Ichki terrorizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilik haqida ma’lumot



Download 18,36 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi18,36 Kb.
#666747
Bog'liq
Tarjima


Ichki terrorizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilik haqida ma’lumot
Ichki terrorizm bu biror bir davlat ichida shakllantirilib boshqariladigan terrorizm shaklining eng keng tarqalgan ko’rinishidir. Ushbu ichki terrorizm harakatlaridagi jinoyatchilar, qurbonlar va ishirokchilarning barchasi terroristik hujumlar sodir bo’layotgan hududlardan bo’lishadi. Ichki terrorizm hodisalariga misol tariqasida 1995-yil 19-aprelda Timoti Makvay tamonidan Oklaxoma shahridagi Alfred P. Murah nomidagi Federal binoning portlatilishini yoki 1996-yil 27-iyulda anti-abortionist Erik Rudolf tamonidan Jorjia shtati Atlanta shahrida joylashgan “Centennial Olympic Park” markaziy istirohat bog’ining portlatilishini keltirish mumkin. Davlat ichida yuzga kelgan mojaro va ziddiyatlar fonida fuqarolar urushi ham juda ko’plab terroristik hujumlarning sodir bo’lishida aloqador bo’ladi. Bunday turdagi terroristik harakatlar tashqi uchinchi tamon aralashuvlaridan holi bo’lsa asosan mamlakat ichidagi qaltis vaziyat tufayli yuzaga keladi. “Boko Haram” (“G’arbona ta’lim taqiqlangan” degan ma’noni anglatadi) jangari guruhining 200 dan ziyod o’quvchi qilzarni o'g'irlab ketgani Nigeriya mamlakati ichidagi qurbonlar va jinoyatchilar bir joydan bo’luvchi ichki terrorizm hodisasi hisoblanadi. “Boko Haram” - bu islomiy jihodchi terroristik guruh bo'lib, Nigeriyaning shimoli-sharqidagi hududlarni nazorat qiladi. Mamlakatning harbiy imkoniyatlarini cheklanganligi tufayli, Nigeriya hukumati “Boko Haram” jangari guruhi tahdidlariga qarshi kurashish uchun AQShdan harbiy maslahatchilar va razvedka xizmatlari bo’yicha yordam so’radi. Ushbu jangari guruh bazida Chad respublikasiga ham terroristic hujumlar qilishadi. Agar bir yoki bir nechta o'quvchi qiz qo'shni davlatga o’qishga borsa, ushbu vaziyatda odam o’g’irlash transmilliy uyushgan jinoyatchilik shakli hisoblanadi. Umuman olganda, qashshoq davlatlar mahalliy terroristik guruhlarga yetarlicha qarshilik ko’rsata olishmasa ular boshqa davlatlardan yordam so’rashlari mumkin. Agarda terroristik harakat bir davlatda sodir bo’lib uning ishtiroqchlari ( jinoyatchilar yoki qurbonlar) boshqa davlat fuqarolari bo’lsalar ushbu turdagi terrorizm shakli transmilliy uyushgan jinoyatchilik deb ataladi. Ya’ni agar Buyuk Britaniyadagi terroristik harakatni Yamandan kelgan terrorchilar sodir etgan bo'lsa, demak bu transmilliy uyushgan jinoyatchilik hodisasi hisoblanadi. Shuningdek, Frantsiyadagi terakt Gollandiya fuqarolariga zarar yetkazganda ushbu terroristic hujum ham transmilliy uyushgan jinoyatchilik hisoblanadi. 2002-yil yanvar oyida Pokistonda amerikalik muxbir Deniel Perlning o'g'irlanishi va keyinchalik o'ldirishi transmilliy uyushgan jinoyatchilik sifatida tasniflanadi. Ayni shunday hodisa 1998-yil 7-avgustda AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarining deyarli bir vaqtda portlatilganida sodir bo’ldi. Boshqa mamlakat elchixonasiga qarshi qilinga terroristik hujumlar, garchi ushbu mamlakat fuqarolari tomonidan sodir etilgan taqdirda ham, transmilliy uyushgan jinoyatchilik hisoblanadi. Chunki har bir chet el elchixona hududi mahalliy aholi uchun o’zga tuproq sanaladi. Shu bilan birga, xalqaro tashkilot xodimlariga yoki ularning mol-mulkiga qarshi terroristik hujumlar transmilliy uyushgan jinoyatchilik harakatlari deb hisoblanadi. 2006-yil avgustda Buyuk Britaniyadan AQSh va Kanadaga uchib ketayotgan 10 yoki undan ortiq atlantika uzra o’tuvchi parvoz reyslarni suyuq portlovchi moddalar orqali porlatib yuborildi. Bu esa eng muhim transmilliy uyushgan jinoyatchilik hodislaridan biri edi. Bir mamlakatdan boshqa bir davlatga yo’l olgan somolyotning siyosiy maqsadda garovga olinishi ham transmilliy uyushgan jinoyatchilik hodisasi hisoblanadi. Agar siyosiy sabab tufayli garovga olingan samolyotda bir nechta mamlakat fuqarolari bo'lsa, bu voqea transmilliy uyushgan jinoyatchilik sanaladi. 2012-yil 22 -noyabrda Suriyada amerikalik jurnalist Jeyms Folning o'g'irlanishi va 2014-yil 19-avgustda esa uning boshini tanasidan judo qilish ham transmilliy uyushgan jinoyatchilikdir. Bunda jabrlanuvchi amerika fuqarosi bo'lgan. Qotil Iroq va Suriya Islomiy davlatidan chiqqan bo’lsada aslida u Buyuk Britaniya fuqaroligida bo’lgan. Transmilliy uyushgan jinoyatchilik ko'pincha transmilliy tashqi ta'sirlarni o'z ichiga oladi. Masalan, bir davlatdagi jinoyatchilar boshqa bir davlatlik jabrlanganlar uchun tovon puli to’latishsa yoki biror davlat boshqa davlatlarning manfaatlariga tahdid soluvchi transmilliy uyushgan jinoyatchilar guruhiga xavfsiz boshpana taqdim etsa, bunday vaziyatda transmilliy tashqi ta'sirlar paydo bo'ladi. Afg'onistondagi Tolibon hukumati 11-sentyabr voqealarini rejalashtirgan va amalga oshirgan Usama bin Ladinning Al-Qoida jangari guruhi uchun boshpana bergan edi. Tolibon hukumati 11-sentyabr voqealari uchun javobgar bo’lgan Usama bin Ladenni AQShga topshirmaganligi tufayli AQSh 2001-yil 7-oktyabrda Afg'onistonga qo’shin kiritdi. Ushbu o'ta og'ir vaziyatda transmilliy tashqi omillar sababli yuzga kelgan harbiy harakatlar natijasida Tolibon hukumati va Al-Qaida jangari guruhi parchalanib ketdi.

Translator:


Sadaddinov Azimboy
Download 18,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish