Ichki valyuta bozorining 2021-yil holati boʼyicha qisqacha sharhi Yangilangan sana



Download 139,2 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2022
Hajmi139,2 Kb.
#703650
  1   2   3
Bog'liq
Ichki valyuta bozorining 2021


Ichki valyuta bozorining 2021-yil holati boʼyicha qisqacha sharhi
Yangilangan sana: 21 Yan 2022, 09:50
20 Yan 2022
Ichki valyuta bozori 2021-yilda chet el valyutasiga boʼlgan talabning ortishi hamda qulay tashqi bozor konyunkturasi va iqtisodiy oʼsishning yuqori koʼrsatkichlari fonida taklifning ham oʼsishi bilan xarakterlandi.
2021-yil davomida tashqi savdo aylanmasining jadallashishi kuzatildi. Xususan, eksport tushumlari hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) oʼtgan yilga nisbatan 34 foizga oʼsib, 11,6 mlrd. АQSh dollariga yetdi. Shuningdek, import toʼlovlari oʼtgan yilga nisbatan 25 foizga oshib, 25,7 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga boʼlgan talabning umumiy hajmi 2021-yilda 26,1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, 2019 va 2020-yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,7 va 1,3 barobarga oshdi.
2019-2021-yillarda ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga boʼlgan talab dinamikasi
mln.АQSh doll.

Ichki valyuta bozorida chet el valyutasidagi umumiy taklif hajmi 2021-yilda 22,9 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oʼsdi (2020-yilda – 14,3 mlrd. АQSh doll., 2019 yilda – 11,7 mlrd. АQSh doll.).
Xususan, mazkur davrda:
xoʼjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 11,0 mlrd. АQSh dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan boʼlib, ushbu koʼrsatkich oʼtgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi (2020-yilda – 6,7 mlrd. АQSh doll.);
banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 7,4 mlrd. АQSh dollarini yoki oʼtgan yilga nisbatan 44 foizga koʼp boʼldi (2020-yilda – 5,1 mlrd. АQSh doll.).
2019 - 2021-yillarda ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari
mln.АQSh doll.

I. Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari 
Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga boʼlgan talab 2021-yilda 2020-yilga (15,4 mlrd. АQSh doll.) nisbatan 40 foizga oʼsib, 21,5 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.
2021-yilning 15-fevralida valyuta oldi-sotdi operatsiyalariga kiritilgan oʼzgarishlar birjadan tashqari valyuta bozorida mijozlar bilan mustaqil ravishda toʼgʼridan-toʼgʼri valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkonini berdi.
Natijada, tijorat banklarining xoʼjalik yurituvchi subyektlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri amalga oshirilgan bitimlar hajmi sezilarli darajada oʼsib (jami operatsiyalarning 94%), mazkur davrda 20,3 mlrd. dollarni tashkil etdi (2020-yilda – 3,7 mlrd. doll.).

Download 139,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish