Me'da osti bezi. Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida bi¬rinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunJigi 16¬20 sm, massasi 70-80 g. Me'da osti bezi aralash bez bo'lib, to'qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqara¬di. Bez to'qimasining 1-2% i, ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.Bezning Langergans orolchasida glyukagon, insulin, gastrin gormonlari ishlab chiqariladi.
Jinsiy bezlar. Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft moyaklar (urug'don), moyak ortig'i, prostata bezi kiradi. Moyaklar elli ps¬simon bo'lib, massasi katta odamda 20-36 g bo'ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu fun¬ksiyasi o'smirlik davrida (12-15 yosh) boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi.
..aestosteron gormoni o'smirlarda balog'atga yetish belgilari yuza¬ga kelishiga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni soqol-mo'ylov o'sishi, qo'ltiq osti va qov sohasida jun chiqishi, ovozning o'zgarishi kabilar...
Ba'zi kasalliklar (tepki, gri pp, angina kabilar) oqibatida moyak yallig'lanishi mumkin. Buni o'z vaqtida davolamaslik moyaklar¬ning spermatozoid va testosteron ishlab chiqarish funksiyasi buzi¬lishiga sabab bo'ladi. Bu kasallik bolalik davrida sodir bo'lsa, o'smir¬lik davrida balog'atga yetish belgilari yuzaga kelishini kechiktiradi va hatto kelajakda farzand ko'rish qobiliyati yo'qolishi mumkin.
Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi. Tuxum¬donlar kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan bo'lib, katta yoshli ayollarda ularning massasi 5-6 g bo'ladi. Tuxumdon bacha¬donning orqa qismiga yopishib turadi.
Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi, Tuxumdonlar kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, katta yoshli ayollarda ularning massasi 5-6 g bo‘ladi. Tuxumdon bachadonning orqa qismiga yopishib turadi. Tuxumdonda jinsiy gormonlar (progesteron, esteron, estereol, estradiol) ishlab chiqariladi. Bu gormonlar bevosita qonga quyiladi. Ular qiz bolaning o‘smirlik davridan ishlab chiqarila boshlaydi va unda ikkilamchi, ya'ni ayollik jinsiy belgilari hosil bo‘lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, tuxumdonlarda pufakchalar to‘plami - follikulalar bo‘ladi. Ularning ichida jinsiy hujayralar (tuxum hujayralar) paydo bo‘ladi va yetiladi. Follikulalar qiz bola tug‘ilmasdan uning embrional rivojlanish davridayoq paydo bo‘ladi. Qizning tug‘ilish paytida uning tuxumdonidagi follikulalarning soni yuz mingdan ortiqroq, lekin yetilmagan holda bo‘ladi. Ular qiz bola balog‘atga yetishi davridan boshlab keksalik davrigacha (o‘rtacha 50 yoshgacha) birin-ketin yetiladi. Ayolning butun umri davomida uning tuxumdonidagi yuz ming follikuladan o‘rtacha 500 tasi yetiladi, Tuxum hujayra odam organizmidagi barcha hujayralarning eng kattasi. U yumaloq bo‘lib, diametri 0, 2 mm. Tuxum hujayra qiz bolaning 12-13 yoshida yetila boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |