 g massali metall bolg‘ani 20 dan 50°C gacha isitish uchun 1200 J issiqlik kerak bo‘lgan. Shu metallning solishtirma issiqlik sig‘imini (J/kgK) hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |