O’quv-uslubiy majmua. Amaliy mashg’ulotlar. Ambulator terapiya
-
YAQNV uncha yuqori bo‘lmagan faollik darajasida, GKS lar miqdori kamaytirilganda yoki
berish to‘xtatilganda, qaytalangan revmatik lixoradkada qo‘llaniladi. Indometatsin 25-150 mg.
kuniga 1-2 marta yoki voltaren 25 mg. kuniga 1-2 marta ovqatdan keyin.
Kasallik uzoq vaqt yoki to‘xtovsiz qaytalanuvchi kechganda, YAQNV bilan bir qatorda,
aminoxinolin unumlari tavsiya etiladi. Delagil 0,25 g. yoki plakvenil 0,2 g.dan kuniga 1-2 marta
ovqatdan keyin ichish buyuriladi. Davolash kursi bir necha oydan ko‘rsatmalar bo‘lganda
yillargacha davom etadi.
Bemorda yurak nuqsoni rivojlanganda, kardioxirurg maslahati tavsiya etiladi. Agar
gemodinamik o‘zgarishlar natijasida QAE rivojlansa simptomatik davo olib boriladi.
Bu to‘g‘risida
batafsil ma’lumot shish sindromini qiyosiy tashhislashga bag‘ishlangan ma’ruzada yoritilgan.
Profilaktika
Birlamchi profilaktika O‘RL rivojlanmasligi uchun streptokokka qarshi faol davo olib borish:
-
bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish;
-
birlamchi infeksiya o‘choqlarini (yuqori nafas yo‘llarini o‘tkir va surunkali
infeksiyasi (renit, tonzillit, faringit) sanatsiya qilish, yiringli jarayonlarni (tish kariesi, furunkul,
karbunkul)) bartaraf etish;
-
revmatizmga nasliy moyilligi bor bolalarda 5 kunlik benzilpenitsillin bilan
profillaktik davo olib borish.
Ikkilamchi profilaktika O‘RI o‘tqazgan bemorlarda qayta xurujlar rivojlanishini hamda
revmatik yurak nuqsonini avjlanishini oldini olishga yo‘naltirilgan. Ikkilamchi profillaktika
davomiyligi:
-
O‘RL ni kardit belgilarisiz (poliartrit, xoreya) o‘tqazgan bemorlarga 5 yil davomida
bitsillin -5 har to‘rt haftada 1,5 mln. birlikdan m/o ga yuboriladi;
-
O‘RL va qayta revmatik lixoradka oqibatida yurak shikastlanishlari mavjud bo‘lgan
bemorlarda bitsillin profilaktika butun hayoti davomida olib boriladi;
-
ikkilamchi endokardit rivojlanishini oldini olish.
Uchlamchi profilaktika chora-tadbirlari yuqoridagi sanab o‘tilgan muolajalar bilan birga yangi
yurak nuqsonlari paydo bo‘lishini, QAE belgilarini bartaraf etish va rivojlanishini oldini olish
hamda bemorning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Касалликни эрта
аниқлаш ёки диагностика
УАШ квалификацион
характеристикасига кўра
лозим бўлганда беморни
ревматолог маслаҳатига
юбориш
Профилактика чора
тадбирлари ҳамда лозим
бўлганда ревматолог
билан биргаликда
дорилар билан
даволашни амалга
ошириш
Диспансер кузатуви ва
реабилитация
Do'stlaringiz bilan baham: